Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Qoraqalpog'istonning o'simliklari, xayvonotlar dunyosi va


Download 0.68 Mb.
bet12/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1798128
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Qoraqalpog'istonning o'simliklari, xayvonotlar dunyosi va
biologik resurslari.
Reja:

  1. Qoraqalpog'iston hududida o'simlik qatlamining joylashishi va rivojlanishi.

  2. Qoraqalpog'iston territoriyasining xayvonotlar dunyosi.

  3. Qoraqalpog'istonning biologik resurslari.

  1. Qoraqalpog'iston hududida o'simlik qatlamining joylashishi va rivojlanishi.

Qoraqalpog'iston hududida o'simlik qatlamining joylashishi va rivojlanishi, uning umumiy tabiiy sharoitlariga, ayniqsa bizning respublikaning tuproq
1 9
qatlamining namlik va tuproqning sho'rlanish darajasiga bevosita bog'liq.
Amudaryo hozirgi del'tasining juda ko'p bo'limini botqoqli-o'tloqli tuproqlardagi qamishzorlar va to'qaylar egallaydi. Bu o'simliklar egallab turgan territoriya Orol dengizi qirg'og'iga tutashib, Bo'rlitov ustyurtligida joylashgan deyarli teng tomonli katta uchburchak formasiga ega.
Qamishzorlar, odatda yozda suv olib ketuvchi botiq erlarga moslashgan bo'ladi, bu joylarda qamishdan boshqa ekan, urug', kedirlar ham keng tarqalgan.
Zaxsiz quruq erlarga to'qay o'simliklari moslashgan bo'lib unda bo'yan, yantoq, bug'doyiq, qizil kendir, urug', ajiriq, yulg'un, qorabaroq, sho'ralar bilan bir qatorda to' qayning yuqori yarusida to'rong' il, jiyda va tollar uchraydi.
To'qaylarning asosiy massivlari Shabboz, Boday, Nazarxon, Nurumtubek va Shortanbaylarning atrofida to'plangan. Ayrim joylarda keng maydonni egallagan yulg'unzorlar ham uchraydi.
Amudaryo del'tasining g'arbida Ustyurt, sharqida Qizilqum bilan chegaradosh bo'limlarining er osti suvlari bir qancha chuqurlikda bo'lganlikdan, bu territoriyalarga yulg'un, yantoq, quyonsuyak, temirtikanak, itsiygak o'xshash o'simliklar xarakterli.
Qoraqalpog'iston Qoraqumining ko'pchilik hududida asosan oq saksovul va rang ko'p uchraydi. Ulardan boshqa chalov, juzg'un, qum akatsiyasi, juvsan, govrak, arpag'an, lolagul, qum pechak, boyalish, qizilcha va saksovullar, tuprog'ining tarkibida tuz ko'proq uchrovchi hududlarda toshbuyurgin va sarsazanni ko'ramiz.
Qoraqalpog'iston Qizilqumining shimol bo'limidagi qadimgi allyuvial qayirlari uchun har er, har erde juvsan, qora saksovul, yulg'un yoki sho'ra bilan aralash o'suvchi buyurginlar xarakterli.
Qoraqalpog'iston Ustyurtida buyurgin, juvsan va boyalish uchraydi. Ular o'zaro birikib, odatda aralash turda o'simliklar guruhini (komplekslarini) paydo qiladi. Ulardan boshqa Qoraqalpog'iston Ustyurtida, saksovul, kayrovuq, qoramiq, oq yulg'un, tereskan, karmak, tosh buyurgin kabi buta o'simlari uchraydi. Shuningdek chitir, abelek, qo'ng'irbosh, arpag'an, buzovbosh, bug'doyiq, seta va boshqa shunga o'xshash bir yillik o'simliklar ham o'sadi.
Qoraqalpog'iston Ustyurti umumiy olganda tekislik territoriyalarga, bir xil tuproq tarkibi va keskin kontinental iqlimiga ega bo'lishiga qaramasdan uning shimoldan janubga cho'zilib joylashishi sababli o'simliklarning soni va hajmi bo'yicha uning ayrim hududlari bir-biridan ajralib turadi.
Masalan, Qoraqalpog'iston Ustyurtining shimol bo'limida ko'pincha boyalish- buyurgin o'simliklari guruhi uchraydi. Bu o'simliklar egallagan maydon odatda 1-2 ming kvadrat metrdan ortmaydi. Bu joylarda juvsan boyalish bilan buyurginlarga qaraganda siyrak uchrashadi. Shuningdek Qoraqalpog'iston Ustyurtining markaziy bo'limi har xil juvsan buyurgin guruhlari bilan buyurginlarning ko'proq uchrashi xarakterli. Buyurginlar uning shimoli-g'arbiy bo'limida ko'p uchraydi. Ustyurtning Qoraqalpog'iston bo'limining janubi uchun buyurgin, govrak assotsiatsiyalariga kiruvchi o'simliklar guruhlari xarakterli.
Qoraqalpog'iston Ustyurtining deyarli barcha hududida har joy har joyda orol ko'rinishida saksovul massivlarini uchratamiz. Saksovul massivlari ayniqsa, Churuk qudug'ining shimoli-sharqida, Borsakelmas botig'ining shimoli-g'arbida va Qorabovur tepaligining janubida juda ko'p.5
Qoraqalpog'istonning er yuzasida balandligi va joylashgan yo'nalishi bo'yicha har xil orol-orol ko'rinishida bir necha qoldiq ustyurtliklar va «tog'lar» bor. Ularning eng kattalari: Sulton Uvays tog'i, Beltov, Qusxanatov, Qiziljar, Bo'rlitov, Qirantov va b. Ular er osti va er usti suvlariga boy Amudaryoning del'tasida yoki juda quruq sharoitga ega Qoraqalpog'iston Qizilqumida joylashgan, ular atrofidagi tekislik territoriyadan ajralib, o'zgacha o'simliklar dunyosiga ega. Ularda juvsan, kayrovuq, boyalish, tog' piyazi, govrak, tog' pechak, tog' juzg'ini, qirqbo'g'in, buzovbosh va izen o'sadi.6
Amudaryo del'tasidagi qamishzorlar bilan to'qaylar egallagan maydon sharq va g'arb tomonidan suvg'orilib ekiladigan hududlar Bilan o'rab olingan. Bu kishilik jamiyatining ko'p yillik xo'jalik xizmati bilan barpo bo'lgan Qoraqalpog'istonning haqiqiy voha bo'limi. Ular asosan o'tloqli va o'tloqli-taqirli tuproqlarda joylashgan.
Insonning ko'p yillar davomida xizmati Amudaryo del'tasidagi o'simliklar qoplamining bir qancha o'zgarishiga sabab bo'ldi. Vohaga xos hisoblanuvchi madaniy o'simliklarning ko'p sonli vakillari bor.
Qoraqalpog'istonda texnik ekinlardan paxta, donli ekinlardan sholi, jo'xori, arpa, bug'doy, tariq, moy beruvchi o'simliklardan: kungaboqar, kunjut, zig'ir, dukkakli o'simliklardan: mosh, loviya, beda, poliz ekinlaridan karam, bodring, qovun, qovoq, oshqovoq, pomidor, sabzi, kartoshka, piyaz, baqlajon, rediska, qalampir, sholg'om, turp, em-xashak ekinlardan - sudanka ekiladi. Mevali daraxtlardan Qoraqalpog'istonda uzum, olma, nok, shaftoli, o'rik, chiya, qorali, behi va b. keng tarqalgan. Dekorativ daraxtlar va buta o'simliklar ham (terak, oq tol, qora tol, gujum, tut daraxti t.b.) ayniqsa shahar va aholi punktlarda ahamiyatli o'rinni egallaydi.
Bu ekinlar territoriyasining asosiy bo'limini paxta egallaydi. ekin maydonning kattaligi bo'yicha ikkinchi o'rinda bug'doy, sholi, jo'xori, makkajo'xori va beda turadi.
Har xil yovvoyi o'simliklar ekin maydonlarida, polizlarda, bog'larda va aholi punktlari joylashgan zonalarda uchraydi. Ularga pechak, mushukquyruq, bo'yan, suv o'ti, yantoq, kakra, bug'doyiq, qamish, oqbosh, takasoqol, qirqbo'g'in, ituzum, isiriq, changal va sho'raning bir necha turlari kiradi.
O'ziga xos o'simliklari bilan bo'z va qo'riq erlar ajralib turadi. Ularga hududning er osti suvining sathiga va tuproqning mineralizatsiyasiga qarab har xil o'simliklar (yulg'un, yantoq, qorabaroq, oqbosh, itsiygak, quyonsuyak, temirtikanak va b.) xarakterli.
Umumiy olganda hozirgi vaqtgacha Qoraqalpog'istonda uchraydigan o'simliklar to'liq o'rganilib, sistemalashtirilib tamomlanmagan. Yuqori darajali o'simliklarning faqat 900 turi aniqlangan. Ularning 800 ga yaqin turi yovvoyi turlar hisoblanadi.7

  1. Qoraqalpog'iston hududining xayvonotlar dunyosi.

Qoraqalpog'istonning tabiiy sharoiti har xil bo'lishiga bog'liq unga xarakterli xayvonot dunyosini ko'ramiz. Bizning respublikada o'zining tabiiy sharoitining har xilligi bilan ayniqsa Amudaryo del'tasi ajralib turadi.
Qoraqalpog'istonni o'rgangan ko'pchilik zoolog olimlarning mexnatlarida uning faqat del'ta bo'limida xayvonot dunyosining tarqalishi asosan 3 biotopga bo'lingan. Ularning har qaysisida o'ziga xos xarakterli hayvon turlarini ko'ramiz. Masalan, ekin erlar bilan aholi punktlari o'ziga xos bo'lgan biotopni tashkil qiladi. Unda paxta va bedada uchraydigan xasharotlar shu o'simliklarga zarar qiluvchi g'alla bitlari, kapalaklar, paxta va kapusta sovkasini uchratamiz. er-suv hayvonlaridan yashil qurbaqani, sudralib yuruvchilardan - yo'lak chiziqli kichik kaltakesakni, yalangg'och ko'zli cho'l kaltakesagini, agama, suv udavchigi, naqshinkor sariq ilonni aytish mumkin. Ekin maydonlari atrofida dexqonchilik uchun o'zlashtirilmagan dalalar bilan uning chegaradosh erlarida cho'l agamasini, taqir yumaloqbosh kaltakesakni, cho'l toshbaqasini va b. uchratamiz. Qushlardan bu erde dala chumchuqlari, qumri, qurqilday, kaptar, ko'k qarg'a, yashil kakku, sassiqpopishak, qarg'a, boyo'g'li, zag'cha, hakka va qaldirg'och uchraydi.
Ekin maydonlarining oralarida, butazorlarda va yarim butalarda tiq-tiq, bulbul, qirg'ovul va b. uchraydi. Bu qushlar to'qay kompleksining elementlari bo'lib hisoblanadi. Bu biotopga sut emizuvchilardan uy sichqoni, katta qum sichqoni, tipratikan va ko'rshapalak xarakterli.
Ekin erlar bilan aholi punktlarda qish oylarida qushlarning boshqa yangi turlarini uchratamiz. Masalan, to'rong'il va tol to'qaylardan katta Buxoro sinitsasi aholi punktlariga uchib kelib qishlaydi. Ayrim qaxraton sovuq qishli yillarda aholi punktlarda chumchuqlarning bir necha turlari (zyablik, yurok, dubonos va b.) bilan birga dala chechetkasi, turkiston to'rg'ayi, oq to'rg'ay, saqoqush va turkistan qora drozdlari ham qishlaydi. Sut emizuvchilardan shog'ol ekin erlar bilan aholi punktlarga yaqin to'qaylardan oziq izlab keladi. Ayrim vaqtlari aholi punktlarda yirtqich hayvonlarning vakillari (tulki, qashqir), suvsarlar vakillaridan sassiqko'zan, bo'rsiq va b. uchraydi.
Hayvonotlar dunyosining tarqalishi bo'yicha to'qaylar Amudaryo del'tasida ikkinchi biotopti tashkil qiladi. To'qaylar bu territoriyada asosan yog'ochlar va butalardan tarkib topgan bo'lib, ular xayvonlarning tur tarkibi bo'yicha birinchi biotopga qaraganda bir qancha boy.
To'qaylarda bo'g'imoyoqlilar so'na, pasha, kanalarning bir necha turlari juda ko'p. Ular odatda territoriyadagi sigir, yilqi va qo'y-echkilar uchun zararli. Bu qon so'ruvchi parazitlar chorva mollarining mahsuldorligini kamaytiradi, ularga har xil havfli yuqumli kasallarni tarqatadi.
Bu biotopdagi hayvonlarning eng xarakterli vakillari: er-suv hayvonlarigan qurbaqa, yashil kurbaqa, sudralib yuruvchilardan cho'l kaltakesagi, suvilon, poloz, cho'l toshbaqasi va b.
To'qaylarda qushlarning turlari juda ko'p (116). Ularning 57 turi uyalaydi, 24 turi uchib kelib-ketish vaqtida uchraydi, 18 turi qishlaydi, 16 turi turoqli yashaydi, bir turi ayrim yillardagina uchraydi.8 To'qaylarda bulbul, tiq-tiq, sariq chumchuq, qurqilday, to'qildoq, kuygalak, qirg'iy, to'qay boyqushi, kozodoy, kichik qumri, quladin, miyqi, choyqush, katta Buxoro sinitsasi, ko'kqarg'a, mayna, torg'ay va qirg'ovul uchrashadi. Bu biotopda sut emizuvchilarning 24 turi hisobga olinib, ular: yulg'un katta sichqoni, qamish mushugi, tipratikan, sasiqkuzan, shoqol, yovvoyi cho'chqa va quyon.
«Bodayto'qay» (hozirgi kunda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati) qo'riqxonasining ochilishi bilan 1973 yili «Romitan» va «Payg'ambarorol» qoriqxonalaridan 13 bosh Buxoro bug'usi - xongul maxalliylashtirilgan, hozirgi kunda ular ko'paymoqda.
Uchlamchi biotopni Amudaryo del'tasidagi ko'llar, qamishzorlar va daryoning tarmoqlariga xarakterli xayvonot dunyosi tashkil qiladi. Bevosita suv bilan bog'liq bo'lgan qushlarning tur tarkibi bo'yicha bu xudud birinchi va ikkinchi biotoplarga qaraganda ancha boy ekanligi bilan ajralib turadi.
Orol dengizi bilan Amudaryoning quyi oqimida baliqlarning 38 dan ortiq turi uchraydi. Ularning ichidagi eng xarakterlisi: sazan, sudak, tolstolobik, karas, oq amur, laqqa, suven va b.
1958-1960-yillarda Amur daryosi basseyni va Xitoydan ko'paytirish maqsadida O'rta Osiyoga bir necha baliqlarning turi olib kelindi. Ularning hozirgi vaqtda Quyi Amudaryoda uchraydiganlari: oq amur, qora amur, tolstolobik, chipor tolstolobik, ilonbaliq (zmeegolov), amur chebanogi va b.
O'lkamizda «Qizil kitob» ga kiritilgan baliqlarning 9 turining to'rttasi respublikamiz suvlarida tirichilik qiladi. Ular: katta va kichik Amudaryo kurakburuni, marqa (lisach) va Orol to'qbalig'i (Aral'skiy losos'). Bulardan katta va kichik kurakburun endemik turlar bo'lib, er sharining boshqa hududida uchramaydish.
Bu biotopda yil davomida, ayniqsa bahor va yoz oylarida g'oz, o'rdakning 19 turi (pishildoq qush, sur g'oz, olao'rdak, kichik o'rdak, olmabosh o'rdak, oq qanot o'rdak, bigiz quyruq o'rdak va b.), baliqchi qushlarning 35 turi (kichik zuyak, sinchalak, qiziloyoq va b.), uzunoyoqlilarning 10 turi (ko'k qutan, sariq qutan, oqqutan va b.), suv tovuqlarining 5 turi, eshkakoyoqlilarning 4 turi (buyrabosh va qizg'ish birqozon, katta va kichik qoraboylar va b.), chag'alalarning 12 turi (oddiy chag'ala, ko'l chag'ala, oqqanotli, qora, daryo va kichik krachkalar va b.), yirtqish qushlarning 27 turi (qirg'iy, choyqush, quladan va b.) va chumchuqsimonlar otryadining 81 turi (qora va ola qarg'a, qamish sariq chumchug'i, qamish sinitsasi va b.) uchraydi.9
Qamishzorlarda sut emizuvchilardan shoqol, bo'ri, to'qay mushugi va yovvoyi cho'chqalar uchraydi.
Qoraqalpog'istonning del'ta bo'limidagi ko'llar bilan qamishzorlarda keyingi vaqtlarda ondatra ko'p uchraydi, u sifatli teri beradi.
Qoraqalpog'iston Qizilqumida er-suv hayvonlaridan faqatgina yashil baqa uchraydi. Sudralib yuruvchilardan dala agamasi, dumaloq taqir kaltakesagi, chipor va kichik kaltakesaklar, qum iloni, oq ilon, kichik qum udavi, dala toshbaqasi yashaydi. Qushlardan Qizilqum uchun baliqchilar otryadining vakili yilqichi, bulduriq, kaptarlardan ko'k kaptar, yirtqich qushlardan: burgut, qumay, chumchuqsimonlar: saksovul soykasi, quzg'un, cho'l qarg'asi, saksovul chumchug'i xarakterli. Bu biotopga sut emizuvchilardan Qizilqum arxari, kiyik (jayron), oq kiyik (sayg'oq), bo'ri, quyon, katta va qum sichqonlari, chipor va sassiq kuzan, qum mushugi va qarsaq uchraydi.
Qoraqalpog'iston Ustyurtining ko'pchilik hududida sudralib yuruvchilardan: jala agamasi, Kaspiy yalang'och barmoqli gekkon, shitomordnik, ilon va cho'l toshbaqasi yashaydi. Bu biotopda qushlar to'pini va soni bo'yicha ko'proq Ustyurt chinkining jarlarida uchratamiz. Ulardan tovuqsimonlarga kaklik, kaptarlardan ko'k kaptar, bulduruqlardan sadja, Qorabovur va oqbovur bulduruqlar, yirtqich qushlardan burgut, itolg'i, oqsar, qoraqish, qumay, chumchuqsimonlardan: quzg'un, qarg'a, poshsha to'rg'ay ko'p uchraydi. Qoraqalpog'iston Ustyurtida sut emizuvchilardan: Ustyurt arxari, kiyik, oq kiyik, laska, gepart, qarsaq, medoed, qo'yon, katta va qum sichqoni, katta va kichik qo'shoyoq sichqonlar va bo'ri xarakterli.

  1. Qoraqalpog'istonning biologik resurslari

Qoraqalpog'iston o'simliklari va xayvonot dunyosining unumdorligi juda kam bo'lib, u to'laligicha cho'l zonasida joylashganligi bilan xarakterlanadi. Masalan, sozli cho'llarda o'simliklarning biomassasi gektariga 2,5 tonna, saksovulli uchastkalarida biomassa 25-50 tonnani tashkil qiladi. Zoomassaning zaxirasi bo'lsa sozli cho'llarda gektarina 2-4 kg ni tashkil qiladi.
Shunday bo'lishiga qaramastan Qoraqalpog'istonning xalq xo'jaligining ayrim tarmoqlari juda ahamiyatli, ayrim o'simliklar bilan hayvonlarmavjudligi diqqatga sazovor. Ularning ayrimlariga to'xtab o'tamiz.
Respublikamizning o'simliklar dunyosining ayrim vakillarining sanoatda, chorvachilikda, er melioratsiyasida va meditsinada juda ahamiyatli. Ular: bo'yan, saksovul, juvsan, to'rong'il, jigildik, qamish, yontoq va b.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling