Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Tabiiy resurslariga umumiy ta'rif


Download 0.68 Mb.
bet6/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1798128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Tabiiy resurslariga umumiy ta'rif.
Qoraqalpog'iston respublikasining ko'pchilik territoriyasi geologik jihatdan Turon platformasining ajralmas bir bo'lagi xisoblanadi. U faqattonik jihatdan qadimgi eralardan buyon turg'un bo'lib qolgan territoriya bo'lib, harakatsiz hududlar qatoriga kiradi. Mezazoy erasigacha Qoraqalpog'iston o'lkasi geosinklinal oblastlardan xisoblanib, tog' paydo bo'lish protsessi polezoyning oxirida tamomlangan. Shuning uchun platformaning fundamentini mezazoygacha davrda yotqizilgan cho'kindi tog' jinslaridan iborat oxak toshlar, metomorfizmga uchragan soz loy (slanets), magma jinslaridan granit, gneys, serpentinlar tashkil qiladi. Bu fundament katlamli paleozoy erasida shakllangan.
Kadimiy qurg'oqlikning paydo bo'lish davridan boshlaboq er yuzasi yuvilish protsessiga uchrab, asta sekin emirilib, yassilanib. tekisllasha boshlagan. Keyinchalik platforma davri boshlanganda, er yuzasi asta sekin chyakib, paleozoy jinslarining ustida yangidan mezazoy va kaynazoy katlamlari to'plana boshlaydi. Natijada ular hozir Qoraqalpog'istonnida bir qancha chuqurda yotibdi. Fundamental katlam Ustyurtning Qabaqli zonasida 100 metrdan Borsakelmasga tomon 6000 metr chuqurlikda uchrasa, Amudaryo del'tasining Qo'ng'irot zonasida bir qancha yuqoriroqda 2000 metrda, Xo'jayli va Nukusda 1000 metr, To'rtko'lda 500 metr chuqurlikda, Sulton-Uvays tog'ida esa fundament katlam er yuzasiga chiqib yotibdi.
Fundamentni qoplab turgan cho'kindi tog' jinslarining qalinligi o'sha davr tabiiy-geografik sharoit bilan bog'liq. Shunday qilib, Qoraqalpog'iston o'lkasi o'zining platforma rivojlanish tarixi bo'yicha mezazoy, kaynazoy eralarida dengiz ostida bo'lgan. Shuning uchun Qoraqalpog'istonning ko'pchilik territoriyasini cho'kindi tog' jinslarining qalin qatlamlari qoplab yotibdi. Demak bu respublika o'lkasi bo'yicha qazilma boyliklarning geografik tshimollishiga va ularning zaxiralarining shakllanishiga kuchli ta' sir etgan.
Qoraqalpog'istonda ko'p yillar oldinoq sanoat ahamiyatiga ega temir rudasining, rangli metallarning, fosforitning, osh tuzining, mirabilitning, sul'fat natriyning, qo'ng'ir ko'mirning zaxiralari aniqlangan edi. Keyingi yillarda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining geoologiya institutining va Qoraqalpog'iston bo'limining geologiya sektorining olimlarining ishtirokida (Samanov J., Palibekov A., Kurbaniyazov K., va b.) yonuvchi tabiiy gazning, ko'p sonli fosforit konlarining, qurilish uchun yaroqli toshlarning, ayniqsa marmarning, oxak toshlarining, koalin loylarining sanoat zaxiralari ochildi. Shunday qilib, bizning o'lkamizda bugingi kunga kelib sanoat axamiyatiga ega mineral xom ashyo resurslarining zaxiralari aniqlana boshladi. Bularni xalq xo'jaligidagi ahamiyati va foydalanish yo'nalishlari bo'yicha quyidagi guruhlarga ajratishga bo'ladi:

  1. Yonilg'i-energetik axamiyatga ega mineral xom ashyo resurslari.

  2. Metallurgik axamiyatga ega mineral xom ashyo resurslari.

  3. Ximiyaviy axamiyatga ega mineral xom ashyo resurslari.

  4. Qurilish materiallari axamiyatiga ega mineral xom ashyo resurslari.

  5. Oziq-ovqat axamiyatiga ega mineral xom ashyo resurslari.

Yuqoridagi ko'rsatilgan yonilg'i-energetik axamiyatga ega tabiiy resurslardan tabiiy gaz, ko'mir va neftni aytsak bo'ladi. Tabiiy gaz Qoraqalpog'istonning Ustyurt bo'limidagi Shoxpaxta, Quvonish konlarida ochildi. Mutaxassislarning aniqlashicha
-5
xozirning o'zida uning umumiy zaxirasi 195 mlrd. m ga barobar. Shundan
-5
Shoxpaxta gaz konining zahirasi 46,5 mlrd m ni tashkil qilib, keyingi yillarda respublika gaz quvuriga tutashtirildi. Qo'ng'ir ko'mirning zaxiralari quyi va o'rta yura yotqiziqlarida uchrab, bular Tovqir, Qulanlida 150-1500 metr chuqurlikda uchraydi. Neftning sanoat zaxirasi Borsakelmas zonasida ochildi. Yuqorida ko'rsatilgan mineral xom ashyo resurslarni sanoatda foydalanish kelajak istiqbolida Qoraqalpog'istonning yonilg'i-energetik bazasini tuzishga va gaz, neft', ximiya sanoatining rivojlanishiga yo'l ochadi. Bizning sharoitimizda mustahkam yonilg'i- energetika bazasini tuzish xozirgi xalq xo'jaligi soxalarining energiyaga bo'lgan extiyojinii ta'minlashda va sanoat komplekslarini tuzishga yo'l ochishi bilan birga foydalanishga yaroqli mineral xom ashyo resurslarining tarkibidagi jinslarni ajratishga imkoniyat beradi. Qoraqalpog'istonda metallurgik ahamiyatga ega mineral resurslardan temir rudasi, mis, tsink, nikel', qo'rg'oshin va boshqa boyliklarni aytsak bo'ladi. Geologik o'rganish natijasida Sulton Uvays tog'ida temir rudasining (zaxirasi 15 mlrd.t.), misning, qo'rg'oshinning, tsinkning va boshqa boyliklarning katta zaxiralari aniqlandi. Topilgan nikel' avtomobil', traktor, mashina sanoati uchun kerakli xar xil uskunalar tayyorlashga, meditsina priborlar, akkumlyatorlar uchun elektrod tayyorlash uchun yaroqli. Ximiyaviy va oziq-ovqat mineral xom ashyo resurslariga fosforit, mirobilit, osh tuzi va shifobaxsh er osti suvlarini keltirsak bo'ladi.
Fosforitning aniqlangan zaxiralari Ustyurtda, Bestobeda, Xo'jako'lda va boshqa joylarda uchraydi. Mirobilitning sanoat ahamiyatga ega zaxiralari Kusxanatovda
-5
ham uchraydi, zaxirasi 1.1 mlrd. m ga barobar. Qog'oz, to'qimachilik sanoatlari, shuningdek shisha ishlab chiqarishga va farmatsevtika uchun foydalanishga yaroqli. Osh tuzining katta sanoat ahamiyatga ega zaxiralari Qoraumbat, Borsakelmas, Oqtuba, Sariko'l zonalarida joylashgan. Shundan Borsakelmas konidagi osh tuzining zaxirasi 17 mlrd.t. dan ortiq. Qoraqalpog'istonda xalq xo'jaligida foydalanishga yaroqli er osti suvlarining ham mo'l zaxiralari uchraydi. Gidrogeologik ekspeditsiya ma'lumotlariga qaraganda bu suvlar shifobaxshligi bilan foydalanishga va mineral suv sifatida foydalanishga imkoniyat beradi. Qoraqalpog'istonni qurilish sanoati uchun yaroqli asbest, dala shpatining, tal'kning, marmarning, oxakning, granitning va boshqa zaxiralarga juda boy. Shundan tal'kning aniqlangan zaxirasi 820 mln.
-5
m ga barobar bo'lib, qogoz, kabel', rezina ishlab chiqarishda, dekorativ plitalar tayyorlashda va yuqori sifatli izolyatorlar ishlab chiqarishda foydalanishga bo'ladi, granit bo'lsa kesish, parmalash asboblarini tayyorlashda foydalanishga yaroqli.
Xozir o'lkamizda qurilish materiallaridan marmardan foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilgan. Sultao Uvays tog'ining marmarining bazasida Nukus granit marmar zavodi ishlamoqda. Shunday qilib, Qoraqalpog'istonning mineral xom ashyo resurslarini qisqacha tahlil qilganimizda o'lkamizda mineral boyliklarning katta zaxiralari bor ekanligi kuzatiladi. Shuning uchun bu katta resurslarni sanoatda foydalanishga qo'shish kelajak istiqbolida Qoraqalpog'istonda yirik sanoat komplekslarini tuzishga imkoniyat beradi, bu o'z navbatida o'lkamizning agrar statusini o'zgartirishga yo'l ochsa, ikkinchidan xalqimizning milliy daromadining hajmining ortishiga ijobiy ta'sir qiladi.
Xulosa qilganimizda Qoraqalpog'iston respublikasida og'ir sanoat sohalarini, ayniqsa tog'-kon sanoati va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish uchun mineral xom ashyo resurslarning ko'pchilik turlari joylashgan. Masalan: Tebinbuloq titan magnetitli koni istiqbolli konlardan xisoblanadi. Sul'fatli magneziyali tuz kon asosida sul'fat natriyning, osh tuzini va metall magniyni olishga yo'l ochiladi. Bu esa ximiya, metallurgiya sanoatini keng rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Respublikada qurilish materiallarini etishtirish uchun mineral boyliklarining zaxiralari ko'p. Hozirgi vaqtda Ustyurt zonasidan gaz va neftning bir qator konlari ochildi. Shunday qilib,o'lkamizda har xil xom ashyo resurslarining katta zaxiralari mavjud.
Ma'ruza N«3 Qoraqalpog'iston o'lkasining rel'efi.
Reja:

  1. Qoraqalpog'iston o'lkasining rel'efiga tushuncha. Paleozoy va mezozoy jinslaridan tarkib topgan erozion faqattonik tog'lar.

  2. Bo'r va uchlamchi davr yotqiziqlaridan tarkib topgan qatlamli, denudatsion ustyurtlik bilan platolar.

  3. Deflyatsiya protsessi natijasida paydo bo'lgan akkumulyativ ko'tarilgan tekisliklar.

  4. Ko'tarilgan prolyuvial tekisliklar.

  5. Del'tadagi allyuvial yotqiziqlarda va ko'llarning akkumulyatsiyasi natijasida paydo bo'lgan tekisliklar.

  1. Qoraqalpog'iston o'lkasining rel'efiga tushuncha. Paleozoy va mezozoy jinslaridan tarkib topgan erozion faqattonik tog'lar.

Qoraqalpog'istonning ko'pchilik erlari o'zlarining nisbiy balandligi bo'yicha pastekisliklar va tekisliklarga kiradi. Lekin katta tekisliklar bilan pastekisliklarning orasida nisbiy balandligi bo'yicha bir qancha ajralib turuvchi respublikamizdagi «tog'lar»ni (Sulton Uvays tog'i, Beltov, Qusxanatov, Qubatov, Jumirtov, Qirontov, Bo'rlitov va b.) va pastekisliklar bilan botiqlarni (Borsakelmas, Asakaovdan, Shoxpaxta va b.) uchratamiz. Ularning har qaysisining paydo bo'lish sharoiti va sabablari har xil. Asosan rel'efning paydo bo'lish sabablariga ko'ra, Qoraqalpog'istonni er yuzasining tuzilishini 5 genetik tipga ajratamiz.
Paleozoy va mezozoy jinslaridan tarkib topgan erozion-tektonik tog'lar. Bu tipga Qoraqalpog'istondagi eng qadimgi va baland tog'lar hisoblanuvchi Sulton Uvays tog'i, Qubatov va Jumirtov kiradi. Olar qadimgi vaqtlarda bir butun bo'lgan Ural-Tyan'-Shan' tog' sistemalarining qoldig'i xisoblanadi. Keyingi geologik eralarda uzoq vaqtlar yuvilish protsessi natijasida ular ko'p joylarda haqiqiy tog' formasini yo'qotgan. Hattoki ularning ko'pchilik territoriyasi O'rta Osiyoda keng tarqalgan dengiz yotqiziqlari bilan qoplangan.
Yuvilish protsessi bu tog'larda ko'pincha metamorflashgan slanetslarda juda kuchli bo'ladi. Uning kristall tog' jinslarida bir qancha sekin ekanligi seziladi. Natijada tog'larning eng baland uchastkalari kristall tog' jinslaridan tarkib topgan erlariga to'g'ri keladi. Metamorflashgan tog' jinslarining kam uchraydigan erlari tog'ning ko'proq emirilgan, past joylarini tashkil qiladi.
Tog'larning hozirgi rel'ef formalarinii paydo etishda cho'l iqlimi sharoitida yuvilish protsessi bilan denudatsiya va shamollarning ishi ham aktiv qatnashgan. Hududning murakkab orografik tuzilishi va tog' vodiylari, sel yog'inlardan paydo bo'luvchi vaqtincha oquvchi suvlarning bu joylarda soylarni paydo etishiga sababchi bo'lgan.
Sulton Uvays tog'i, Jumirtov va Qubatov fundamenti bo'yicha bir butun joylashgan qadimgi tog'ning qalinligi bo'yicha emas, keyingi davrdagi faqattonik va yuvilish protsesslarining ta'siri natijasida orografiyasi bo'yicha bir-biridan ajralib joylashgan tog'larni paydo etadi. Ularning eng kattasi Sulton Uvays tog'i.
Sulton Uvays tog'i. Amudaryoning o'ng qirg'og'ida, To'rtko'l va Nukus shaharlari orasida joylashgan. U janubiy bo'limida kenglik bo'yicha, shimol tomonida meridian yo'nalishida joylashgan bo'lib, shimoldan janubga uzunligi 40 kilometrdan ortiq, kengligi 10-15 km.
er yuzasining tuzilishi bo'yicha uning faqat janubiy bo'limigina tog'ga xos rel'ef formalarinii saqlab qolgan. Bu bo'limida tik yonbag'irlari, tog' vodiylari haligacha tuproq paydo bo'lmagan kristall tog' jinslaridan tarkib topgan jar toshlar tez-tez uchrashadi. Sulton Uvays tog'ining eng baland joyi ham shu bo'limida (Qorachingil tog'i) joylashgan. Qorachingil tog'ining okean sathidan balandligi 473 metr.
Sulton Uvays tog'ining o'rta va shimoliya bo'limlari yuvilish protsessining juda kuchli bo'lgan erlari xisoblanadi. Ular nisbiy balandligi bo'yicha 300-350 metrga teng, lekin er yuzasi tekis, shimol tomonidagi Sulton Uvays tog' oldi platosi bilan sezilarsiz darajada qo'shilib ketadi.
Yillik yog'in-sochin miqdori haddan tashqari kam bo'lganligidan Sulton Uvays tog'ida muntazam oqin suvlar yo'q. Lekin vaqtincha oquvchi soylar, ayniqsa Sulton Uvays tog'ining janubiy bo'limida ko'p tarqalgan. Ularning eng kattalari Sultonbobo soy, Urisoy va b.
Bul soylarning yonbag'irlari ayrim erlarida juda tik bo'lib, qiyaligi 30-40 gradusga, soylarning chuqurligi bo'lsa, 150 metrgacha etadi. Ularning ko'pchiligi quyish joyida janubdagi Aqchadaryo pastekisligi va janubiy-g'arbidagi Amudaryo vohasi bilan qo'shilib ketadi. Bu soylar ko'pincha bahor oylaridagi qorning erigan suvlari va yog'in-sochinlardan to'inib, yilning ko'pchilik vaqtida ularda suv bolmaydi.
Territoriya uzoq yillar davomida keskin kontinental, quruq iqlimli bo'layotganligi sababli emirilish protsessi natijasida paydo bo'lgan yumshoq jinslar ko'pincha shu hududning o'zida qolgan. Ular alyuvial, delyuvial yotqiziqlarni paydo etadi. Sulton Uvays tog'ida atrofidagi Qizilqumdan shamollar olib kelgan changlaridan to'plangan qum massivlari ham uchraydi.
Qubatov - Amudaryoning chap sohilida, Tashauz shahridan 50 km shimolda joylashgan. U egallagan maydoni bo'yicha kichik bo'lib, nisbiy balandligi 70-80 metr.
Qubatovning janubiy yonbag'irlarining tikligi 70-80 gradusga etadi. Shimoliy yonbag'ri qiya. Qubatov bir necha sayoz soylar bilan parchalangan, uning er yuzasining ko'rinishi uzoqdan to'lqinsimon, notekis bo'lib ko'rinadi. Uning ko'pchilik erlarida tog'ning etagidagi allyuvial tekisliklardan olib kelingan shamol yotqiziqlari qum massivlarini paydo etadi.
Qubatov geografik kenglik yo'nalishida Sulton Uvays tog'ining g'arbiy tomonidagi davomi bo'lib xisoblanadi. Qubatovning geologik tuzilishini ko'pincha otqindi tog' jinslaridan granit, metamorflashgan tog' jinslaridan slanets va izvestnyaklar tashkil qiladi. Marmar va granitlar er yuzasiga chiqib qolgan bo'lib, hozirgi vaqtda ularni jar toshlar ko'rinishida uchratamiz. Uzoq davr yuvilish protsesslari natijasida Qubatovda yumshoq jinslar yaxshi rivojlangan. Ular fundamentni tashkil qiluvchi qadimgi tog' jinslarini ko'pincha delyuvial yotqiziqlar formasida yopib yotibdi. Qubatovning baland uchastkalarida otqindi tog' jinslari erning betiga yaqin joylashgan ekanligini ko'ramiz.
Jumirtov - meridianal yo'nalishda Amudaryoning chap sohilida joylashgan. U geografik tuzilishining o'xshashligi va er osti fundamentining bir butunligi bo'yicha Sulton Uvays tog'ining ajralmas bir bo'lagi xisoblanadi. Ular bir-biridan Amudaryoning hozirgi o'zani bo'yicha ajraladi. Jumirtovning eng baland tochkasi atrofidagi Amudaryo del'tasining er sathidan 70 metr yuqorida joylashgan.
Jumirtov kichik qoldiq tog' bo'lib xisoblanadi. U kenglik bo'yicha 1 km ga, meridian yo'nalishida 3 km ga cho'zilgan. Dengiz sathidan balandligi 150-170 m usti juda yupqa delyuvial yotqiziqlar bilan yopilgan. Yonbag'irlarida shamollar olib kelgan yotqiziqlardan tashkil topgan qum massivlari bor.

  1. Bo'r va uchlamchi davr yotqiziqlaridan tashkil topgan qatlamli, denyudatsion ustyurtlik va platolar. Bu tipdagi rel'ef formalariga Sulton Uvays tog'ining shimol tomonida joylashgan tog' oldi platosi, Ustyurt platosi, Beltov, Qusxanatov, Qiziljar va b. bo'r va uchlamchi davr yotqiziqlaridan tarkib topgan bir necha mayda Ustyurtliklar kiradi. Ularning xarakterli bir belgisi fundamentin tashkil qiluvchi paleozoy erasi yotqizig'ining juda chuqurda joylashishi bilan bir qatorda, uning ustini yopib turgan asosiy tog' jinslari bo'r va uchlamchi davr dengiz yotqiziqlari ko'pincha qatlam-qatlam bo'lib, gorizontal yo'nalishida joylashgan. Ikkinchidan, ularning er yuzasi ko'pincha tekislik bo'lib, tog' cho'qqilari bilan ajralib turmaydi. Ular ko'pchilik erlarida haddan tashqari tekislik xarakteriga ega.

Sulton Uvays tog'ining shimol tomonida, shimoliy-g'arbiydan janubiy-sharqiy tomonga yo'nalgan nisbiy balandligi 180-260 metrlik tog' oldi platosi joylashgan. Platuning uzunligi 65 km. U juda keng erida 15 km dan ortiqroq. Tashqi ko'rinishi bo'yicha bu plato Sulton Uvays tog'ining shimol tomonidagi davomiga juda o'xshash. Lekin bu platoda Sulton Uvays tog'iga xarakterli qadimgi tog' jinslari juda chuqurda joylashgan. Ularning beti juda qalin bo'r davrida va uchlamchi davrning boshida bo'lgan dengiz yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu dengiz yotqiziqlari hozirgi vaqtda deyarli gorizontal qatlamlarni paydo etadi. Umumiy olganda, bu platuning er yuzasining tuzilishi past-balandli tekislik bo'lib, u shimol tomon qiyalikni paydo qilgan.
er yuzasi ko'pincha kenglik bo'yicha oquvchi bir necha soylar bilan parchalangan. Ular faqat yog'in-sochin oylardagina oquvchi vaqtincha soylardir. Bu soylar quyi bo'limida Qoraqalpog'iston Qizilqumi bilan qo'shilib o'z o'zanini yo'qotib qo'yadi. Plato yuzasida shamol olib kelgan yotqiziqlardan paydo bo'lgan qum massivlari ham uchraydi. Ular platuning ustida ko'pincha to'lqin-to'lqin bo'lib joylashgan qum tepalarni paydo etgan. Qum tepalarning bir-biri bilan qo'shilib ketishi natijasida paydo bo'lgan rel'efning yacheyka formalarinii uchratamiz. Qum tepalarning balandligi 5 metrgacha etadi. Umumiy olganda, bu platuning hozirgi vaqtdagi er yuzasining tuzilishi uning hududida suv basseynining bo'r davri bilan uchlamchi davrning birinchi yarmida bo'lganligini, keyinchalik bu territoriyada kontinental iqlim sharoitida yuvilish protsesslari ustunlik etganligini ko'rsatadi.
Beltov ustyurtligi - Amudaryo va Aqchadaryo del'talarining orasida Orol dengizining oldingi qig'og'idan 20-25 km janubda, kenglik yo'nalishida joylashgan. Beltovni tashkil qiluvchi uchlamchi davr dengiz yotqiziqlari asosan gorizontal yo'nalishda bo'lib, ular platuning er yuzasiga yaqin uchraydi. er yuzasining tuzilishi plato formasida bo'lgani bilan, uning xarakterini vaqtincha oquvchi bir necha mayda soylar va qator joylashgan qumtepalar bir qancha buzib ko'rsatadi. Ayrim joylarida harakat etuvchi qum massivlari ham uchraydi. Beltov Ustyurtliginde hadden etuvchi qum massivlari ham uchraydi. Beltov ustyurtli ham haddan tashqari tekis. Uning beti to'rtlamchi davrdagi yuvilish protsessi natijasida paydo bo'lgan alyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Lekin bu yotqiziqlar cho'l iqlimi sharoitida juda qalin qatlam paydo etmagan. Shuning uchun Beltovdagi uchlamchi davr dengiz yotqiziqlari ayrim joylarda er yuzasida ham uchraydi. Platuning dengiz sathidan balandligi 120-145 metr. Uning eng baland tochkalari Beltovning janubiy-g'arbiy bo'limiga to'g'ri keladi. Platuning yonbag'irlari barcha tomonida birdek emas. Bir qancha tik yonbag'irlari (tikligi 28°-30°) uning janubiy va g'arbiy tomonlariga xarakterli. Uning shimoliy va sharqiy yonbag'irlari bir qancha qiya joylashgan. Qorning erigan suvlari va yog'in-sochinlar vaqtincha oquvchi soylarni paydo etib, ular platuning etaklariga har yili ko'p miqdorda tog' jinslarini olib keladi. Uzoq yillar davomidagi soylarning oqimi natijasida platuning tog' etaklarida eni 0,5 kmgacha etuvchi prolyuvial yotqiziqlar paydo bo'lgan.
Qusxanatov - Chimboyning shimoliy-g'arbiy tomonida, shahardan 35 km. uzoqlikda joylashgan. U asosan gorizontal yo'nalishda uchlamchi davr yotqiziqlaridan tarkib topgan. Uning eng baland tochkasi dengiz sathidan 138 metr, atrofidagi pastekisliklardan 60-70 metr baland joylashgan. Qusxanatov geologik tuzilishi bo'yicha birdek, lekin ayrim joylashgan ikki ustyurtlikdan iborat. Ular Qizilo'zak soyning o'zani bo'yicha bir-biridan ajralib, uning g'arbiy bo'limi Pashentov deb ataladi. Qusxanatovga qaraganda bir qancha past. Uning er yuzasi ko'pincha tekislik xarakterga ega. Pashentovning usti deyarli qator joylashgan qumtepalar bilan qoplangan. Qum tepalarning balandligi 2 metrdan 15 metrgacha etadi.
Pashentovning shimoliy-g'arbiy bo'limida qum tepalarning orasida maydoni 150-300 m Shaniko'l joylashgan.
Ustyurtning janubiy etagida bir necha mayda ko'llar bor. Ular yog'in-sochinli kunlarda bir-biri bilan qo'shilib ketadi. Qusxanatovning asosiy bo'limi Pashentovga qaraganda bir qancha baland. Janubida Qusxanatovning eng baland tochkasi (138 m) joylashib, u shimolga borgan sari pasayadi. Qusxanatovning janubiy yonbag'ri bir qancha tik. Uning shimoliy yonbag'ri Amudaryo del'tasidagi pastekislikka juda qiya joylashgan. Qusxanatovning ko'pchilik erlari shamolning olib kelgan yotqiziqlaridan paydo bo'lgan qum massivlari bilan qoplangan. Uning rel'efida qator bo'lib joylashgan baland-baland qumlar keng tarqalgan. Ayrim qum tepalarning balandliligi 20 metrgacha etadi. Uchlamchi davr yotqiziqlari Qusxanatovda ayrim soylarda yoki Ustyurtlikning tik yonbag'irlarida ochilib qolgan. Masalan, uning janubiy yonbag'irlarida paleogen davridagi paydo bo'lgan yashil rangli soz loy, shimoliy yonbag'irlarida neogen davri jinslari er yuzasiga chiqib qolgan.
Ustyurt platosi. Orol va Kaspiy dengizining orasidagi, atrofidagi pastekisliklardan bir qancha ko'tarilgan past-baland tekislik territoriya xisoblanadi. Kam uchraydigan ayrim botiqlar bilan ustyurtliklarni hisobga olmaganda, Ustyurt platosi O'rta Osiyodagi eng katta, haddan tashqari tekis territoriya xisoblanadi. Shuning uchun Ustyurtda bir qancha olisda joylashgan, hatto 2-3 metr keladigan balandlikning ko'rinishi katta balandliklarga o'xshash bo'ladi. Ustyurt platosi atrofidagi pastekisliklar va botiqlardan tik jarlari bilan, sharq, janub va g'arbida chiziqli chegara bo'yicha ajralib turadi.
Ustyurt platosining janubiy-sharqiy bo'limidagi keng territoriya Qoraqalpog'istonga tegishli. U 70 ming km maydonni egallagan. Qoraqalpog'iston Ustyurtining fundamenti juda qalin bo'r va uchlamchi davr dengiz yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu yotqiziqlar bir necha qatlamlar paydo qilib, bir-biriga pOrollel turda ko'pincha gorizontal yo'nalishda joylashgan.
Ustyurtning oxirgi marta uchlamchi davrning oxirida dengiz chekingandan keyin bu territoriyada keskin kontinental quruq iqlim ustunlik etadi. Bu iqlim keyingi bir necha ming yillar davomida deyarli deyarli o'zgarmadi. Bunga isbot Ustyurtning hozirgi vaqtdagi er yuzasi xarakterini ko'rsatishga bo'ladi. Masalan, Sarmat dengizining bu territoriyadan chekinishi bilan uning rivojlanishidagi kontinental fazasiga o'tishini, hozirgi vaqtgacha yog'in-sochinning ko'proq bo'lgan ekanligini isbotlovchi hech bir gidrografik tarmoqning izini Ustyurtning ustida ko'rmaymiz. Bu davrda er yuzasini o'zgartirishda emirilish protsessi, denudatsiya, shamol va er osti suvlarining ishi katta rol oynaydi. emirilish protsessi Qoraqalpog'iston Ustyurti sharoitida uni yopib turgan yumshoq jinslarni paydo etishdagi tabiiy geografik asosiy protsess bo'lib xisoblanadi. Lekin quruq kontinental sharoitda emirilish protsessining barcha turlarining shakllanishi uchun tabiiy sharoit qulay emas. Ustyurtda ayniqsa tabiiy emirilish protsessi uchun qulay sharoit bor.
Ximiyaviy va biologik emirilishlar Ustyurtda juda sekin bo'ladi. Shuning uchun xam uning asosiy geologik tuzilishini tashkil qiluvchi dengiz yotqiziqlarini yopib yotgan yumshoq jinslar faqat 0,5 metrgacha qalinlikdagi qatlamni paydo etadi. Bu qatlam jinslari xarakteri bo'yicha delyuvial va alyuvial yotqiziqlardir.
Hududning haddan tashqari tekis bo'lishiga bog'liq Ustyurtda yuvilish protsessi uncha kuchli bo'lmaydi. Yuvilish protsessi ko'pincha uning atrofidagi tik jarlarda (chink), kam uchraydigan past va botiqlari bilan (Borsakelmas, Asakaovdan, Shorsha, Shoxpaxta) ustyurtliklarning (Qorabovur va Qassarma) yonbag'irlarida juda yaxshi seziladi.
Qoraqalpog'iston Ustyurtida er yuzasi tuzilishini aniqlashda va hozirgi vaqtda yangi rel'ef formalarinii paydo etishda er osti suvlari bilan shamolning ishi alohida o'rinni egallaydi.
Qoraqalpog'iston Ustyurti umumiy olganda tekislik bo'lgani bilan uning ayrim joylarining nisbiy balandligini bir-biri bilan solishtirsak, katta farq bor ekanligini sezamiz. Masalan Asakaovdan botig'i o'zining janubiy bo'limida okean sathidan 27 m pastda joylashgan bo'lib, Borsakelmas botig'ining nisbiy balandligi 62 m, Ustyurtning Orol dengizi sohilidagi tik jari 250 m, Qorabovur qiri 292 m teng. Demak, Qoraqalpog'iston Ustyurtining eng baland tochkasi bilan juda pastda joylashgan joyi orasidagi farq 319 metrga teng.
Shuning uchun Qoraqalpog'iston Ustyurti hududida er yuzasi ko'rinishi va uning bo'limlarining nisbiy balandligi bo'yicha bir-biridan katta o'zgachalikka ega ekanligini ko'rish mumkin bo'ladi. Ular Shimoliy Ustyurt botig'i, Shimoliy Ustyurt (Qassarma) ko'tarilmasi. Borsakelmas botig'i, Qorabovur qirlari, Janubiy Ustyurt botiqlari (Asakaovdan, Shoxpaxta va Shorsha), Janubiy Ustyurt ko'tarilmasi.
er yuzasining tuzilishi bo'yicha Qoraqalpog'iston Ustyurtining sharqiy chinki uning barcha territoriyasi ichida o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Deflyatsiya protsessi natijasida paydo bo'lgan akkumulyativ ko'tarilgan tekisliklar. Unga Qoraqalpog'iston Qizilqumi kiradi.
Qoraqalpog'iston Qizilqumi hududida keng tarqalgan bo'r va uchlamchi davr yotqiziqlarining emirilishi kontinental quruq iqlim sharoitida amalga oshganligidan, unda er yuzasini o'zgartirishdagi tashqi kuchlarning ichida, birinchi navbatda shamol, emirilish va denudatsiya protsesslari aktiv qatnashgan.
Natijada Qizilqumning yuzasida juda qalin va keng xajmda qum massivlari paydo bo'ladi. Ular har xil rel'ef formalarini paydo etadi. Qoraqalpog'iston Qizilqumiga ko'pincha qator joylashgan qumlar va qum tepalarning yacheyka formasida uchraydiganlari ham xarakterli. Qum tepalarning paydo bo'lishida, ularni yopib yotgan tog' jinslari rel'efining birdek emas ekanligi katta rol' o'ynaydi. Ko'pincha ularga taxminan meridianal yo'nalishda, bir-biriga pOrollel joylashgan balandliklar va botiqlarning almashinib joylashganligi xarakterli. Janubdan shimolga tomon yo'nalgan botiqlarning paydo bo'lishida oqin suvlarning ham ta'siri bor. Qum tepalari (gryada) ko'pincha botiqlarning atrofidagi balandliklarga to'g'ri keladi. Qum tepalarning balandligi 10-12 metrgacha etadi. Qum tepalari ko'pchilik joylarda ularga perpendikulyar joylashgan kichik qum tepalar orqali bir-biri bilan qo'shiladi. Natijada ular Qoraqalpog'iston Qizilqumining ayrim uchastkalarida qumning yacheykali (ko'zoynakga o'xshash) rel'ef formalarini paydo etadi. Qum tepalari va yacheykali qumlarning orasida tekis, taqirlar ko'p uchraydi. Olar xajmi va joylashishi bo'yicha har xil. Ularning ayrimlarining egallagan maydoni 10-15 kvadrat kilometrgacha etishi mumkin.
Qoraqalpog'iston Qizilqumidagi taqirlar hozirgi vaqtda qish mavsumidagi yog'gan qorlarning erigan suvlarini va bahordagi yog'in-sochinlarni bir necha kunlar davomida saqlaydigan uchastkalar xisoblanadi.
Lekin Qoraqalpog'iston Qizilqumi sharoitida uzoq davom etgan havoning yuqori temperaturasi to'plangan suvlarni tez bug'lantiradi. Suvdan bo'shagan grunt juda qurib ketadi, taqirning yuzasida to'r formasiga ega yoriqlar paydo bo'ladi. Yoriqlarning chuqurligi 5-10 sm, al eni 0,5-1,0 cm gacha etishi mumkin.
Qoraqalpog'iston Qizilqumida ko'proq tarqalgan rel'ef formalariga shamol ishi natijasida bo'r davrida qumli-sozli bo'sh tog' jinslarida paydo bo'lgan botiqlar kiradi. Ular ko'pincha Qoraqalpog'iston Qizilqumining janubiy-g'arbiy bo'limida katta- katta va tepalarning orasida uchraydi. Bunday botiqlarning yonbag'irlari yuqori bo'r davri yotqizig'idan tarkib topgan bo'lib, ko'pincha uncha tik bo'lmaydi, tubi esa ko'pchilik sharoitda do'ng formasidagi qum massivlari bilan qoplangan. Ko'pchilik botiqlar Qoraqalpog'iston Qizilqumidagi qum tepalar bilan pOrollel bo'lib joylashganligidan, bir qancha uzunlikga (500 metrdan 3-4 km gacha) ega bo'ladi. Ularning eni keng bo'lmaydi.
Qoraqalpog'iston Qizilqumidagi har erde joylashgan quduqlarning atrofida ko'chmanchi qumlar (barxan) uchraydi. Ularning paydo bo'lishining asosiy sababi ko'pincha quduqlarning atrofidagi o'simliklarning poda (chorvachilik) tomonidan yo'q bo'lishi yoki cho'ponlarning tartibsiz foydalanishi natijasida qumning yuzasining ochilib qolishi. U salgina esgan shamollarning tasirida harakatga keladi.
Barxanlar Orol dengizining atrofida ko'p tarqalgan. Barxanlar rel'efning tashqi ko'rinishi bo'yicha yarim oyga o'xshaydi. Orol dengizining sohilida va Qoraqalpog'iston Qizilqumining eng janubiy-g'arbidagi Amudaryoning o'ng sohilida shamolning ta'siri natijasida o'rnini o'zgartirib turuvchi kichik kum tepalari ham (dyuna) xarakterli.
Qoraqalpog'iston Qizilqumining shimoliy bo'limining janubiy-g'arbida yuvilish protsessi natijasida paydo bo'lgan, kichik qoldiq tepaliklar keng tarqalgan. Ular yuqori bo'r va paleogen davri yotqiziqlaridan tarkib topgan. Bunday qoldiq tepalar balandligi bo'yicha atrofidagi Qizilqumdan bir qancha ajralib turadi. Ularning yonbag'irlarida yuvilish protsessining izlari juda yaxshi seziladi. Yonbag'irlari ko'pchilik joylarda uncha tik bo'lmaydi.
Masalan, Nukus shaxridan janubiy-sharqda 30-35 km uzoqlikda qoldiq tepalik Besto'be joylashgan. Ularning har qaysisi alohida joylashib, besh joyda kichik tepaliklarni paydo qilgan. Eng baland joyi hozirgi vaqtda trigonometrik punkt joylashgan tepa. Nisbiy balandligi 153,3 m. Besto'bening taxminan 20 km sharqida alohida ajralib turgan ikki qoldiq tepalik bor. Ular Qo'sto'be deb ataladi. Eng baland tochkasi dengiz sathidan 136,8 metr balandda joylashgan.
Prolyuvial baland joylashgan tekisliklar. Bu tipga kiruvchi rel'ef formasi Qoraqalpog'istonda faqat bir joyda - Sulton Uvays tog'ining janubiy yonbag'rining etaklarida uchraydi. U er yuzasining tuzilishi bo'yicha Sulton Uvays tog'ining janubiy tog' etagida, tog'dan janubga allyuvial pastekislikka tomon qiya joylashgan tekislik xisoblanadi. Uning nisbiy balandligi 120-180 metr. Tekislik asosan Sulton Uvays tog'ining yuvilish protsessi natijasida vujudga kelgan, vaqtincha oquvchi suvlar olib kelgan tog' jinslari xisoblanadi. Soylar ko'pincha sel ko'rinishida yog'in- sochin vaqtida to'lib oqishi qisqa bo'lganligi uchun to'plangan tog' jinslari yaxshi maydalanmagan joylarda paydo bo'lgan prolyuvial yotqiziqlarning mexanik tarkibi juda murakkab. Tarkibida yirikroq toshlar (galechniklar), hattoki valun (yirik) toshlar ko'p uchraydi. Tekislikning qiyaligi 30 tan 110 gacha etib, uning er yuzasi bir necha soylar bilan parchalangan. Ular Sulton Uvays tog'idan boshlanuvchi soylarning davomi xisoblanadi. Soylar bu tekislikning hududida bir qancha sayozlanib chuqurligi yarim metrdan bir metrgacha etadi. Kengligi ko'pincha 5-10 metrdan 20 metrgacha etadi.
Ayrim soylarning kengligi 50 metrgacha etishi mumkin. Soylarning tubida yig'ilib qolgan usti g'adir-budir har xil xajmdagi tog' jinslarini uchratishimiz mumkin.
Bu soylarning paydo bo'la boshlagan vaqti to'rtlamchi davrning birinchi yarmidayoq boshlangan. Shuning uchun vaqtincha oquvchi bo'lsa ham, uzoq yillar davomida takrorlanganligidan soylarning olib kelgan yotqiziqlari quyar joyida 2 metrdan 3 metrgacha qalinlikdagi qatlamni paydo etgan. Ular er yuzasining sathi bo'yicha janubda allyuvial tekislik bilan, al g'arbida Amudaryoning hozirgi paydo etayotgan allyuvial pastekisliklari bilan qo'shilib ketadi. Tekislikning yuzasida har joyda joylashgan qoldiq tepaliklar ham bor.
Del'tadagi allyuvial yotqiziqlarda va ko'llarning akkumulyatsiyasi natijasida paydo bo'lgan tekisliklar. Qoraqalpog'istonnidagi allyuvial yotqiziqlardan tarkib topgan tekisliklarga asosan Amudaryo del'tasi kiradi. Bul hududning geologik tuzilishi va geomorfologiyasi bo'yicha ilmiy izlanish ishi olib borgan ko'pchilik olimlar o'zlarining mexnatlarida del'taning ichida geografik joylashgan o'rni va paydo bo'lish izma-izligi bo'yicha uchga: Amudaryoning Aqchadaryo del'tasi, Sariqamish del'tasi va Orol del'tasi deb ajraladi. Dastlab Amudaryo uchlamchi davrdagi dengizning O'rta Osiyoning hududidan qaytishi bilan paydo bo'la boshlagan. Shuning uchun u bir necha ming yillarni boshidan kechirgan. Shu vaqt ichida Amudaryo suvli va loyli bo'lib O'rta Osiyoning tekislik bo'limidagi bir- biridan bir qancha uzoqda joylashgan bir necha rayonlarda juda qalin va keng allyuvial yotqiziqlarni qoldiradi.
Amudaryoning rivojlanish tarixi ikki bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqich uchlamchi davrning oxirgi bosqichidan boshlanib, to'rtlamchi davrning quyi va o'rta bo'limlarini o'z ichiga oladi.
Ikkinchi bosqich sifatida to'rtlamchi davrning oxirgi bosqichi va hozirgi vaqtgacha oraliq qabul qilinadi. Amudaryo birinchi bosqichida taxminan hozirgi Charjoo' shahrining yonida g'arbga qarab hozirgi Unguzorti Qoraqumi orqali oqib, Kaspiy dengiziga quygan. Unguzorti Qoraqumi Amudaryo olib kelgan yotqiziqlar bilan to'ldirilib, territoriya bir qancha ko'tarilgandan keyin, Amudaryo Kopedtog'ning etagidagi hozirgi Markaziy Qoraqumning o'rnida bir necha yuz yillar davomida oqib, juda ko'p miqdorda allyuvial- yotqiziqlar qoldirgan. Bu botiqqa shu vaqtlardagi dastlabki Murg'ob, Tedjen va boshqa daryolar ham juda ko'p miqdorda yotqiziqlar olib kelgan.
Hududning daryo yotqiziqlari bilan to'ldirilishi va umumiy Kopedtog' zonasining faqattonik kuchlarning ta'siri natijasida vertikal ko'tarilishi Amudaryoning o'ng tomonga, hozirgi del'tasi tomonga burilishiga sababchi bo'lgan.
Oldin Amudaryo del'tasining o'rnida katta uchta botiq Xorazm, Sariqamish va Orol bo'lganligini shu territoriyani yopib yotgan to'rtlamchi davr daryo yotqiziqlarining xarakteri isbotlaydi.
Daryo burilgunga qadar hozirgi Amudaryoning del'tasi bo'yicha, dastlab Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolar oqqan bo'lishi mumkin. Sababi o'sha davrdagi O'rta Osiyo iqlimining hozirgi davrdagiga qaraganda bir qancha nam bo'lishiga bog'liq daryolari ham suvli bo'lgan. Demak, ular hozirgiga qaraganda bir qancha uzun va suvli daryo bo'lgan. Ikkinchidan, geologik skvajinalardan olingan ma'lumotlarning taxliliga qaraganda fundamentni yopib turuvchi Amudaryoning yotqiziqlarining ostida shu territoriya bo'ylab oqqan daryolarning bir qancha qalinlikdagi allyuvial yotqiziqlari bor ekanligi aniqlangan.
Amudaryo shimolga yo'nalishini o'zgartirib birinchi navbatda Xorazm botig'iga quygan. U Amudaryoning shakllanishidagi ikkinchi bosqichi edi. Uzoq yillar davomida suvli va loyli Amudaryoning oqishi natijasida bu territoriyadagi Xorazm botig'i to'laligicha, Sariqamishning to'laligicha, Orol botig'ining yarmidan ko'prog'i allyuvial yotqiziqlari bilan to'ldirilgan.
Geografik joylashgan o'rni bo'yicha bir-biridan bir qancha masofada joylashgan uch botiq uch joyda del'ta paydo bo'lish sharoitini tug'dirgan. Ulardagi yotqiziqlarning to'planishi ma'lum darajada izma-izlikni saqlaydi. Masalan, solishtirsak, paydo bo'lishi bo'yicha eng dastlabki Aqchadaryo del'tasi, keyinrok Sariqamish del'tasi, oxirida Orol oldi del'tasi paydo bo'lgan.
Amudaryoning Sariqamish del'tasi Qoraqalpog'istonnidan deyarli to'laligicha tashqarida joylashgan. Shuning uchun biz faqat Amudaryoning Aqchadaryo va Orol oldi del'talariga xarakteristika beramiz.
Amudaryoning qadimgi o'zanlaridan biri Aqchadaryo. U o'zining rivojlanish tarixida keng del'tani paydo etgan. Aqchadaryo del'tasi janubda, hozirgi To'rtko'l shahrining shimol tomonidan boshlanib, shimolda Orol dengizigacha cho'zilgan. Uning uzunligi 250-270 km. Nisbiy balandligi janubida 100-108 metr.
er yuzasining tuzilishi bo'yicha u eng shimolda Orol dengizi bilan qo'shilib ketadi. Aqchadaryo del'tasi janubdan shimolga nishab joylashgan. Uning o'rtacha qiyaligi har bir kilometr shimolga borgan sari bir metrni tashkil qiladi.
Shuning uchun xam Aqchadaryo del'tasi tashqi ko'rinishi bo'yicha umumiy olganda juda tekis pastekislik. er yuzasining tuzilishi bo'yicha Aqchadaryo del'tasida ko'proq uchraydigan ikkita rel'ef tipini ajratsa bo'ladi. Birinchisi har joy har joyda kichik qum massivlari joylashgan haddan tashqari tekis taqirli pastekisliklar. Ikkinchisi barxan qumlari bilan qoplangan past baland tekisliklar.
Aqchadaryo del'tasining tekislik xarakteridagi er yuzasining tuzilishini orol ko'rinishidagi joylashgan qoldiq tog'lar va tepaliklar buzib ko'rsatadi. Ularning eng balandlari del'taning janubiy bo'limidagi Ayazqala qo'rg'oni va Ko'kchetov. Ular atrofidagi Aqchadaryo del'tasidan 80 m balandda joylashgan. Del'taning shu bo'limida balandligi bo'yicha birinchilariga qaraganda bir qancha kichik, lekin rel'efi bo'yicha atrofidagi tekisliklardan keskin ajralib turuvchi Qo'rg'oshinqala va Yonboshqala tepalari bor. Del'taning shimol bo'limidagi qoldiq tepalardan Ushtag'an, Ko'ktobe va b. uchratamiz. Aqchadaryo del'tasi juda tekis pastekislik bo'lganligidan, bu joydagi kichik tepalar uzoqdan bir qancha baland tepaliklarga o'xshab ko'rinadi.
Aqchadaryo del'tasi geografik joylashgan o'rni bo'yicha ikkiga shimol va janubiy del'taga ajraladi. Ular bir-biri bilan eni 2-3 km, uzunligi 90 km. yo'lak (Aqchadaryoning oqqan o'zani) bo'yicha qo'shiladi.
Aqchadaryoning janubiy del'tasi To'rtko'l shaxridan boshlanib, uchburchak formasida shimolga qarab taxminan 30 km uzunlikga cho'ziladi. Uchburchakning tagi shimol tomonida Sulton Uvays tog'i va Qizilqumning etagi bilan qo'shilib ketgan. Bu uchburchaklik g'arbdan sharqqa qarab o'rtacha 60 km ga cho'zilgan. Aqchadaryoning janubiy del'tasi shimolda Sulton Uvays tog'i, shimoli-sharqiy, sharqiy va janubiy-sharqida Qizilqum, g'arb tomonida Amudaryoning hozirgi del'tasi bilan o'ralgan.
Aqchadaryoning janubiy del'tasining shimoli-sharqiy chekkasidan Aqchadaryo yo'lagi boshlanadi. Aqchadaryo yo'lagi dastlab 25 km kenglik bo'yicha joylashgan, keyin u Orol dengiziga qarab, meridianal yo'nalishida cho'zilgan.
Aqchadaryo yo'lagi taxminan 42 gradus 30 minut shimoliy kenglikda bir qancha kengayib, uning del'tasi boshlanadi. U tashqi ko'rinishi bo'yicha uchburchak formaga ega. Aqchadaryo del'tasi shimoli-sharqiy tomonida Janadaryo del'tasi bilan qo'shilib ketadi. U dengiz yoqasida pastekislik bilan, g'arbida Amudaryoning Orol oldi del'tasi bilan chegarolashadi. Aqchadaryoning shimoldagi del'tasi janubi- g'arbiy, janubiy va janubi-sharqiy tomonlarida Qoraqalpog'iston Qizilqumi bilan o'ralgan.
Aqchadaryoning shimoliy del'tasi eng uzun joyida meridian yo'nalishida 100 km ga, juda keng joyida kenglik bo'yicha 50-60 km ga cho'zilgan.
Umumiy olganda, Aqchadaryo del'tasidagi juda qalin daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan tekis pastekisliklar, hozirgi vaqtgacha saqlanib kelayotgan daryoning tarmoqlarining bir necha quruq o'zanlari, haddan tashqari tekis, taqirga o'xshash, soz loylardan tarkib topgan katta maydonlar, ko'pchiligi barxan formasidagi uchraydigan qum massivlari Amudaryoning qadimgi o'zani hisoblanuvchi Aqchadaryoning juda mo'l suvli va loyli daryo bo'lganligidan darak beradi.
Amudaryoning Orol oldi del'tasi Taxiatoshdan boshlanadi. U uchburchak formasiga ega bo'lib, uning tagi shimolida Orol dengizining janubiy qirg'oqlari bilan chegarolashadi. Uning uchi janubda Taxiatoshga boradi.
Orol oldi del'tasida ayniqsa qumli-sozli va sozli-qumli tekisliklar keng tarqalgan. Ularning ko'pchiligi hozirgi vaqtda dexqonchilik bilan band. Shuning uchun ham bunday tekisliklarning er yuzasi qadimgi va hozirgi vaqtdagi suvg'orish tarmoqlari bilan parchalangan. Ulardan boshqa, bunday tekisliklarga daryoning qadimgi va hozirgi zamon tarmoqlarining o'zanlari, qumtepalar va barxanlar xarakterli. Bu qum massivlari asosan allyuvial qum yotqiziqlarining emirilib, bir joydan ikkinchi joyga shamolning ta'siri natijasida olib borgan yotqiziqlaridan paydo bo'lgan. Ayrimlari Qizilqumdan olib kelingan bo'lishi mumkin.
Amudaryoning chap sohilidagi qadimgi quruq o'zanlar ichidagi er yuzasining tuzilishicha hozirgi vaqtgacha juda yaxshi saqlang'an eldaryo.
eldaryo nomidagi suvg'orish kanali bilan Qoraqalpog'iston Ustyurtining orasida deyarli meridian yo'nalishida Qo'ng'irot, Qonliko'l va Sho'manay tumani teritoriyasi bo'yicha oqqan. Daryo tubi 1-1,5 km kenglikka ega bo'lganligi hozirgi vaqtda ham hududning rel'efida yaxshi bilinadi. Uning ko'pchilik joyida kengligi 25-30 metrdan 250 metrgacha daryoning o'zani yaxshi saqlangan. eldaryo o'zanining chuqurligi 2 metrdan 3,5 metrgacha etishi va yonbag'irlarining bir qancha tik (20-30 gradus) bo'lib kelishi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda uning tagi tepalik yoki qumtepalar formasidagi yumshoq qum yotqiziqlari bilan qoplangan. Uning o'zanining ikki qirg'og'ida shamol ta'siri natijasida to'planib qolgan qum massivlari uchraydi.
Amudaryoning dastlabki tarmoqlarini uning o'ng sohilida ham ko'rish mumkin. Ularning ichida eng kattasi erkindaryo. U Amudaryoning Bo'rlitovga yaqin joyida boshlanib, shimoli-sharqiy yo'nalishda oqqan. Dastlabki yillari u Amudaryoning suvli tarmoqlarining biri bo'lgan. Hozirgi vaqtda uning o'zani bo'yicha ayrim yillardagi suv ko'p bo'luvchi yoz oylaridagina suv oqadi. erkindaryoning o'zani 40 metrdan 300 metrgacha kengayadi. Chuqurligi 1,5 metrgacha etadi.
Ko'pchilik geografik adabiyotlarda Amudaryoning Orol oldi del'tasining paydo bo'lishi bo'yicha Taxiatosh del'tasi, Qirontov del'tasi va hozirgi vaqtdagi «harakatdagi» del'tasi deb 3 del'ta ajratiladi. Umuman olganda Orol oldi del'tasi Taxiatoshdan boshlangan bo'lsa, ikkinchisi Qirontov tepaligidan, uchinchisi Qiziljar tepaligidan boshlanadi. sababi, quyar joyida tekislik bo'yicha oquvchi daryolar oldida qandayda bir qattiq tog' jinsi er betiga chiqib yotgan uchastkaga tiralsa, bir necha tarmoqlarga bo'linib oqadi. Haqiqatdan ham Amudaryoning dastlabki del'tasi Tuyamo'yindan xisoblanadi, Amudaryoning Tuyamo'yin uchastkasida erning betiga chiqib yotgan bo'r va uchlamchi davr tog' jinslarini yuvolmay, suv to'lib, daryo o'ng va chap tomonga bir necha tarmoqlarni paydo qilib oqqan.
Aqchadaryo va Sariqamish del'talarining boshlanish joyida daryo bir nechta tarmoqlar paydo qilib oqishiga Sulton Uvays tog'i sababchi bo'lsa kerak.
Shuningdek, Taxiatosh, Qirontov va Qiziljar tepaliklari joyida daryoning bir necha tarmoqlarga ajralib oqqanligini ko'ramiz. Ularning hammasining paydo bo'lgan vaqti to'rtlamchi davrning ichida bo'lgani bilan, paydo bo'lish izma-izligi bo'yicha ularni oldin yoki keyin paydo bo'lgan deb taxmin qilsa bo'ladi.
Masalan, eng dastlab Amudaryoning Aqchadaryo del'tasi, keyin Sariqamish del'tasi, keyin Orol oldi del'tasining paydo bo'lgan. Orol oldi del'tasining ichida, dastlab Taxiatosh, keyin Qirontov del'talarining boshlangani tarixiy o'rganishlarda kuzatilgan.
Amudaryoning hozirgi vaqtdagi harakat etuvchi deyarli barcha tarmoqlari Qiziljar tepaliginingdan boshlanadi.
Shuning uchun ham Amudaryoning hozirgi vaqtdagi «harakatdagi» del'tasi sifatida del'ta paydo bo'lish protsessi hozirgi vaqtda ham davom etayotgan territoriyasi deb Qiziljar del'tasini qabul etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu erda daryoning uchraydigan qayirlari keyingi tarixiy yillar ichidayoq paydo bo'lgan birinchi quruqlik xisoblanadi.
Shuning uchun ham ularning tuproq va o'simlik qatlamlarining normal rivojlanishida imkoniyat kam. Baland qayirlarni suv bosib ketish faqat Amudaryo juda suvli bo'lib kelgan yillarigina kuzatiladi. Masalan, bunday suv olishlar keyingi 30 yil ichida 1953, 1957 va 1969 yillari kuzatilgan. Bu vaqtlari ko'p vaqtdan buyon oqmay yotgan Tilovboyo'zak, Rao'shanning eski o'zani va erkindaryoda ham suv oqgan.
Amudaryoning «harakatdagi» del'tasida juda ko'p sonli mayda ko'llar, botqoqliqlar keng tarqalgan. Ularning paydo bo'lishi va suvining rejimi asosan Amudaryo va uning hozirgi vaqtdagi «harakat» etuvchi tarmoqlari bilan bog'liq.
Qoraqalpog'iston territoriyasining geologik tuzilishi, uning rivojlanish tarixi va rel'efining shakllanishiga bog'liq qazilma boyliklar ma'lum tartibda joylashgan. Ayrim geologik davrlardagi bo'lgan, faqat o'ziga xos geoximiyaviy protsessler har xil qazilma boyliklarning shakllanishiga imkoniyat bergan.
Shuningdek Qoraqalpog'iston Ustyurtida (Shoxpaxta, Alanbek, Quvonish, Borsakelmas) va Orol dengizining janubiy-g'arbiy bo'limidagi yaqida quruqlikka aylangan uchastkasida tabiiy gaz topildi. Temir Xo'jako'l atrofida, Sulton Uvays tog'idagi Tebinbuloqta bor. Mineral tuzlar: Borsakelmas, Qoraumbat, Oqko'l, Qamishli, Meshekli va boshqa joylarda topilgan. Ularning ko'pchiligi osh tuzi. Fosforit ko'pincha bo'r davrining yotqiziqlarida uchrab, ularning konlari Shag'alto'qayda, Sulton Uvays tog'ining Xo'jako'l atrofida va Xo'jayli shahrining atrofida bor. Sulton Uvays tog'ida tal'k, granit, kvarts, dekorativ toshlar (yashma va biryuza) topilgan.
Qoraqalpog'iston territoriyasi qurilish materiallariga boy. Ular Sulton Uvays tog'idagi Oqtov, Qo'yanchiq, Jumirtov, Tuyamo'yin atrofida Amudaryoning o'ng va chap qirg'oqlarida ohaktosh konlari, Kegayli tumanidagi Bo'rlitov, Taxtako'pirdagi Beltov, Taxiatosh, Nukus va Kegayli shaharlarining atroflaridagi ohaktosh konlari va b. Qoraqalpog'iston Ustyurtida Qo'ng'irot va Sho'manay rayonlari atrofidagi ohaktosh konlarining zaxiralari ko'p. Tsement ishlab chiqarishda ahamiyatli xom ashyo hisoblanuvchi mergel' bo'r va paleogen davrlari yotqiziqlari bilan bog'liq bo'lib, ularning ko'proq uchraydigan joylar: Nukus atrofi, Bo'rlitov, Qusxanatov, Ayazqala, Qoracho'qqi qoldiq tog'lari, Xo'jako'lning janubiy-sharqidagi Sulton Uvays tog'ining etaklari va Qoraqalpog'iston Ustyurti. Gips Jumirtov, Qusxanatov,
Xo'jako'lning atrofi va Beltovda bor. Soz loy va soz loyli tog' jinslari Nukus, Xo'jayli, Beruniy, Qo'ng'irot, Chimboy va Taxtako'pirdagi ishlab turgan g'isht zavodlarining asosiy xom ashyolari xisoblanadi.
Amudaryo etaklari, ayniqsa Qizilqum, er osti suvlariga juda boy, ularning ko'pincha chuchuk suv zaxirasi ko'p. Qizilqumning er osti suvlari g'arbidagi Zarafshon va Xisor tog'lari, shimol tomonidagi Qurama tog'lari bilan bog'liq bo'lsa kerak. Bu suvlarda odatda tuz kam bo'lib, ko'pincha ular artezian kabi er yuzasiga otilib chiqadi.
Shuni aytishimiz kerak, bizning respublikamiz territoriyasining er osti geologik tuzilishini aniqlashga va qazilma boyliklarini topishga har yili bir necha million so'm sarflanadi. Hozirgi vaqtda territoriyamizda juda ko'plagan qazilma boyliklarning bor ekanligi aniqlandi. Ularning ayrimlarining sanoat zaxirasi aniqlanib yaqin yillar ichida foydalanishga kirishilsa bo'ladi. Albatta ularning ayrimlarining xalq xo'jaligining ayrim tarmoqlarining rivojlanishida allaqachon ulushi bor. Masalan, Nukusdagi marmar, ohak, keramzit va Taxiatoshdagi keramzit zavodlari. Ularning mahsulotlari sifatli qurilish materiallari xisoblanadi. Hozirgi vaqtda ko'plagan shaharlarimizda Qoraqalpog'iston marmari va graniti ishlatiladi. Shuningdek Qoraqalpog'iston gazi 1971 yildan boshlab, O'rta Osiyo gazquvuriga qo'shilgan. Sulton Uvays tog' va Jumirtovda toshni maydalovchi va navlovchi zavodlar ishlab turibdi. Ularning mahsulotlari Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyati yo'llari bilan gidrotexnik qurilishlarni har xil sifatli va maydalang'an toshlar bilan ta'minlamoqda. Respublikamizdagi deyarli barcha g'isht zavodlar mahalliy xom ashyo asosida ishlab turibdi.
Respublikamiz mexnatkashlari hozirgi vaqtda artezian va chuchuk grunt suvlaridan keng foydoladilmoqda. Respublikamiz hududida 2000 dan ortiq artezian va oddiy quduqlar qazilgan. Ular Qoraqalpog'iston yaylovlarini suvlantirishga foydalanib va qishda ayrim suvg'orish kanallarining suvi kamayganida aholi punktlarini suv bilan ta'minlab turibdi. Nukus shahrida topilgan mineral suv asosida «Nukus» mineral suvi zavodi ishlaydi.
Respublikamizning mineral boyliklarini topish va ularning zahiralarini aniqlab ekspluatatsiyaga tayyorlash darajasi hozirgi vaqtda talabga javob bermaydi.
Sulton Uvays tog'ining mo'l mineral boyliklarini (titan-magnetitli temir rudasi, granit, marmar, shagal va ohaktosh) sanoatda keng foydalanish payti kelganligiga alohida ta'kidlash mumkin. Ayniqsa, Sulton Uvays tog'i mineral boyliklari asosida sanoatni keng ko'lamda rivojlantirish uchun hozirning o'zidayoq ko'plagan qulay sharoitlar bor. Shuningdek, bu territoriyaga elektroenergiya olib borilgan, asfaltlangan avtomagistral yo'li o'tkazildi, Nukus-Sulton Uvays tog' temir yo'li bitkazildi. Sulton Uvays tog'ida Amudaryoga ko'prik solishga kirishildi. Shu regionda ortiqcha mexnat resurslari bor va b. Shuningdek, Tebinbuloq konidagi titan- magnitli rudasida temir 65-66 protsentgacha uchrashadigan titan-magnitli kontsentrat olinish imkoniyati aniqlangan. Sulton Uvays tog'ida yangidan Zangibobo va Urisoyda istiqbolli rudali konlari ochilgan.
Respublikamizda Borsakelmas va Qusxanatov tuz konlari asosida ximiya sanoatini rivojlantirish imkoniyati bor. Ularning mahsulotlaridan, birinchi navbatda, respublikamizda keng foydoladiladigan, qishloq xo'jalik ekinlari uchun zarur ammoniy sul'fat va kaliy sul'fat kabi mineral o'g' itlar olinish imkoniyati bor.
Hozirning o'zidayoaq, Ziynelbuloqdagi tal'k konidan oz miqdorda bo'lsa ham tal'k qazib olinib, Toshkentga jo'natiladi. Haqiqatdan ham tal'k bo'yoq ishlab chiqarishda, qishloq xo'jalik ximikatlari, keramik buyumlar ishlab chiqarish va boshqa ko'pgina sanoat turlarida qo'llaniladi. Sulton Uvaysda tal'kning yirik konlari bor ekanligini hisobga olib Qoratov posyolkasida yoki Nukus shahrida tal'kdan turli xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavod qurish imkoniyatlari bor.
Ma'ruza N«4 Qoraqalpog'istonning iqlimi va iqlim resurslari
Reja

  1. Qoraqalpog'iston iqlimiga va iqlim resurslariga ta'rif.

  2. O'lka iqlimining paydo bo'lish o'zgachaliklari.

  3. Mavsumlar va ularning paydo bo'lish o'zgachaliklari.

  4. Iqlim resurslaridan qishloq xo'jaligida foydalanish.

Qoraqalpog'iston iqlimining paydo bo'lishida uning hududida yil davomidagi quyoshdan keluvchi energiya asosiy faktorlardan biri xisoblanadi. quyoshdan keluvchi yorug'lik energiyaning miqdori hududning barcha joylarida birdek bo'lmaydi. Qoraqalpog'iston shimoldan janubga 420 km dan ortiq oraliqqa cho'zilib joylashganligidan, uning janubi bilan shimoliy chekkasiga quyosh nuri erning yuzasiga birdek burchak bilan tushmaydi.
Qoraqalpog'istonning geografik joylashgan o'rni o'rtacha poyasga to'g'ri kelganligidan undagi ma'lum bir joyga quyosh nurining yil davomidagi tushish burchagi birdek emas. Masalan yozgi kun tutilish (solntsestoyanie) vaqtida 22 iyun'da respublikamizning janubida quyosh nuri er betiga 720 35', shimolda 670 55' burchak bilan tushadi. Bu territoriya uchun eng uzoq kunlar va quyosh nuriga boy vaqt xisoblanadi. Unga qarama-qarshi qishki kun tutilish (zimnee solntsestoniyanie) kunida 22 dekabr'da Qoraqalpog'istonning janubiy chekkasiga quyosh nuri 250 35' va shimoldagi chegarasiga 200 55' burchak bilan tushadi. U respublikamiz sharoitida yil davomidagi eng qisqa kun hisoblanadi.
Quyosh ratsiatsiyasi bo'yicha kuzatishlar Qoraqalpog'iston hududida faqat ikki meteorologik stantsiyada («Qoraqalpog'iston» va «Taxiatosh») keyingi 25-30 yil davomida olib boriladi.
Masalan, Taxiatosh meteorologik stantsiyasida har bir kvadrat santimetr maydonga tushuvchi quyosh radiatsiyasi yig'indisining kelish imkoniyati iyun'da 22500 kaloriya, dekabr'da 6500 kaloriya bo'lib, yil davomida bo'lsa 177200 kaloriyani tashkil qiladi.
«Qoraqalpog'iston» meteorologik stantsiyasi Taxiatoshga qaraganda bir qancha shimolda joylashganlikdan uning quyosh radiatsiyasini qabul qilish imkoniyati kamroq. Shuningdek, «Qoraqalpog'iston» meteorologik stantsiyasi uchun har bir kvadrat santimetr maydonga tushuvchi quyosh radiatsiyasi yig'indisi iyun'da 22 200 kaloriya, dekabr'da 5900 kaloriya, yil davomida bo'lsa 173 500 kaloriyaga teng bo'ladi.
Lekin bu quyosh radiatsiyasi erga to'la etib kelmaydi. Sababi, atmosfera tiniq bo'lmaganlikdan quyosh nurlari havo qatlami orqali o'tish vaqtida, bulutlarda, havoning tarkibidagi har xil changlarda va havo molekulalari to'qnashganda ularning bir bo'limi atmosferada sochiladi va ushlanib qoladi. Shuning uchun ham quyosh radiatsiyasining er betiga kelib etishida atmosferadagi havoning tiniqligi katta rol' o'ynaydi. Bulutlilik Qoraqalpog'istonning barcha erlarida yil davomida birdek emas.
Masalan, «Qoraqalpog'iston» meteorologik stantsiyasida quyoshli soatlarning o'rtacha soni iyun' oyida 350, Taxiatoshta 359, Chimboyda 370, dekabr'da bo'lsa «Qoraqalpog'iston» uchun 97, Taxiatosh uchun 106, Chimboy uchun 107. Bu ma'lumotlarning o'rtacha yillik hisobi «Qoraqalpog'istonda» 2794, Taxiatoshta 2937 va Chimboyda 2927 soatni tashkil qiladi.
Lekin respublikamizdagi kuzatiladigan bulutlilikning ob-havoning ochiqligiga ta'siri kuchli, yuqoridagi meteorologik stantsiyalar uchun berilgan quyoshli soatlarning soniga qaraganda, iyun' oyida faqat ularning 77-85% i, dekabr'da 37­41% i, o'rtacha bir yil ichida 65-71% ini ko'ramiz.
Natijada, bulutli kunlar er betiga to'g'ri tushuvchi quyosh radiatsiyasining kamayishi, sochilib tushishi quyosh radiatsiyasining ko'payishiga sabab bo'ladi. quyosh radiatsiyasining bir bo'limining atmosferaning o'zidayoq tutilib qolishiga sabab bo'ladi. er beti va atmosferaning quyi qatlamining temperaturasining yuqorilashida er betiga to'g'ri keluvchi quyosh radiatsiyasi juda ahamiyatli. Taxiatosh va «Qoraqalpog'iston» meteorologik stantsiyalarining ma'lumoti bo'yicha Qoraqalpog'iston territoriyasi iyun' oyida er betiga to'g'ri tushuvchi quyash radiatsiyasi summasining 68-80% ni, dekabr'da bo'lsa faqat 32-39% ni qabul qiladi. erge keluvchi quyosh radiatsiyasi bo'yicha berilgan ma'lumotlarni shu meteorologik stantsiyaning turgan joyidan radiusi 50-100 kilometr uzoqlikdagi territoriyalarga ham amaliy ko'z qarashdan foydalansa bo'ladi. Lekin u erdagi atmosferaning tiniqligi shu meteorologik stantsiyadagiga o'xshash bo'lishi kerak.
er betiga to'g'ri tushishga imkoniyati bor quyosh radiatsiyasini o'rtacha bir yillik miqdorini hisoblaganimizda, 62-68% dan ortmaydi. Respublikamizning har bir kvadrat santimetr gorizontal eri beti o'rtacha tushuvchi quyosh radiatsiyasidan har yili 90000-110000, sochilib tushuvchi quyosh radiatsiyasidan 48000-50000 kaloriya oladi degan so'z. U issiqlikni ko'proq talab etuvchi o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi uchun sharoit tug'diradi. Shuningdek, Qoraqalpog'istonning yozda quyosh nurining tik tushishi, quyosh tushuvchi soatlarning ko'pligi va havoning bulutsiz bo'lishi uni qish oylari bilan solishtirganda quyosh radiatsiyasini 7-8 marta ko'proq qabul qiladi. Shuning uchun Qoraqalpog'istonda radiatsiya balansi yilning barcha oylarida birdek emas. Radiatsiya balansining yuqori ko'rsatkichlari yoz oylariga to'g'ri keladi, uning ko'rsatkichlari bilan qish mavsumi xarakterlanadi. Lekin Qoraqalpog'istonning ko'pchilik territoriyasi o'rtacha yil davomida ijobiy (polojitel'niy) balansga ega. Masalan, Taxiatosh meteorologik stantsiyasining ma'lumoti bo'yicha radiatsiya balansi iyun'da 9500 kaloriya santimetr kvadrat, dekabr'da 200 kaloriya santimetr kvadrat, o'rtacha bir yillik radiatsiya balansi 56300 kaloriya santimetr kvadratga teng.
Aksincha, respublikamizning eng shimoliy rayonlari alohida o'rinni egallaydi. Sababi yilning eng sovuq oylari hisoblanuvchi dekabr' va yanvar'da bu territoriyalarga quyosh radiatsiyasidan keluvchi issiqliq energiyasi erdan havoga chiquvchi energiya miqdoridan bir qancha kam. Bunday sharoitda, dekabr' va yanvar' oylarining radiatsiya balansi salbiy (otritsatel'niy) bo'ladi. Masalan, Qoraqalpog'istondagi eng sovuq mavsumi bilan xarakterlanadigan rayonlardan birida joylashgan «Qoraqalpog'iston» meteorologik stantsiyasida radiatsiya balansi o'rtacha yanvar' va dekabr' aylari uchun - 100 kal. sm.kv.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling