Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya


Download 366.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana25.11.2021
Hajmi366.75 Kb.
#177367
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
tarjimada metonimiya ingliz va ozbek tillari misolida

         E.Qilichevning  “Badiiy  tasvirning  leksik  vositalari”  kitobida  metonimiyaga 

quyidagicha  ta’rif  berilgan:  Metonimiya  deb  voqea-hodisa,  narsa-buyumlar 

o’rtasidagi  o’zaro  yaqinlik  va  bog’liqlik  asosida  ma'no  ko’chishiga  aytiladi. 

Metonimiya  ham  qiyosga  asoslanadi.  Faqat  «metaforada  bir-biriga  o’xshash 

predmetlarning  belgilari  qiyoslansa,  metonimiyada  bu  ikki  predmet  tashqi 

ko’rinishi  yoki  ichki  xususiyatlari  bilan  bir-biriga  qandaydir  aloqasi  bo’lsa  ham, 

ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi (bir biriga o’xshamagan) predmetlarning 

belgilari chog’ishtiriladi". 

Masalan:  ...yaxshiliqmi,  yomonliqmi  haytovur  bo’ladirgan  ko’ngilsiz  gapni 

kechikkani yaxshi... Fuzuliyni yaxshilab o’qish kerak. (A.Qodiriy)  

Ushbu  gapda  muallif  va  uning asarlari o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanib,  «asar» 

muallif  nomi  bilan  qayta  nomlanyapti.  Yoki,  Saroy  tinch  uyquda,  tun  yarim 

(A.Qodiriy).  Bu  misolda  "saroy”  so’zi  orqali  «saroydagi  odamlar»  ma’nosi  ham 

ifodalangan. Metonimiyaning turli ko’rinishlari mavjud va bu haqda tilshunoslikka 



 

- 12 - 


12 

oid  adabiyotlardan  atroflicha  ma’lumot  olish  mumkin.  Biz  sizga  bir  mansurani 

havola  qilmoqchimiz.  Unda  muallifning  metonimik  qayta  nomlash  usulidan 

mahorat bilan foydalanganiga o’zingiz guvoh bo’lasiz: 



Xemengueyni o’qish 

– Aka Xemenguey ham badimga urib ketdi, – dedi buxorolik shoir. – Endi 



o’qiyapman Jabron Xali, Folkner, Frishni. 

O’sha kuni uyga keldim. Yana kezib chiqdim o’zim sevgan Ernst olamlarini. 

To’g'ri ekan. Badga urishi mumkin ekan hatto Xemenguey ham. 

Agar o’z erking ko’rinsa juda uzoq. Ishonching darz ketsa. 

Tuyulsa omonat, liqildoq. 

Muomalaga o’rgatar Xemenguey. Olijanob muomalaga. Biz esa tobora 

yiroqlashib boryapmiz bunday muomaladan. (I.G’afurov) 

 Ba’zi  adabiyotlarda  metonimiya  metaforani  bir  ko’rinishi  deb  qaraydilar, 

lekin  metonimiya  metaforadan  farq  qiladi.  Metonimiya  ham  nom  ko‘chish  usuli 

bo‘lib,  narsalar  orasidagi  obyektiv  bog‘liqlikka  asoslanadi.  Bog‘liqlik  asosidagi 

ma’no ko‘chish bir necha xil bo‘lishi mumkin: 

1.  Narsa  nomi  –  shu  narsa  asosidagi  boshqa  bir  narsaga  ko‘chadi:      

Dasturxon  –  stolga  yoziladigan  mato  //  dasturxon  ishtaxamni  ochib  yubordi 

(dasturxondagi ovqatlar).  

2.  Bir narsaning shu  narsaga asoslangan o‘lchov birligi  nomi bo‘lib xizmat 

qiladi:  bosh,  kalla  –  “bosh”  o‘lchov  birligi:  ikki  bosh  uzum,  bunda  metafora  ham 

qatnashadi – shakliy o‘xshashlik bor. 

3.  Bir narsaning nomi shu predmetdan hosil bo‘ladigan predmetga ko‘chadi: 

til (nutq a’zosi), til (nutq). 

4.  Belgining  nomi  shunday  belgisi  bor  narsaga  ko‘chiriladi  –  ko‘k  (rang 

nomi) – ko‘k (osmon) 

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, 

Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘rayman. 

                                          Cho‘lpon. (“Go‘zal”) 




 

- 13 - 


13 

5.  Harakatning  nomi  shu  harakat  natijasida  hosil  bo‘ladigan  narsaga 

ko‘chiriladi: to‘ymoq – to‘y. 


Download 366.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling