Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya
Download 366.75 Kb. Pdf ko'rish
|
tarjimada metonimiya ingliz va ozbek tillari misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi
“ALVIDO
QUROL” ASARIDA METONIMIYA TARJIMASI HUSUSIDA 2.1. “Alvido Qurol’’ asarida metonimiyaning qo’llanilishi…………………22 2.2. Metonimiya tarjimasida shakl va mazmun birligi……………………...29 2.3. Tarjima nuqsonlari va kamchiliklari........................................................35 X U L O S A..........................................................................................................41 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.............................................43
- 3 -
3 K I R I SH Bugungi jadal globallashuv jarayonlarida axborot kommunikasiya texnologiyalarining rivoji misli ko’rilmagan holatlarini qamragan bir vaqtda, bir tildan boshqasiga so’z o’tmasligini tasavvur etishni o’zi mushkul, shunday ekan tilimiz yanada boyib boradi, ravnaq topadi va go’zallashadi. Bu bugungi kunda dunyoning inkor etib bo’lmaydigan lisoniy mantiqiy haqiqatlaridan biridir. Muhtaram yurtboshimizning quyidagi so’zlari tilshunoslar va
tarjimashunoslarga alohida mas’uliyat yuklaydi: “Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho boylik sifatida ona tilimizni asrab- avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur, ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o’ta muhim sohalarda ona tilimizning qo’llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug’atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so’z bilan aytganda, o’zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish, milliy o’zlikni, vatan tuyg’usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz”. (1;87) Mavzuning dolzarbligi Ma’lumki, ingliz adabiyotining yorqin vakillari, V.Shekspir, Dj.London, T.Drayzer asarlari qatorida E.Hemingueyning durdona asarlari ham dunyo tillari qatorida o’zbek tiliga tarjima qilingan va o’zbek xalqini o’z ma’naviy va milliy qadriyatlari bilan bahramand qilib, kitobxonlar diqqatini o’ziga jalb qilib kelgan. Mazkur asarlarning tarjima sifati, uslubi bilan bog’liq jihatlari o’rganilmagan. Shu sabab ushbu masalani o’rganish tarjimashunoslikda muhim ahamiyatga ega. Shunga ko’ra biz ishimizda E.Hemingueyning “Alvido qurol” asarining asliyati va tarjimasini tahlilga tortdik. Asar tarjimasida badiiy tasvir vositasi, ya’ni ko’chimning eng murakkab shakllaridan biri bo’lgan metonimiyaning tarjimada qay darajada saqlaganligini atroflicha tadqiq etdik. Bu esa mavzuning dolzarbligini ta’minladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling