Dusmatov fazliddinning
- yil yanvar-mart oylarida yetishtirilgan asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari
Download 1.35 Mb.
|
fazliddin uzbekiston kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barcha toifadagi xo‘jaliklar shu jumladan
- Tuxum, mln. dona
- 2.2 QO`YCHILIK (QORAKO`LCHILIK), ECHKICHILIK VA CHORVACHILIKNING BOSHQA TARMOQLARI. Qo`ychilik.
- Qorako`l qo`y zoti
2022- yil yanvar-mart oylarida yetishtirilgan asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari
2022- yil yanvar-mart oylarida yetishtirilgan go‘sht to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, go‘sht yetishtirishning 3,2 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga, 91,1 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 5,7 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda sut yetishtirishning 4,5 % i fermer xo‘jaliklariga, 94,4 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 1,1 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi, shuningdek, olingan tuxumning 12,4 % i fermer xo‘jaliklariga, 56,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 30,7 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keldi, ovlangan baliqlarning 19,7 % i fermer xo‘jaliklariga, 7,4 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 72,9 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keldi. 2.2 QO`YCHILIK (QORAKO`LCHILIK), ECHKICHILIK VA CHORVACHILIKNING BOSHQA TARMOQLARI. Qo`ychilik. 2022-yilning 1- aprel holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni 22 626,3 mingtaga yetdi. Qo‘y va echkilar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 18 255,8 ming bosh dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.Respublikada Qorako`l, hisori va jaydari qo`ylar ko`p boqiladi. [3] Qorako`l qo`y zoti respublika qo`ychiligining faxri hisoblanib, u mamlakat eksportida alohida o`rin tutadi. Qorako`l qo`ylari ko`p xil tovlanadigan sifatli qorako`l terisi, go`shti hamda jun olish uchun katta-katta cho`l yaylovlarida boqiladi. Qorako`l qo`y zoti Zarafshon vohasida yashagan chorvadorlar yaratgan zot hisoblanadi. Hozir Janubiy Afrika (Namibiya), Afg`oniston, Rossiya (Qalmiq Respublikasi), Moldova va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida boqilayotgan Qorako`l qo`ylarining asl vatani O`zbekistondir. Mamlakatimizda Qorako`l qo`ylari boqiladigan asosiy yaylovlar - Qizilqum, Qarshi va Ustyurt cho`llaridir, qisman tog` oldi mintaqalaridir. Umuman olganda, O`zbekistonda Toshkent va Farg`ona vodiysidan tashqari barcha mintaqalarda Qorako`l qo`ylari boqiladi. O`zbekiston sifatli qorako`l terilari yetishtirishda dunyoda mashhur. Mamlakatimizda 2004 yil 674,8, 2005-yil 675,2 ming dona qorako`l terilari ishlab chiqarilgan. O`zbekistonning qorako`l terilari Jahon mo`yna bozorlarida, Sankt-Peterburg "kim oshdi" savdo bozorida, xalqaro yarmarkalarda, shuningdek, Amerika va Yevropa bozorlarida sotiladi. Respublikada go`sht va jun yetishtirish maqsadida dag`al jun va go`sht-yog` beruvchi hisori va jaydari qo`y zotlari boqiladi. Mamlakat qo`ychiligi ayniqsa, go`sht yetishtirish bo`yicha ancha mahsuldor. Dumbali hisori qo`ylar asosan tog` va tog` oldi mintaqalarida (Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida) boqiladi. Hisori qo`chqorlardan har birining tirik vazni 190 kg. ga yetib, sof 140-150 kg. gacha go`sht-yog` beradi. Biroq mamlakatning issiq iqlimiy sharoitida qo`ylar jun mahsuldorligi ancha past (o`rtacha har bir bosh qo`yga 1 kg. dan baland). Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling