Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Download 0.68 Mb.
bet3/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1798128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Amudaryo del'tasi - O'rta Osiyodagi eng katta saxrolar Qoraqum va Qizilqumning uchrashgan joyida joylashgan. U taxminan shimoliy kenglikning 410 va 440 xamda sharqiy uzunlikning 570 va 620 oralig'ida joylashgan. Amudaryo del'tasi Tuyamo'yindan boshlanib, shimolga borgan sari biroz kengayib, Orol dengizigacha etadi. er yuzasi tekislikka xos bo'lib, uning Orol dengiziga tomon pasayib borishi o'rtacha kilometrga 14 santimetrni tashkil qiladi. Del'ta rayonining egallab yotgan er maydoni va uning relefining tuzilishi kichkina qoldiq tog'lar bilan almashib boradi. Bularning misoli sifatida, Beltov, Qusxanatov, Qiziljar, Qirantov, Bo'rlitov, Ketpenshi, Geuirqal'a va boshqa qoldiq balandliklarni atab o'tsak bo'ladi. Bularning ichidan hajmi bo'yicha kattarog'i Qusxanatov xisoblanib, uzunligi 20 kilometrga, eni esa 7 kilometrga cho'zilib yotibdi. Uning eng baland erining nisbiy balandligi 123 metrga teng. Del'tada Amudaryoning ko'p yillar davomida oqizib kelgan loyli cho'kindilardan tashkil topgan balandliklar xam uchrab turadi. Bular ko'pincha Amudaryo del'tasining markaziy bo'limida ko'proq uchrashadi.

Amudaryoning del'ta bo'limida shamolning ta'sirida shakllangan rel'f formalari xam uchrashadi. Ularning qatoriga Turkmanqirilgan va Arzimbetqum kabi qumli massivlarni atashga bo'ladi. Del'tada, ayniqsa uning shimol bo'limida, suv toshqini va ko'llarning ta'sirida paydo bo'lgan rel'f formalari uchraydi. Bunga misol sifatida, Sudoch'e, Qoraumbet, Qorateran va boshqa xududlarni keltirsak bo'ladi.

  1. Ustyurt - Amudaryo del'tasining g'arbida joylashgan. Amudaryoning tekislikdan Ustyurtga o'tadigan er tik jarli formaga ega bo'lib, uni mahalliy xalqlar chink deb ataydi. Ustyurtning shimoliy-sharqida joylashgan Orol dengizi va janubiy tomonidagi Sariqamish ko'lidan chink liniyasi orqali bo'linib turadi. Ustyurtning Qoraqalpog'istonga tegishli bo'limi 70 ming km maydonni egallab, er yuzasining tuzilishi bo'yicha balandlik va pasttekisliklar bilan xarakterlanadi. Ustyurtda katta pasttekisliklar uchraydi Aspantay, Assakaovdan va Sariqamish botig'i joylashgan. Shoxpaxta botig'i uzunligi 6 kilometrga, eni 3 kilometrga cho'zilib, nisbiy balandligi 18-20 metrdan oshmaydi. Shoxpaxta botig'ining tubida shamolning kuchi bilan paydo bo'lgan Assakaovdan oralig'ida Shorja botig'i joylashib, uzunligi 9 kilometrga, eni 5 kilometrga cho'zilgan.

A.Z.Geneusov, V.V.Gorbunov, N.A.Kimberglarning o'rganishlariga qaraganda. Ustyurtning asosiy cho'kindi tog' jinslarida sur-qo'ng'ir tuproqlar, qadimgi ko'l yotqiziqlarida taqirli sho'rxok tuproqlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Izvestnyakli yotqiziqlar bilan qoplangan xududlarda sur-qo'ng'ir tuproqlar ko'proq tarqalgan.
Shunday qilib, Qoraqalpog'iston Ustyurtining er yuzasining tuzilishi va tuproq katlamlaridagi o'zgachaliklar uning o'simlik va hayvonot dunyosining tarkibida o'ziga xos katta o'zgarishlarni paydo etadi.
v) Qizilqum saxrosi - Amudaryo del'tasining janubiy sharqida joylashgan, 20 mln. gektar maydonni egallab yotibdi. Shundan Qoraqalpog'istonga tegishli yaylovlar 3.2 mln. gektarni egallab, o'tloqlarning yillik zaxirasi 6-7 mln. tsentnerni tashkil qiladi. Qizilqumning Qoraqalpog'iston bo'limi, g'arbida Amudaryo del'tasidagi alyuvial' tekislik bilan, sharqida va janubida Markaziy Qizilqum bilan, shimoliy-g'arbida Orol dengizi bilan chegarolashadi.
Qoraqalpog'iston Qizilqumning shimoliy bo'limi qurg'oq soy-jilg'alar bilan tilkimlanib, er yuzasi to'lqinlangan tekislik kumlardan iborat. Bu qumlar Amudaryo va Sirdaryoning qadimgi o'zanlarining yotqiziqlaridan paydo bo'lgan. Qoraqalpog'iston Qizilqumining janubiy bo'limini Sulton-Uvays tog'i egallab yotibdi. Qoraqalpog'iston Qizilqumining shimol bo'limi qum Orolash soz allyuvial' tekis yotqiziqlaridan tuzilib, ular ko'pchilik sharoitlarda yuvilib ketgan uchinchi davrning asosiy jinslarining ustida uchraydi. Buni Beltov va boshqa uchlamchi davr qoldiq tog'larning rel'efi tasdiqlaydi.
Qoraqalpog'iston Qizilqumining tuproq turlari Amudaryo del'tasiga solishtirganda butunlay o'zgacha, buning asosiy tuprog'ining turlariga qumli tuproqlar bilan sur-qo'ng'ir tuproqlar yotadi. Sur qo'ng'ir tuproqlar Sulton-Uvays atrofida va boshqa qoldiq tog'larda uchraydi. Yarim bekingan ko'chmanchi esuvchi kumlarda ko'pincha qumli tuproqlar uchrashadi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling