Dusmatov fazliddinning


KARTOSHKA, SABZAVOT, POLIZ EKINLARI. MEVACHILIK VA UZUMCHILIK


Download 1.35 Mb.
bet4/13
Sana29.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1306429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
fazliddin uzbekiston kurs ishi

1.3 KARTOSHKA, SABZAVOT, POLIZ EKINLARI. MEVACHILIK VA UZUMCHILIK
Kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari. Respublikaning iqlimi, unumdor tuprog`i, sug`orma dehqonchilik sharoitlari sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkadan hosil olishga imkon beradi. Bu tarmoqda sabzi, piyoz, lavlagi, sholg`om, turp, pomidor, karam, bodring, sarimsoq, baqlajon, qovun, tarvuz, qovoq, bargli sabzavotlar (kashnich, ukrop, petrushka va b.), kartoshka ekiladi. O`zbekistonda sabzavot va polizchilik qishloq xo`jaligining qadimiy tarmog`idir. Asosiy poliz ekinlari bo`lgan qovun, tarvuz va qovoqning vatani O`rta Osiyo hisoblanadi. Xalq seleksionerlari tomonidan qovun va tarvuzning dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida mamlakat sabzavot va polizchiligida ekinlarning tur tarkibi boyib bordi. Masalan, XIX asrning II yarmidan Rossiya orqali pomidor, kartoshka, gulkaram, chuchuk (bolgar) qalampiri, Xitoydan esa rediska va poliz ekinlarining ayrim turlari kirib keldi va asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.
2-Jadval
Ayrim qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish (ming t)

Yillar
Mahsulotlar

1993

1996

1997

2002

2005

Don

2142,4

3562,0

3775,6

3550,8

6401,8

Shu jumladan: bug`doy

876,0

2741,8

3073,0

4967,4

9575,8


Paxta

4234,5

3350,1

3645,0

3122,4




Kartoshka

472,4

513,5

691,9

777,2

924,2

Sabzavot

3038,7

2497,4

2384,2

2953,0

3517,5

Poliz ekinlari

622,3

469,7

367,6

475,4

615,3

Meva

560,1

604,8

547,7

818,5

949,3

Uzum

381,0

478,3

511,5

516,4

614,5

Ayni paytda O`zbekistonda har yili o`rtacha 5,0-5,5 mln tonna sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi. Jumladan, 2005-yilda respublikamizda 222,7 ming gektarga ushbu tarmoq ekinlari ekilib, 3517,5 ming t sabzavot, 615,3 ming t poliz ekinlari, 924,2 ming t kartoshka yetishtirilgan. Sabzavot mahsulotlari yetishtirishda Toshkent viloyati (716,5 ming t), Samarqand (625,0 ming t) va Andijon viloyatlari (461,7 ming t) yetakchi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Navoiy viloyatlariga esa mamlakatda yetishtirilgan sabzavotlarning mos holda 1,4 va 2,4 foizi to`g`ri kelgan (2005 y). Polizchilik Sirdaryo (109,9 ming t) va Jizzax viloyatlarida (107,4 ming t) eng yaxshi rivojlangan. Umuman olganda, O`zbekistonda yetishtirilgan poliz mahsulotlarining 1/3 qismidan ortiqrog`i Mirzacho`l iqtisodiy rayoniga to`g`ri keladi. Kartoshka hosili bo`yicha Samarqand viloyati Respublikada 1-o`rinda turadi. 2005 yilda mamlakatda yetishtirilgan kartoshkaning 22,6 foizi (208,7 ming t) mazkur viloyat hissasiga to`g`ri kelgan. Shuningdek, Toshkent (15,5 %), Farg`ona (10,6 %), Surxondaryo viloyatlarida (9,4 %) ham kartoshka nisbatan ko`p ekiladi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling