Dusmatov fazliddinning


I.BOB.O`ZBEKISTONDA QISHLOQ XO`JALIGINING AHAMIYATI VA DEHQONCHILIK SOHASI TARMOQLARI


Download 1.35 Mb.
bet2/13
Sana29.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1306429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
fazliddin uzbekiston kurs ishi

I.BOB.O`ZBEKISTONDA QISHLOQ XO`JALIGINING AHAMIYATI VA DEHQONCHILIK SOHASI TARMOQLARI
1.1. QISHLOQ XO‘JALIGINING MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTIDAGI O‘MI VA AHAMIYATI
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i muhim ahamiyatga ega. Chunki respublikamiz aholisining 48,4 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ularning turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog`liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sezilarli salmoqqa ega. [3]
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mamlakatimiz agrosanoat majmuasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning quyidagi ahamiyati mavjud: Birinchidan, u aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda mazkur tarmoqning o in i beqiyosdir, chunki aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari asosan qishloq xo‘jaligi tarmog'ida yetishtiriladi. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyoning asosiy qismini yetkazib beradi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanish darajasi sanoat ushbu sohalarining ishlab chiqarish miqdori va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mutaxassislaraing hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlaming 40 foizini qishloq xo‘jalik xomashyosi tashkil qilsa, ushbu ko‘rsatkich qand ishlab chiqarish sanoatida 70 foizni, sut va yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarishda esa 80 foizga yaqinni tashkil qiladi.
Uchinchidan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi mamlakat og‘ir sanoatining rivojlanish sur’atiga va darajasiga samarali ta’sir ko'rsatadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qilgani holda, qishloq xo'jalik texnikalari va melioratsiya mashinalari ishlab chiqaruvchilar hamda qishloq xo‘jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan moddiy xarajatlarning asosiy qismini sanoat tarmog‘i yetkazib beradigan ishlab chiqarish vositalari tashkil qiladi (YMM, ehtiyot qismlar, mineral o‘g‘it, omuxta yem va boshqalar). To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi tarmog'i mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashda ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 50 foizga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi. Aholini ish bilan ta’minlash, ulaming turmush farovonligini oshirish ko‘p jihatdan mazkur tarmoqda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming natijalariga bevosita bogiiqdir.
Bu tarmoqda 2000-yilda 3,7 mln. kishi band boigan boiib, u iqtisodiy faol aholining 38 foizini tashkil etgan. Keyingi yillarda qishloq xo'jaligida band boiganlam ing jami mehnat resurslaridagi salmog‘i pasaygan bo'lsada, ushbu tarmoq qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va ulaming ftirmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Beshinchidan, qishloq xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi roli yana shu bilan aniqlanadiki, u mamlakatning iqtisodiy salohiyatini belgilab bemvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda ham sezilarli salmoqqa ega.
Bu tarmoqda mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismi yaratiladi. 2010- yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 17,5 foizi qishloq xo‘jaligi tarmog'ida yaratilgan. Kelajakda boshqa tarmoqlar izchil rivojlanishi natijasida qishloq xo‘jaliginmg yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kamayishi mumkin. Lekin mamlakatimiz iqtisodiyotida mazkur tarmoqning o‘rni va ahamiyati sezilarli darajada qolaveradi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ulami qayta ishlash hisobiga olingan mahsulotlar mamlakatimiz jami eksporti tarkibida sezilarli salmoqni egallaydi.
Masalan, 2009-yilda mamlakatimiz eksportining 8,6 foizi faqatgina paxta tolasi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlami shakllantiradigan, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash imkoniyatini beradigan tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Bunda sohaga oid turli dasturlarning qabul qilinib, hayotga tatbiq etilishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada qishloq xo'jaligining yuqori sur’atlarda rivojlanishini ta’minlash va shu orqali respublika iqtisodiyotini yuksaltirishga erishilmoqda. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanini o‘rganishda qishloq xo‘jaligi tarm ogining o‘ziga xos xususiyatlarini ham e’tiborga olish lozim. Qishloq xo‘jaligi tarm ogining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud: a) qishloq xo'jaligida tabiiy omillaming ta’siri lcuchli. [4]
Tarmoqda ishlab chiqarish jarayoniga harorat, yog‘ingarchilik, shamol va boshqa tabiiy omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi; b) qishloq xó'jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Boshqa tarmoqlarga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yeming ahamiyati juda katta, chunki mazkur tarmoqda ishlab chiqarish jarayoni bevosita yerda amalga oshadi. Yerga urug‘ sepiladi va yerda mahsulot yetishtiriladi. Yerdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ularni inkor etish yoki yetarlicha e’tibor bermaslik salbiy oqibatlarga olib keladi; d) qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish juda keng maydonlarda amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni tashkil etishda m aium talablami keltirib chiqaradi; e) qishloq xo‘jaligi tarm ogida ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega. Mahsulot yetishtirishda o‘simliklar va chorva mollarining vegetatsion davrining o‘tishini taqozo etadi.
Bu holat tarmoqda xarajatlar va faoliyat natijasida olinadigan daromadlar muddati o‘rtasidagi farqning katta bolishiga olib keladi. Masalan, paxta yetishtirishda ishlab chiqarish jarayoni erta bahorda boshlanib, kuzda nihoyasiga yetadi. Bundan tashqari ishlab chiqarishning mavsumiyligi tarmoqda mavjud resurslardan yil davomida samarali foydalanishni tashkil etishni taqozo etadi. Qish oylarida mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash uchun tarmoqda tadbirkorlikning boshqa shakllarini ham rivojlantirish talab etiladi; f) ishlab chiqarish jarayonida tirik organizmlar ham mehnat vositalari sifatida qatnashadi.
Qishloq xo‘jaligi tarm ogida mehnat qilayotgan mutaxassislar o‘simlik va hayvonlaming biologik hamda zoologik xususiyatlarini ham bilishi, ishlab chiqarish jarayonida ulami hisobga olishi talab qilinadi. Qishloq xo'jaligida sarflanayotgan mehnaming samarasi ko‘p jihatdan o‘simlik va chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bogiiq; g) qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bir qismi tarmoqning o‘zida urugiik, yem-xashak, oziq-ovqat va boshqa maqsadlarda ishlatiladi; h) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ayrim turlarini uzoq muddat saqlash imkoniyatlari cheklangan va tashish uchun noqulaydir. Bu muammo qishloq xo‘jalik mahsulotlarining deyarli bir vaqtda pishib yetilishi oqibatida yanada chuqurlashadi. Bu o‘z navbatida yetishtirilgan mahsulotni nobud qilmaslik uchun tayyorlovchi, saqlovchi va qayta ishlovchilaming bir me’yorda ishlashini, uchun davrda katta quvvatlarning bo`lishini talab qiladi.
2022- yilning yanvar-mart oylarida hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik ho‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Samarqand (4 322,9 mlrd. so‘m), Toshkent (4 210,0 mlrd. so‘m) va Buxoro (2 950,7 mlrd. so‘m) viloyatlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Sirdaryo viloyati (1 037,2 mlrd. so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1 089,6 mlrd. so‘m) va Navoiy viloyatini (1 863,3 mlrd. so‘m) keltirib o‘tish mumkin.

1-Rasm. Hududlar bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining o‘sish sur’ati, % da


Yuqori o‘sish sur’atlari Sirdaryo (104,1 %), Namangan (104,0), Farg‘ona (104,0 %) va Surxondaryo (103,8) viloyatlarida qayd etildi. Qashqadaryo viloyati (101,1 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (101,2 %), Xorazm viloyati (102,0) va Samarqand viloyatlarida (102,0 %) esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi qayd etildi. Yilning qolgan davrlarida esa bu quvvatlarning nisbatan bo‘sh qolishi kuzatiladi. Qishloq xo'jaligi tarmog‘ida turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi va ular ehtiyojlami qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Mamlakatimiz miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilmoqda.
Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikamizda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Tovar-pul munosabatlariga asoslangan erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish sharoitida davlatning ko'magida qishloq xo‘jaligida talabga javob beradigan, samarali huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratilmoqda, ya’ni mulkchilikning turli shakllari barpo etilmoqda. Natijada erkin mulkiy munosabat vujudga kelmoqda, tadbirkorlikning turli shakllariga keng yo`l ochib berish va ularni rivojlantirish yoiidan borilmoqda.
Bundan tashqari yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda, tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (moddiy, kapital va mehnat)dan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlami sotish jarayonini takomillashtirish, foyda hajmini oshirish, investitsiyalarni keng jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq ishlab chiqarishini maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat integratsiyasini rivojlantirish bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmoqda va rivojlantirilmoqda.
Yuqorida ta’kidlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda tabiiy va iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.1
1.2. O`ZBEKISTONDA DEHQONCHILIK TARMOQLARINING RIVOJLANISHI.
TEXNIKA EKINLARI VA DONLI EKINLAR.
Dehqonchilik O`zbekiston qishloq xo`jaligining yetakchi tarmog`i bo`lib unda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 65-70 foizi yaratiladi. Mamlakatimiz tabiiy sharoitining o`ziga xosligi shundaki, uning turli hudud va mintaqalarida sug`orma va lalmikor dehqonchilik bilan shug`ullanish imkoniyatining mavjudligidir. Adir zonalarida lalmikor dehqonchilik (bug`doy, arpa, no`xat, kunjut, zig`ir, ozuqabop ekinlar, bog`dorchilik) qilinadi. Sug`orma dehqonchilikda lalmikor dehqonchilikka nisbatan 3-5 marta ko`proq hosil olinadi va yerdan samarali foydalanishni ta`minlaydi. Respublikamizda dehqonchilik yalpi mahsulotining 98,5 foizini sug`orma dehqonchilikdan olinadi. Sug`oriladigan yerlarga asosan texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki qand lavlagi), don ekinlari (bug`doy, sholi, makkajo`xori, dukkakli don ekinlari), sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, uzum va meva yetishtiriladi. O`zbekistonda sug`oriladigan yerlar maydoni XX asr davomida muntazam oshib kelgan. [3]
Agar 1914 yilda sug`oriladigan yerlar Respublikamizda 1,8 mln. gektarni tashkil etgan bo`lsa, Mirzacho`l, Qarshi, Jizzax, O`rtacho`l, Surxon-Sherobod cho`llarining o`zlashtirilishi va Markaziy Farg`onada yangi yerlar ochilishi bilan ayni paytda 4,2 mln. gektardan oshdi.
Paxtachilik-Respublika qishloq xo`jaligining asosiy tarmog`idir. Uning mamlakat iqtisodiyotida ahamiyati juda katta bo`lib asosiy valyuta tushumlari shu sohaga to`g`ri keladi. O`zbekistonning saxiy tabiati, issiq iqlimi, yer, suv va boy mehnat resurslari, xalqining asrlar davomida to`plagan tajribasi paxtachilikning serdaromad tarmoqqa aylanishini ta`minlagan. Shuning uchun ham uning paxta yetishtirishdagi yuksak ko`rsatkichlari jahondagi katta mavqeini belgilab bergan. O`zbekiston paxta yetishtirishda jahondagi kuchli to`qqizlik orasida beshinchi o`rinni mustahkam egallab kelmoqda. Paxta tolasini eksport qilishda esa O`zbekiston jahondagi (AQSH dan keyin 2-o`rinda) eng yirik mamlakatlardan biridir. Paxtachilikning pirovard asosiy mahsuloti – paxta tolasi va paxta moyidir. 1 tonna paxta xom ashyosidan o`rtacha 320-350 kg tola (3500 m² gazlama), 10 kg momiq, 620 kg chigit olinadi. O`z navbatida 620 kg chigitdan 110 kg moy, 225 kg kunjara, 175 kg shulxa 35 kg lint, 30 kg tuk (delint) chiqadi. Umuman paxtadan sanoat usulida 1200 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.
Paxtachilik agrosanoat majmui respublika xalq xo`jaligining 70 foizdan ko`proq tarmoqlari bilan texnika va texnologik jihatdan bog`liq. Ayniqsa qishloq xo`jaligi mashinasozligi, kimyo, yengil sanoat tarmoqlari paxtachilik bilan chambarchas bog`langan bo`lib, ular Respublikadagi eng yirik paxtachilik agrosanoat majmuini tashkil etgan. O`zbekistonning barcha mintaqalarida vegetatsiya davrining uzoqliligi o`rta tolali g`o`zani, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ingichka tolali g`o`zani yetishtirish imkonini beradi.


1-Jadval
Qishloq xo`jaligi ekinlari maydoni (barcha toifadagi xo`jaliklarda)




1940

1960

1980

1990

1993

2002

2020

Ekin maydonlari, ming gektar

Jami ekin maydonlari

3036,5

3148,8

3994,6

4194,2

4229,7

3540,8

3647,5

Jumladan, g`alla ekinlari

1479,7

894,8

1173,8

1008,1

1280,3

1393,7

1616,1

Texnika ekinlari

1026,2

1487,9

1912,1

1876,3

1731,8

1462,2

1518,4

Paxta

947,7

1449,9

1877,7

1830,1

1695,1

1421,0

1472,3

Kartoshka

23,6

28,6

23,3

41,8

44,5

48,9

51,0

Sabzavot

25,3

38,7

104,3

140,2

151,9

127,5

133,0

Poliz ekinlari

39,4

43,0

52,1

79,8

48,1

37,3

38,7

Yem-xashak ekinlari

446,9

606,7

722,4

1039,7

967,8

330,4

290,3



Yuqoridagi jadvalda respublikamizdagi ekinlarning maydoni gektar hisobida berilgan bo`lib ular yillar kesimida tasvirlangan va mos ravishda yillar kesimida o`sib borganligini ko`rishimiz mumkun. Sobiq Ittifoq davrida O`zbekiston paxta xom ashyosiga bo`lgan talab keskin kuchaydi. 1932-yildan boshlab sobiq Ittifoq paxta import qiluvchi mamlakatdan eksport qiluvchi mamlakatga aylandi. Bunda O`zbekistonni ulushi benihoya katta edi. Chunki Respublikamiz sobiq Ittifoq paxtasining 60-65 foizini yetkazib bergan. Sobiq Ittifoqning paxta mustaqilligini ta`minlash maqsadida paxta maydonlari muntazam ko`paytirilishi O`zbekiston dehqonchiligida paxta yakka hokimligini (monokulturasini) vujudga keltirdi
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng O`zbekiston hukumati paxta yakka hokimligini bartaraf etishga katta ahamiyat bera boshladi. Birinchi navbatda ekin maydonlarining tarkibi o`zgartirildi. 1991-yildan boshlab paxta maydonlari qisqartirilib ular o`rniga g`alla, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar ekila boshladi. Shuningdek, paxtachilik sohasidagi asosiy vazifa-respublikada “paxta-beda-g`alla”, “paxta-g`alla” almashlab ekishni joriy etish va o`rtacha hosildorlikni 30-35 sentnerga yetkazish va paxtadan tola chiqishini esa 33 foizgacha oshirish dolzarb vazifa qilib qo`yilgan.
Tabiiyki, mamlakatda paxta maydonini qisqartirish sug`oriladigan zonada bug`doy yetishtirishning geografiyasini keskin ko`paytirish bilan bog`liq kechdi. O`z navbatida, paxtachilikni intensiv rivojlantirish masalasi uning yuqori hosildorligini saqlab qolish bilan bog`liq ravishda ta`minlanmoqda (jadval).
Respublikada paxtachilikni kimyolashtirishga ham katta e`tibor berilmoqda. Uni mineral o`g`itlar bilan oziqlantirishning ilmiy asoslangan me`yorlari chet el tajribalari asosida takomillashtirilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, birgina mineral o`g`itning o`zi g`o`za hosildorligini 40 foizgacha oshiradi. Shuning uchun ham g`o`za maydonlarida turli xil mineral va organik o`g`itni ishlatish, gerbitsid, pestitsid, defoliantlarning ilmiy asoslangan me`yorlarini qo`llash rivojlanishning hozirgi bosqichida ayniqsa dolzarbdir. Chunki hozirgi vaqtda, bir tomondan, paxta maydonlari yarim million gektarga qisqargan, ikkinchi tomondan esa, uning hosildorligini oshirib borish evaziga yalpi hosil yetishtirishni barqaror saqlab turish vazifasi o`rtaga tashlangan. Shu bilan birga respublika paxtachiligini rivojlantirishda yangi-yangi agrotexnika usullari keng qo`llanilmoqda. Jumladan, 1997-yilda birinchi marta 350 ming ga, 2002-yilda 850 ming ga maydonga chigit Andijon usulida ya`ni, plyonka ostiga ekildi. Bu usulning afzalligi shundaki, chigit erta ekiladi va binobarin, erta hosil yetishtiriladi, hosildorlik ham oshadi. Ertagi paxtadan bo`shagan yerlar esa, takror dehqonchilik qilishga keng imkoniyat yaratadi. Shuningdek, chet ellarda paxtachilik sohasida to`plangan texnologiyalarni vatanimizda joriy etishda ham birmuncha ishlar qilinmoqda. Chunonchi, g`o`zani yangi usulda sug`orish (tomchilatib sug`orish usuli-Isroil texnologiyasi asosida), oziqlantirish, ishlov berish, AQSH va Isroil kabi davlatlarning paxta hosilini erta muddatlarda yig`ib olish borasidagi tajribalari mamlakatimizning turli mintaqalaridagi xo`jaliklarda sinovlardan o`tkazilmoqda, yaxshi natijalar keng ko`lamda ommalashtirilmoqda.
Kanopchilik Respublikada 1936-yildan boshlangan. Shu yilda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida 6980 ga maydonga kanop ekildi, 19,7 s/ga hosil olindi va 13,8 ming tonna kanop poyasi tayyorlandi. 1937 yildan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, 1950-56 yillarda Surxondaryo, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog`istondagi xo`jaliklarda ham kanop yetishtirish yo`lga qo`yildi. 1971-yilda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, O`rta Chirchiq, Oqqo`rg`on, Bo`stonliq va Quyi Chirchiq tumanlarida ekilib, respublikada eng yuqori marra 360 ming tonna kanop poyasi yetishtirildi. 1972-yildan kanop maydonlari qisqarib bordi. Hozir asosan Yuqori va Quyi Chirchiq tumanlarida ekilib, yiliga o`rtacha 6,5 ming tonna kanop poyasi yetishtiriladi. Poyasidan olinadigan toladan gazlama, o`rov materiallari, qop, brezent, kanop arqon, kanop ip tayyorlanadi. Yetishtirilgan kanop poyasi “Toshkentkanop-sanoatsotish” uyushmasi tizimidagi kanop (lub) zavodlarida qayta ishlanib, kanop tolasi olinadi. Ayni paytda ushbu uyushmaga qarashli 6 ta lub zavodlari faoliyat ko`rsatmoqda.
Tamakichilik qishloq xo`jaligining serdaromad sohasi bo`lib unga asosan Samarqand viloyatining Urgut tumani ixtisoslashgan. Tamaki qisman Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz va Yakkabog` tumanlarida ham ekiladi. 1995-yildan boshlab jahonning ko`plab sigareta ishlab chiqaruvchi kompaniyalari katta ehtiyoj sezadigan Virjiniya, Parley navlari, xushbo`y turk va bolgar tamakilari ham ekilmoqda. Yetishtirilgan tamaki Urgut tamaki fermentlash fabrikasida qayta ishlanadi. Toshkent va Samarqand sigareta fabrikalarini xom ashyo bilan ta`minlaydi. Samarqandda Buyuk Britaniyaning “British Ameriken Tobakko” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan (1996) yangi tamaki fabrikasi “O`zBAT aksiyadorlik jamiyati” ham mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi.[4]

3-Rasm. O`zbekistonning paxtachilik xaritasi.
Xaritada o`zbekistonning asosiy paxtachilik rayonlari tasvirlangan, paxtachilik respublikamizning parcha viloyatlarida ekiladi, xususan janubiy viloyatlarda ingichka tolali paxtachilik keng rivojlangan.
Donli ekinlar. Respublika dehqonchiligida don yetishtirish ham muhim o`rinda turadi. Mamlakat aholilisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish, chorvachilikning yem-xashak bazasini mustahkamlash don yetishtirishni ko`paytirish bilan bog`liq. O`zbekistonda g`alla ekinlaridan-bug`doy, arpa, makkajo`xori, sholi, javdar, suli, oq jo`xori, tariq, dukkakli don ekinlari-no`xat, mosh, loviya, yeryong`oq, moyli don ekinlari-zig`ir, kunjut, soya, mahsar, kungaboqar ekiladi. G`allachilik. O`zbekiston azal-azaldan aholisini don, un va un mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini o`z ichki imkoniyatlari hisobiga qondirib kelgan va bug`doy yetishtirishda yangi-yangi serhosil navlar yaratib, katta tajriba orttirgan mamlakatlardan biridir. Biroq sobiq Ittifoq davrida bug`doy va arpa maydonlari keskin qisqarib bordi, ular sug`oriladigan zonadan siqib chiqarilib asosan ekstensiv rivojlanishga ega bo`lgan lalmikor hududlarda yetishtirildi.
II Jahon urushidan oldin bug`doy va arpa qariyb 1,5 mln ga yerga ekilgan (1940 y). Bug`doy va arpa barcha g`alla ekinlari maydonining 90 foizdan ortiqrog`ini tashkil etar edi. 1970 yilda 640 ming ga bug`doy va 387,4 ming ga arpa ekildi, hosildorlik 8,5 s/ga, yalpi hosil 1 mln tonnani tashkil etdi.
O`zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mamlakatning g`alla mustaqilligiga erishish, don mahsulotlariga bo`lgan talab-ehtiyojni respublikaning o`zida yetishtirilgan hosil hisobiga qondirish muhim strategik vazifa qilib belgilandi. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq g`alla ekin maydonlarini kengatirishga asosiy e`tibor berildi.
Ayniqsa, mamlakat g`alla mustaqilligini ta`minlashda 1995 xo`jalik yilida katta qadam tashlandi. O`sha yili respublikadagi jami ekin maydonining 40 foizi g`alla ekish uchun ajratildi. G`alla ekin maydoni 1300 ming gektarga yetkazildi. Shundan 828 ming gektari sug`oriladigan zonaga to`g`ri keldi. 2005 yilda mamlakatning lalmikor va sug`oriladigan zonasida 1616,1 ming ga yerga (jami ekin maydonining 44,3 foiziga) donli ekinlar ekildi va 6,4 mln. tonna hosil yig`ib olindi.
G`alla ekinlaridan mo`l-hosil yetishtirish omillaridan biri yaxshi va rayonbop navdir. Mamlakat g`allachiligida (uning sug`oriladigan zonasida) g`allaning qiltiqsiz, “Unumli bug`doy”, “Sanzar-4”, “Intensiv”, “Sanzar-8”, “Qarshi-7”, “Zafar”, “Yonbosh”, lalmi yerlarda “Qizil Shalola”, “Surxon-5688”, “O`zros-7-13”, “Tolmas” kabi navlari ekildi.
Ekilayotgan bug`doy navlaridan sug`oriladigan zonaning intensiv (ixtisoslashgan) xo`jaliklarida 40-50 sentnerga yetkazib hosil olinmoqda. 2005 yil mamlakat bo`yicha g`allaning har gektaridan 39,8 sentner, jumladan bug`doydan 41,5 sentner hosil olindi. Viloyatlar bo`yicha bug`doyning eng yuqori hosili Andijon (59,6 s/ga), Buxoro (58,2 s/ga) va Farg`ona (51,1 s/ga) viloyatlariga to`g`ri keldi. Eng past hosil Jizzax (25,5 s/ga) viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasidan (26,6 s/ga) yig`ib olindi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling