Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya


Download 366.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana25.11.2021
Hajmi366.75 Kb.
#177367
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
tarjimada metonimiya ingliz va ozbek tillari misolida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

II.    E.HEMINGUEYNING    “ALVIDO  QUROL’’  ASARIDA 

METONIMIYA TARJIMASI HUSUSIDA 

 


 

- 23 - 


23 

2.1’’Alvido Qurol’’ asarida metonimiyaning qo’llanilishi 

      


XIX asrning oxiri XX asrda dunyoda imperiyalar tarqalib, kolonial tobelikda 

yashab  kelgan  ko’p  xalqlar  ozodlikka  chiqdi,  mustaqil  milliy  davlatni  tuzish, 

tiklash  va  qurishga  erishdi.Demokratiya,  ozodlik,  tenglik,  birodarlik  g’oyalari  yer 

yuziga  keng  tarqaldi.Tarjimachilik  bu  kabi  ulug’  g’oyalarning  tez  tarqalishiga 

yalovbardorlik  qildi.XX  asr  tarixga  ilmiy-texnikaviy  rivojlanish  asri,  jumladan, 

tarjimachilik  keng  rivojlangan,  qanot  yozgan  asr  bo’ldi.  XIX  asrning  so’nggi 

choragidan e’tiboran O’zbekistonda tarjimachilik yangi o’zanga kirdi.Matbuotning 

tarmoq  otishi,  o’quv  dargohlarining  misilsiz  kengayishi,  savodxonlik  darajasining 

ko’tarilishi, tarjimachilikni yil sayin, kun sayin kuchaytirib bordi. 

         XX  asrning  o’rtalarida  ayniqsa  oltmishinchi  yillariga  kelib,  O’zbekiston 

dunyo adabiyotlari eng ko’p tarjima qilinadigan o’lkalardan  biriga aylandi. Milliy 

zaminda  ko’plab  professional  layoqatli  tarjimon  ijodkorlar  yetishib  chiqdi.Rus 

mumtoz  va  zamonaviy  adabiyoti  qon-qarindosh  mamlakatlar,  uzoq  yaqin  o’lkalar 

adabiyotning  eng  qimmatli  madaniyat  ko’rsatkichi  bo’lgan  namunalari  mahorat 

bilan  o’zbek  tiliga  tarjima  qilindi.Tarjimalar  milliy  tilning  o’sishi,  lug’at 

boyligining  kengayishi,  turli  soha  terminlarining  ishlanishi,  tartibga  solinishi,  til 

normalariga  muvofiqlantirilishi,  turli-turman  yo’nalishdagi  lug’atlarni  tayyorlab 

nashr qilishga yo’l ochdi. (24; 48-49) 

      XX  asr  boshidan  e’tiboran  turli  sohalar  bo’yicha  G’arbiy  Ovropa  tillarida 

yaratilgan  asarlarning  o’zbekchaga  ko’plab  o’girila  boshlagani  va  bu  jarayonning 

keyingi yarim asrdan ko’proq davr moboynida yanada jadallashib ketgani yurtimiz 

ilmiy-texnikaviy  salohiyatimizning  kamol  topishi  va  boshqa  xalqlar  bilan  abadiy-

madaniy  aloqalarning  kengayishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.Bizning 

e’tiborimizni  o’ziga  ko’proq  tortayotgan  mamlakatlar  qalam  ahllari,  chunonchi, 

G’arbiy Ovropa  mamlakatlari adabiyotining ajralmas bo’lagi hisblanmish Angliya 

adabiyoti  va  ingliz  zabon  ijodkorlar  sanalmish  amerika  adabiyoti  vakillari 

asarlarining  o’zbek  tiliga  tarjimalari  haqida  gap  ketadigan  bo’lsa  ,  shuni  alohida 

qayd  etish  lozimki,  bunday  tarjima  asalari  o’zbek  kitobxonlari  e’tiborini  darhol 

o’ziga  tordi  va  tez  orada  ularning  ko’pchiligi  xalqimizning  sevimli  asarlariga 



 

- 24 - 


24 

aylanib  kitob  javonlaridan  o’rin  oldi.40-  yillarda  o’zbek  kitobxonlari  jahon 

adabiyotining  bir  talay  yirik  namoyondalari  asarlarini  ona  tilida  mutola  qila 

boshladilar.Abdulla  Oripov  Gyotening  “Faust”ini,  Qodir  Mirmuhammedov 

“Oddiseya”,Mirtemir  qirg’iz  eposi  “Manasni”,  Muhammad  Ali  hind  xalqining 

“Ramayona”  eposi  Ibrohim  G’ofurov  tomonidan  Ernest  Hemingueyning  “Alvido 

qurol” asari va boshqa bir qator asalar  o’zbek   tiliga tarjima qilindi. (14;14-16) 

       Tarjima qilingan asalar ichidan ayniqsa Ernest Hemingueyning “Alvido qurol” 

asari  o’zbek  kitobxonlarining  sevimli  asariga  aylangan.Asar  yozuvchining 

hayotidan  olingan  bo’lib,  unda  urushda  bo’lgan  voqeakalar  ta’svirlanadi.Asar 

o’zbek tiliga Ibrohim G’ofurov tomonidan tarjima qilingan.Yozuvchi asarda badiiy 

vositalardan  mohirona  qo’llagan  bo’lib,  bunda  bizlar  badiiy  vositalardan 

metonimiya, metafra, sinekdoxa, epitet, perifraza, kabi ko’pgina badiiy vositalarni 

ko’ramiz. BMIning II bobi asardagi metonimiyalarni qo’llanilishi, tarjimada shakl 

va mazmunni saqlanib qolishi va tarjimadagi kamchiliklar ko’rib chiqamiz. 

          Kitobning  birinchi  betida  asarga  shunday  ta’rif  berilgan  “Ernest 

Xemingueyning  Alvido  qurol  romani  shafqatsiz  va  mantiqsiz  urushga  qarshi 

yozilgan  otashin  asardir.Romanning  bosh  qahramoni  leytenat  Genri  sof,  yorqin 

muhabbat  yo’lida  be’mani  urushni  tashlab  ketadi.Bu  ramon  buyuk  yozuvchining 

eng ehtirosli asarlaridan biridir”deb aytilgan. 

             Metonimiyalarning E.Hemingueyning “Alvido qurol” (Farewell to Arms ) 

asarida qo’llanilishi va uning o’ziga xos tomonlari. 

       E.  Hemingueyning  “Farewell  to  Arms”  asari  Ibrohim  G’ofurov  tomonidan 

o’zbek  tiliga  “Alvido  Qurol”  nomi  bilan  tarjima  qiligan.  Asar  juda  qiziqarli,  tili 

ham ravon, stilistik bo’yoqlarga boy asar bo’lib, unda avvalo o’zbek tillarini aslan 

qudratining ifodasini ko’rish mumkin bo’lsa, qolaversa yozuvchining tilga shaxsiy 

munosabatlari  va  uning  qudratini  oshirishda  erishgan  xissalarini  sezish 

mumkin.Shundan  kelib  chiqib  bu  asarni  stilistik  jihatdan  tahlil  qilishga  harakat 

qildik.Mazkur  bitiruv  malakaviy  ish  muhokamasida  kaminaning  vazifasi  asarda 

qo’llanilga  metonimiyalarni  topish,  ularni  tahlil  qilish  va  ularni  o’zbek  tiliga 

qanday    tajima  qilinganligini  aytish,  badiiy  asarni  tarjima  qilish  jarayonida 




 

- 25 - 


25 

metonimiya  o’zbek    tilida  ham  o’zining  tuzilishi  va  ma’nosini  saqlab  qolgan  va 

qolmaganligini  ko’rib  chiqishimiz  va  tarjimada  uchraydigan  muoammolarni 

kitobxonlarga tushuntirishimiz, BMIning oldiga qo’yilgan asosiy vazifalarimizdan 

biridir.Yozuvchining  individual  uslubidan  kelib  chiqqan  holda,  asada  qo’lanilgan 

metanimiyalarning  son  va  sifat  jihatidan  yangi  tomonlari  bor  yo’qligini 

o’rganishdir. Asarni o’qib bo’lib undagi  metonimiyalarni topdim va ularni qoidasi 

bo’yich 5 guruhga bo’ldim, ular quyidagilar: 

1)  Metonimiya  so’zlarning  mavhum  hamda  aniq  tushunchalari  asosida  hosil 

bo’lishi mumkin. 

2)  Narsa,  hodisa  yoki  kishilarga  xos  xususiyatlar  o’sha  narsaning  yoki 

kishilarning nomiga o’tkaziladi. 

3) Bo’lakning butunga yoki butunning bo’lakka munosabati.(Sinekdoxa) 

4)  Ma’lum  narsa  bilan  uning  nomi  o’rtasidagi  munosabat  asosida 

metonimiyaning yana bir turi vujudga keladi. 

5)  Ba’zan esa muallifning ismi uning asari o’rnida qo’llaniladi. 

1. 

The  river  ran  behind  us  and  the  town  had  been  captured  very 



handsomely but the maintains beyond it could not be taken and I was very glad the 

Aaustrians seemed to want to come to the town sometimes, if the war should and 

because thewy did not bombard it to destroy it but only a little in a military war.  

      (8;4) 

     Daryo bizning ortimizda oqardi, shaharni ham osongina qo’lga kiritdik, lekin  

      nariroqdagi tog’larni ishg’ol qila olmadik; men shunisiga xursand edimki,  

      avstriyaliklar qachonlardir urush tugasa, qaytib boramiz-ku, degan o’y bo’lsa  

      kerak, shaxarni aytarli bombardion qilishmas yo’liga po’psa qilib qo’yardilar  

       xalos. (7; 9) 

   Bu  yerda  us  metonimiya,  o’zbek  tiliga  bizni  deb  tarjima  qilinadi.  Chunki  daryo 

bizni orqamizdan oqmaydi. Biz orqali yashaydigan joy nazarda tutilmoqda. Bu gap 

metonimiyaning to’rtinchi turiga kiradi, ya’ni ma’lum narsa bilan uning o’rtasidagi 

munosabatni ko’rishimiz mumkin. 

 2.  The battary in the next garden woke me in the morning. (8; 1) 




 

- 26 - 


26 

    Ertalab meni qo’shni bog’dagi batariya uyg’otib yubordi. (7; 19) 

     Batareya  so’zi  batareya  qurollaridan  chiqadigan  qattiq  tovushni  bildiradi.Uni 

batareya emas, batareyadan chiqadigan qattiq tovush uyg’otib yuborgan. Bu gapda 

narsa  bilan  uning  o’rtasidagi  munosabat  ko’rsatilgan.  Bu  gap  metonimaning 

to’rtinchi turiga mnsub. 

 3.  The battary fired twice. (8; 11) 

    Batareya ikki marta o’q uzdi. (7; 19) 

     Bu  gapda  batareya  qurol  ma’nosini  bildiradi.  Bu  gapda  metonimiyaning 

to’rtinchi turi narsa bilan uning nomi o’rtasidagi munosabat ko’rsatilmoqda. 

 4.  Don’t write anything that will bother the censor. (8; 18) 

     Senzorga ozor beradigan gaplarni yozib o’tirmang yana. (7; 30) 

     Bu yerda senzor  metonimiya.Yozuvchi senzor deb jamitatni nazarda tutmoqda. 

Bu gap metonimiyaning to’rtinchi turiga misol bo’la oladi. 

5.  A regiment went by in the road and I watched them pass. (8; 24) 

      Yonimdagi yo’ldan polk o’tib borardi, men saflar qanday qadam  

       tashlayotganiga qarab turar edim. (7; 39) 

     Regriment so’zi o’zbek tiliga polk deb tarjima qilanadi. Polk so’zininig ma’nosi 

ko’pchilikdan tashkil topgan asakarlarning guruhi nazarda tutiladi.Polkning oyog’i 

yo’q  u  yurolmaydi,  polk  orqali  odamlar  nazarda  tutilmoqda.Bu  gapda 

metonimuyaning to’rtinchi turi qo’llanilgan. 

6

.

  There were stragglers going by long after the regriment had passed men who 

     could not keep up with their platoons. (8; 24) 

      


Polk allaqachon o’tib bo’lganiga qaramasdan, yo’lda hamon orqada qolganlar 

     o’tib borishardi - bular o’z bo’linmalari bilan barobar borishga qurblari yetmay    

     qolganlar edi. (7; 39) 

     Bu  gapda  polk  so’zi  metonimiya  bo’lib,  unda  odamlar  nazarda  tutilmoqda.  Bu 

misol narsa bilan uning o’rtasidagi munosabatni ko’rsatadi.   

7.   I would like to eat at the Cova and then walk the Via- Manzoni in the hot   

      evening and cross over and turn off along the canal and go to the hotel with    

     Catherine Barkley. (8; 28) 




 

- 27 - 


27 

     U bilan “Kova”da ovqatlanib olsang-da, keyin dim kechki havoda Via-   

     Mansoni bo’ylab ketsang, ko’prikdan o’tib, kanal yoqalab burilsangda Ketrin  

     Barkiln bilan otelga kirsang. (7; 44) 

    Kova  so’zi  gapda  metonimiya  bo’lib,  u  Italiyadagi  bir  shahar.  Bu  yerda  Kova 

so’zi  orqali  Kovadagi    restaranni  nazarda  tutmoqda.  Ya’ni  narsa  bilan  uning 

o’tasidagi nomi ko’rsartilmoqda.  

8The saint hung down on the outside of my uniform and I undid the throat of my  

    tunic, unbuttoned the shirtn collar and dropped him in under the shirt. (8; 32) 

    Avliyo xarbiy frenchim ustida turib qoldi, men yoqamni ochib, kuylagimning  

    yoqasini bo’shatdimda avliyo Antoniyni ichimga solib qo’ydim. (7; 51) 

 9. “ It’s a saint Anthony” she said.(8; 31) 

      Bu avliyo antoniy – dedi u. (7; 50)    

    Bu  gapda  narsani  nomi  bilan  atamoqda,  ya’ni  Avliyo  Antoniy  deb  medalyonni 

nazarda  tutmoqda.Bu  misolda  tirik  odam  emas,  balki  unig  rami  tushirilgan 

medalyonni ko’rsatmoqda. 

10. The Saint Anthony was in a little metal capsule. (8; 32) 

      Avliyo Antoniy oq metaldan ishlangan kichkina medalyonga joylangan edi.               

      (7; 50) 

   Bu  yerda    Avliyo  Antoniyning  rasmi  haqida  gapirilmoqda,  chunki  tirik  odamni 

medalyonga  joylab  bo’lmaydi.Bu  misol  metonimiyaning  to’rtinchi  turiga  kiradi. 

11. The enemy’s ears are everywhere. (8; 66) 

      Dushmanning har yerda qulog’i bor. (7; 98) 

   Bu  gapda  quloq  metonimiya  bo’lib,  yozuvchi  quloq  orqali  odamlarni  nazarda 

tutmoqda.  Ya’ni  bu  gapni  shunday  tushunishimiz  mumkin.  Dushmanning  hamma 

yerda odami, ayg’oqchisi bor deb. Bu misolda metonimiyaning birinchi turi, ya’ni 

metonimik  so’zlarni  aniq  va  mavhum  tushunchalariasosida  bog’lanishiga  misol 

bo’la oladi. 

12.In the fall when the rains came the leaves all fell from the chesnut trees and the 

    branches were bare and the trunks black with rain. (8; 1) 

    Kuz kirib, yomg’ir ketidan yomg’ir quyib bergach, kashtanlarning yaproqlari  



 

- 28 - 


28 

    duv to’kilardi-da, shoxlari qip-yalang’och bo’lib qoldida, daraxtlarning tepalari 

    yomg’irdan qorayib ketdi. (7; 8) 

   Bugungi  kunda  ingliz  tilida  “autumn”  ya’ni  kuz  degan  so’zning  o’rnida  “fall” 

degan  so’zi  ishlatilishini  ko’ramiz.  Bu  so’z  kelib  chiqishiga  ko’ra  “come  or  go 

down freely” ya’ni kelmoq yoki tushmoq deb tarjima qilinadi.Kuzda daraxtlarning 

yaproqlari  tushadi.  Shuning  uchun  kuz  “fall”  ya’ni  “tushish”  deb  nomlanadi. 

Bunda  butun  qism  bilan  ifodalanmoqda.  Bu  gap  metonimiyaning  uchinchi  turiga 

tegishli.  

13.”When you come back bring a phonograph”  

     “Bring good opera disks”. 

     “Bring Caruso”. 

     “Don’t bring Caruso. He bellows”. (8; 7) 

     -Qaytib kelayotganingizda grammafon obkeling. 

     -Yaxshi opera plastinkalaridan obkeling. 

     -Karuzoni obkeling. 

     -Karuzo kerak emas, uvillaydi. (7; 13) 

  Asarda Genrinig  do’sti  undan plastinka olib kelishini so’radi.  Bunda  u  Karuzoni 

plastinkasini  so’radi,  Karuzoni  o’zini  emas.  Ya’ni  o’sh  plastinkani  uni  yozgan 

odam  nomi  bilan  aytilmoqda.  Bu  gapda  muallifning  ismi  uning  asari  o’rnida 

qo’llanmoqda. Bu misol metonimiyaning to’rtinchi turiga tegishli.  

14.Rinaldi was sitting on the bed with a copy of Hugo’s English grammar. (17; 12) 

     Rinaldi  Huyugoning  ingliz  tili  grammatikasini  qo’lda  tutib,  karovotda  o’tirgan      

ekan. (8; 22)  

   Bu misolda asar yozuvchining nomi bilan ishlatilmoqda. Huyugo kitobni yozgan  

muallif bo’lib kitob unig nomi bilan aytilmoqda.Bu gap metonimiyaning beshinchi 

turiga mansub.                      

15. We were in the foot-hills on the near side of the river and as the road mounted      

there were the high mountains off to the north with snow still on the tops. (8; 32) 

 Biz  daryo  tomondan  tog’  etagi  bilan  ketmoqda  edik,  yo’l  yuqorilagach,  shimol 

tomanda baland qorli cho’qqilar ko’rindi. (7; 51) 



 

- 29 - 


29 

     Bu  yerda  “tog’  etagi”  metonimiya  bo’lib,  tog’  etagi  deganda  tog’ning  yo’li 

nazarda tutilmoqda. Narsa bilan bilan uning o’rtasidagi munosabat ko’rsatilmoqda. 

Bu gapda metonimiyaning uchinchi turi qo’llanilmoqda. 




Download 366.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling