Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк
Download 0.68 Mb.
|
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi
Juvsan - Qoraqalpog'iston yaylovlaridagi eng ahamiyatli o'simliklardan biri. Sababi juvsanli uchastkalar yaylov sifatida yil davomida foydalaniladi, undan qish mavsumi uchun em-xashak yig' ib olish mumkin.
Qoraqalpog'iston hududida yashovchi hayvonlarning ayrim vakillari xalqimiz turmushida ham ahamiyatli o'rinni egallaydi. Ular: qirg'ovul, yovvoyi cho'chqa, Ustyurt arxari, qoraquyruq kiyik, ondatra, sazan, suven, tolstolobik, oq amur, ilonbaliq va b. Qirg'ovul - o'troq qushlardan. U Amudaryo del'tasida to'qaylarda va madaniy landshaftlarda tarqalgan qush. Ustyurt arxari - uy qo'ylarining yovvoyi turiga yotadi. U hozirgi vaqtda Ustyurtning baland tik jarlarida siyrek uchrovchi hayvon. Ustyurt arxari uning qimmatbaho shoxlari va sifatli go'shti uchun juda ko'p ovlangan. Hozirgi vaqtda ularni ovlash taqiqlangan. Ustyurt arxari kabi Qizilqum arxari Sulton Uvays tog'i, Beltov va boshqa qoldiq tog'larda siyrak uchraydi. Odatda ular poda-poda bo'lib yashaydi. Qaraquyruq kiyik - asosan Qoraqalpog'iston Ustyurti bilan Qizilqumida yashaydi. U juda harakatchang hayvon, 15-20 minut davomida soatiga 50-60 kilometr tezlikda yugura oladi. Ular odatda yaylovlardagi suvlarga yaqin o'tli joylarda (juvsan, buyurgin, keyrovuq, saksovul, yontoq va b.) uchraydi. Qoraquyruq kiyik Ustyurt arxariga uxshab juda baholi go'shti uchun ovlanadi. Yovvoyi chychqa - Amudaryo del'tasidagi qamishzorlarda, botqoqliqlar bilan ko'llarda va to'qaylarda keng tarqalgan. U hatto Qizilqum ichidagi artezian quduqlarning atrofida paydo bo'lgan qamishzorlar bilan kichik-kichik ko'llarda ham uchraydigan hayvonlardan xisoblanadi. Yovvoyi cho'chqalar ko'pincha ularning go'shti uchun ovlanadi. Ondatra - kemiruvchilar otryadiga kiruvchi hayvon xisoblanib, ular Amudaryoning quyi bo'limiga 1944 yili Qozog'istondagi Balxash ondatra promxozidan olib kelingan. Ondatraning vatani Shimoliy Amerika. Lekin u respublikamizning suvlari bilan botqoqliqlariga tez moslashgan hayvon xisoblanadi. Qoraqalpog'istonda ondatralarning o'rtacha uzunligi 20-35 sm, og'irligi 1072 gramm va undan ortiqroq.10 Sazan - Amudaryoning quyi bo'limi va Janubiy Oroldagi keng tarqalgan baliqlardan. U Amudaryo del'tasi va Janubiy Oroldagi ovlanadigan eng ahamiyatli baliqlardan bo'lib, uning maksimal og'irligi 15-26 kilogramm gacha etadi. Suven - issiqsevar baliq xisoblanib, Amudaryo del'tasi va Janubiy Oroldagi ovlanadigan baliqlar orasidagi go'shtining shirinligi bilan sifati bo'yicha eng ahamiyatlilaridan biri. Tolstolobik - Amudaryoning quyi bo'limi va Janubiy Orolda hozirgi vaqtda ko'p uchraydigan, asosan o'simliklar bilan oziqlanadigan baliq. Oq amur - Amudaryo del'tasida uchraydigan, asosan yuqori darajali suv o'simliklari bilan oziqlanadigan eng yirik baliqlardan biri. Uning ayrimlari 20 kilogramm va undan ham og'irroq kelishi mumkin.1 Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling