Dusmatov fazliddinning


Download 1.35 Mb.
bet9/13
Sana29.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1306429
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
fazliddin uzbekiston kurs ishi

Echkichilik go`sht, serqaymoq va shifobaxsh sut, jun, teri hamda tivit uchun boqiladi. Mamlakat echkichiligida serjun angor, tivitli Orenburg, jundor O`zbekiston zotlari keng tarqalgan. O`zbekistonda yiliga 60-85 t echki juni, 40-45 t. tivit, 15-20 ming dona echki terisi tayyorlanadi. Echki ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli. Echkilar asosan respublikamizning baland tog`li va tog` oldi zonanalarida boqiladi. Echkichilik Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida rivojlangan. 2022- yil 1- aprel holatiga qo‘y va echkilar bosh soni toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, qo‘y va echkilar bosh sonining 13,9 % i fermer xoʻjaliklari hissasiga, 80,7 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklariga, 5,4 % i qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelishini qayd etib oʻtish lozim.
Cho`chqachilik asosan rusiyzabon aholi yashaydigan shaharlar va ularning atrofi hamda g`allachilik mintaqalarida nisbatan rivojlangan. Cho`chqachilik O`rta Osiyoda Rossiya imperiyasi bosib olgandan keyin vujudga keldi. Cho`chqa go`shtidan kolbasa ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yilda har ona cho`chqadan 18-20 tagacha cho`chqa bolasi olinadi. Ularni bo`rdoqiga bogib 1,5-2,0 t go`sht olish mumkin. O`zbekistonda cho`chqalarning Yirik oq, Landras, Shimoliy Kavkaz va Dyurok zotlari boqiladi.
Sobiq Ittifoq davrida cho`chqachilik O`zbekistonda juda tez rivojlandi. Respublikamizda 1991-yil 741,1 ming bosh cho`chqa bo`lgan. Mustaqillik yillarida esa cho`chqachilik ayrim sabablarga ko`ra qisqarmoqda. 2006 yilda mamlakatda 86,9 ming bosh cho`chqa bo`lgan.
Cho`chqachilik Toshkent (27,2 ming bosh), Navoiy (15,4 ming bosh) va Samarqand (10,3 ming bosh) viloyatlarida yaxshi taraqqiy etgan. Mazkur viloyatlarga O`zbekistondagi jami cho`chqalarning 60,9 foizi boqilmoqda.
Yilqichilik xalq xo`jaligida muhim ahamiyatga ega. Otlarning eng asosiy mahsuldorligi ularning ish layoqati bilan belgilanadi.
Sut, go`sht, teri va boshqalar esa ulardan olinadigan qo`shimcha mahsulotlardir. Qorabayir Markaziy Osiyo, jumladan O`zbekistondagi asosiy mahalliy ot zotidir. Bu otdan minishga, yuk tasishda, harbiy ishlarda, qishloq xo`jaligi ishlarida, sport musobaqalari (ayniqsa ko`pkari)da va go`sht-sut ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ot go`shti yuqori sifatli parhez xususiyatiga ega. Biya sutidan shifobaxsh qimiz tayyorlanadi. Biyalarning sog`in davri 6-9 oy, bu davrda har biyadan 750-3700 kg sut sog`ib olish mumkin. Biya suti (qimiz) sil, kamqonlik, oshqozon-ichak, yurak, asab kasalliklarini davolashda qo`llanadi. 2022- yilning 1- aprel holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar bosh soni 259,0 mingtaga yetdi. Otlar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 193,8 ming bosh dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim. 2022- yilning 1- aprel holatiga otlar bosh soni 2021- yilning mos davri bilan solishtirganda 103,5 % ni tashkil etdi. 2021- yilning mos davri bilan solishtirganda fermer xoʻjaliklarida 13,8 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida 0,5 % va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 13,1 % oʻsish qayd etildi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling