Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya
Download 366.75 Kb. Pdf ko'rish
|
tarjimada metonimiya ingliz va ozbek tillari misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. E.HEMINGUEYNING “ALVIDO QUROL’’ ASARIDA METONIMIYA TARJIMASI HUSUSIDA
- 2.1’’Alvido Qurol’’ asarida metonimiyaning qo’llanilishi
II. E.HEMINGUEYNING “ALVIDO QUROL’’ ASARIDA METONIMIYA TARJIMASI HUSUSIDA - 23 -
23 2.1’’Alvido Qurol’’ asarida metonimiyaning qo’llanilishi
XIX asrning oxiri XX asrda dunyoda imperiyalar tarqalib, kolonial tobelikda yashab kelgan ko’p xalqlar ozodlikka chiqdi, mustaqil milliy davlatni tuzish, tiklash va qurishga erishdi.Demokratiya, ozodlik, tenglik, birodarlik g’oyalari yer yuziga keng tarqaldi.Tarjimachilik bu kabi ulug’ g’oyalarning tez tarqalishiga yalovbardorlik qildi.XX asr tarixga ilmiy-texnikaviy rivojlanish asri, jumladan, tarjimachilik keng rivojlangan, qanot yozgan asr bo’ldi. XIX asrning so’nggi choragidan e’tiboran O’zbekistonda tarjimachilik yangi o’zanga kirdi.Matbuotning tarmoq otishi, o’quv dargohlarining misilsiz kengayishi, savodxonlik darajasining ko’tarilishi, tarjimachilikni yil sayin, kun sayin kuchaytirib bordi. XX asrning o’rtalarida ayniqsa oltmishinchi yillariga kelib, O’zbekiston dunyo adabiyotlari eng ko’p tarjima qilinadigan o’lkalardan biriga aylandi. Milliy zaminda ko’plab professional layoqatli tarjimon ijodkorlar yetishib chiqdi.Rus mumtoz va zamonaviy adabiyoti qon-qarindosh mamlakatlar, uzoq yaqin o’lkalar adabiyotning eng qimmatli madaniyat ko’rsatkichi bo’lgan namunalari mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qilindi.Tarjimalar milliy tilning o’sishi, lug’at boyligining kengayishi, turli soha terminlarining ishlanishi, tartibga solinishi, til normalariga muvofiqlantirilishi, turli-turman yo’nalishdagi lug’atlarni tayyorlab nashr qilishga yo’l ochdi. (24; 48-49) XX asr boshidan e’tiboran turli sohalar bo’yicha G’arbiy Ovropa tillarida yaratilgan asarlarning o’zbekchaga ko’plab o’girila boshlagani va bu jarayonning keyingi yarim asrdan ko’proq davr moboynida yanada jadallashib ketgani yurtimiz ilmiy-texnikaviy salohiyatimizning kamol topishi va boshqa xalqlar bilan abadiy- madaniy aloqalarning kengayishida muhim ahamiyat kasb etadi.Bizning e’tiborimizni o’ziga ko’proq tortayotgan mamlakatlar qalam ahllari, chunonchi, G’arbiy Ovropa mamlakatlari adabiyotining ajralmas bo’lagi hisblanmish Angliya adabiyoti va ingliz zabon ijodkorlar sanalmish amerika adabiyoti vakillari asarlarining o’zbek tiliga tarjimalari haqida gap ketadigan bo’lsa , shuni alohida qayd etish lozimki, bunday tarjima asalari o’zbek kitobxonlari e’tiborini darhol o’ziga tordi va tez orada ularning ko’pchiligi xalqimizning sevimli asarlariga
- 24 -
24 aylanib kitob javonlaridan o’rin oldi.40- yillarda o’zbek kitobxonlari jahon adabiyotining bir talay yirik namoyondalari asarlarini ona tilida mutola qila boshladilar.Abdulla Oripov Gyotening “Faust”ini, Qodir Mirmuhammedov “Oddiseya”,Mirtemir qirg’iz eposi “Manasni”, Muhammad Ali hind xalqining “Ramayona” eposi Ibrohim G’ofurov tomonidan Ernest Hemingueyning “Alvido qurol” asari va boshqa bir qator asalar o’zbek tiliga tarjima qilindi. (14;14-16)
asari o’zbek kitobxonlarining sevimli asariga aylangan.Asar yozuvchining hayotidan olingan bo’lib, unda urushda bo’lgan voqeakalar ta’svirlanadi.Asar o’zbek tiliga Ibrohim G’ofurov tomonidan tarjima qilingan.Yozuvchi asarda badiiy vositalardan mohirona qo’llagan bo’lib, bunda bizlar badiiy vositalardan metonimiya, metafra, sinekdoxa, epitet, perifraza, kabi ko’pgina badiiy vositalarni ko’ramiz. BMIning II bobi asardagi metonimiyalarni qo’llanilishi, tarjimada shakl va mazmunni saqlanib qolishi va tarjimadagi kamchiliklar ko’rib chiqamiz. Kitobning birinchi betida asarga shunday ta’rif berilgan “Ernest Xemingueyning Alvido qurol romani shafqatsiz va mantiqsiz urushga qarshi yozilgan otashin asardir.Romanning bosh qahramoni leytenat Genri sof, yorqin muhabbat yo’lida be’mani urushni tashlab ketadi.Bu ramon buyuk yozuvchining eng ehtirosli asarlaridan biridir”deb aytilgan. Metonimiyalarning E.Hemingueyning “Alvido qurol” (Farewell to Arms ) asarida qo’llanilishi va uning o’ziga xos tomonlari. E. Hemingueyning “Farewell to Arms” asari Ibrohim G’ofurov tomonidan o’zbek tiliga “Alvido Qurol” nomi bilan tarjima qiligan. Asar juda qiziqarli, tili ham ravon, stilistik bo’yoqlarga boy asar bo’lib, unda avvalo o’zbek tillarini aslan qudratining ifodasini ko’rish mumkin bo’lsa, qolaversa yozuvchining tilga shaxsiy munosabatlari va uning qudratini oshirishda erishgan xissalarini sezish mumkin.Shundan kelib chiqib bu asarni stilistik jihatdan tahlil qilishga harakat qildik.Mazkur bitiruv malakaviy ish muhokamasida kaminaning vazifasi asarda qo’llanilga metonimiyalarni topish, ularni tahlil qilish va ularni o’zbek tiliga qanday tajima qilinganligini aytish, badiiy asarni tarjima qilish jarayonida - 25 -
25 metonimiya o’zbek tilida ham o’zining tuzilishi va ma’nosini saqlab qolgan va qolmaganligini ko’rib chiqishimiz va tarjimada uchraydigan muoammolarni kitobxonlarga tushuntirishimiz, BMIning oldiga qo’yilgan asosiy vazifalarimizdan biridir.Yozuvchining individual uslubidan kelib chiqqan holda, asada qo’lanilgan metanimiyalarning son va sifat jihatidan yangi tomonlari bor yo’qligini o’rganishdir. Asarni o’qib bo’lib undagi metonimiyalarni topdim va ularni qoidasi bo’yich 5 guruhga bo’ldim, ular quyidagilar: 1) Metonimiya so’zlarning mavhum hamda aniq tushunchalari asosida hosil bo’lishi mumkin. 2) Narsa, hodisa yoki kishilarga xos xususiyatlar o’sha narsaning yoki kishilarning nomiga o’tkaziladi. 3) Bo’lakning butunga yoki butunning bo’lakka munosabati.(Sinekdoxa) 4) Ma’lum narsa bilan uning nomi o’rtasidagi munosabat asosida metonimiyaning yana bir turi vujudga keladi. 5) Ba’zan esa muallifning ismi uning asari o’rnida qo’llaniladi. 1. The river ran behind us and the town had been captured very handsomely but the maintains beyond it could not be taken and I was very glad the Aaustrians seemed to want to come to the town sometimes, if the war should and because thewy did not bombard it to destroy it but only a little in a military war. (8;4) Daryo bizning ortimizda oqardi, shaharni ham osongina qo’lga kiritdik, lekin nariroqdagi tog’larni ishg’ol qila olmadik; men shunisiga xursand edimki, avstriyaliklar qachonlardir urush tugasa, qaytib boramiz-ku, degan o’y bo’lsa kerak, shaxarni aytarli bombardion qilishmas yo’liga po’psa qilib qo’yardilar xalos. (7; 9) Bu yerda us metonimiya, o’zbek tiliga bizni deb tarjima qilinadi. Chunki daryo bizni orqamizdan oqmaydi. Biz orqali yashaydigan joy nazarda tutilmoqda. Bu gap metonimiyaning to’rtinchi turiga kiradi, ya’ni ma’lum narsa bilan uning o’rtasidagi munosabatni ko’rishimiz mumkin. 2. The battary in the next garden woke me in the morning. (8; 1) - 26 -
26 Ertalab meni qo’shni bog’dagi batariya uyg’otib yubordi. (7; 19) Batareya so’zi batareya qurollaridan chiqadigan qattiq tovushni bildiradi.Uni batareya emas, batareyadan chiqadigan qattiq tovush uyg’otib yuborgan. Bu gapda narsa bilan uning o’rtasidagi munosabat ko’rsatilgan. Bu gap metonimaning to’rtinchi turiga mnsub. 3. The battary fired twice. (8; 11) Batareya ikki marta o’q uzdi. (7; 19) Bu gapda batareya qurol ma’nosini bildiradi. Bu gapda metonimiyaning to’rtinchi turi narsa bilan uning nomi o’rtasidagi munosabat ko’rsatilmoqda. 4. Don’t write anything that will bother the censor. (8; 18)
Bu yerda senzor metonimiya.Yozuvchi senzor deb jamitatni nazarda tutmoqda. Bu gap metonimiyaning to’rtinchi turiga misol bo’la oladi. 5. A regiment went by in the road and I watched them pass. (8; 24) Yonimdagi yo’ldan polk o’tib borardi, men saflar qanday qadam tashlayotganiga qarab turar edim. (7; 39) Regriment so’zi o’zbek tiliga polk deb tarjima qilanadi. Polk so’zininig ma’nosi ko’pchilikdan tashkil topgan asakarlarning guruhi nazarda tutiladi.Polkning oyog’i yo’q u yurolmaydi, polk orqali odamlar nazarda tutilmoqda.Bu gapda metonimuyaning to’rtinchi turi qo’llanilgan. 6
There were stragglers going by long after the regriment had passed men who could not keep up with their platoons. (8; 24)
Polk allaqachon o’tib bo’lganiga qaramasdan, yo’lda hamon orqada qolganlar o’tib borishardi - bular o’z bo’linmalari bilan barobar borishga qurblari yetmay qolganlar edi. (7; 39) Bu gapda polk so’zi metonimiya bo’lib, unda odamlar nazarda tutilmoqda. Bu misol narsa bilan uning o’rtasidagi munosabatni ko’rsatadi. 7. I would like to eat at the Cova and then walk the Via- Manzoni in the hot evening and cross over and turn off along the canal and go to the hotel with Catherine Barkley. (8; 28) - 27 -
27 U bilan “Kova”da ovqatlanib olsang-da, keyin dim kechki havoda Via- Mansoni bo’ylab ketsang, ko’prikdan o’tib, kanal yoqalab burilsangda Ketrin Barkiln bilan otelga kirsang. (7; 44) Kova so’zi gapda metonimiya bo’lib, u Italiyadagi bir shahar. Bu yerda Kova so’zi orqali Kovadagi restaranni nazarda tutmoqda. Ya’ni narsa bilan uning o’tasidagi nomi ko’rsartilmoqda. 8. The saint hung down on the outside of my uniform and I undid the throat of my tunic, unbuttoned the shirtn collar and dropped him in under the shirt. (8; 32) Avliyo xarbiy frenchim ustida turib qoldi, men yoqamni ochib, kuylagimning yoqasini bo’shatdimda avliyo Antoniyni ichimga solib qo’ydim. (7; 51) 9. “ It’s a saint Anthony” she said.(8; 31) Bu avliyo antoniy – dedi u. (7; 50) Bu gapda narsani nomi bilan atamoqda, ya’ni Avliyo Antoniy deb medalyonni nazarda tutmoqda.Bu misolda tirik odam emas, balki unig rami tushirilgan medalyonni ko’rsatmoqda. 10. The Saint Anthony was in a little metal capsule. (8; 32) Avliyo Antoniy oq metaldan ishlangan kichkina medalyonga joylangan edi. (7; 50) Bu yerda Avliyo Antoniyning rasmi haqida gapirilmoqda, chunki tirik odamni medalyonga joylab bo’lmaydi.Bu misol metonimiyaning to’rtinchi turiga kiradi. 11. The enemy’s ears are everywhere. (8; 66) Dushmanning har yerda qulog’i bor. (7; 98) Bu gapda quloq metonimiya bo’lib, yozuvchi quloq orqali odamlarni nazarda tutmoqda. Ya’ni bu gapni shunday tushunishimiz mumkin. Dushmanning hamma yerda odami, ayg’oqchisi bor deb. Bu misolda metonimiyaning birinchi turi, ya’ni metonimik so’zlarni aniq va mavhum tushunchalariasosida bog’lanishiga misol bo’la oladi. 12.In the fall when the rains came the leaves all fell from the chesnut trees and the branches were bare and the trunks black with rain. (8; 1) Kuz kirib, yomg’ir ketidan yomg’ir quyib bergach, kashtanlarning yaproqlari
- 28 -
28 duv to’kilardi-da, shoxlari qip-yalang’och bo’lib qoldida, daraxtlarning tepalari yomg’irdan qorayib ketdi. (7; 8) Bugungi kunda ingliz tilida “autumn” ya’ni kuz degan so’zning o’rnida “fall” degan so’zi ishlatilishini ko’ramiz. Bu so’z kelib chiqishiga ko’ra “come or go down freely” ya’ni kelmoq yoki tushmoq deb tarjima qilinadi.Kuzda daraxtlarning yaproqlari tushadi. Shuning uchun kuz “fall” ya’ni “tushish” deb nomlanadi. Bunda butun qism bilan ifodalanmoqda. Bu gap metonimiyaning uchinchi turiga tegishli. 13.”When you come back bring a phonograph” “Bring good opera disks”. “Bring Caruso”. “Don’t bring Caruso. He bellows”. (8; 7) -Qaytib kelayotganingizda grammafon obkeling. -Yaxshi opera plastinkalaridan obkeling. -Karuzoni obkeling. -Karuzo kerak emas, uvillaydi. (7; 13) Asarda Genrinig do’sti undan plastinka olib kelishini so’radi. Bunda u Karuzoni plastinkasini so’radi, Karuzoni o’zini emas. Ya’ni o’sh plastinkani uni yozgan odam nomi bilan aytilmoqda. Bu gapda muallifning ismi uning asari o’rnida qo’llanmoqda. Bu misol metonimiyaning to’rtinchi turiga tegishli. 14.Rinaldi was sitting on the bed with a copy of Hugo’s English grammar. (17; 12) Rinaldi Huyugoning ingliz tili grammatikasini qo’lda tutib, karovotda o’tirgan ekan. (8; 22) Bu misolda asar yozuvchining nomi bilan ishlatilmoqda. Huyugo kitobni yozgan muallif bo’lib kitob unig nomi bilan aytilmoqda.Bu gap metonimiyaning beshinchi turiga mansub. 15. We were in the foot-hills on the near side of the river and as the road mounted there were the high mountains off to the north with snow still on the tops. (8; 32) Biz daryo tomondan tog’ etagi bilan ketmoqda edik, yo’l yuqorilagach, shimol tomanda baland qorli cho’qqilar ko’rindi. (7; 51)
- 29 -
29 Bu yerda “tog’ etagi” metonimiya bo’lib, tog’ etagi deganda tog’ning yo’li nazarda tutilmoqda. Narsa bilan bilan uning o’rtasidagi munosabat ko’rsatilmoqda. Bu gapda metonimiyaning uchinchi turi qo’llanilmoqda. Download 366.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling