Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк
Download 0.68 Mb.
|
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi
4.Orol dengizi. Qoraqalpog'istondagi ko'llarning eng kattasi Orol. U sharqi va janubi-sharqida Qizilqum bilan, janubida Amudaryo del'tasi, g'arbida Ustyurt, shimolida Katta va Kichik Bo'rsiq qumlari, shimoli-sharqida Orol oldi Qizilqumi bilan chegarlashadi. U tashqi ko'rinishi bo'yicha trapetsiya formasiga ega edi, janubi- g'arbdan shimoli-sharq yo'nalishida cho'zilib joylashgan. Egallagan maydoni hozirgi kunda 10-12 ming kvadrat kilometr. Orol dengizining suv osti rel'efi birdek emas. Uning eng sayoz joylri, ko'lning janubiy va janubi-sharqiy tomonlari, chuqurligi 1-2 metrdan atrofida. Orolning eng chuqur joyi uning g'arbiy bo'limida - Ustyurtga chegaradosh joylarida, chuqurligi 40 metr atrofida. Hozirgi vaqtda Orol dengizidagi suv xajmi 200 kubokilometr atrofida. Suvining tuzliligi o'rta hisobda 30-42 promilledan ortgan (ayrim joylarida 60-80 promille).
Orol dengizining asosiy suv manbai Amudaryo, Sirdaryo va yog'in-sochin suvlari. Orol dengiziga oz miqdorda atrofidagi er osti suvlari qo'shiladi. Har yili dengizi sathidan bug'lanuvchi suvning miqdori bir metrga yaqin. Orol dengizi qirg'oqlari ham xarakteri bo'yicha birdek emas. Masalan, uning shimoliy qirg'og'i keng yarim orollar bilan kam parchalangan bir necha qoltiqlaraga bo'linib ketgan. Dengiz qirg'og'i bu bo'limda ko'pincha Orol suvining yuzasiga bir qancha tik tushadi. Orol dengizining g'arbiy qirg'og'i bir necha yuz kilometr davomida meridian yo'nalishida joylashgan. U ko'pchilik bo'limida dengiz yuzasiga 150-200 metr balandlikda tik tushgan. Bu qirg'oqda dengiz suvlari quruqlikning ichkarisiga kirmaganlikdan qo'ltiq va yarim orollar paydo qilmagan. Dengizning sharqidagi Sirdaryo bilan Jangadaryoning quyar erlari orasidagi dengiz qirg'og'i qumli pastekislikta paydo bo'lgan. Bul qirg'oqda bir necha bo'laklarga tarmoqlanib ketgan buxtalarni ko'rish mumkin. Kichik orollar va yarim orollar uchraydi. Amudaryo va Sirdaryoning Orol dengiziga quyar joyida allyuvial dengiz qirg'og'i paydo bo'lgan. Qo'ltiqlar, buxtalar, tumshuqlar va yarim orollarning joylashishi Orol dengizi qirg'oqlarining xarakteri bilan bog'liq. Orol dengizida orollar ko'p bo'lgan. Ularning ko'pchiligi hozirgi kunda qo'shilib ketgan va quruqlikka aylangan. 5.Suv resurslari va ularni foydalanishning istiqbollari. Amudaryo - respublikamizning asosiy suv arteriyasi xisoblanadi. Lekin Amudaryoning suv resurslari bo'yicha to'liq tushuncha olish uchun, biz butun Amudaryo basseynidagi suvni foydalanish bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lishimiz kerak. Ayniqsa keyingi yillarda Amudaryo suvining xalq xo'jaligining har xil tarmoqlarida keng foydoladilmoqda. O'rta Osiyoning keskin kontinental cho'l iqlimi sharoitida Amudaryo basseynidagi ko'pchilik territoriyada dexqonchilikti suvg'orishsiz amalga oshirish mumkin emas. Sababi bu joylarda yillik yog'in-sochin miqdori juda kam, bahorda suvg'orilmasa, qishda to'plangan tuproqdagi namlik bilan bahordagi yog'in suvlari, ekinlarning normal rivojlanishiga etarli emas. Shuning bilan bir qatorda Amudaryo va uning irmoqlari arzon elektroenergiya manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham Amudaryoning asosiy irmog'i hisoblanuvchi Vaxsh daryosida, Nurek qishlog'i yonida, daryoda 300 metr balandlikdagi plotina qurilib, uning joyida xajmi II kubokilometrga yaqin suv to'planadi. Hozirgi vaqtda bu erda Nurek gidroelektrostantsiyasi qurilgan. Shu bilan bir qatorda bu joy da O'rta Osiyodagi eng katta suv omborlarining biri paydo bo'lgan. Amudaryoning tekislikka chiqqan joyida, uning chap sohilida asrlar davomida suvsiz yotgan Turkmaniston cho'llarini o'zlashtirish maqsadida Qoraqum kanali qurilgan. Amudaryoning o'ng tomonida uning suv sathidan 150-200 metr balandlikda joylashgan Qarshi cho'lini o'zlashtirish maqsadida Amu-Qarshi mashina kanali qurilgan. Hozirgi vaqtda Buxoro va Qorako'l vohalarini suv bilan ta'minlash uchun qazilgan Amu-Buxoro mashina suvg'orish kanali ham ishga tushirilgan. U Turkmaobod (sobiq Chardjoo') shaxridan 12 kilometr janubdan boshlanib, juda kuchli nasoslar yordamida Amudaryo suvi 65-75 metr balandlikka ko'tarilib oqmoqda. Keyingi yillarda Amudaryo suvidan keng ko'lamda foydalanishga asosiy sabab, uning basseynidagi xalq xo'jaligining, ayniqsa uning ahamiyatli tarmoqlarining biri - qishloq xo'jaligining rivojlanishida Amudaryo katta rol' o'ynaydi. Sababi Amudaryo basseyni er yuzi bo'yicha etishtiriladigan ingichka tolali paxta navining 25% ni etishtiradi. O'rta Osiyodagi meva va uzumning 46% i, qoramolning 50% i, qo'y va echkilarning 70% ga yaqini Amudaryo basseyniga to'g'ri keladi. Shu bilan bir qatorda Amudaryo basseyni er, suv va iqlim resurslariga boy territoriya. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda O'rta Osiyo respublikalarida Amudaryo basseynidagi 6,7 mln. gektar er maydoni, Afganistonda esa 240 ming gektar er Amudaryodan suvg'orilib ekiladi. Qoraqalpog'istonda Amudaryo suvidan foydalanish maqsadida juda ko'pgina suvg'orish sistemalari ishlab turibdi. Albatda, yuqorida aytilgan Amudaryo basseynidagi yirik gidrotexnik qurilishlarning ishga tushishi natijasida Amudaryoning quyi bo'limidagi xo'jaliklarning suvga bo'lgan extiyojini o'z vaqtida ta'minlash juda qiyin bo'lib qoldi. Shu bois Tuyamo'yin va Taxiatosh gidrouzellarining ishga tushishi bu masoladi ma'lum darajada echishga imkon yaratdi. Taxiatoshda va Tuyamo'yinda Amudaryoda ko'priklarning ishga tushishi katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo'ldi. Shu bilan birga Taxiatosh plotinasi temir yo'l va gaz trassalarini o'tkazishga imkoniyat beradi. Tuyamo'yin gidrouzeli bo'lsa xalqimizga arzon suv energiyasini etkazib bermoqda. Qoraqalpog'istonning suv resursiga ta'rif berganimizda, bu regionda suvg'orish, yaylovlarni suvlantirish va aholi punktlarni suv bilan ta'minlashda yagona suv manbai Amudaryo ekanligini hisobga olishimiz kerak. Taxminan 1970-yillargacha, Taxiatosh gidrouzeli ishga tshmasdan oldin Amudaryoning quyi bo'limida bir necha tarmoqlarga ajralib, Orol dengiziga quyadigan edi. Keyingi yillari Amudaryo basseynida borgan sari suvg'oriladigan maydonning kengayishiga bog'liq daryoda suvning miqdori juda kamayib ketib, amaliy jihatdan daryoning yakuni Taxiatosh bo'lib qoldi. Ayniqsa keyingi 10 yilning ichida bir necha oy davomida Taxiatoshdan keyin Amudaryoda suv oqmaydigan yillar ham bo'ldi. Natijada respublikamizning suv resurslari faqat uning suvg'orish sistemalaridagina ko'rinadigan bo'lib qoldi. Amudaryodagi suvning imkoniyatiga qarab har yili Qoraqalpog'iston hududidagi suvg'orish sistemalari daryodan 8-11 kubokilometr suv oladi. Lekin bul suvning deyarli yarmi dalalarga etmay singib ketadi. Har xil vaqtlardagi suvg'orish sistemalarining ortiqcha suvlarining xisobidan to'plangan kichik-kichik suv havzalari ko'llari (Qoraterang, Atako'l, Aqshako'l, Qorajar, Sudoch'e, Dao'itko'l va b.) bor. Ularning ichida suvg'orish maqsadida amaliy ko'z qarashdan faqat Dao'itko'l yaroqli. Boshqalarining suvining mineralizatsiya darajasi yuqori yoki ular har xil ximiyaviy moddalar bilan ifloslangan. Haqiyqatda Dao'itko'ldan boshqasi har xil kollektorlarning suvi hisobidan to'ldirilgan. Ularning suvi faqat ma'lum bir suvg'orish va yaylovlarni suvlantirish maqsadida foydalansa bo'ladi. Keyingi yillarda respublikamiz hududida erning meliorativ sharoitini yaxshilash maqsadida yirik magistral va xo'jaliklararo kollektorlar qurilib, foydalanishga berildi. Ularning yordamida har yili respublikamizning suvg'oriladigan zonasidan tashqariga 2,5-3 kubokilometr suv chiqariladi. Kelajakda bu suvlar suvg'orish yoki del'tani suv Bilan ta'minlash maqsadida foydalaniladigan suvning manbalaridan biri bo'lib qolishi mumkin. Lekin ularning tzliligining va ifloslanish darajasining yuqoriligiga bog'liq, bu turdagi suvlarni to'laligicha foydalanish mumkin emas. Orol bo'yi gidrogeologik ekspeditsiyasining ma'lumotiga ko'ra, respublikamiz hududida suvg'orish ishlarini va aholi punktlarini chuchuk suv bilan ta'minlashga yaroqli er osti chuchuk suv zaxirasining ko'p ekanligi aniqlangan. Ular asosida faqat Qoraqalpog'iston Qizilqumida bir necha uchastkalarda: Qostuba, Tomarastog', Qizilqala, Ayazqala va Yanboshqala massivlarida chorvachilik asosida kichik aholi punktlari paydo bo'lgan. Ayrimlarini quduqlarning atrofi vohalarida ham ko'ramiz. Kelajakda er osti suvlarining bu turlari yaylovlarni suvlantirishda, hatto aholi punktlarini chuchuk suv bilan ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Qoraqalpog'iston suv resurslarining territoriya bo'yicha joylashishi va ularni foydalanishning hozirgi sharoiti bo'yicha to'liq tushunchaga ega bo'lish uchun uning asosiy suvg'orish sistemalari bilan magistral kollektorlariga qisqacha ta'rif beramiz. Respublikamizning shimoliy zonasidagi Amudaryoning chap tomonida joylashgan tumanlarning (Xo'jayli, Sho'manay, Qonliko'l, Qo'ng'irot, Mo'ynoq) ekin maydonini suv bilan Rao'shan suvg'orish sistemasi ta'minlaydi. Magistral kanalning uzunligi 105 kilometr. Unga pOrollel yo'nalishda 40 kilometr uzunlikda qo'shimcha kanal qazilgan, kanalning 105-kilometrida uning Mo'ynoq tarmog'i (uzunligi 75 km.) boshlanadi. Bu zonada suvg'orish tarmoqlarining uzunligi 459 km. Kanalning boshlanish joyida va yana to'rt joyida suv taqsimlash gidroob'ektlari qurilgan. Rao'shan kanali sekundiga 150 kubometr, unga pOrollel o'tkazilgan qo'shimcha kanal 160 kubometr suv o'tkazish imkoniyatlariga ega. Rao'shan kanali suvg'orish sistemasining bir necha tarmoqlari bor. Ular Kindiko'zak (uzunligi 44 km. sekundiga 35 kubometr suv o'tkazish imkoniyatiga ega), Sho'manay (uzunligi 56,2 km, suv o'tkazish imkoniyati sekundiga 45 kubometr) va b. O'tkan asrning 80-yillarida Rao'shan kanali suvg'orish sistemasi zonasida 103 ming gektardan ortiq dexqonchilik maydoni bo'lib, uning 35% paxtachilik, 20% dan ortiqrog'i sholigarchilik bo'lgan. Respublikamizning shimoliy zonasidagi Amudaryoning o'ng sohilida joylashgan Nukus, Kegayli, Chimboy, Bo'zatov, Qorao'zak va Taxtako'pir tumanlarini Do'stlik (sobiq Do'stlik (sobiq Qizketgan)) kanali sistemasi suv bilan ta'minlaydi. Do'stlik (sobiq Qizketgan) kanali Taxiatosh gidrouzelidan Amudaryodan boshlanib, 25 kilometr oqgandan keyin ikki tarmoqqa ajraladi. U chap sohilidagi Kegayli va o'ng tomonidagi Quvonishjarma bilan birlga 180 km uzunlikga ega. Shu sistema zonasidagi xo'jaliklararo suvg'orish tarmoqlarining umumiy uzunligi 680 km. Do'stlik (sobiq Qizketgan) kanali sekundiga 350 kubometr suv o'tkazish imkoniyatiga ega. Uning asosan ikki tarmog'i Kegayli (uzunligi 55,6 km., suv o'tkazish imkoniyati sekundiga 120 kubometr), Quvonishjarma (uzunligi 87 km, suv o'tkazish imkoniyati sekundiga 110 kubometr) va bir necha xo'jaliklararo tarmoqlariga: Risoviy (uzunligi 49,7 km, suv o'tkazish imkoniyati sekundiga 42 kubometr), esimo'zak (uzunligi 43 km, suv o'tkazish imkoniyati sekundiga 50 kubometr), Mayjap (uzunligi 24 km., suv o'tkazish imkoniyati sekundiga 52 kubometr), Abatjap (uzunligi 24 km, suv o'tkazish imkoniyati sekundiga 17 kubometr) ega. Umumiy olganda Do'stlik (sobiq Qizketgan) kanali suvg'orish sistemasida o'tkan asrning 80-yillarida 144 ming gektardan ortiq dexqonchilik maydoni suvg'orilgan. Uning 42 ming gektari paxta, 40 ming gektarga yaqin maydoni sholigarchilik bo'lgan. Respublikamizning janubiy zonasida asosiy suvg'orish sistemasi Paxta arna kanali. U sekundiga 100 kubometrdan ortiq suv o'tkazish imkoniyatiga ega. Bul kanal To'rtko'l, ellikqala va Beruniy tumanlarining dexqonchilik xo'jaliklarini suv bilan ta'minlaydi. Kanalning boshlanish joyi Tuyamo'yindan 15 kilometr pastda Amudaryodan boshlanib, u daryoga pOrollel yo'nalishda, undan 1-2 km uzoqlikda oqadi. 27-kilometrida Paxta arna kanali ikkiga ajralib, Bog'yop (uzunligi 16,5 km) va Bo'zyop (uzunligi 24 km) deb ataladi. Ularning boshlanish joyida maxsus suv taqsimlagich gidroob'ektlar qurilgan. Paxta arna kanali zonasida kuchli nasoslar yordamida Amudaryodan suv olib turgan nasos stantsiyasi muntazam (Nayman- Beshtam) ishlab turibdi. U sekundiga 33 kubometr suv berish imkoniyatiga ega. Umumiy olganda Paxta arna kanali zonasida xo'jaliklararo suvg'orish tarmoqlarining uzunligi 400 kilometrdan ortiq. O'tkan asrning 80-yillarida bul kanal zonasida 73 ming gektar ekin maydoni suvg'orilgan, uning yarmidan ko'prog'i paxta dalalari bo'lgan. Respublikamizning janubiy zonasida, Amudaryoning chap sohilida joylashgan Amudaryo tumanining suv bilan ta'minlanish sharoiti boshqacha. Uning ekin maydonlarii respublikaaro magistral kanallar hisoblanuvchi: Qilichniyozboy, Qipchoq-Bo'zsuv va Gurlan suvg'orish sistemalaridan suv oladi. Bul kanallarning Amudaryo tumani territoriyasi bo'ylab oqib turgan bo'limi 115 km. uzunlikga ega. Ulardan boshlanadigan xo'jaliklararo (uzunligi 81 km.) va xo'jaliklar ichidagi suvg'orish tarmoqlari bor. Ular umumiy olganda Amudaryo tumanidagi 24 ming gektardan ortiq ekin maydonni, shuning ichida 16 ming gektar paxta dalalarini suv bilan ta'minlaydi. Respublikamizda erning meliorativ sharoitini yaxshilash maqsadida 1959 yillardan boshlaboq birinchi magistral kollektorlar ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda ularning umumiy uzunligi 568,4 kilometr, Qoraqalpog'istondagi ishlab turgan magistral kollektorlarning ta'sir etish zonasi 210 ming gektarga yaqin. Albatda ularning ishga tushish izma-izligi va dexqonchilik zonasining kollektorlar tarmoqlari bilan ta'minlanish zichlig respublikamizning barcha tumanlarida birdek emas. Sababi magistral kollektorlardan boshqa, respublikamiz hududida xo'jaliklararo (1621,4 km) va xo'jaliklar ichida de (6352,2 km) kollektor va zovurlar. Umumiy hisobda respublikamiz territoriyasi bo'yicha kollektor-zovurlarning ta'sir etish zonasida har bir gektar erga o'rta hisobda 29,9 metr uzunlikdagi kollektorlar-zovurlar to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkichni taqqoslaganimizda Beruniy, elikqala, Kegayli, Amudaryo, Qorao'zak, To'rtko'l rayonlarida yuqori (44-33 metr), Sho'manay, Qonliko'l, Qo'ng'irot, Chimboy rayonlarida bo'lsa bir qancha (2,4-24,8 metr) past ko'rsatkichga ega. Magistral kollektorlarning territoriya bo'yicha joylashishi quyidagicha: Qoraqalpog'istonning shimoliy zonasidagi Amudaryoning o'ng tomonida joylashgan Nukus, Kegayli, Chimboy, Qorao'zak, Taxtako'pir va Bo'zatov tumanlari erlarining meliorativ holatini yaxshilashda KS-1, KS-3 va KS-4 magistral kollektorlari xizmat qiladi. Shuningdek, rayonlararo kollektor KS-1 «O'rnek» DFX territoriyasidan boshlanib, Amudaryodan bir kilometr uzoqlikda, unga pOrollel yo'nalishda 19 km davomida Kreyto'zakning dastlabki quruq o'zani bo'yicha oqib, so'ng Kegayli tumani territoriyasi bo'yicha 33 km uzunlikda davom etadi. Uning davomi Chimboy va Bo'zatov tumanlari territoriyasi bo'yicha cho'zilib suvi Orol dengiziga quyilib turgan. Umumiy uzunligi 122 km. KS-3 «Xalqobod» xo'jaligining territoriyasidan boshlanib, uning suvi «Qorao'zak» xo'jaligi orqali Orol dengiziga quyilgan, uzunligi 105 km. KS-4 Qorao'zak va Taxtako'pir rayonlaridagi zaxkashlarning suvini to'plab, Amudaryoning dastlabki tarmog'i Keksuv orqali Orol dengiziga quynirilani. Uzunligi 95 km. Respublikamizning Shimol zonasidagi Amudaryoning chap tomonida joylashgan Xo'jayli, Qonliko'l, Sho'manay, Qo'ng'irot va Mo'ynoq rayonlarining erlarining meliorativ holatini yaxshilashda Amudaryoning chap tomonidagi Bosh kollektor (GLK) va KKS (Qo'ng'irot kollektor sbrosi) xizmat qiladi. Amudaryoning chap tomonidagi Bosh kollektor (GLK) O.Kokkozov nomli xo'jalikdan boshlanib, Xo'jayli, Sho'manay, Qonliko'l va Qo'ng'irot tumanlarining zax suvlarini yig'ib, o'ng tomonidagi Qo'ng'irot tarmog'i bilan tutashgandan keyin KKS (Qo'ng'irot kollektor sistemasi) dep ataladi. Ularning suvi Sudoch'e ko'liga quyadi. Amudaryoning chap tomonidagi Bosh kollektorning uzunligi 86 km, uning o'ng tomonidagi Qo'ng'irot tarmog'i 46 km., Qo'ng'irot kollektor sistemasi 50 km. Amudaryoning chap tomonidagi, respublikamizning janubiy zonasida joylashgan Amudaryo tumani hududida hozirgi vaqtda 18 xo'jaliklararo kollektorlar ishlab turibdi, uzunligi 202,7 km. Ular shu tumanning dexqonchilik erlarining 80% ga yaqin maydonidagi zax suvlarni yig'ishda xizmat qiladi. Har yili o'rtacha hisobda sekundiga 5,1 kubometr xajmdagi zax suv Amudaryo tumanidagi kollektorlarda yig'ilib, respublikaaro kollektor Daryoliqqa qo'shiladi. Qoraqalpog'istonning To'rtko'l, Beruniy va ellikqala tumanlari hududida Qizilqum kollektori (uzunligi 30,6 km) va Beruniy kollektori (uzunligi 33,I km) ishlab turibdi. Qoraqalpog'iston suv resurslariga ta'rif berganimizda, ayniqsa keyingi 30-40 yillar davomida Amudaryo bilan Sirdaryo basseynidagi suvg'orish ishlarining borgan sari kengayishiga bog'liq Orolga qo'shiluvchi suvning kamayib ketganligi natijasida Orolning suv sathi pasayib borayotganiga alohida to'xtalishimiz lozim. Sababi bu sharoit Amudaryoning del'ta bo'limida suv bilan ta'minlash imkoniyatining kamayishi bilan bu mintaqaning umumiy ekologik sistemasining yomonlashuviga sabab bo'lmoqda. Masalan, o'tkan asrning 60-yillarigacha Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga har yili o'rtacha 60 kubokilometr suv olib kelar edi. Amudaryo bilan Sirdaryo basseynlarida yirik gidrotexnik qurilishlarning ishga tushishi natijasida ularning basseynida har yili to'planadigan suvning miqdori birdek bo'lishiga qaramastan Orolga keluvchi suv kamayib ketdi. Amudaryoda 15 kubokilometr bo'lib qoldi. Sirdaryo esa 1986 yildan buyon Orolga suv olib kelmadi xisob. Amudaryo bilan Sirdaryo basseynlarida bo'lsa ekin maydoni o'tkan asrning 60-yillaridagi 5,1 mln. gektardan 80-yilga kelib 6,I mln. gektarga etdi. U Orol dengizi sathining pasayishini tezlashtirmoqda. Masalan 1960 yildan boshlab Orol dengizi suv sathi 15,5 metrga pasaydi. Akvatoriyasining maydoni 60 foizdan ko'proq qisqardi. Agar 1960 yili Orol dengizining egallagan maydoni 66 ming kvadrat kilometrdan ortiq bo'lgan bo'lsa, hozir u 20 ming kvadrat kilometrdan kichik, ya'ni 40 ming kvadrat kilometr maydondagi oldingi Orolning o'rni quruqlikka aylandi. Orolning ayniqsa janubiy va janubiy-sharqiy dengiz qig'oqlari ayrim joylarda 80-100 kilometrga chekindi. Orolning suv xajmi ham kamayib ketdi. Masalan, 1960 yillarda Orolning suv xajmi 1000 kubokilometrdan ortiq bo'lgan bo'lsa, hozir u faqat 200 kubokilometrdan salgina ortiq. Borgan sari dengiz suvi sho'rlashib bormoqda. 1960 yillarda Orol dengizining suvining o'rtacha tuzliligi 10 promillga teng bo'lsa, hozirgi vaqtda u 35 promilldan ortib ketdi. Suvining tuzliligining qisqa vaqt ichida uch marta ko'payib ketishi Oroldagi yashovchi baliqlarning turiga va soniga salbiy ta'sir qildi. Masalan, 1960 yillarda o'rtacha hisobda har yili Orol dengizigan 310-400 ming tsentner baliq ovlangan bo'lsa, hozirgi vaqtda Orol dengizi o'zining baliqchilik ahamiyatini yo'qotdi. Natijada Janubiy Orolda joylashgan O'rta Osiyodagi eng yirik Mo'ynoq baliq-konserva kombinati mahalliy ko'llardagi baliqlar xisobidan o'zining faqat 20 protsent quvvatinigina saqlab qolgan. Kombinatning normal ishlashi uchun zarur bo'lgan xom ashyo respublikaning boshqa joylaridan olib kelinadi. Orolning suvi tarkibida borgan sari tuzning ko'payishi uning biologik o'zgarishlarini tezlatmoqda. Shuni ta'kidlash kerakki, Orol suvining tarkibida tuz juda ko'payib ketsa, Orol dengizida tirichilikning yo'qolish xavfi bor. Bunday sharoitda Orol dengizining umumiy biologik resursi o'z ahamiyatini yo'qotadi. Orol 1960 yillarda kemachilikda juda ahamiyatli edi. Mo'ynoq tumanining kemachilik sohasidan katta daromad qilar edi. Hozirgi vaqtda Orol dengizi transport ahamiyatini yo'qotdi. 1960 yillarda Orolning janubiy qirg'oqlarida ondatra va mo'yna etishtirish yaxshi yo'lga qo'yilgan edi. Xalq xo'jaligining faqat manna shu tarmog'idan Mo'ynoq tumani katta daromad ko'rar edi. Lekin keyingi yillardagi Orol dengizi sathining pasayishi shu hududlarda oldingi keng tarqalgan botqoqliqlar, ko'llar va qamishzorlar maydonining kamayib ketishi hozirgi vaqtda xalq xo'jaligining shu tarmoqlarining minimum darajasiga kamayib ketishiga sabab bo'ldi. Dengiz maydonining kichrayishi va dengiz qirg'oqlarining chekinishi Janubiy Orol bo'yidagi xalqlarning turmushiga ham o'z ta'sirini tekkazdi. Baliq ovlashning qisqarishiga bog'liq bir necha baliq zavodlari va baliqchilik xo'jaliklari yopildi. Orol dengizi sathining pasayishi shu mintaqaga katta iqtisodiy zarar etkazish bilan birga atrofidagi tabiatga ham salbiy oqibatlarni olib keldi. Biz albatta Orol dengizining O'rta Osiyo va Qozog'iston cho'llarining o'rtasida joylashganligidan shu hududning iqlimiga, ayniqsa uning dengiz qirg'oqlariga ma'lum darajada ta'sir etishini unutmasligimiz kerak. Orol dengizida va uning atrofida joylashgan meteorologik stantsiyalarning (Mo'ynoq, Vozrojdenie oroli «Qoraqalpog'iston», Jasliq, Shabanqazg'an, Qo'ng'irot, Nukus, To'rtko'l) ma'lumotlarini tahlil qilsak, Orol dengizi akvatoriyasi bilan uning atrofidagi quruqliqda joylashgan meteostantsiyalarning ma'lumotlarida bir qancha farq borligi ko'zga tushadi. Bu farq yil davomida seziladi. Shu bilan bir qatorda, 1960 yilgacha Orol dengizida 1000 kubokilometr suv bo'lganligini unutmasligimiz kerak. Shuning uchun xam bu yillarda Orolning suvi quyoshdan keluvchi juda ko'p miqdordagi issiqliqni o'ziga to'plash xususiyatiga ega edi. Yil davomida shu regionda ustunlik etuvchi shimoli-g'arbiy, shimol va shimoli- sharqiy shamollar Orolning yuzasiga kelishi bilan uning ilitish ta' siriga uchraydigan edi. Keyingi yillardagi Orolning suvining xajmining bir qancha kamayib ketishi dengizning manna shu funktsiyasining yo'qolishiga sababchi bo'ladi. Ushbu fikrni isbotlash maqsadida Orol va uning atrofida joylashgan meteorologik stantsiyalarning keyingi 50 yildagi ma'lumotlarini analizlaganimizda Orolning janubiy qirg'oqlarida keyingi vaqtlari iliq, vegetatsion davrdagi plyus temperaturalarning yig'indisining ko'payib borayotganligini ko'ramiz. U albatda asosan yozgi kuzatiladigan haddan tashqari yuqori temperaturalarning (440 va 460) xisobidan. Bunday yuqori temperaturalar havoning namligini kamaytiradi, hattoki issiq urish protsessini tezlashtiradi. U o'simlikning normal o'sish va rivojlanishini qiyinlashtiradi. Ikkinchidan, keyingi yillari respublikamizda bahor va kuz bir qancha salqin va cho'zilib ketuvchi mavsum bo'lib qoldi. Sababi bahorda va kuzda shimoli-g'arbiy, shimol va shimoli-sharqiy shamollar bir qancha salqin bo'lib keluvchi bo'ldi. Uchinchidan bizga ma'lum Orolning janubiy yonbag'irlarida kuzatiladigan bahorgi va kuzgi qirovning tushishi ko'pincha Arktikadan keluvchi salqin havo massalari bilan bog'liq. Ular dastlabki yillari Orol dengizining ustidan o'tkanda bir qancha iliqlashar edi. Hozir bunday holat pasaydi. Shu bois bahorning so'ngi va kuzdagi birinchi kuzatiladigan qirovning tushish vaqti deyarli bir haftaga o'zgardi. U sovuq bo'lmaydigan davrning uzoqligining 1,5-2 haftaga qisqarishiga sabab bo'ladi. Natijada Orolning janubiy yonbag'irlarida keng tarqalgan paxta va shunga o'xshash issiqsevar qishloq xo'jalik ekinlarning keyingi yillarda to'liq pishib etilmay qolishiga sababchi bo'lmoqda. Orol dengizi suvining qaytishi Amudaryoning quyi bo'limining gidrologik sharoitining o'zgarishiga salbiy ta'sir qilmoqda. Masalan, Amudaryo del'tasidagi dastlabki keng tarqalgan to'qay, ko'l, botqoqliq, qamishzor va oazis biokomplekslari degradatsiyalanmoqda. Faqat 1961 yildan buyon Amudaryo del'tasida 50 ko'l qurib qoldi, to'qayning maydoni ikki marta, qamishzorlar 6 marta qisqardi. Ularning o'rnida biologik mahsuldorligi kam cho'l biokomplekslari paydo bo'lmoqda. Hayvonot dunyosining tarkibi ham salbiy tomonga o'zgarmoqda. Orol dengizi suvining qaytishi Amudaryoning quyi bo'limidagi er osti suvlari sathining pasayishiga, suvining tarkibidagi tuzlarning ko'payishiga sabab blmoqda. Hatto shu rayondagi o'zi oqib turuvchi skvajinalarning suvi kamayib bormoqda. Shu sababli keyingi yillarda Orolning janubiy yonbag'irlaridagi yuzlagan o'zi oqib turgan skvajinalar harakatini to'xtatdi. er osti suvlarining sathining pasayishi yaylovlardagi o'simliklarning mahsuldorligining kamayishiga sabab bo'lmoqda. Yaylovlarda keyingi yillarda o'simliklar siyrak o'sib, ko'pincha borlari ham past bo'lib, mahsuldorligi kamayib ketdi. Shu bilan bir qatorda dexqonchilik zonasida er osti suvlarining sathining ko'tarilishi kuzatilmoqda, u tuproqning tarkibidagi tuzlarning miqdorini ko'paytirib, uning mahsulodorligini kamaytirib yubormoqda. Orol dengizining suvdan bo'shagan maydonining tabiati olimlarni o'ziga jalb qiladi. Ularning geologik tuzilishi va yotqiziqlarning litologik tarkibi har xil. Kuzatishlar dastlab Orol dengizining suvdan bo'shagan o'rnida tirichilik uchun juda noqulay, ko'pincha sho'rxoklardan iborat lindshaftlarning paydo bo'layotganligini ko'rsatadi. Bunday joylarda gruntning tarkibida tuzlar ko'p bo'lib, ular asosan sul'fat va xlorli tuzlar. Cho'l iqlimi sharoitida Oroldan bo'shagan o'rinlar shamolning uchirib olib ketishiga qulay qumli, changli va tuzli bo'ronlarning paydo bo'luvchi erlariga aylanmoqda. Bu xududdagi yil davomidagi ustunlik etuvchi shimol g'arbiy, shimol va shimoli-sharqiy shamollarni hisobga olsak, dengiz yotqizig'ining tarkibidagi to'planib qolgan tuzlarning Amudaryoning quyi bo'limiga uchirib olib kelishi tabiiy. Kosmosdan olingan syom'kalarni analizlaganda, 1975 va 1961 yillar oraligida 200 km dan 500 km gacha uchirib olib ketilgan 30 dan ortiq tuzli-changli bo'ronlarning takrorlanganligi kuzatilgan. Mo'ynoq va Nukus meteorologik stantsiyalarning ma'lumotlariga muvofiq, 1966 yildan buyon kuzatiladigan changli bo'ronlarning soni shu rayonlarda ikki hissaga ko'paygan. Qoraqalpog'iston hududida hozirgi kunlarda o'rtacha hisobda har yili har bir gektar maydonga 3200 kg tuz aralashgan chang, suyuq ko'rinishida 100 kg dan 500 kg gacha tuz havodan sochiladi. Albatta uning miqdori Orolga qancha yaqinlashgan sari ko'proq bo'ladi. U qishloq xo'jaligi uchun foydalanilayotgan erning sifatiga salbiy ta'sir etadi. Ayniqsa, keyingi vaqtda Amudaryoning quyi bo'limida sho'rlashayotgan maydonning yil sayin ko'payib borayotganligiga sabab bo'lmoqda. Tuproqda to'planayotgan tuzlar erning unumdorligiga salbiy ta'sir qilib, havodan keladigan tuzlarning paxta va shunga o'xshash qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligiga to'g'ridan-to'g'ri salbiy ta'sir qilishini unutmasligimiz kerak. Sababi tuzli chang o'simliklarga o'tirib gulining normal rivojlanishini sekinlashtiradi, hosildorlikni pasaytiradi. Geotabiiy observatoriyaning ma'lumotiga ko'ra Orol dengizining atrofining iqlimiga ta'siri 50-100 km gacha seziladi. Qozog'iston iqlimshunoslarining ma'lumoti bo'yicha Orol dengizining o'zining atrofidagi radiusi 400 km gacha maydonda ta'siri bor ekanligini aniqlagan. Shunday bo'lsa Orol dengizi suvining pasayishiga bog'liq, birinchi navbatda Amudaryoning quyi bo'limi (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm va Tashauz viloyatlari joylashgan territoriya) jabr ko'radi. Agar yil davomidagi shimoliy, shimoli-g'arbiy va shimoli-sharqiy tomondan esuvchi havo massalarini hisobga olsak, uning ta'sir zonasi O'rta Osiyoning butun tekislik territoriyasi ekanligini unutmasligimiz kerak. Shunday ekan, Orolning qaytishi bilan atrofining iqlimiga uning salbiy ta'siri Quyi Amudaryodan bir qancha tashqariga chiqib ketadi. Ilmiy o'rganish institutlarining ma'lumoti bo'yicha Amudaryoning o'rta oqimida har yili daryoga 8,5-9,0 kubokilometr zaxkash-kollektorlarning suvi quyadi. Bu daryoning shu bo'limidagi bir yilda oquvchi suvining 15 % tashkil qiladi. Natijada Amudaryoning quyi oqimiga keluvchi suvning mineralizatsiya darajasi 8 oy davomida har bir litrda 1,2-1,7 grammga etadi. Suvining eng ko'p mineralizatsiya darajasi, daryoda suvning kam bo'luvchi oylariga (mart-aprel' va sentyabr'-oktyabr') to'g'ri kelib, shu oylarda zaxkash-kollektorlarning suvi quyilgandan keyin daryoda suvining mineralizatsiyasi har bir litr suviida 2,5-2,8 grammga ortadigan bo'ldi. Shu sababli Amudaryoning quyi hududida sanitariya-epidemiologik ahvol juda pasayib ketdi, gepatit, gastrit va boshqa ishki organlar bilan bog'liq kesalliklar soni ko'paymoqda. Amudaryoning mineralizatsiyalashgan va ifloslangan suvlari, hattoki sho'rlashgan tuproqlarni yuvish uchun ham yaroqsiz bo'lib qoldi. U tuproqning unmdorligini pasaytirish xavfini tug'dirmoqda. Hattoki Amudaryoning ta'sir etish zonasidagi er osti suvlarining ham ifloslanishi sezilmoqda. O'rganishlar Xo'jayli, Taxtako'pir va Qorao'zak tumanlaridagi er osti chuchuk suvlarining ham sifati Amudaryoning ifloslangan suvining ta'siridan pasayib borayotganligini ko'rsatadi. Shunday qilib, Orol dengizi suvining qaytishi umumiy Amudaryoning quyi bo'limidagi hududning tabiatiga salbiy ta'sir etayotganligini ko'ramiz. U ayniqsa erning meliorativ sharoitining pasayishiga, tabiiy balansning buzilishida aniq seziladi. Bu protsess borgan sari tabiiy ofat xarakteriga ega bo'lmoqda. Orol dengizining qaytishiga bog'liq ekologik va ixtimoiy-iqtisodiy ko'z qarashdan salbiy oqibatining yaqin kelajakda ma'lum darajada pasayishining oldi olinishi mumkin. Dastlab Orol dengizining quruqlikka aylangan joylarida O'rta Osiyo va Qozog'istondagi cho'llarning bir-biri bilan qo'shilishiga imkoniyat bermasligimiz kerak. Hozirgi vaqtda Qoraqum bilan Qizilqumning chegaradosh erlarida faqat yangi cho'l paydo bo'lib qolmasdan, asrlar davomidagi shakllangan ekosistema buzilmoqda. Yangidan paydo bo'lgan cho'l Qoraqum bilan Qizilqumdan boshqacha, tuzli, o'simliklari juda siyrak, hattoki o'simlik uchramaydigan maydonlardan iborat kenglik paydo bo'lmoqda. Shuning uchun biz Orolning yo'q bo'lib ketishiga imkoniyat bermasligimiz kerak, uning juda bo'lmasa oldingi funktsiyalarini kamroq bo'lsa ham bajarib turishiga sharoit yaratishimiz kerak. Uning uchun Orol dengiziga iloji boricha ko'proq suv yuborishimiz kerak. Shuningdek keyingi 25-30 yilning ichida Amudaryo bilan Sirdaryoning basseynlarida har erda to'planib qolgan suvlarni (Arnasoy, Sariqamish, Aqshako'l, Dovutko'l, Qoraterang va b.) Orolga oqizishimiz kerak. Yuqorida aytilgan ko'llar va zaxkash kollektorlarning suvlarini Orolga tomon oqizish uchun Amudaryoning ikki tomonidan maxsus trassalar o'tkazilishi kerak. Shu bilan birga Amudaryo bilan Sirdaryoning basseynidagi suv resurslaridan ratsional foydalanishga alohida ahamiyat berilishi kerak. Shuningdek suvni tejamkorlik bilan foydalanishda kompleks ilojlar amalga oshirilishi kerak. Shuning uchun mavjud suvg'orish sistemalarini qaytadan ko'rib chiqish kerak. Magistral va xo'jaliklararo kanallarni beton qoplamalar bilan qoplash, lotoklar o'rnatish va boshqa injenerlik ob'ektlarni qurishni amalga oshirishimiz kerak. Shu qatorda Qoraqum kanali zonasida Amudaryo suvi katta isrofgarchiliklar bilan foydolanilayotganligini aytib o'tishimiz kerak. Bu xaqida Turkmaniston Fanlar Akademiyasining zoologiya institutining laboratoriya ilmiy xodimi D.Aliev quyidagilarni yozadi. Kanalning sohilidagi uylarning podvalida to'lib turgan suvlarni ko'rdim. Suvning ta'sirida imoratlar, gruntning cho'kib ketishi natijasida ishlamay qolgan kommunikatsiya sistemasini, qurib qolgan uzumzor va bog'larni ko'rdim. Daraxtlar qurigan ..., bir vaqtlari hosildor bo'lgan paykallar hozir sho'rlashib, oppoq tuz bilan qoplanib yotibdi ..., hozirning o'zida shu zonada Turkmanistonning 280 ming gekter maydondagi suvg'orilib ekiladigan erlari agrotexnik yordamni kutmoqda». Amudaryo bilan Sirdaryo basseynlaridagi suvni isrofgarchilik bilan foydalanayotgan xo'jaliklarni o'rganish natijasida suv xo'jaligi vazirligi mutaxassislari bu ikki basseynda faqat suvni tejamkorlik bilan foydalanishda kompleks ilojlarni amalga oshirib har yili 30 kubokilometr suvni tejash imkoniyati bor ekanligini aniqlagan. Albatta bu suv Orol dengizi tomonga oqizili^i kerak. U Orolga quruqlikka aylangan dastlabki dengizning tagi bo'yicha oqizilishi kerak. Qurib qolgan dastlabki dengizning tagi muntazam oqin suvning ta'sirida bo'lishi kerak. Sababi dengizning qurib ketib, tuzli changlarning ko'tarilishiga imkoniyat bermasligimiz kerak. Shu yo'l bilan chorvaga ham qo'shimcha yaylov, em-xashak paydo qilamiz, baliqchilikka, otdatra, mo'ynali hayvonlarning ko'payishiga sharoit yaratamiz. Shu bilan birga Amudaryoga zaxkash, kollektor va foydalanilgan suvlarning qo'shilishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Shundagina ichimlik suvning sifatini yaxshilaymiz. Amudaryoning quyi bo'limida keng tarqalaytgan havfli kasalliklar: gepatit, gastrit, dizenteriya va boshqa yuqumli infektsion kasalliklarning oldini olamiz. Shunday qilib, yuqorida aytilgan ilojlar amalga oshirilsa, ma'lum darajada Orolning qurishi pasayadi, cho'llarning borgan sari kengayishining oldi olinishi mumkin. Lekin Orolni dastlabki darajasiga keltirish uchun ikkita variant bar. Birinchisi - Sibir'dan olib kelinadigan suvning bir bo'lagini to'g'ridan-to'g'ri Orolga quydirish, lekin buni amalga oshirish ko'p iqtisodiy sarfni talab qiladi. Ikkinchisi, Amudaryo va Sirdaryodan suv oluvchi kanallarning suvini kamaytirish. Albatda bu variant ilmiy jihatdan chuqur o'rganib chiqishni talab etadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling