Dusmatov fazliddinning


Download 1.35 Mb.
bet5/13
Sana29.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1306429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
fazliddin uzbekiston kurs ishi

Mevachilik va uzumchilik. O`zbekistonning agroiqlim resurslari har qanday meva va uzum donasining qandlilik darajasini oshirishga qodir. Shuning uchun serquyosh diyorimizda yetishtiriladigan turli mevalar va uzum navlari shirin-shakar, o`ta lazzatli bo`ladi.
O`zbekiston hududida meva daraxtlari haqidagi dastlabki ma`lumotlar miloddan avvalgi I ming yillik o`rtalariga to`g`ri keladi. Asrlar davomida xalq seleksiyasi asosida shaftoli, o`rik, olma, yong`oq, bodom, anor, tut hamda tokning juda sarxil mevali navlari yaratilgan. XX asr boshlarida hozirgi O`zbekiston hududida 24 ming ga bog`, 30,6 ming ga tokzor bo`lgan.
Respublika bog`larida meva va rezavor meva beradigan 20 turga mansub daraxt, buta va o`t o`simliklar o`stiriladi. Urug`li meva daraxtlari (olma, nok, behi), danakli meva daraxtlari (o`rik, shaftoli, olxo`ri, gilos, olcha), subtropik o`simliklar (anor, anjir), yong`oq mevalilar (yong`oq, pista, bodom), rezavor mevalilar (qulupnay, malina, smarodina (qoraqat)) asosiy o`rinni egallaydi. Olma, nok va tokning yozgi, kuzgi va qishki navlari muhim xo`jalik ahamiyatiga ega. Tokchilik qadimdan Samarqand, Toshkent viloyatlari va Farg`ona vodiysida taraqqiy etgan. Tokchilik xo`raki, mayizbop va konserva mahsulotlari (shinni, murabbo, sharbatlar) hamda vinochilik yo`nalishlariga ega. [4]
1995-yilda respublikada bog`larning umumiy maydoni 382 ming gektardan ortib ketdi (meva bog`lari 253 ming ga, tokzorlar 131 ming ga). Har yili yalpi hosil qariyb 1 mln tonnani tashkil etadi. 2002 yilda esa o`rtacha 842,9 ming. t. meva va 500 ming. t. atrofida uzum hosili yig`ib olindi. Mevachilikda Andijon (20 %), Samarqand, Namangan, Farg`ona, Toshkent (11-12 %) viloyatlarining, uzumchilikda esa Samarqand (27 %) viloyatining salmog`i kattadir. Mamlakatimizning janubiy mintaqalarida, xususan Surxondaryo viloyatida subtropik va sitrus mevalar yetishtiriladi. Ayniqsa, xurmo, bodom, anjir, anor, limon, mandarin, apelsin ko`p ekiladi. Biroq, bu mevalarning ayrimlari qish faslida issiqxonalarda saqlanadi yoki vaqtincha usti plyonkalar bilan yopib qo`yiladi.
3-Jadval

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling