Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya


Download 366.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana25.11.2021
Hajmi366.75 Kb.
#177367
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
tarjimada metonimiya ingliz va ozbek tillari misolida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

- 41 - 


41 

XULOSA 

 

 

1.  E.Xemingueyning  “Alvido  qurol”  asarini  ingliz  tilidan  o’zbek  tiliga 



o’girgan  tarjimon  ko’chimning  eng  murakkab  turlaridan  bo’lgan  metonimiyaning 

tarjimada  asliyatini  saqlashga  katta  e’tibor  qaratgan.  Asliyat  tiliga  mos  muqobil 

variant  topishi,  uning  ma’no  va  mazmun  xususiyatlarini  yoki    shakli  saqlangan 

yoki  o’zgartirgan  holda  berishi,  transliteratsiya,  izoh  berish    va  badiiy  tarjimadan 

ko’ra  ko’proq  ilmiy  tarjima  usullaridan  foydalanganligi  kuzatiladi.  Bu    -  yangi 

tarjima usullarini vujudga keltirib chiqaradi. 

  

2.  Tarjima  jarayonida  matn  mazmuniga  ziyon  yetkazmaslik,  badiiy  o’ziga 



xoslikni  va  asar  badiiy  koloritini  saqlashga  urinishlar  va  bu  boradagi  ijodiy 

yondashuvlar  kuzatilsa-da,  tarjimon    anchagina  nuqsonlarga  yo’l  qo’ygan, 

aksariyat  hollarda  ba’zi  badiiy  tasvir  vositalari,  milliy  so’z  va  iboralarning  leksik 

va  kontekstual  ma’nolarini  hamda  shakliy  ixchamlikni,  musiqiy  ohangdorlikni 

saqlay  olmagan.  Bunga  sabab  esa  uning  ko’proq  ilmiy  hamda  erkin  tarjima 

printsipiga amal qilganligidan dalolatdir. 

 

3.  Noqardosh  tildan  tarjima  qilayotgan  tarjimon  har  bir  mayda  detalga, 



mushtaraklikka  va  o’ziga  xoslikka  ehtibor  bermasa,  asar  milliyligiga  putur 

yetkazib qo’yishi, badiiy asar muallifining individual uslubini va ruhini kitobxonga 

to’g’ri  yetkaza  olmasligi  mumkin.  Ingliz  xalqining  urf-odatlari,  turmush  tarzi, 

ruhiyati,  madaniyati,  mentaliteti  va  tilini  yaxshi  o’rgangan  tarjimon  metonimiya  

orqali asliyat mazmunini tarjimada to’la bera oldi. 

 

4.  E.Xemingueyning  “Alvido  qurol”  asarini  ingliz  tilidan  o’zbek  tiliga 



tarjimasi  o’zbek  kitobxoniga  ingliz  xalqining  ma’lum  bir  davrdagi  (urush 

davridagi)  rasm-rusmlari,  yashash  tarzi,  madaniyati,  mentaliteti,  milliy  xarakteri 

borasida tasavvur hosil qilishga  yordamchi manba bo’lib xizmat qiladi.   

5. Milliy realiyalar transliteratsiya yoki ekvivalent qo’llash orqali o’girilganki, 

bu 

narsa 


tarjima 

tili 


asliyatni 

singdira 

olmasligi, 

kitobxon 

uchun 

tushunmovchiliklar  keltirib  chiqarishi  bilan  belgilanadi.  Tarjimon  qo’llagan  bu 



usul  eng  to’g’ri  bo’lib,  o’zbek  o’quvchisi  ko’z  o’ngida  voqeaning  qaerda,  qaysi 


 

- 42 - 


42 

millat  doirasida  kechganligini  realiyalar  tarjimasi  orqali  gavdalantiradi  va  oson 

tushunilishini  ta’minlaydi.  Bu  o’z  o’rnida  tarjima  realiyalarning  o’zbek  tiliga 

o’zlashib, ularning lug’at tarkibidan joy olishiga zamin yaratdi.  

 

6.  E.Xemingueyning  “Alvido  qurol”  asarining  o’zbek  tiliga  qilingan 



tarjimasidagi  ayrim  metonimik  chekinishlar  ingliz  tili  qonuniyatlari  asosida 

asliyatning  ma’no  va  mazmuninigina  emas,  balki  uning  badiiy  uslubini,  timsollar 

silsilasini  va  ta’sirchan  ruhini  saqlash  imkonini  berdi.  Qolaversa,  mazkur  asar 

o’zbek  kitobxonlariga o’ziga xos badiiy-ilmiy asar sifatida taqdim etildi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 366.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling