Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya
Metonimiya tarjimasida shakl va mazmun birligi
Download 366.75 Kb. Pdf ko'rish
|
tarjimada metonimiya ingliz va ozbek tillari misolida
2.2. Metonimiya tarjimasida shakl va mazmun birligi Har bir badiiy asar shakl va mazmunning dialektik birligini tashkil etadi. Bu hususiyatning badiiy tarjimada qayta yaratilishi to’la-to’kis adekvatlikka erishishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Ayrim tarjimonlar faoliyatida kuzatilganidek, mazmun birinchi o’ringa qo’yilib, shaklga e’tiborsizlik bilan qaraladigan bo’lsa, muallif uslubi hamda personajlarning nutqlari tasviri to’laqonli chiqmaydi. Tarjima hamma vaqt shakl va mazmunni bir buyum holda tiklashdek ijodiy jarayon bo’lib, u tarjimondan asliyatning mazmun va g’oya birligini qayta yaratish bilan bir qatorda uning muvofiq shaklini tiklashni ham talab qiladi.Ilmiy va tanqidiy adabiyotda shakl va mazmunning dialektik birligini tarjimada qayta yaratish zarurligi haqida fikr ko’p uchraydi. Ammo mavjud ishlarning birortasi bu masala misollar asosida, kengroq va atroflicha yoritib berilmagan. Tarjimada shakl va mazmunni tiklanishiga bag’ishlangan birorta maxsus ish haligacha maydonga kelmagan. Mazmun va shakl birligining tarjimada to’lqonli aks ettirilishi san’atkordan nafaqat amaliy, balki nazariy bilimlar bilan qurollangan bo’lishni talab etadi. Til hodisalari sirlarini o’zlashtirib olmasdan, asliyat va tarjima tillarining o’ziga xos qonun-qoidalaridan hamda muallifning individual ijodiy uslubidan xabardor bo’lmay turib, asliyat va ruhiyatini to’laqonli talqin etish also mumkin emas. Asliyatni shakl va mazmun birligini qayta yaratishning nihoyatda murakkabligi ayrim malakaviy va nazariy jihatdan ancha yetuk bo’lmagan tarjimonlarni umidsizlantirib qo’yadi. Mashhur tarjimashunos G.Gachechiladze haqli ravishda: “Birinchi ko’rinishda asarni qayta yaratish uning shakl va mazmun birligini takrorlash yo’li bilangina amalga oshishi mumkinday bo’lsa (shaklning asosiy unsuri esa asar ijod etilgan tildir).Tarjima qilish, darhaqiqat imkoniyatdan tashqaridir. Ammo bu boshi berkday bo’lib ko’rinadigan ko’chadan chiqib olish - 30 -
30 imkoniyati bor: bu tarjimani san’at ekanidir. Tarjima shuning uchun ham san’atki, unda shakl va mazmun bir-biridan ajratilgan holda emas, balki bir butun tarzda qayta yaratiladi… Tarjimon asliyatga mos shakl va mazmun birligini yaratishi lozim” deydi. (6;26-27)
tarjimalarida shakl va mazmun birligi yaxshi aks etganligi uchun ham ular xalqimizning sevimli asrlariga aylanib qoladilar. O’zbek kitobxonlarining bu asarlarning g’oya va mazmunlariga emas, balki ulardagi fikrni bayon qilishda tanlangan shakllar ham sehrlab qo’ymoqda. Shekspirning “Gamlet”,va “Otello” tragediyalari, A.S.Pushkinning “Yevgeniy Onegin”, L.N. Tolstoyning “Urush va tinchlik” hamda “Anna Karenina”, Voynichning “So’na”, M.Sholoxovning ”Tinch Don” romanlari shakl va mazmun jihatidan bir butun holda o’zbekchaga san’atkorona tarjima etilganligi uchun ham ularning mualliflari kitobxon ko’z oldida butun buyukliklari bilan gavdalanib turadi. Tarjimada tasviriy vositalar, ko’chimlar nihoyatda katta ro’l o’ynaydi.Ular asarning ekspressivligini oshiradi va kitobxonga zavq berib, uning asarga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Badiiy vositalar bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinganda asl nusxasidan farq qilmasligi, tarjimon asarni tarjima qilganda asl nusxasidek shakl va mazmunni saqlab qolishi kerak. Men E.Xemingueyning “Farewell to Arms” asarini o’qib, Ibrohim G’ofurov tomonidan o’zbek tiliga “Alvido Qurol“ deb tarjima qilingan o’zbekcha nusxasini ham o’qib chiqdim va ikkala asarni bir-biri bilan solishtirdim.Ya’ni asar o’zbek tiliga tarjima qilinganda ingliz tilidagi badiiy vositalar o’z ahamiyatini yo’qotmaganmi va tarjimon shakl va mazmunni asarning asl nusxasidagidek saqlab qola olganmi yo’qmi shuni ko’rib chiqdik. Ikkala asarni ham o’qib undan metonimiya tarjimasida shakl va mazmunga doir bir qancha misollar topdim va ularni quyidagicha tahlil qildim. Ya’ni ularni leksik ekvivalentlar asosida guruhlarga bo’ldim. Leksik ekvivalentlarning 3 ta turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar kiradi: 1. To’liq ekvivalentlar 2. Qisman ekvivalentlar - 31 -
31 3. Murakkab ekvivalentlar (ekvivalenti yo’q) To’liq ekvivalentlar – bunda asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta so’z to’g’ri kelishi va ikki tildagi so’z ma’nolari to’liq ekvivalentga ega bo’lishi tushuniladi.Bunday so’zlar sirasiga odatda atoqli otlar, geografik va joy nomlari, korxona, tashkilot, muassasa, idora, kema va mehmonxona nomlari va shu kabilar kiradi. Ekvivalentlar aksariyat hollarda monosemantik, ya’ni bitta ma’noga ega bo’lgan so’zlardir. Qisman ekvivalentlar - agar asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta so’z qisman to’g’ri kelsa, bunda biz qisman ekvivalentlar haqida fikr yuritamiz.Tarjima nazariyasida qisman ekvivalenlarning uch turi ham ajratiladi. Bunga sabab bir tildan boshqa tilga to’g’ri keladigan, ekvivalentdan tashqari yana bir nechta so’z ma’nolaridan iborat bo’lishi mumkin.Ko’p ma’noli so’zning bittasi ekvivalent, qolganlari esa qo’shimcha ma’no sifatida namoyon bo’ladi. Masalan ingliz tilidagi ko’p ma’noli “cover” so’zini oladigan bo’lsak, u o’zbek tilidagi “yopmoq”, “to’shamoq”, “ustiga yozmoq”, “bekitib qo’ymoq” va boshqa ma’nolariga ega. Semantik munosabatning ikkinchi varianti qisman ekvivalent so’zga to’g’ri keladigan ma’noning kesishish hodisasi. Bu degani ikki tildagi muayyan so’z bir xil ma’no yoki ma’nolarga ega bo’lishi mumkin va shunday bo’lsa ham ayni paytda ularning bir-biriga to’g’ri kelmaydigan ma’nolari ham bo’lishi mumkin. So’zning bu ma’nolari turlicha bo’lishiga asliyat va tarjima tillari turli oilalarga mansub bo’lganligi, o’zlashtirilgan so’zlar boshqa tillardan olinganligi va boshqa bir qator lingvistik va ekstralingvistik omillar sabab bo’ladi. Murakkab ekvivalentlar – munosabatlarning uchinchi turiga kiradi.Turli xalqlar ob’ektiv reallikni turlicha qabul qiladi va uni tilda turlicha, o’ziga xos ravishda aks ettiradi. Ma’lumki, ingliz tilida “qo’l” tushunchasini ifodalashni bir nechta turi mavjud. O’zbek tilida “qo’l” tushunchasi bitta so’z bilan ifodalanadi. Ingliz tilida “hand” so’zidan tashqari bu tushuchani tilda ifodalash uchun yuqorida ko’rsatilgan so’z bilan birga ayni paytda “arm” so’zi ham ishlatiladi. Bundan tashqari “hand” so’zi ko’chma ma’noda ham qo’llaniladi va ular ham o’zbek tilidagi ko’chma ma’nolarning aksariyatiga to’g’ri kelsa ham, farq qiladigan
- 32 -
32 jihatlari ko’p. Ushbu guruhga tegishli so’zlar tarjimasi alohida e’tiborga molik, chunki shu va shu kabi so’zlar tarjima jarayonida muammolar tug’diradi. Buning uchun kontekstni bilish lozim. Kontektsiz bu gapni o’zbek tiliga tarjima qilib bo’lmaydi. Tarjimada ekvivalenti bo’lmagan so’zlarga – boshqa davlatlarda qo’llanmaydigan ismlar, geografik va joy nomlari hamda xos so’zlar kiradi. Xos so’zlar tarjima nazariyasi adabiyotlarida realiya sifatida qo’llaniladi. Bunga, bir tomondan, ingliz tilidagi lobby, muffin, drugstore, ikkinchi tomondan o’zbek tilidagi tandir, somsa, qiz uzatish, uloq va shu kabi tushunchalar kiradi. (24; 106- 107-108) Download 366.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling