Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya


 Tarjima nuqsonlari va kamchiliklari


Download 366.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana25.11.2021
Hajmi366.75 Kb.
#177367
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
tarjimada metonimiya ingliz va ozbek tillari misolida

 

2.3. Tarjima nuqsonlari va kamchiliklari 

      Tarjimachilik  nazariyasining  vujudga  kelishi  va  uning  universal  qoidalarining 

ishlanish  ijodiy  tarjima  amaliyotiga  keskin  va  xayrli  ta’sir  qildi.  XX  asrning 

o’rtalaridagiga  nisbatan  olganda  ham,  tarjimalarning  sifati  va  saviyasi  sezilarli 

darajada  ko’tarildi.  Tarjimada  savodsizlik,  taglama  tarjimalardan  foydalangan 

holda  tarjima  qilish,  vositali  tillar  orqali  tarjima  qilish  ancha  kamaydi.  Asliyat  va 

tarjima  tilining  butun  qirralari  va  nozikliklari,  bir-birlariga  qay  darajada  mos  va 

muvofiq ekanliklari, ziddiyatlari, murakkab tomonlarini qiyosan mukammal bilish 




 

- 36 - 


36 

xozirgi  zamonda  tarjimaning  eng  birinchi  shartlaridan  ekanligi  hamma  yerda  tan 

olinadi. 

          Adabiy-badiiy  asarlar  tarjimasi  uchun  bu  ham  kamlik  qiladi.  Asliyat  va 

tarjima  tillarining  poetik  ifoda  xazinalarini  bilish,  so’zlar  va  gap  qurilishlarining 

semantik,  sintaktik,  stilistik  olamlarida,  tilshunoslik  dunyosida  o’z  ishini  aniq 

biluvchi  va  tasavvur  qiluvchi  ko’zi  ochiq  usta  g’avvos  kabi  harakat  qilish-  badiiy 

so’z, ilmiy tafakkur sohalarida nozik hissiyotlarni san’atkorona singari ijod qilish –

tarjimonlik  kasbining  bosh  xususiyati,  uning  ma’sulyatini  qanday  bilishi, 

madaniyatining asosi, tamal toshi deb qaraladigan bo’ldi.Tarjima matnining asliyat 

matniga  va  uning  janr  hamda  poetik  xususiyatlariga  mosligi,  adekvatligi,  barcha 

xususiy  va  umumiy  universal  talablarning  o’zaro  uyg’unligi,  ekvivalentlik  va 

interpretatsiya  tamoyillari,  so’zlarning  bir  tildan  boshqa  tillarga  o’tganda 

metamorfozasi,  rang-barang  pragmatik  kuzatishlar  va  xulosalarning  barchasi  o’z 

ilmiy  andozalarini  topdi.Tarjima  ikki  til  yoki  tillar  o’rtasidagi  voqealikning 

hodisasi.  Tarjima  nazariyasida  lingvistikaning  o’rni  beqiyos.  Keyingi  o’n  yillarda 

nazariyada  lingvistik  muammolar  ko’p  va  qayta-qayta  ishlanmoqda.Ulardan 

ma’lum bo’ladiki, tarjimada lingvistikasiz ishonch bilan qadam tashlash qiyin. Shu 

bilan  birga  lingvistik  muammolar  qatorida  tarjimaning  poetik,  estetik,  psixologik, 

falsafiy,  ijtimoiy  muammolarini  chuqur  va  izchil  o’rganish,  tarjima  tanqidiga 

hozigiga  qaraganda  kuchliroq  e’tibor  qaratish  bu  jozibador  sohaning  muhim 

vazifalar  sirasiga  kiradi.  Tarjimashunoslik  o’zinig  mana  shunday  qirralari  bilan 

hamisha jozibador va samarali bo’la oladi. 

      Tarjimon  mehnatini  hech  qachon  ikkinchi  darajali  deb  tushunmaslik  kerak. 

Uning  mehnati  yozuvchi  mehnati  bilan  barobar.  Ulug’  Gumboltning  “til-faoliyat” 

degan  mashhur  aforizimi  hammadan  ko’ra  ko’proq  tarjimonlarga  tegishlidir. 

Tarjimon  tilni  harakatga  keltiradi.  Uning  mehnati  tilni  faoliyat  manbayiga, 

faoliyatni  esa  til  manbayiga  aylantiradi.  Zotan  tarjimon  mehnati  bois  tillarning 

xazinalari  yangi  so’zlar,  terminlar,  ifodalar,  gapning  g’aroyib,  ilgari  ko’rilmagan, 

sinalmagan sintaktik qurilishlari bilan boyiydi.Tarjimonning ijodiy mehnati bois til 

yangilanadi. (14;12- 13) 



 

- 37 - 


37 

         Albatta  tilning  rivojlanishida  tarjima  va  tarjimachilikning  o’rni  beqiyosdir. 

Tarjima  sohasida  yutuqlar  bo’lgani  sari,  kamchiliklar  va  nuqsonlar  ham  kam 

emas.Asliyatdagi asarni biror tilga tarjima qilish jarayonida turli xil muammolarga 

duch kelinadi. Har bir tarjimon nafaqat tarima qilayotgan  mamlakatni tilini yaxshi 

bilishi  kerak,  shuningdek  o’sha  mamlakatni  urf-odatini,  madanityatini,  milliy 

mentalitetini yaxshi bilishi lozim. Agarda tarjimon tilni yaxshi bilisayu, lekin o’sha 

davlatni  madaniyatini,  urf-odatini  yaxshi  bilmasa  tarjima  qilish  jarayonida 

xatoliklarga duch keladi va asarni tushunib, anglab yetmagan holda tarjima qiladi. 

Natijada asarning  mano-mazmuni o’zgarib ketadi. Nafaqat tarjimon asarni tarjima 

qilish  jarayonida  o’sh  mamalakatni  urf-odati,  madaniyatini  bilib  qolmasdan,  asar 

yozilgan  vaqtdagi  mamlakatni  hayoti,  jamiyatdagi  o’zgarishlardan  habardor 

bo’lmog’i lozim va shuningdek asardagi qahramonlarning ruhiyati ham muhim rol 

o’ynaydi. Suning uchun tarjimon har tomonlama yetuk va bilimli bo’lmog’i lozim. 

II  bobning  uchinchi  faslida    E.Hemingueyning  “Alvido  Qurol”  asarining 

tarjimasidagi  kamchiliklar  va  nuqsonlar  haqida  fikr  yuritamiz.  Asarning  ikkala 

nusxasini,  ya’ni  asl  va  tarjima  qilingan  nusxalarini  o’qib  chiqib,  metonimiya 

tarjimasiga doir kamchiliklarni topdik va ularni tahlil qildik. 

1. Har holda bu yerda ikki qo’lini burniga tiqib o’tirishdan boshqa chorasi yo’q           

dedi kapitan. (7; 24)   

 “He can’t do anything about it anyway”. (8; 16) 

     Bu yerda muallif “ikki qo’lini burniga tiqmoq” deganda hech nima qilmay, hech 

ish  qilmay  o’tirishni  nazarda  tutgan.  Ikki  qo’lini  burniga  tiqmoq  iborasi  orqali 

muallif  metonimiyaning  uchinchi  turi  ya’ni  bo’lakning  butung  yoki  butunning 

bo’lakka  munosabati  (sinekdoxa)ni  ko’rsatgan.  Qo’l  inson  tana  a’zosining  bir 

qismi,  demak  bu  yerda  butunning  bo’lakka  munosabati  aks  etgan.  Asarning 

inglizcha 

variantini 

ko’radigan 

bo’lsak 


bu 

gap 


metonimiya 

hodisasi 

qo’llanilmagan,  lekin  tarjimon  bu  gapni  o’zek  tiliga  metonimiya  qilib  tarjima 

qilgan.  Bu  gapni  ingliz  tilidagi  tarjimasini  ko’radigan  bo’lsak,  u  shunday  deb 

tarjima  qilnadi:  “Uni  bu  yerda  qiladigan  boshqa  ishi  yo’q”  deb  tarjima  qilsa 

bo’ladi. “Tarjimon asarni emotsional xususiyatini oshirish maqsadida oddiy gapni, 




 

- 38 - 


38 

o’zbek  tiliga  tarjima  qilganda  ibora  qatnashtirib  metonimiya  hodisasini  yuzaga 

keltirgan.  Tarjimon  bu  yerda  erkin  tarjimadan  foydalanib,  asarni  o’zining 

ruhiyatidan kelib chiqib tarjima qilgan.Bu esa tarjimonning kamchiligi hisoblanadi.  

2. Men uni qattiq o’pib, azot bag’rimga tortim. (7; 32) 

I kissed her hard and held her tight and tried to open her lips. (8; 23) 

Bu misolda aytadiki men uni qattiq o’pib bag’rimga tortim deydi. Bag’ir insonning 

ichki  a’zolarining  bir  qismi  bo’lib,  butunning  bo’lakka  bo’lgan  munosabatini 

ko’rsatadi.  Odam  bag’riga  tortolmaydi,  chunki  bag’r  insonning  ichki  a’zosi, 

yozuvchi  bu  yerda  quchoqladi  degan  ma’noni  bag’r  so’zi  orqali  bergan.  Bu 

misolda  sinekdoxa  qo’llanilgan.  Ba’zida  tarjimonlar  asarni  tarjima  qila  yotganda 

uni ekspressivligini oshirish maqsadida stiliktik vositalardan foydalanadilar, garchi 

asliyatda yozuvchi o’sha gapni yoki so’zni stilistik bo’yoq bermagan  bo’lsa ham. 

3. Rulga o’tiring-dedim men. (7; 41) 

 “You drive “, I said. (8; 25) 

     Bu  yerda  rul  so’zi  orqali  mashina  nazarda  tutilmoqda,  negaki  rulga  o’tirib 

bo’lmaydi,  gapda  qism  orqali  butun  narsa  anglanmoqda.  Bu  gapda  sinekdoxa 

qo’llanilgan.  Shu  misolni  inglizcha  varianti  ko’radigan  bo’lsak,  bu  yerda  “you 

drive”  deb  berilgan  bo’lib,  drive  so’zi  o’zbekchaga  tarjima  qilinganda  mashinani 

haydamoq,  boshqarmoq,  mashinaga  o’tqazmoq  deb  tarjima  qilinadi.  Bu  gapni 

mashinani  haydang  deb  tarjima  qilinadi.  Asarni  inglizcha  variantida  sinekdoxa 

qo’llanilmagan,  lekin  o’zbek  tiliga  tarjima  qilinganda,  tarjimon  badiiy  vositadan 

foydalangan. Bunda tarjimon erkin tarjimadan foydalangan. 

        Asarni  o’qib  tahlil  qilish  jarayonida  metonimiya  hodisasidan  tashqari  

tarjimada  qilingan  bir  nechta  xatoliklarni  ko’rsatib  o’tishga  qaror  qildik.  Masalan 

bu misolni ko’rsak: 

    1.The snow blew in our faces so we could hardly see. (8; 213) 

     Qor odamning basharasiga urar, ko’z ochirgani qo’ymasdi. (7; 308) 

  Endi shu  ikkala  misolni  ham ko’rib chiqsak. ”Face” so’zini o’zbek tiliga tarjima 

qilsak  “yuz”,  “aft”,  “bashara”,  “chehra”,  “oraz”  deb  tarjima  qilinadi.  Bu 

so’zlarning hammasi bir aniq narsani anglatgan bilan turli xil ma’nolarga ega. Yuz 



 

- 39 - 


39 

so’zi  inson  tana  a’zosining  bir  qismi  hisoblanadi.  Barcha  joylarda  biz  yuz,  aft, 

bashara, oraz, chehra so’zlarini qo’llay olmaymiz. Ularning har qaysisini o’z o’rni, 

joyi bor. Yuz, chehra, oraz so’zlari ijobiy ma’noni anglatsa, aft, bashara esa salbiy 

ma’noni  anglatadi.Tarjimon  esa  tarjima  qilish  jarayonida  kontekstga  qarab  mana 

shu so’zlardan birisini, ya’ni eng loyig’ini  tanlab olishi lozim.U tanlab olgan so’z 

asarning  asliyatdagi  ma’nosi  bilan  bir  xil  bo’lishi  kerak.  Asardagi  misolga 

qaraydigan bo’lsak tarjimon  u  yerda “face” so’zini salbiy  ma’noda tarjima qilgan. 

O’sha gapda “bashara” so’zi o’rniga “yuz” so’zini qo’llaganda  maqsadga muvofiq 

bo’lardi  va  kitobxonda  asardagi  qahramonlarga  nisbatan  yomon  ko’rish  hissi 

uyg’onmasdi. Agarda asardagi qahramon yomon odam bo’lganda “bashara” so’zini 

bemalol ishlatsa bo’lar edi. Bunda tarjimon o’sha odamning yomon inson ekanligi 

salbiy so’zlarni qo’llash orqali ham kitobxonga tushuntirsa bo’ladi. Lekin bu yerda 

tarjimon  “face”  so’zining  tarjimasini  to’g’ri  tanlay  olmagan,  natijada  asarning 

mazmuniga salbiy ta’sir ko’rsatgan.  

     2.I knew the barman and sat on a high stool and ate salted almonds and potato 

chips. (8; 174) 

     Barmen  eski  tanishim  edi,  baland  kursida  o’tirib  sho’r  danak  bilan  quvroq 

qovrilgan kartoshka yedim. (7; 255) 

 Bu  yerda “salted almond” so’zi o’zbek tiliga “sho’r bodom” deb tarjima qilinadi, 

lekin  tarjimon  uni  “sho’r  danak”  deb  tarjima  qilgan.  “Sho’r  bodom”    Italiya 

uslibida  tayyorlanadigan  taom.  “Sho’r  danak”  esa  Samarqand  va  Buxoroda 

tayyorlanadigan  mashhur  taom.  Bu  yerda  tarjimon  xatolikka  yo’l  qo’ygan,  ya’ni 

“sho’r  bodom”  bilan  “sho’r  danak’ni  alamashtirgan.Tarjimon  o’sha  xalqni  urf- 

odati,  madaniyati,  shuningdek  milliy  taomlari  bilan  ham  tanish  bo’lishi  kerak. 

Agarda tarjimon o’sha mamlakatni madaniyati, milliy taomlari, urf-odatlari haqida 

yetarlicha bilimga ega bo’lmasa xatolikklarga yo’l qo’yadi. 

     3.-Siz  tezda  o’rganib  olasiz.  O’g’lim  hayitga  kelmoqchi,  u  sizga  o’rgatib 

qo’yadi. (7; 309) 

     “You will learn easily. My boy will be here for Christmas and e will teach you” 

(8; 213) 



 

- 40 - 


40 

Bu  misoldagi  “Christmas”  so’zini  tarjimon  “hayit”  so’zi  bilan  almashtirgan. 

Christmas  Xristianlarning  milliy  diniy  bayrami  bo’lib  25-dekabrdan  boshlanib  to 

yangi  yilgacha  davom  etadi.  25-dekabr  Xristianlarning  payg’ambari  Iso 

payg’ambarning tug’ilgan kunidir. Bu bayram oilaviy bayram bo’lib,  har bir uyda  

Kristmas  archasi  bezatiladi.  Kristmas  bilan  bog’liq  bo’lgan  ko’p  an’anaviy 

qo’shiqlar,  shirinliklar  bo’ladi  o’sha  kunda.    “Hayit”  esa  musulmon  xalqlarining 

milliy 


dinniy  bayramidir. 

Bu  kunda  odamlar  ota-bobolarning, 

yaqin 

qarindoshlarining  qabrlariga    ziyorat  qilish  uchun  boradilar.  Odamlar  bir-



birlarinikiga  mehmonga  borishadi.  Bu  kunda  odamlar  bir-birlari  bilan 

urishmaydilar,  urushganlar  esa  yarashadilar.  Bu  ikkala  bayramning  o’zini  urf-

odatlari  bor  bo’lib,  ular  bir-birlariga  umuman  o’xshamaydi.  Tarjimon  esa  bu  iki 

bayramni  xuddi  bir  bayramdek  qilib  tarjima  qilgan.  Bular  tarjimada  qilingan 

xatolar va kamchiliklarga kiradi. 

 

 



 

 

 



 

 


Download 366.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling