Metonimiyaning muayyan ko‘rinishi – sinekdoxa butun va qism
orasidagi bog‘liqlikni nazarda tutadi. Metonimiya va metafora orasidagi farq nom
ko‘chish asoslaridadir. Metaforaga o‘xshashlik, metonimiyaga bog‘liqlik asos
bo‘ladi. Bu eng asosiy farq bo‘lib, o‘xshashlik va bog‘liqlik munosabatlari
orasidagi tafovut bu farqni yanada kuchaytiradi.
Bu tafovut shundaki, o‘xshashlik qaysidir darajada erkin, ya’ni subyekt
o‘xshashlikni ochadigina emas. Noo‘xshash narsalar orasida mutanosiblikni topish
qadimdan iste’dod sanaladi. Metaforada qiyos asosi nihoyatda murakkab bo‘lishi
mumkin. Yuqorida ana shunday holatlar haqida gapirib, faqat so‘zning semem
tarkibiga suyanib turib bu xil metaforalarni ochish qiyin bo‘lishi haqida gapirgan
edik.
Metonimiyada esa bog‘liqlik asos bo‘ladi. Bog‘liqlik obyektiv mavjud
bo‘lmasa, uni tiklab bo‘lmaydi. Darhaqiqat, bog‘liqlik (munosabati) xususiyati
doimiy bo‘lib, uni hamma tan oladi va qayd etadi. Ko‘chaning oldingi qismini
nima uchun bosh deb atalishiga umumtektologik-mantiqiy qonuniyatlar ko‘rsatish
qiyin. Biroq metonimiyaning xususiy ko‘rinishi bo‘lgan sinekdoxa – butunni qism,
qismni butun bilan atash asosini kibernetika ham tushuntirib bera oladi. Chunki
kibernetikaning asosiy qonunlaridan bo‘lmish axborot nazariyasi bo‘yicha har
qanday butun qism haqida, har qanday qism butun haqida axborot tashiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |