Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Download 0.68 Mb.
bet8/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1798128
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Ma'ruza N«5
Qoraqalpog'istonning ichki suvlari va suv resurslari
Reja:

  1. O'lkaning asosiy gidrografik ob'ektlariga ta'rif. Amudaryoga geografik ta'rif.

  2. Qoraqalpog'istonning ko'llari.

  3. O'lkaning er osti suvlari

  4. Orol dengizi uning regiondagi o'rni.

  5. Suv resurslari va ularni foydalanishning istiqbollari.

  1. O'lkaning asosiy gidrografik ob'ektlariga ta'rif. Amudaryoga geografik ta'rif.

Qoraqalpog'iston gidrografik jihatdan butun O'rta Osiyo bilan birgalikda tuyiq basseynda joylashgan. Uning keskin kontinental, quruq cho'l iqlimi er usti va er osti suvlarining paydo bo'lishi, territoriya bo'yicha joylashishiga ta'sir etuvchi ahamiyatli faktorlardan xisoblanadi. Respublikamizning hududidagi eng katta va birdan bir oqin suv - Amudaryo. Amudaryo shu xududdagi er usti va er osti suvlarining rejimiga bevosita ta'sir etadi. Hattoki u respublikamizning umumiy xalq xo'jaligining rivojlanish darajasining asosiy faktorlardan biri. Shuning uchun ham, Qoraqalpog'iston suvlariga ta'rif berishda Amudaryodan boshlagan ma'qul.
Amudaryo butun O'rta Osiyodagi eng katta daryo. Uning boshlanish joyi Hindikush tog'ining shimoliy yonbag'ridan 4900 metr balandlikda joylashgan Vrev'skiy muzligidir. Boshlanish joyida u Vaxjir deb ataladi. Amudaryo bir necha o'nlagan katta irmoqlarni tutashtiruvchi daryo sistemasi. Uning asosiy irmoqlari Pomir-Oloy tog'laridan boshlanadi. Pomir-Oloy butun MDH hududidagi eng baland va O'rta Osiyodagi juda yog'in-sochinli tog'li hudud. Shuning uchun xam Amudaryo basseyni cho'l zonasida joylashishiga qaramasdan, uning juda suvli daryo ekanligi to' satdan emas.
Amudaryoning boshlanar joyida Vaxjir, keyin Vohangdaryo deb atalib, Vohangdaryo Pomir daryosi bilan qo'shilgandan keyin, Panj deb ataladi. Panj Vaxsh daryosi bilan qo'shilgan joyidan Amudaryo deb ataladi. Daryoning Vaxjir- Vohangdaryo-Panj bo'limi 1137 kilometr uzunlikga ega bo'lib, shu oraliqda u bir necha irmoqlarni (Gunt, Bartang, Yazgulem, Vanch, Qizilsuv - o'ng tomonidan, Ko'kcha daryosi chap tomondan) qo'shib oladi.
Panj Vaxsh daryosi bilan qo'shilgandan keyingi Amudaryoning eng katta irmoqlari o'ng tomonida Kofirnigon, Surxondaryo va Sheroboddaryo, chap tomonida - Qunduzdaryo. Shu oraliqda u 180 kilometr uzunlikga ega. Amudaryoning qolgan bo'limida (1257 kilometr davomida) unga irmoq qo'shilmaydi. Uning umumiy uzunligi 2574 kilometr.
Amudaryo o'zining quyi bo'limida del'ta paydo etib oqadi. Amudaryoning eng dastlabki del'tasi Tuyamo'yindan boshlanadi. Paydo bo'lishi bo'yicha izma-iz geografik joylashgan o'rnini hisobga olganimizda Tuyamo'yindan Orol dengizigacha bir necha kichik del'talarning paydo bo'lganligi ko'zga tushadi. Ular Amudaryoning Sariqamish del'tasi, Aqchadaryo del'tasi va Orol oldi del'tasi deb ataladi. Qoraqalpog'iston hududida uning keyingi ikki del'tasi joylashgan.
Amudaryo o'zining del'ta bo'limida bir necha tarmoqlarga ajralib ketgan. Ularning eng kattalari: Aqchadaryo, Qo'hnadaryo, Daryoliq, Erkindaryo,
Qazaxdaryo, Ko'ksuv, Eldaryo, Oqdaryo, Qipchoqdaryo, Injenero'zak va b.
Amudaryoning faqat tog'li bo'limidagi basseynining maydoni 199350 kvadrat kilometr. Uning ko'pchilik territoriyasi Pomir-Oloy tog' sistemalarining joylashgan erlariga to'g'ri keladi. Bu tog'larning o'rtacha nisbiy balandligi 5000-5500 metr bo'lib, ularning ayrim baland cho'qqilari dengiz sathidan 6000 metr, hattoki 7000 metrdan yuqorida joylashgan. Shuning uchun xam bu tog'lar O'rta Osiyoning eng janubida cho'l zonasida joylashishiga qaramasdan, uning yuqori bo'limlari yil davomida juda qalin, ko'p yillik qorlar bilan band. Hozirgi zamon muzliklarining soni mingdan ortiq. U daryo suv rejimining asosiy faktorlaridan xisoblanadi. Shuning uchun xam Amudaryoning ko'pchilik katta irmoqlari (Panj, Vaxsh, Ko'kcha va b.) muz-qor suvlarigan to'yinuvchi daryolar. Tog'larning pastrog'idan boshlanuvchi irmoqlari (Qunduzdaryo, Kofirnigon, Qizilsuv, Surxondaryo va b.) qor-muz suvlaridan to'yinadi. Umumiy olganda, Amudaryo basseynining tog'li bo'limida har yili o'rtacha 79 kubokilometr suv to'planadi. Shuning uchun ham 1960 yillargacha Amudaryodan har yili o'rtacha Kerki shahrining yonida 63 kubokilometr, Nukus yonida 46,6 kubokilometr suv oqqan.
Amudaryodagi suvning miqdori bir necha yillar davomida birdek bo'lmasligi bilan xarakterlanadi. Masalan, bahorda tog'larning etagidagi qorlarning tez erishi bilan mart oyining birinchi kunlaridanoq daryoning yuqori va o'rta oqimlarida suv ko'paya boshlaydi. Bahordagi tez-tez bo'lib turuvchi yog'in-sochinlar daryoning suvinii yanada ko'paytiradi. Tog'larning o'rta va yuqori mintaqalaridagi qor bilan muzliklarning ayniqsa iyun', iyul' va avgust oylarida juda yaxshi erishi natijasida Amudaryoda suvning ko'p bo'lishi kuzatiladi. Suvning pasayishi avgustning oxirida, ko'pchilik yillarda sentyabr' oyidan boshlanib, yanvar', fevral oylarigacha davom etadi. Noyabr' oyidan boshlab Amudaryo asosan er osti suvlari hisobidan oqadi. Amudaryoning bahor va yoz oylarida suvli bo'lishi uning basseynidagi xalq xo'jaligining rivojlanishi uchun juda qulay. Sababi bu xududdagi dexqonchilik faqat suvg'orish yo'li orqaligina amalga oshirilishidan, uning suvga bo'lgan talabning yuqori bo'lgan oylarida daryoda suvning ko'p bo'lishi juda qulay bo'ladi. Amudaryo va uning irmoqlari ayniqsa tog'li bo'limida gidroenergetika resurslariga boy.
Amudaryo dunyodagi suvi eng loyli daryolar qatoriga kiradi. Uning har bir kubometr suvida o'rtacha 2600-3900 gramm loy bor. Sababi Amudaryo suvining oqimi, ayniqsa tog'li bo'limida juda tez ekanligidan daryo o'zanining yuvilishi juda kuchli bo'ladi. Shuning uchun ham Amudaryoning asosiy irmog'i hisoblanuvchi Vaxsh suvi bilan har yili 84 mln. tonnadan ortiq maydalangan har xil tog' jinslari oqadi va Amudaryo suvinii loylatib yuboradi. Tekislikka chiqqandan keyin Amudaryo Qoraqum va Qizilqumning bir-biri bilan tutashgan chegarasi bo'yicha oquvchiligi sababli daryo yoqasidagi oson yuviluvchi yumshoq jinslar suvning loyliligini yanada ko'paytirib yuboradi. Masalan, o'rtacha hisobda Kerki shahri yonida Amudaryoning har bir kubometr suvining tarkibida 4 kilogrammdan ortiq loy oqadi. Albatta daryo suvining loyliligi yil davomida birdek emas. Daryoda loyli suvlar bahor va yoz oylaridagi suv toshqin kunlari kuzatiladi. Qishda Amudaryoning suvi bir qancha tiniq bo'ladi.
Amudaryo suvi loyli bo'lish bilan bir qatorda har xil eritmalarga boy ekanligi bilan ajralib turadi. Ularning ayrimlari o'simliklar uchun foydali. Aniqlanishicha Amudaryo suvi bilan suvg'orilsa, o'rtacha hisobda har bir gektar maydonga 2 tonna uglekisliy kal'tsiy, kaliy, fosfor va boshqa har xil ximiyaviy eritmalardan tarkib topgan tabiiy o'g'it qolishini ko'rsatdi. Amudaryo suvining tarkibida juda kam miqdorda bo'lsa ham o'simliklar uchun ziyonli ximiyaviy eritmalar ham (osh tuzi, glauber tuzi, soda va boshqa shularga o'xshash) bor.
Amudaryo qirg'oqlarini degish olib turishi tez-tez bo'lib turuvchi hodisa. Kuzatishlar ayniqsa Tuyamo'yin bilan Taxiatosh oralig'ida degishning tez-tez bo'lib turishini ko'rsatadi. Respublikamizning dastlabki poytaxti bo'lgan To'rtko'l shahrining o'rnini bir necha yillar ichidyoq to'la suv yuvib, oqizib ketganligi unga dalil.
Amudaryoning del'ta bo'limida uning suvi har yili muzlaydi. Albatta qancha shimol tomonga Orol dengiziga borgan sari muzning qalinligi ortib boradi. Masalan, Nukus gidrometeorologik stantsiyasining ma'lumoti bo'yicha, 1967-yili yanvar' va fevral' oylarida Amudaryodagi muzning qalinligi Nukus shahri yonida 32 sm, Qiziljarda 41 sm, daryoning Orol dengiziga quyish joyida 48 sm bo'lganligi aniqlangan. Albatta bu ma'lumotlar bir necha yillar davomida analizlansa, har yili bo'luvchi qish mavsumining sovuqligidan daryoda suvning muzlash qalinligi ham birdek bo'lmaydi.
Amudaryoning ayrim mavsumlarda juda suvli bo'lishi, ayniqsa tekislik bo'limida daryo qirg'oqlarining asosan yumshoq jinslardan tarkib topganligi, daryo cho'kindilarining uning uzaniga tez to'planib qolishi daryo o'zanining gohida o'nga, gohida chapga o'zgarib turishiga sababchi bo'ladi. Daryo suvining to'lib o'zining o'zaniga sig'may ketishi ayniqsa erta bahorda daryoda sang yurishi kuzatiladi. U ayrim qish qahraton bo'lib, bahor tez chiqib ketgan yillarda aniq seziladi. Bu sharoit odatda janubdan shimolga qarab oquvchi daryolarga xos. Sababi daryo yuzasidagi qalin muz bahor chiqishi bilanoq erib ulgurmaydi, daryoning yuqori bo'limidagi (janubiy bo'limi) yupqa muzlar erib, sang bo'lib oqib, mayda muz bo'laklari daryo yuzasini qoplab yotgan qalin muz qatlamining tagiga tiqilib qoladi. Bu joyda daryo suvi o'zining o'zaniga sig'may atrofiga chiqib ketadi. Bunday sharoit 1969-yilning erta bahorida kuzatilib, dastlab Charjoo' shahriga, keyin Beruniy tumanining ko'pchilik territoriyasiga katta zarar etkazdi.
Amudaryodan boshqa Qoraqalpog'istonda oqar suv yo'q. Faqatgina Sulton Uvays tog'ida, Qorabovur qirlarida, Qoraqalpog'iston Ustyurtining chinklarida, Beltov, Qusxanatov, Qiziljar va Qirontov tepaliklarida oquvchi sel ko'rinishidagi kichik vaqtincha soylar uchraydi.

  1. Ko'llari. Umuman olganda Qoraqalpog'istonda ko'llar ko'p. Lekin ular territoriya bo'yicha bir tekis joylashmagan. Ayniqsa Amudaryo del'tasi ko'llarga boy. Ularning ko'pchiligi (Dovutko'l, Sudoch'e, Xo'jako'l, Jamansay, Qorako'l va b.) paydo bo'lishi bo'yicha Amudaryo va ularning tarmoqlari bilan bog'liq. Ayrimlarining paydo bo'lishi (Uchquloch, Turg'onboy, Shanishqili va boshqa ko'llar) suvg'orish kanallari bilan bevosita bog'liq.

Keyingi yillari respublikamizda keng tarqalgan zaxkash-kollektor suvlari bir qancha tashqarida yoki xo'jaliklarning ichidayoq joylashgan botiqlarg'a quydiriladigan bo'lib qoldi. Natijada keyingi 20-25 yil ichida paydo bo'lgan suv xavzalarini-ko'llarni tez-tez uchratamiz. Ular Xo'jako'l, Ilmeko'l, Mashanko'l (Qo'ng'irot tumani), Munchoqli va Qorako'l (Sho'manay tumani), Qoraterang, Mo'ydinko'l va Otako'l (Taxtako'pir tumani), Ko'ksheyil (Kegayli tumani), Qiriqqiz qala (To'rtko'l tumani) va Aqchadaryo (ellikqala tumani) ko'llari.
Amudaryo del'tasidagi joylashgan bu ko'llar paydo bo'lishi bo'yicha qanday bo'lishiga qaramastan, ularning uncha chuqur emasligi va egallagan maydonining o'zgaruvchangligi xarakterli. Masalan, Taxtako'pir tumanidagi Qoraterang ko'lining egallagan maydoni 800-1000 gektar, Kegayli tumanidagi Dovutko'lning maydoni 1000-1700 gektar, Qo'ng'irot tumanidagi Mashanko'lning joylashgan o'rni 800-1000 gektar va shu kabi.
3.O'lkaning er osti suvlari. Qoraqalpog'iston hududida er osti suvlarining joylashishida o'ziga xos ayrim o'zgachaliklar seziladi. Shuningdek rel'efining haddan tashqari tekis ekanligi, er yuzasidagi yotqiziqning mexanik tarkibi va er usti suvlarining joylashish o'zgachaliklari ularning asosiy faktorlaridan bo'lib xisoblanadi. Haqiyqatdan hududning cho'l iqlimi sharoitida yillik yog'in-sochin miqdorining haddan tashqari kam ekanligidan ular er osti suvlarining to'yinishiga ko'p miqdorda suv bera olmaydi. Yog'in-sochinga qaraganda ko'pchilik sharoitda Amudaryo va uning tarmoqlari, suvg'orish sistemasi, suv xavzalari bilan ko'llar er osti suvlarining to'yinishida aktiv qatnashadi. Shuning uchun ham Amudaryoning «harakatdagi» del'tasi joylashgan hududda, Amudaryo bo'ylarida va suvg'oriladigan zonada er osti suvlari sayozda uchraydi. Shu territoriyadan qancha uzoqlikda joylashgan sari, er osti suvlari ham shuncha chuqurlikda uchraydi.
Masalan, To'rtko'l va Beruniy tumanlaridagi qadimdan suvg'orilib kelayotgan zonada er osti suvlarining sathi er betidan 1,0 metrdan 4,5 metrgacha oraliqda chuqurlikda joylashgan. Shu tumanlardagi va Ellikqaladagi yangidan o'zlashtirilgan erlarda er osti suvlarining sathi er betidan 4,5-6,0 metr chuqurlikda yotibdi. Sho'monay, Qonliko'l va Qo'ng'irot tumanlaridagi dexqonchilik uchun yaqinda foydoladilayotgan uchastkalarda er osti suvlari er betidan 2,5 metrdan 19 metrgacha chuqurlikda uchraydi. Bu rayonlarda er osti suvlari sathining er betiga yaqin joylashgan erlarini ko'pincha sholigarchilik zonasida uchratamiz. Kegayli, Chimboy, Qorao'zak va Taxtako'pir tumanlarining Amudaryo del'tasidagi erlarida er osti suvlarining sathi 4,5-6,0 metr chuqurlikda joylashgan. Taxtako'pir tumanining shimoli-sharqida dexqonchilik uchun o'zlashtirilmayotgan Aqchadaryo del'tasida er osti suvlarining sathi 12,0-17,0 metr chuqurlikda uchraydi. Shuningdek, hozirgi vaqtgacha dexqonchilik uchun o'zlashtirilmagan Taxtako'pir tumanidagi Turkman qirilgan va eshkutkan massivlarida er osti suvlari bir qancha chuqurda (6-10,5 metr) joylashgan.
Amudaryoning ikki tomonidagi 5 kilometrdan 10 kilometrgacha hududda er osti suvlari 1 metrgacha chuqurlikda uchratish mumkin. Bu zonadan uzoqlashgan sari, agarda territoriya dexqonchilik uchun foydoladilmayotgan bo'lsa, er osti suvlari 10­18 metrgacha chuqurlikda uchraydi.
Qoraqalpog'iston hududida eng chuqurda joylashgan er osti suvlari Qoraqalpog'iston Ustyurti bilan Qizilqumiga xos. Masalan, quduq qazib ko'rilganda, er yuzasiga yaqin joylashgan er osti suvlarining birinchi qabig'i Qoraqalpog'iston Ustyurtida Churuk rayonida 7-6 metr, Aldan qudug'i rayonida 18-19 metr, Qizilqumdagi Tomarastog'da 15-16 metr, Chuqurqoq rayonida 11-12 metr, Baymurotda 10 metr, Kampirto'be uchastkasida 16-17 metr chuqurlikda topilgan.
er osti suvining sathi Qoraqalpog'istonning ko'pchilik hududida (Qoraqalpog'iston Ustyurti bilan Qizilqumi, del'ta bo'limidagi dexqonchilik maqsadida foydoladilmayotgan erlar) yil davomida bir xil bo'ladi. Aksincha dexqonchilik bilan band uchastkalarda er osti suvining sathi yoz oylarida bir qancha ko'tarilib, qishda pasayib ketadi. Shuningdek, Amudaryo va uning tarmoqlarining atrofida ayrim yillari kuzatiladigan daryo toshqini, suv bosib ketgan uchastkalarda er usti va er osti suvlarining bir-biri bilan qo'shilib ketishiga ham sababchi bo'ladi.
Qoraqalpog'iston hududida asrlar davomida erning bir qancha quyi qatlamlarining orasida to'planib qolgan er osti suvlarining alohida bir turi - artezian suvlari bor. Ular ayniqsa, Amudaryoning ta'sir etish zonasidan bir qancha uzoqda, harakat etuvchi er usti oqin suvlari yo'q bo'lgan Qoraqalpog'iston Ustyurti bilan Qizilqumi uchun juda ahamiyatli. Hozirning o'zida shu yaylovlardagi chorva mollari asosan artezian suvlari bilan ta'minlangan. Keyingi yillarda artezian suvlarigan foydalanish, hattoki Amudaryo del'tasidagi vohalarda ham, qish oylarida suvg'orish sistemalari suvi kamaygan kunlari keng foydoladilmoqda.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling