Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Ma'ruza N«2 Qoraqalpog'istonning geologik tuzilishi


Download 0.68 Mb.
bet5/17
Sana03.12.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1798128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Ma'ruza N«2 Qoraqalpog'istonning geologik tuzilishi
Reja

  1. Qoraqalpog'istonning Turon platformasidagi tutgan o'rni va geologik o'rganilish tarixi.

  2. O'lkaning paleozoy davridagi geosinklinal fundament tarkibi.

  3. Mezozoy-kaynazoy davridagi cho'kindi qatlam

  4. Qoraqalpog'iston hududining geologik tuzilishiga bog'liq geografik birliklari. (del'ta, tog' zonasi, tekislik, cho'l zonasi)

  1. Qoraqalpog'istonning Turon platformasidagi tutgan o'rni va geologik o'rganilish tarixi.

Qoraqalpog'istonning ko'pchilik hududi geologik jihatdan Turon platformasining ajralmas bir bo'lagi. U faqattonik jihatdan qadimgi eralardan buyon turg'un bo'lib qolgan, harakatsiz territoriya. Mezozoy erasigacha bu erlar geosinklinallar hisoblanib, tog' paydo bo'lish protsessi paleozoyning oxirida tamomlangan. Shuning uchun xam platformaning fundamentini mezozoygacha davrlarda yotqizilgan cho'kindi tog' jinslaridan oxak tosh, metamorfizmga uchragan soz loy (slanets), magma jinslaridan granit, gneys, serpentinlar tashkil qiladi. Bul fundament qatlam paleozoy erasida paydo bo'lgan.
Qadimgi qurg'oqlikning paydo bo'la boshlagan kunlaridanoq er yuzasining yuvilish jaryoniga uchrab, asta-sekin emirilib, tekislasha boshlagan. Platforma davri boshlanganda, er yuzasi asta-sekin cho'kib, paleozoy jinslarining ustida yangidan mezozoy va kaynozoy qatlamlari to'plana boshlagan. Natijada hozirgi kunda ular (qadimgi davr yotqiziqlari) ancha chuqurda yotibdi. Fundament qatlam Ustyurtda 1000 m (Qaqbaqti) 6000 m (Borsakelmas) gacha chuqurla bo'lsa, Amudaryo del'tasida bir qancha yuqorida (Qo'ng'irotda 2000 m, Xo'jayli va Nukusda 1000 m, To'rtko'lda 500 m) yotibdi. Sulton Uvays tog'ida fundament qatlam er ustiga chiqib qolgan.
Fundamental qatlam ustidagi cho'kindi tog' jinslarining qalinligi manna shu hududning, o'sha davrda bo'lgan tabiiy-geografik sharoiti bilan bog'liq. Masalan, trias davri yotqiziqlari Ustyurtda 1000-2000 metrgacha qalinlikda uchraydi. Ular Amudaryo etagida va Qizilqumda esa yuq. Sababi trias davridagi Ustyurt territoriyasining cho'kishi yotqiziqlarning (qizil rangli qum, tosh va soz loylar) to'planib qolishiga sharoit tug'dirsa, boshqa rayonlar territoriyasining ko'tarilgan ekanligi yuvilish protsessini faollashtiradi.
Yura davrida Ustyurt bilan bir qatorda Amudaryoning etaklari ham cho'ka boshlagan. Yura davri yotqiziqlarining organik moddalarga boy Ustyurtda 1000-1500 metrga va Amudaryoning etagida 250-500 metrgacha qalinlikda to'planib qolishiga sharoit tug'diradi. Qizilqumning baland shoylashishi uning hududida yuvilish protsessi davom etadi. Shuning uchun Qizilqumda yura davri yotqiziqlari uchramaydi.
Bo'r davri yotqiziqlari ham (qizil va qo'ng'ir rangli qum - loylar, mergel') territoriya bo'yicha joylashishi birdek emas. Uning qalinligi Ustyurtda 1200 m, Amudaryo etaklarida 600-700 m bo'lib, Qizilqumda u yana kamayadi. Ularning er yuzasiga chiqib qolgan uchastkalar Sulton Uvays tog'ida, Oqtumshuqning dengiz atrofida, Mo'ynoqda, Qiziljarda va Xo'jaylida bo'lsa ayrim tepalik formasida uchraydi.
Paleogon davrida respublikamiz hududida dengiz sharoitida yotqizilgan, ko'pincha bir turdagi yashil loy qatlamlari keng tarqalgan bo'lsa, neogen yotqizig'ida ohak toshlarning ko'proq uchrashini ko'ramiz. Territoriya bo'yicha tarqalgan paleogen yotqiziqlarining qalinligi 0 metrdan 600 metrgacha etadi. Sababi paleogen davrining oxirida bu erda birdan ko'tarilish bo'lib, yuvilish protsessi faollashgan. Natijada Markaziy Ustyurtda, Amudaryo etaklarida, Qizilqumda paleogen yotqiziqlari kamayib, ayrim joylarda emirilib, yuvilib ketgan. Paleogen davridagi ko'tarilishdan keyin Qizilqumda ko'pgina erlar hozirgi vaqtgacha dengiz osti bo'lmagan. Qolgan joylarda neogen vaqtida dengiz hukumronlik qilgan. Lekin u to'rtlamchi davrda chekina boshlagan. Natijada dengiz suvlari respublikaning hududidan chekingan. Ustyurtda to'rtlamchi davrda yuvilish protsessi ustunlik qilganidan er yuzasida ko'pincha sarmat ohak toshli qatlamni (neogenning yuqorgi bo'limi) uchratamiz.
Amudaryo etaklariga shu kungagacha vaqti-vaqti bilan yuvilish va yotqiziqlarning to'planish protsesslari xarakterli. Qizilqumda bo'lsa, paleogendan buyon uning ko'tarilmagani uchun faqat emirilish protsessi davom etmoqda. Shuning uchun to'rtlamchi davr yotqiziqlari Qizilqum va Ustyurt platosiga qaraganda Amudaryoning del'tasida juda qalin va ko'p darajada uchraydi.
Demak, Qoraqalpog'istonni o'zining platforma rivojlanish tarixida, ya'ni mezozoy, kaynazoy eralarida dengiz ostida bo'lgan. Suning uchun ham respublikamizning ko'pchilik territoriyasi cho'kindi tog' jinslarining qalin qatlamlari bilan qoplanib yotibdi. Lekin bu qatlamlar bir tekis qalinlikka ega emas (300-500 metrgacha). Ular uchramaydigan joylar ham bor.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling