Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya


 Metonimiya tarjimasida shakl va mazmun birligi


Download 366.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana25.11.2021
Hajmi366.75 Kb.
#177367
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
tarjimada metonimiya ingliz va ozbek tillari misolida

 

             2.2. Metonimiya tarjimasida shakl va mazmun birligi 

Har bir badiiy asar shakl va mazmunning dialektik birligini tashkil etadi. Bu 

hususiyatning  badiiy  tarjimada  qayta  yaratilishi  to’la-to’kis  adekvatlikka 

erishishning  asosiy  shartlaridan  biri  hisoblanadi.  Ayrim  tarjimonlar  faoliyatida 

kuzatilganidek,  mazmun  birinchi  o’ringa  qo’yilib,  shaklga  e’tiborsizlik  bilan 

qaraladigan bo’lsa, muallif uslubi hamda personajlarning nutqlari tasviri to’laqonli 

chiqmaydi.  Tarjima  hamma  vaqt  shakl  va  mazmunni  bir  buyum  holda  tiklashdek 

ijodiy  jarayon  bo’lib,  u  tarjimondan  asliyatning  mazmun  va  g’oya  birligini  qayta 

yaratish  bilan  bir  qatorda  uning  muvofiq  shaklini  tiklashni  ham  talab  qiladi.Ilmiy 

va  tanqidiy  adabiyotda  shakl  va  mazmunning  dialektik  birligini  tarjimada  qayta 

yaratish zarurligi haqida fikr ko’p uchraydi. Ammo  mavjud ishlarning birortasi bu 

masala misollar asosida, kengroq va atroflicha yoritib berilmagan. Tarjimada shakl 

va  mazmunni  tiklanishiga  bag’ishlangan  birorta  maxsus  ish  haligacha  maydonga 

kelmagan. 

        Mazmun  va  shakl  birligining  tarjimada  to’lqonli  aks  ettirilishi  san’atkordan 

nafaqat  amaliy,  balki  nazariy  bilimlar  bilan  qurollangan  bo’lishni  talab  etadi.  Til 

hodisalari  sirlarini  o’zlashtirib  olmasdan,  asliyat  va  tarjima  tillarining  o’ziga  xos 

qonun-qoidalaridan  hamda  muallifning  individual  ijodiy  uslubidan  xabardor 

bo’lmay turib, asliyat va ruhiyatini to’laqonli talqin etish also mumkin emas. 

         Asliyatni  shakl  va  mazmun  birligini  qayta  yaratishning  nihoyatda 

murakkabligi  ayrim  malakaviy  va  nazariy  jihatdan  ancha  yetuk  bo’lmagan 

tarjimonlarni  umidsizlantirib  qo’yadi.  Mashhur  tarjimashunos  G.Gachechiladze 

haqli ravishda: “Birinchi ko’rinishda asarni qayta yaratish uning shakl va mazmun 

birligini  takrorlash  yo’li  bilangina  amalga  oshishi  mumkinday  bo’lsa  (shaklning 

asosiy  unsuri  esa  asar  ijod  etilgan  tildir).Tarjima  qilish,  darhaqiqat  imkoniyatdan 

tashqaridir.  Ammo  bu  boshi  berkday  bo’lib  ko’rinadigan  ko’chadan  chiqib  olish 




 

- 30 - 


30 

imkoniyati bor: bu tarjimani san’at ekanidir. Tarjima shuning uchun ham san’atki, 

unda  shakl  va  mazmun  bir-biridan  ajratilgan  holda  emas,  balki  bir  butun  tarzda 

qayta  yaratiladi…  Tarjimon  asliyatga  mos  shakl  va  mazmun  birligini  yaratishi 

lozim” deydi. (6;26-27) 

           Jahon  adabiyoti  durdonalari  bo’lmish  ko’pgina  asarlarning  o’zbek 

tarjimalarida  shakl  va  mazmun  birligi  yaxshi  aks  etganligi  uchun  ham  ular 

xalqimizning  sevimli  asrlariga  aylanib  qoladilar.  O’zbek  kitobxonlarining  bu 

asarlarning    g’oya  va  mazmunlariga  emas,  balki  ulardagi  fikrni  bayon  qilishda 

tanlangan  shakllar  ham  sehrlab  qo’ymoqda.  Shekspirning  “Gamlet”,va  “Otello” 

tragediyalari,  A.S.Pushkinning  “Yevgeniy  Onegin”,  L.N.  Tolstoyning  “Urush  va 

tinchlik” hamda “Anna Karenina”, Voynichning “So’na”, M.Sholoxovning ”Tinch 

Don”  romanlari  shakl  va  mazmun  jihatidan  bir  butun  holda  o’zbekchaga 

san’atkorona  tarjima  etilganligi  uchun  ham  ularning  mualliflari  kitobxon  ko’z 

oldida butun buyukliklari bilan gavdalanib turadi. 

    Tarjimada  tasviriy  vositalar,  ko’chimlar  nihoyatda  katta  ro’l  o’ynaydi.Ular 

asarning ekspressivligini  oshiradi  va  kitobxonga zavq berib,  uning  asarga bo’lgan 

qiziqishini oshiradi. Badiiy vositalar bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinganda asl 

nusxasidan  farq  qilmasligi,  tarjimon  asarni  tarjima  qilganda  asl  nusxasidek  shakl 

va  mazmunni  saqlab  qolishi  kerak.  Men  E.Xemingueyning  “Farewell  to  Arms” 

asarini  o’qib,  Ibrohim  G’ofurov  tomonidan  o’zbek  tiliga  “Alvido  Qurol“  deb 

tarjima  qilingan  o’zbekcha  nusxasini  ham  o’qib  chiqdim  va  ikkala  asarni    bir-biri 

bilan solishtirdim.Ya’ni asar o’zbek tiliga tarjima qilinganda ingliz tilidagi  badiiy 

vositalar o’z ahamiyatini yo’qotmaganmi va tarjimon shakl va mazmunni asarning 

asl nusxasidagidek saqlab qola olganmi yo’qmi shuni ko’rib chiqdik. Ikkala asarni 

ham  o’qib  undan  metonimiya  tarjimasida  shakl  va  mazmunga  doir  bir  qancha 

misollar  topdim  va  ularni  quyidagicha  tahlil  qildim.  Ya’ni  ularni  leksik 

ekvivalentlar asosida guruhlarga bo’ldim. 

      Leksik ekvivalentlarning 3 ta turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar kiradi: 

1.  To’liq ekvivalentlar 

2.  Qisman ekvivalentlar  




 

- 31 - 


31 

3.  Murakkab ekvivalentlar (ekvivalenti yo’q) 

      To’liq  ekvivalentlar  –  bunda  asliyatdagi  so’zga  tarjima  tilida  bitta  so’z  to’g’ri 

kelishi  va  ikki  tildagi  so’z  ma’nolari  to’liq  ekvivalentga  ega  bo’lishi 

tushuniladi.Bunday so’zlar sirasiga odatda atoqli otlar, geografik va joy nomlari,  

korxona, tashkilot, muassasa, idora, kema va mehmonxona nomlari va shu kabilar 

kiradi.  Ekvivalentlar  aksariyat  hollarda  monosemantik,  ya’ni  bitta  ma’noga  ega 

bo’lgan so’zlardir. 

    Qisman  ekvivalentlar  -  agar  asliyatdagi  so’zga  tarjima  tilida  bitta  so’z  qisman 

to’g’ri  kelsa,  bunda  biz  qisman  ekvivalentlar  haqida  fikr  yuritamiz.Tarjima 

nazariyasida  qisman  ekvivalenlarning  uch  turi  ham  ajratiladi.  Bunga  sabab  bir 

tildan  boshqa  tilga  to’g’ri  keladigan,  ekvivalentdan  tashqari  yana  bir  nechta  so’z 

ma’nolaridan  iborat  bo’lishi  mumkin.Ko’p  ma’noli  so’zning  bittasi  ekvivalent, 

qolganlari esa qo’shimcha ma’no sifatida namoyon bo’ladi. Masalan ingliz tilidagi 

ko’p  ma’noli  “cover”  so’zini  oladigan  bo’lsak,  u  o’zbek  tilidagi  “yopmoq”, 

“to’shamoq”, “ustiga yozmoq”, “bekitib qo’ymoq” va boshqa ma’nolariga ega.  

     Semantik  munosabatning  ikkinchi  varianti  qisman  ekvivalent  so’zga  to’g’ri 

keladigan  ma’noning  kesishish  hodisasi.  Bu  degani  ikki  tildagi  muayyan  so’z  bir 

xil  ma’no  yoki  ma’nolarga  ega  bo’lishi  mumkin  va  shunday  bo’lsa  ham  ayni 

paytda  ularning  bir-biriga  to’g’ri  kelmaydigan  ma’nolari  ham  bo’lishi  mumkin. 

So’zning  bu  ma’nolari  turlicha  bo’lishiga  asliyat  va  tarjima  tillari  turli  oilalarga 

mansub  bo’lganligi, o’zlashtirilgan so’zlar boshqa tillardan olinganligi  va boshqa 

bir qator lingvistik va ekstralingvistik omillar sabab bo’ladi. 

       Murakkab  ekvivalentlar  –  munosabatlarning  uchinchi  turiga  kiradi.Turli 

xalqlar  ob’ektiv  reallikni  turlicha  qabul  qiladi  va  uni  tilda  turlicha,  o’ziga  xos 

ravishda  aks  ettiradi.  Ma’lumki,  ingliz  tilida  “qo’l”  tushunchasini  ifodalashni  bir 

nechta  turi  mavjud.  O’zbek  tilida  “qo’l”  tushunchasi  bitta  so’z  bilan  ifodalanadi. 

Ingliz tilida “hand” so’zidan tashqari bu tushuchani tilda ifodalash uchun yuqorida 

ko’rsatilgan  so’z  bilan  birga  ayni  paytda  “arm”  so’zi  ham  ishlatiladi.  Bundan 

tashqari  “hand”  so’zi  ko’chma  ma’noda  ham  qo’llaniladi  va  ular  ham  o’zbek 

tilidagi  ko’chma  ma’nolarning  aksariyatiga  to’g’ri  kelsa  ham,  farq  qiladigan 



 

- 32 - 


32 

jihatlari  ko’p.  Ushbu  guruhga  tegishli  so’zlar  tarjimasi  alohida  e’tiborga  molik, 

chunki  shu  va  shu  kabi  so’zlar  tarjima  jarayonida  muammolar  tug’diradi.  Buning 

uchun  kontekstni  bilish  lozim.  Kontektsiz  bu  gapni  o’zbek  tiliga  tarjima  qilib 

bo’lmaydi.  Tarjimada  ekvivalenti  bo’lmagan  so’zlarga  –  boshqa  davlatlarda 

qo’llanmaydigan  ismlar,  geografik  va  joy  nomlari  hamda  xos  so’zlar  kiradi.  Xos 

so’zlar  tarjima  nazariyasi  adabiyotlarida  realiya  sifatida  qo’llaniladi.  Bunga,  bir 

tomondan,  ingliz  tilidagi  lobby,  muffin,  drugstore,  ikkinchi  tomondan  o’zbek 

tilidagi tandir, somsa, qiz  uzatish,  uloq  va  shu kabi tushunchalar  kiradi.  (24; 106-

107-108) 




Download 366.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling