Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Qoraqalpog'istonning geografik o'rganilish tarixi


Download 0.68 Mb.
bet4/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1798128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Qoraqalpog'istonning geografik o'rganilish tarixi

  1. Qoraqalpog'iston o'lkasining tabiati xaqida qadimiy geografik tasavvurlar (Yunon, Rim, Xorazm olimlarining Orol bo'yi tabiatini o'rganish to'g'risida yozma bayonnomalar)

  2. Xorazm tekisligi va Qoraqalpog'iston o'lkasi haqidagi XII-asrda Al- Xorazmiy, Al-Beruniy mexnatlari va Rossiya olimlarining mexnatlari. (Cherkasskiy A.V., A. Berg-1825, A.I. Butakov-1848)

  3. Qoraqalpog'iston o'lkasining XIX-XX-asrdagi geografik o'rganilish tarixi.

O'lkamizning geografik o'rganilish tarixi ikki yarim ming yildan ortiq vaqtni o'z
ichiga oladi. Buyuk grek olimlari Gerodot, Arrian, Strabon va Ptolomey o'z asarlarida Orolbo'yi tabiati, rel'efi, daryolari, ko'llari va axolisi tug'risida dastlabki ma'lumotlarni yozib koldirgan. Qoraqalpog'iston hududining tabiati haqidagi geografik bilimlarning rivojlanib borishida o'rta asrlarda yashagan arab sayyohlari Ibn-Xurdodbek, Ibn Rustad, Al-Ma'sudiy, Istarxiy, Yoqut ibn Batuta va boshqalar yozib koldirgan ma'lumotlar diqqatga sazovor. Arab geografi va sayyohi Ibn Xurdodbek o'zining «Masofalar va mamlakatlar kitobi» asarida Amudaryo bo'ylaridagi karvon yo'llari haqida yozib qoldirgan. Quyi Amudaryo voxasida, uning del'tasida zax va botqoqlik erlari, ko'llari Amudaryoning Orolga quyilishi va Ustyurt chinklari to'g'risida geografik ma'lumotlarni arab sayyoxi Ibn Rustad asarlarida uchratish mumkin.
Qoraqalpog'iston tabiati to'g'risida dastlabki ma'lumotlarni Abu Xasan Al Ma'sudiy yozib qoldirgan. U Amudaryoning baland tog'lardan boshlanib, Orol ko'liga yana bir daryo Sirdaryoning quyilishini to'g'ri ko'rsatgan. Arab sayyoxi va geografi Istaxriy «Iqlimlar kitobi» asarini Orolbo'yining karta sxemasini tuzgan. Bunda Amudaryo va Sirdaryoning Orol ko'liga quyilishi aniq tasvirlangan. Arab sayyoxi Yokut ibn Abdulla Turkistonga bir necha marta sayyoxat tashkil qilib, o'lkamizda bo'lgan. U o'zining «Mamlakatlarning alfavit ro'yxati» nomli asarida Orolbo'yi shahrlari, karvon yo'llari, kanallari va tabiati haqida ko'p ma'lumotlar berdi. Mashxur arab sayyoxi va geografi Ibn Batuta Ustyurt, Qizilqum va Quyi Amudaryo tabiati shu o'lka axolisi va shaharlari to'g'risida ma'lumotlar to'plab, o'lkamizni geografik tadqiq etishning eng yuqori cho'qqisini egalladi. Xozirgi Qoraqalpog'iston hududidagi o'zi yashagan davr bo'yicha ko'pgina ma'lumotlarni O'rta asrlardagi mashxur Xorazm olimlari Xorazmiy va Beruniylarning asarlarida uchratish mumkin.
Qoraqalpog'istonning tabiiy-geografik o'rganilishining rivojlanishida buyuk komusiy olim, xamyurtimiz Abu Rayxon al-Beruniyning xizmatlari katta. U astronomiya, fizika, matematika, geografiya, geologiya, mineralogiya, kartografiya, etnografiya, botanika, tarix, adabiyot va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta xissa qo'shgan va shu soxalarga bog'liq 150 dan ortiq asarlar yozgan. Shulardan «Hindiston», «Mineralogiya», «Kartografiya» asarlari bizgacha etib kelgan. Xamyurtimiz dunyoda birinchilardan bo'lib quyosh er atrofida emas, balki aksincha er quyosh atrofida aylanadi deb Kopernikdan 500 yil oldin geliotsentrik nazariyaga asos solish bilan birga o'z o'qi atrofida g'arbdan sharqqa qarab aylanishini isbotlab beradi.
Beruniyning tabiiy geografiya soxasidagi yaratgan buyuk kashfiyotlaridan biri dunyoda birinchi bo'lib Martin Bexaymdan 500 yil avval 995 yili ilmiy globus yasaganligidir. Uning globusida meridian va pOrollellar bo'lib ular yordamida geografik joylarning koordinatalarini aniq topish mumkin. U o'zining «Geodeziya» asarida Orol dengizining kelib chiqish tarixi, Amudaryoning o'tmishi, Qizilqum paleogeografiyasi va geologiyasi haqida fikrlar bildiradi.
Mashxur geograf xamyurtimiz Abu-Rayxon Beruniy jaxon geografiya faniga qo'shgan xissasi bilan har birimiz faxrlanishimiz kerak. Uning meroslarnini o'rganishimiz vazifamizdir.
XVII asrlaridan Turkiston o'lkasi bilan ruslar ham qiziqib uning geografiyasini o'rganishga kirishdi. Ularning asosiy maksadi Turkiston tabiatini o'rganish niqobi ostida bu hududni bosib olib mustamlakaga aylantirish edi. Bu maqsadga erishishi uchun 1714­1717 yili Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchilidagi xarbiy xizmatchilardan iborat ekspeditsiya Kaspiy dengizi-Uzboy-Ustyurt-Amudaryo orqali Xivaga etib keladi. Bu ekspeditsiyani 1714 yili Rossiya imperatori Pyotr I bilan uchrashgan turkman tadbirkori, savdogar Xo'ja Nafas boshlab keladi.
1721-1725 yillari Florio Benevio Rossiyaning Buxoro va Xifadagi elchisi sifatida xizmat qilgan davrda xozirgi Qoraqalpog'iston hududi tabiati haqida juda ko'p ma'lumotlar to'pladi. 1825 yili polkovnik F.F.Berg boshchiligidagi ekspeditsiya shu hududning er yuzasining tuzilishi va iqlimini o'rganadi. 1840 yili geodezist Ivan Muravin boshchiligidagi ekspeditsiya kompleks tadqiqot ishlarini olib bordi. Shu ekspeditsiya tarkibidagi tabiatshunos E.A.Eversmanning tadqiqot ishlari juda samOroli bo'ldi. U Orol dengizi bo'ylarida bo'lib shu er o'simliklari, xayvonlari, er usti va er osti geologik tuzilishlari bo'yicha tadqiqotlar olib bordi. Bu ekspeditsiya natijasi sifatida «Orenburg o'lkasi tabiatining tarixi» degan kitob birinchi marta nashr ettirildi. Rossiya emas xatto butun evropa olimlari orasida Orol-Kaspiy oralig'idagi erlar haqidagi birinchi ilmiy ma'lumot chiqarildi. Shu vaqtgacha evropa olimlari orasida Ustyurt joylashgan hudud har xil tog' tizmalaridan iborat bo'lsa kerak degan fikrlar mavjud edi. 1847 yilining birinchi yarmidayoq Rossiya xukumati Orol dengiziga ekspeditsiya yuborishga tayyorlandi. 1848 yili Orolni o'rganish ekspeditsiyasi raxbari bo'lib Aleksandr Ivanovich Butakov tayyorlandi. Ekspeditsiya tarkibida har xil mutaxassislikdagi olimlar va ukrain xalqi farzandi shoir T.G.Shevchenko xam bor edi. T.G.Shevchenkuning Orol tabiati bo'yicha ishlagan tasvirlari Orol dengizi va uning tabiatini tarixiy ko'z-qarashdan har taraflama o'rganilishi xozirgi vaqtda katta ahamiyatga ega. 1848-1849 yillardagi A.I.Butakov raxbarligidagi Orol dengizidagi bu ekspeditsiya natijasida Amudaryo bilan Sirdaryoning quyi oqimi va Orol dengizi xaqida ko'pgina ma'lumotlar to'plandi.
Xalqning ma'naviyati va madaniyati, uning xaqiqiy tarixi o'ziga xosligi qayta tiklanayotgan jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo'lidan muvaqqiyatli ravishda olg'a siljitishda hal qiluvchi, belgilovchi ahamiyatga egadir.
Amudaryoning hozirgi, qadimiy del'tasida madaniy hayot juda erta boshlangan. Shu sababdan Qoraqalpog'iston hududida qadimiy arxitektura yodgorliklari, qadimgi odamlar yashagan makonlar juda ko'plab uchraydi. Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra Qoraqalpog'istonda eramizdan avvalgi yillardayok ibtidoiy odamlar ovchilik, chorvachilik xatto dexqonchilik bilan shug'ullangan. Bularning hammasi shu davr odamlarining tabiat haqida ma'lum darajada bilimga ega bo'lganligini ko'rsatadi. O'lkamizning geografik o'rganilish tarixi ikki yarim ming yillik vaqtni o'z ichiga oladi. Buyuk grek olimi Gerodot, Arrian, Strabon va Ptolomey o'z asarlarida Orol bo'yi tabiati, rel'efi, dashtlari, daryolari, ko'llari va aholisi to'g'risida dastlabki ma'lumotlarni yozib qoldirgan. Qoraqalpog'iston hududi tabiati haqidagi geografik bilimlarning rivojlanib borishi o'rta asrlarda yashab o'tgan arab sayyohlari Ibn Xurdodbek, Ibn Rustad, Al'-Ma'sudiy, Istarxiy, exud ibn Batuta va boshqalar yozib qoldirgan ma'lumotlar sirasiga kiritiladi.
Hozirgi Qoraqalpog'iston hududidagi o'zi yashagan davr geografiyasi bo'yicha ko'pgina ma'lumotlarni o'rta asrlarda yashagan mashxur Xorazm olimlari Xorazmiy va Beruniylarning asarlarida ko'rish mumkin.
Qoraqalpog'iston o'lkasini o'rganishda tabiiy geograik tasavvurlarning rivojlanishida buyuk komusiy olim, hamyurtimiz Abu Rayxon Beruniyning xizmatlari juda katta. U astronomiya, fizika, matematika, geografiya, geologiya, mineralogiya, kartografiya, etnografiya, botanika, tarix, adabiyot va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan va shu sohalarga bog'liq 150 dan ortiq asarlar yozgan. Shulardan «Xindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Kartografiya» kabi asarlar bizgacha etib kelgan.
XVII asrdan boshlab Turkiston o'lkasi bilan ruslar ham qizikib, Chor Rossiyasi hukumati hozirgi Qoraqalpog'iston hududida uning iqtisodi va tabiiy sharoitini o'rganish bo'yicha bir nechta kompleks ekspeditsiyalari tashkil etdi. Eng dastlabki tadqiqot ishlari Amudaryoning Uzboy orqali Kaspiy dengiziga tutashishini aniqlashga yo'naltirildi. 1879-1880 yillari rus olimi A.A.Gluxovskiy boshchiligidagi ekspeditsiya tadqiqot ishlarini olib bordi.
XX asrning ikkinchi yarmida Qoraqalpog'iston hududida geografik tadqiqot ishlarining hajmi ancha kengaydi. Gidrometeorologik kuzatish joylari ko'paydi. 1932 yili A.I.Smol'ko Qoraqalpog'iston hududining neft' va gazga boy ekanligini isbotlab berdi. 1937 yildan boshlab S.R.Tolstov boshqargan «Xorazm» etnografik ekspeditsiyasi uzoq yillar davomida o'lkamizda ishlab, 1960 yili Amudaryoning quyi oqimi, Sariqamish, Uzboy haqida asarni nashrdan chiqardi.
Qoraqalpog'iston hududining er osti qazilma boylik konlarini, o'simlik va hayvonotlar dunyosini, agroiqlim resurslarini, tuprog'ini. ekologik muhitni, iqtisodiy geografik muammolarini o'rganishda taniqli olim akademik O.Akramxodjaev, professor A.Rafikov, professor J.Matmuratov, dotsent A.Bekbo'latov, olim J.Samanov, professor E.Umarov, professor B.Jollibekov va boshqalarning hissalari benihoya katta bo'ldi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling