Dusmatov fazliddinning
Respublikada yetishtirilgan sabzavotlar
Download 1.35 Mb.
|
fazliddin uzbekiston kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 O`ZBEKISTON CHORVACHILIK TARMOQLARINING RIVOJLANISHI. QORAMOLCHILIK.
Respublikada yetishtirilgan sabzavotlar
Xo‘jalik toifalari orasida sabzavotlar yetishtirishning eng katta hajmi 45 596 t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 59,0 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi. 2021- yilga nisbatan ko‘rsatib o‘tilgan davrlarda, fermer xo‘jaliklarida 12,7 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 3,1 % va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 66,8 % o‘sish qayd etildi. Hududlar o‘rtasida sabzavot yetishtirish tarkibining asosiy qismini Surxondaryo viloyati egallamoqda, uning ulushi 31,5 % ga teng bo‘ldi. Shuningdek, yuqori ulush Toshkent (18,1 %), Buxoro (11,8 %), Farg‘ona (9,9 %) va Andijon (5,3 %) viloyatlarida qayd etildi. Past ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,8 %) va Jizzax viloyatida (1,3 %) kuzatildi. Yuqori o‘sish sur’atlari Buxoro (182,1 %), Surxondaryo (125,6 %) va Xorazm (123,5 %) viloyatlarida qayd etildi. II.BOB.O`ZBEKISTONDA CHORVACHILIKNING RIVOJLANISHI VA UNING TARMOQLARI. 2.1 O`ZBEKISTON CHORVACHILIK TARMOQLARINING RIVOJLANISHI. QORAMOLCHILIK. O`zbekiston-chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri. Respublikaning qulay tabiiy va iqlimiy sharoitlari hamda hosildor tuprog`i chorvachilikni rivojlantirish uchun mos. O`zbekistonning sug`oriladigan yerlari, bepoyon qir-adirlari, dashtu-cho`l hamda tog` oldi yaylovlari chorvachilikni rivojlantirish uchun o`ta qulay. Sug`oriladigan yerlarda asosan qoramolchilik, pillachilik, cho`chqachilik, parrandachilik rivojlangan bo`lsa, qir-adirlar, cho`l va tog` oldi yaylovlarida esa qo`ychilik (qorako`lchilik), echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv havzalarida esa baliqchilik rivojlangan. Chorvachilikdan keladigan daromad doimiy ravishda o`sib bormoqda. [3] Chorvachilikni rivojlantirishning muhim omillaridan biri uning ozuqa bazasi hisoblanadi. Shuning uchun yaylovlar holatini yaxshilash, ozuqabop ekinlar maydonini kengaytirish, omixta yem ishlab chiqarishni ko`paytirishga e`tibor berilmoqda. Mamlakatda yem-xashak ekinlari jami ekin maydonining 8,0 foizini tashkil qiladi (1995 yilda 7,7 %). Mustaqillik yillarida g`alla maydonlarining kengayishi bilan somon tayyorlash hajmi ham muttasil oshib bormoqda. Keyingi yillarda chorvachilikni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida chorva mollari tuyog`i va asosiy chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish sezilarli darajada o`smoqda. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling