Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya
Download 366.75 Kb. Pdf ko'rish
|
tarjimada metonimiya ingliz va ozbek tillari misolida
Hemingueyning “Farewell to Arms” (Alvido Qurol) asarini va uning o’zbek
tilidagi tarjimasini mana shu ekvivalentlarni 3 turi bo’yicha tahlil qildik va metonimiya tarjimasidagi shakl va mazmunni saqlanib qolishini mana shu turlarga qarab aniqladik. Metonimiya hodisasi o’zbek tilida tarjima qilinganda shakl va mazmun to’liq saqlanib qolganmi, qisman saqlanib qolganmi yoki umuman metonimiyalik hodisasini yo’otganmi? Biz shu masalalarni “Alvido Qurol” asarida ko’rib chiqdik. Asarni o’qib undan shakl va mazmunga doir ko’plab misollar topdik va ularni eng yaxshilarini tanlab olib tahlil qildik. 1. The river ran behind us and the town had been captured very handsomely but the maintains beyond it could not be taken and I was very glad the Aaustrians seemed to want to come to the town sometimes, if the war should and because they did not bombard it to destroy it but only a little in a milit any war. (8; 1) Daryo bizning ortimizda oqardi, shaharni ham osongina qo’lga kiritdik, lekin nariroqdagi tog’larni ishg’ol qila olmadik; men shunisiga xursand edimki, avstriyaliklar qachonlardir urush tugasa, qaytib boramiz-ku, degan o’y bo’lsa kerak, shaxarni aytarli bombardion qilishmas yo’liga po’psa qilib qo’yardilar xalos. (7; 9) Bu yerda metonimiya “us” so’zi bo’lib u o’zbek tiliga “bizni”, “bizga” deb tarjima qilinadi. Ya’ni bu gap orqali daryo ularning ortidan emas, balki ular joylashgan yerning ya’ni joyning ortidan oqadi degan ma’noni bildiradi. Mazmun jihatdan oilb qaraydigan bo’lsak “us” so’zi o’zbek tiliga to’g’ri tarjima qilingan va
- 33 -
33 tarjimon mazmunni to’liq saqlab qolgan. Shakl jihatidan ham tarjimon shaklni ham to’liq saqlab qolgan, ya’ni “us” so’zi ingliz tilida bitta so’z bilan berilgan, tarjimada ham bitta so’z bilan “bizning” so’zi bilan tarjima qilingan.Bu gapda metonimiya tarjimasida shakl va mazmun birligi to’liq saqlanib qolingan. Misolda ekvivalentlarning birinchi turi ishlatilgan, asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta so’z to’g’ri kelgan, ya’ni “us” bilan “bizning” so’zlari va bu so’zlar ikki tildagi so’z ma’nolari to’liq ekvivalentga ega bo’lgan. 2. Menga qarang leytenat siz meni albatta polkka eltib tashlashingiz kerakmi? (7; 41)
“Listen letonanat”.Do you have to take me to that regiment? (8; 26) Misolda “regiment” o’zbek tilida “polk” so’zi metonimiyani asosi bo’lib duribdi. Bu yerda polk so’zi orqali askarlar yashaydigan qarorgoh nazarda tutilmoqda. Bu misol leksik ekvivalent birinchi turiga kiradi. Asliyatdagi so’zga tarjima tilidagi bitta so’z to’g’ri kelgan, ya’ni asliyatdagi so’z “regiment” shu so’zni o’zbek tiliga tarjima qilsak “polk” so’zi. ”Regiment” so’zini o’zbek tiliga tarjima qilinganda ham bitta so’zga teng bo’lib turibdi. Tarjimon metonimiyani tarjima qilganda shaklni to’liq saqlab qolgan. Endi mazmun jihatdan tahlil qiladigan bo’lsak, bu so’zlarning ikki tildagi so’z ma’nolari to’liq ekvivalentga egadir. “Regiment” va “polk” so’zlari to’liq ekvivalentga egadir. Bu gapda metonimiyani tarjima qilganda mazmun to’liq saqlanib qolgan.Tarjimon metonimiya tarjimasida shakl va mazmunni to’liq saqlab qolgan. Bu tarjimonning yutug’idir. 3. Sometimes in the dark we heart the troops marching under the window and guns going past pulled by motor-tractors. (8; 1) Ba’zan qorong’ida derazadan qo’shinlarning o’tib borishini, to’p-to’pxonalar tortib kelayotganini eshitib qolardik. (7; 7) Bu gapda “guns” metonimiya bo’lib, u o’zbek tiliga “to’pponcha”, “miltiq” deb tarjima qilinadi. Ingliz tilidagi misolga qaraydigan bo’lsak qurollar traktorda borayotgan edi deb tarjima qilianadi. Lekin qurollarning oyog’i bo’lmaydi, ular yurib bilmaydi, shuni uchun ham bu gap metonimiyadir. Misoldagi “gun” so’zini
- 34 -
34 tarjimon “to’p-topxona” deb tarjma qilgan. B u gapda leksik ekvivalentni ikkinchi turi qo’llanilgan bo’lib unda asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta so’z qisman to’g’ri kelgan.Ya’ni “guns” so’zi “qurol”, “to’pponcha” deb emas, balki “to’p- to’pxona deb tarjima qilgan.Tarjimon bu gapni kontekstan kelib chiqib tarjima qilgan. ”To’p-to’pxona” ham qurolning bir turi hisoblanadi. Tarjimon bu yerda mazmunni qisman saqlab qolgan. Shakl jihatdan olib qaraydigan bo’lsak, bu yerda asliyatda bitta so’z berilgan bo’lib, bu so’z “guns” so’zidir. Lekin tarjimon bu so’zni tarjima qilnganda ikkita so’zdan foydalan, natijada shakl o’zgarib ketgan.Bu misolda shakl saqlanmagan, mazmuni esa qisman saqlangan. 4.There is a class that controls a country that is stupid and does not realize anything and never can. (8; 37) Mamlakatni befahm, hech nimani tushunmaydigan sinf boshqarmoqda. (7; 58) Bu gapda “class” so’zi metonimiyadir. “Class” so’zi, ya’ni “sinf” so’zi orqali “hukumron doiralarni-inson” larni nazarda tutmoqda. Bu misol leksik ekvivalentlarni ikkinchi turiga kiradi. “Class” so’zini o’zbek tiliga tarjima qiladigan bo’lsak, ko’p ma’noli so’z bo’lib, “sinf”, “dars”, “sinf, tabaqa”, “turkum, sinf”, “malaka”, “nav, tur”,daraja”, “daraja” kabi ma’nolariga ega. Bu so’zlarning ichida bittasi ekvivalent qolganlari qo’shimcha ma’no bo’ladi. Tarjimon kontekstdan kelib chiqqan holda bu misolda “sinf, tabaqa”so’zini ekvivalent qilib oladi, qolganlari qo’shimcha ma’no bo’lib qoladi.Metonimiya tarjimasidagi shakl to’liq saqlanib qolgan, ya’ni tarjimon “class” so’zini o’zbek tilida ham bitta so’z “sinf” so’zi bilan ifodalagan.Mazmun esa qisman saqlanib qolgan. 5. ”If you have no papers I can give you papers” “What papers?” “Leave papers”. “I have no papers” (8; 170) -Agar qog’ozlaringiz bo’lmasa, qog’oz to’g’irlab beraman. -Qanday qog’oz? -Ruhsat guvohnomasimi? -Menga qog’ozlar kerak emas.Qog’ozlarim bor. (7; 249)
- 35 -
35 Bu gapda “papers” ya’ni “qog’oz”lar so’zi metonimiyadir.Ya’ni qog’oz so’zi orqali hujjatlarni nazarda tutilmoqda.Bu yerda leksik ekvivalentlarni ikkinchi turi, qisman o’xshashlik qo’llanilgan.”Paper” so’zi ko’p ma’noli bo’lib, o’zbek tiliga “qog’oz”, “gazeta”,‘qog’ozlar, hujjatlar, qo’lyozmalar”, “ilmiy maqola,
dissertatsiya, doklad” deb tarjima qilinadi. Bu ko’p ma’noli so’zlar ichida “qog’ozlar, hujjatlar” ekvivalent, qolganlari qo’shimcha ma’no bo’lib turibdi. Tarjimon bu gapni kontekstdan kelib tarjima qilgan va kontekstga mos keladigan so’zni tanlab olgan.Shakl jihatdan olib qaralsa, metonimiya tarjimasida shakl to’liq saqlangan, mazmun esa qisman saqlanib qolgan. 6. Babe Ruth was a pitcher then playing for Boston. (8; 95) Beyb Rut xozir Bostonda o’ynamoqda ekan. (7;145) Bu gapda Boston metonimiya bo’lib, u Shimoliy Amrikada joylashgan shahar.Bu gapni tahlil qiladigan bo’lsak, bunda tarjima Boston shaharini emas, balki Bostondagi komanda nazarda tutilmoqda.Ya’ni Beyb Rut Bostonda emas, balki Bostondagi biror komanda o’ynamoqda. Bu yerda leksik ekvivalentlarning to’liq qismi qo’llanilgan.Asliyatdagi Boston so’zini tarjima qilganda, o’zbek tilida bitta so’zga to’g’ri kelgan, ya’ni Boston deb tarjima qilingan va ikkala tilda ham so’z ma’nolari to’liq ekvivalentga ega bo’lgan.Chunki Boston joy nomi bo’lib, uni tarjima qilganda ham huddi o’ziday tarjima qilinadi.Bu misoldagi metonimiya tarjimasidagi shakl va mazmun to’liq saqlanib qolgan. Download 366.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling