Dusmatov fazliddinning


Respublikada yetishtirilgan sabzavotlar


Download 1.35 Mb.
bet6/13
Sana29.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1306429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
fazliddin uzbekiston kurs ishi

Respublikada yetishtirilgan sabzavotlar

Mahsulot yetishtirgan xo`jalik

Yetishtirilgan tonna

Fermer xo‘jaliklari

8 793 t.

Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari

45 596 t.

Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

22 848 t.

Xo‘jalik toifalari orasida sabzavotlar yetishtirishning eng katta hajmi 45 596 t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 59,0 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi. 2021- yilga nisbatan ko‘rsatib o‘tilgan davrlarda, fermer xo‘jaliklarida 12,7 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 3,1 % va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 66,8 % o‘sish qayd etildi. Hududlar o‘rtasida sabzavot yetishtirish tarkibining asosiy qismini Surxondaryo viloyati egallamoqda, uning ulushi 31,5 % ga teng bo‘ldi. Shuningdek, yuqori ulush Toshkent (18,1 %), Buxoro (11,8 %), Farg‘ona (9,9 %) va Andijon (5,3 %) viloyatlarida qayd etildi. Past ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,8 %) va Jizzax viloyatida (1,3 %) kuzatildi. Yuqori o‘sish sur’atlari Buxoro (182,1 %), Surxondaryo (125,6 %) va Xorazm (123,5 %) viloyatlarida qayd etildi.


II.BOB.O`ZBEKISTONDA CHORVACHILIKNING RIVOJLANISHI VA UNING TARMOQLARI.
2.1 O`ZBEKISTON CHORVACHILIK TARMOQLARINING RIVOJLANISHI. QORAMOLCHILIK.
O`zbekiston-chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri. Respublikaning qulay tabiiy va iqlimiy sharoitlari hamda hosildor tuprog`i chorvachilikni rivojlantirish uchun mos. O`zbekistonning sug`oriladigan yerlari, bepoyon qir-adirlari, dashtu-cho`l hamda tog` oldi yaylovlari chorvachilikni rivojlantirish uchun o`ta qulay. Sug`oriladigan yerlarda asosan qoramolchilik, pillachilik, cho`chqachilik, parrandachilik rivojlangan bo`lsa, qir-adirlar, cho`l va tog` oldi yaylovlarida esa qo`ychilik (qorako`lchilik), echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv havzalarida esa baliqchilik rivojlangan. Chorvachilikdan keladigan daromad doimiy ravishda o`sib bormoqda. [3]
Chorvachilikni rivojlantirishning muhim omillaridan biri uning ozuqa bazasi hisoblanadi. Shuning uchun yaylovlar holatini yaxshilash, ozuqabop ekinlar maydonini kengaytirish, omixta yem ishlab chiqarishni ko`paytirishga e`tibor berilmoqda. Mamlakatda yem-xashak ekinlari jami ekin maydonining 8,0 foizini tashkil qiladi (1995 yilda 7,7 %). Mustaqillik yillarida g`alla maydonlarining kengayishi bilan somon tayyorlash hajmi ham muttasil oshib bormoqda. Keyingi yillarda chorvachilikni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida chorva mollari tuyog`i va asosiy chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish sezilarli darajada o`smoqda.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling