Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya
Tarjima nuqsonlari va kamchiliklari
Download 366.75 Kb. Pdf ko'rish
|
tarjimada metonimiya ingliz va ozbek tillari misolida
2.3. Tarjima nuqsonlari va kamchiliklari Tarjimachilik nazariyasining vujudga kelishi va uning universal qoidalarining ishlanish ijodiy tarjima amaliyotiga keskin va xayrli ta’sir qildi. XX asrning o’rtalaridagiga nisbatan olganda ham, tarjimalarning sifati va saviyasi sezilarli darajada ko’tarildi. Tarjimada savodsizlik, taglama tarjimalardan foydalangan holda tarjima qilish, vositali tillar orqali tarjima qilish ancha kamaydi. Asliyat va tarjima tilining butun qirralari va nozikliklari, bir-birlariga qay darajada mos va muvofiq ekanliklari, ziddiyatlari, murakkab tomonlarini qiyosan mukammal bilish - 36 -
36 xozirgi zamonda tarjimaning eng birinchi shartlaridan ekanligi hamma yerda tan olinadi. Adabiy-badiiy asarlar tarjimasi uchun bu ham kamlik qiladi. Asliyat va tarjima tillarining poetik ifoda xazinalarini bilish, so’zlar va gap qurilishlarining semantik, sintaktik, stilistik olamlarida, tilshunoslik dunyosida o’z ishini aniq biluvchi va tasavvur qiluvchi ko’zi ochiq usta g’avvos kabi harakat qilish- badiiy so’z, ilmiy tafakkur sohalarida nozik hissiyotlarni san’atkorona singari ijod qilish – tarjimonlik kasbining bosh xususiyati, uning ma’sulyatini qanday bilishi, madaniyatining asosi, tamal toshi deb qaraladigan bo’ldi.Tarjima matnining asliyat matniga va uning janr hamda poetik xususiyatlariga mosligi, adekvatligi, barcha xususiy va umumiy universal talablarning o’zaro uyg’unligi, ekvivalentlik va interpretatsiya tamoyillari, so’zlarning bir tildan boshqa tillarga o’tganda metamorfozasi, rang-barang pragmatik kuzatishlar va xulosalarning barchasi o’z ilmiy andozalarini topdi.Tarjima ikki til yoki tillar o’rtasidagi voqealikning hodisasi. Tarjima nazariyasida lingvistikaning o’rni beqiyos. Keyingi o’n yillarda nazariyada lingvistik muammolar ko’p va qayta-qayta ishlanmoqda.Ulardan ma’lum bo’ladiki, tarjimada lingvistikasiz ishonch bilan qadam tashlash qiyin. Shu bilan birga lingvistik muammolar qatorida tarjimaning poetik, estetik, psixologik, falsafiy, ijtimoiy muammolarini chuqur va izchil o’rganish, tarjima tanqidiga hozigiga qaraganda kuchliroq e’tibor qaratish bu jozibador sohaning muhim vazifalar sirasiga kiradi. Tarjimashunoslik o’zinig mana shunday qirralari bilan hamisha jozibador va samarali bo’la oladi. Tarjimon mehnatini hech qachon ikkinchi darajali deb tushunmaslik kerak. Uning mehnati yozuvchi mehnati bilan barobar. Ulug’ Gumboltning “til-faoliyat” degan mashhur aforizimi hammadan ko’ra ko’proq tarjimonlarga tegishlidir. Tarjimon tilni harakatga keltiradi. Uning mehnati tilni faoliyat manbayiga, faoliyatni esa til manbayiga aylantiradi. Zotan tarjimon mehnati bois tillarning xazinalari yangi so’zlar, terminlar, ifodalar, gapning g’aroyib, ilgari ko’rilmagan, sinalmagan sintaktik qurilishlari bilan boyiydi.Tarjimonning ijodiy mehnati bois til yangilanadi. (14;12- 13)
- 37 -
37 Albatta tilning rivojlanishida tarjima va tarjimachilikning o’rni beqiyosdir. Tarjima sohasida yutuqlar bo’lgani sari, kamchiliklar va nuqsonlar ham kam emas.Asliyatdagi asarni biror tilga tarjima qilish jarayonida turli xil muammolarga duch kelinadi. Har bir tarjimon nafaqat tarima qilayotgan mamlakatni tilini yaxshi bilishi kerak, shuningdek o’sha mamlakatni urf-odatini, madanityatini, milliy mentalitetini yaxshi bilishi lozim. Agarda tarjimon tilni yaxshi bilisayu, lekin o’sha davlatni madaniyatini, urf-odatini yaxshi bilmasa tarjima qilish jarayonida xatoliklarga duch keladi va asarni tushunib, anglab yetmagan holda tarjima qiladi. Natijada asarning mano-mazmuni o’zgarib ketadi. Nafaqat tarjimon asarni tarjima qilish jarayonida o’sh mamalakatni urf-odati, madaniyatini bilib qolmasdan, asar yozilgan vaqtdagi mamlakatni hayoti, jamiyatdagi o’zgarishlardan habardor bo’lmog’i lozim va shuningdek asardagi qahramonlarning ruhiyati ham muhim rol o’ynaydi. Suning uchun tarjimon har tomonlama yetuk va bilimli bo’lmog’i lozim. II bobning uchinchi faslida E.Hemingueyning “Alvido Qurol” asarining tarjimasidagi kamchiliklar va nuqsonlar haqida fikr yuritamiz. Asarning ikkala nusxasini, ya’ni asl va tarjima qilingan nusxalarini o’qib chiqib, metonimiya tarjimasiga doir kamchiliklarni topdik va ularni tahlil qildik. 1. Har holda bu yerda ikki qo’lini burniga tiqib o’tirishdan boshqa chorasi yo’q dedi kapitan. (7; 24) “He can’t do anything about it anyway”. (8; 16) Bu yerda muallif “ikki qo’lini burniga tiqmoq” deganda hech nima qilmay, hech ish qilmay o’tirishni nazarda tutgan. Ikki qo’lini burniga tiqmoq iborasi orqali muallif metonimiyaning uchinchi turi ya’ni bo’lakning butung yoki butunning bo’lakka munosabati (sinekdoxa)ni ko’rsatgan. Qo’l inson tana a’zosining bir qismi, demak bu yerda butunning bo’lakka munosabati aks etgan. Asarning inglizcha variantini ko’radigan bo’lsak
bu gap
metonimiya hodisasi qo’llanilmagan, lekin tarjimon bu gapni o’zek tiliga metonimiya qilib tarjima qilgan. Bu gapni ingliz tilidagi tarjimasini ko’radigan bo’lsak, u shunday deb tarjima qilnadi: “Uni bu yerda qiladigan boshqa ishi yo’q” deb tarjima qilsa bo’ladi. “Tarjimon asarni emotsional xususiyatini oshirish maqsadida oddiy gapni, - 38 -
38 o’zbek tiliga tarjima qilganda ibora qatnashtirib metonimiya hodisasini yuzaga keltirgan. Tarjimon bu yerda erkin tarjimadan foydalanib, asarni o’zining ruhiyatidan kelib chiqib tarjima qilgan.Bu esa tarjimonning kamchiligi hisoblanadi. 2. Men uni qattiq o’pib, azot bag’rimga tortim. (7; 32) I kissed her hard and held her tight and tried to open her lips. (8; 23) Bu misolda aytadiki men uni qattiq o’pib bag’rimga tortim deydi. Bag’ir insonning ichki a’zolarining bir qismi bo’lib, butunning bo’lakka bo’lgan munosabatini ko’rsatadi. Odam bag’riga tortolmaydi, chunki bag’r insonning ichki a’zosi, yozuvchi bu yerda quchoqladi degan ma’noni bag’r so’zi orqali bergan. Bu misolda sinekdoxa qo’llanilgan. Ba’zida tarjimonlar asarni tarjima qila yotganda uni ekspressivligini oshirish maqsadida stiliktik vositalardan foydalanadilar, garchi asliyatda yozuvchi o’sha gapni yoki so’zni stilistik bo’yoq bermagan bo’lsa ham. 3. Rulga o’tiring-dedim men. (7; 41) “You drive “, I said. (8; 25) Bu yerda rul so’zi orqali mashina nazarda tutilmoqda, negaki rulga o’tirib bo’lmaydi, gapda qism orqali butun narsa anglanmoqda. Bu gapda sinekdoxa qo’llanilgan. Shu misolni inglizcha varianti ko’radigan bo’lsak, bu yerda “you drive” deb berilgan bo’lib, drive so’zi o’zbekchaga tarjima qilinganda mashinani haydamoq, boshqarmoq, mashinaga o’tqazmoq deb tarjima qilinadi. Bu gapni mashinani haydang deb tarjima qilinadi. Asarni inglizcha variantida sinekdoxa qo’llanilmagan, lekin o’zbek tiliga tarjima qilinganda, tarjimon badiiy vositadan foydalangan. Bunda tarjimon erkin tarjimadan foydalangan. Asarni o’qib tahlil qilish jarayonida metonimiya hodisasidan tashqari tarjimada qilingan bir nechta xatoliklarni ko’rsatib o’tishga qaror qildik. Masalan bu misolni ko’rsak: 1.The snow blew in our faces so we could hardly see. (8; 213) Qor odamning basharasiga urar, ko’z ochirgani qo’ymasdi. (7; 308) Endi shu ikkala misolni ham ko’rib chiqsak. ”Face” so’zini o’zbek tiliga tarjima qilsak “yuz”, “aft”, “bashara”, “chehra”, “oraz” deb tarjima qilinadi. Bu so’zlarning hammasi bir aniq narsani anglatgan bilan turli xil ma’nolarga ega. Yuz
- 39 -
39 so’zi inson tana a’zosining bir qismi hisoblanadi. Barcha joylarda biz yuz, aft, bashara, oraz, chehra so’zlarini qo’llay olmaymiz. Ularning har qaysisini o’z o’rni, joyi bor. Yuz, chehra, oraz so’zlari ijobiy ma’noni anglatsa, aft, bashara esa salbiy ma’noni anglatadi.Tarjimon esa tarjima qilish jarayonida kontekstga qarab mana shu so’zlardan birisini, ya’ni eng loyig’ini tanlab olishi lozim.U tanlab olgan so’z asarning asliyatdagi ma’nosi bilan bir xil bo’lishi kerak. Asardagi misolga qaraydigan bo’lsak tarjimon u yerda “face” so’zini salbiy ma’noda tarjima qilgan. O’sha gapda “bashara” so’zi o’rniga “yuz” so’zini qo’llaganda maqsadga muvofiq bo’lardi va kitobxonda asardagi qahramonlarga nisbatan yomon ko’rish hissi uyg’onmasdi. Agarda asardagi qahramon yomon odam bo’lganda “bashara” so’zini bemalol ishlatsa bo’lar edi. Bunda tarjimon o’sha odamning yomon inson ekanligi salbiy so’zlarni qo’llash orqali ham kitobxonga tushuntirsa bo’ladi. Lekin bu yerda tarjimon “face” so’zining tarjimasini to’g’ri tanlay olmagan, natijada asarning mazmuniga salbiy ta’sir ko’rsatgan. 2.I knew the barman and sat on a high stool and ate salted almonds and potato chips. (8; 174) Barmen eski tanishim edi, baland kursida o’tirib sho’r danak bilan quvroq qovrilgan kartoshka yedim. (7; 255) Bu yerda “salted almond” so’zi o’zbek tiliga “sho’r bodom” deb tarjima qilinadi, lekin tarjimon uni “sho’r danak” deb tarjima qilgan. “Sho’r bodom” Italiya uslibida tayyorlanadigan taom. “Sho’r danak” esa Samarqand va Buxoroda tayyorlanadigan mashhur taom. Bu yerda tarjimon xatolikka yo’l qo’ygan, ya’ni “sho’r bodom” bilan “sho’r danak’ni alamashtirgan.Tarjimon o’sha xalqni urf- odati, madaniyati, shuningdek milliy taomlari bilan ham tanish bo’lishi kerak. Agarda tarjimon o’sha mamlakatni madaniyati, milliy taomlari, urf-odatlari haqida yetarlicha bilimga ega bo’lmasa xatolikklarga yo’l qo’yadi. 3.-Siz tezda o’rganib olasiz. O’g’lim hayitga kelmoqchi, u sizga o’rgatib qo’yadi. (7; 309) “You will learn easily. My boy will be here for Christmas and e will teach you” (8; 213)
- 40 -
40 Bu misoldagi “Christmas” so’zini tarjimon “hayit” so’zi bilan almashtirgan. Christmas Xristianlarning milliy diniy bayrami bo’lib 25-dekabrdan boshlanib to yangi yilgacha davom etadi. 25-dekabr Xristianlarning payg’ambari Iso payg’ambarning tug’ilgan kunidir. Bu bayram oilaviy bayram bo’lib, har bir uyda Kristmas archasi bezatiladi. Kristmas bilan bog’liq bo’lgan ko’p an’anaviy qo’shiqlar, shirinliklar bo’ladi o’sha kunda. “Hayit” esa musulmon xalqlarining milliy
dinniy bayramidir. Bu kunda odamlar ota-bobolarning, yaqin qarindoshlarining qabrlariga ziyorat qilish uchun boradilar. Odamlar bir- birlarinikiga mehmonga borishadi. Bu kunda odamlar bir-birlari bilan urishmaydilar, urushganlar esa yarashadilar. Bu ikkala bayramning o’zini urf- odatlari bor bo’lib, ular bir-birlariga umuman o’xshamaydi. Tarjimon esa bu iki bayramni xuddi bir bayramdek qilib tarjima qilgan. Bular tarjimada qilingan xatolar va kamchiliklarga kiradi.
Download 366.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling