Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Ma'ruza N«6 Qoraqalpog'istonning tuproqlari va er resurslari


Download 0,68 Mb.
bet10/17
Sana03.12.2023
Hajmi0,68 Mb.
#1798128
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Ma'ruza N«6 Qoraqalpog'istonning tuproqlari va er resurslari
Reja

  1. Qoraqalpog'istonning tuprog' iga umumiy ta'rif

  2. O'lkamizning tuproqlarining klassifikatsiyasi.

  1. bo'z tuproqlar (qumli tuproqlar)

  2. dare yotqiziqlaridan paydo bo'lgan tuproqlar v) botqoqli-o'tloqli tuproqlar

g) o'tloqli tuproqlar

  1. o'tloqli-taqirli tuproqlar

  2. taqirli tuproqlar j) taqirlar

z) sho'rxoklar i) sur-qo'ng'ir tuproqlar k) cho'l zonasidagi bo'z tuproqlar l) madaniy tuproqlar

  1. Qoraqalpog'istonning er resurslari

  1. Qoraqalpog'istonning tuproqlariga umumiy ta'rif

Qoraqalpog'istonning tuproq qatlamlari keskin kontinental, cho'l iqlimi sharoitida paydo bo'lgan. Lekin respublikamizning barcha erlarida to'rtlamchi davrda deyarli birdek iqlim sharoiti bo'lganligiga qaramasdan, territoriya bo'yicha tuproq paydo bo'lgan tog' jinslarining bir tekis joylashmaganligi sababli unda har xil tuproq turlarini paydo etgan. Tuproq paydo bo'lish protsessi va ularning rivojlanishida er osti suvlari sathining territoriya bo'yicha har xil ekanligi ham katta rol' o'ynagan. Shuning uchun ham tuproq paydo bo'lgan tog' jinsi, uchlamchi davr dengiz yotqizig'i hisoblanuvchi qadimgi qoldiq platolar va ustyurtliklardagi tuproqlar bilan to'rtlamchi davrdagi daryo va ko'l yotqiziqlarida paydo bo'lgan tuproq qatlamlarini solishtirsak, ular bir-biridan keskin farq qiladi.
Qoraqalpog'istondagi ko'pchilik tuproq qatlamlari o'lkamizdagi dexqonchilik maqsadida keng ko'lamda foydolanilayotgan boshqa tuproqlardan mineral moddalarga boy, aksincha organik moddalarga kambag'alligi bilan ajralib turadi.
Territoriyada yillik yog'in-sochin miqdorining haddan tashqari kam bo'lib, unga qaraganda yillik bug'lanishning bir necha marta ko'p ekanligi tuproqning yuzasida juda ko'p miqdorda tuzlarning to'planib qolishi, respublikamizda uchraydigan tuproqlarga xos xususiyatlardan biri.
2.O'lkamiz tuproqlarining klassifikatsiyasi. Qoraqalpog'iston geografik joylashgan o'rni bo'yicha cho'l zonasiga to'g'ri keluvchi, uning zonal tuprog'i bo'z tuproq turida shakllangan. Lekin tuproqning paydo bo'lishi va shakllanishida Amudaryoga bog'liq territoriya hisoblanuvchi daryo del'tasi o'ziga xos allyuvial tuproqlari bilan ajralib turadi. Nisbiy balandligi bo'yicha bir qancha ko'tarilgan va butun O'rta Osiyoning tekislik bo'limining eng shimolni egallagan Qoraqalpog'iston Ustyurti va Amudaryoning del'tasi bilan Qoraqalpog'iston Qizilqumidagi qadimgi qoldiq tog'lar bilan ustyurtliklarda sur-qo'ng'ir tuproq rivojlangan. Haqiqiy cho'l iqlimina xos Qizilqumning pastekislik bo'limida bo'z tuproq paydo bo'lgan. Lekin yillik yog'in-sochin miqdorining haddan tashqari kam bo'lishiga bog'liq, Qizilqumning ko'pchilik erlarida hali ham to'liq tuproq qatlami paydo bo'lib ulgurmagan uchastkalar ham uchrashadi. Shuning uchun ham ko'chmanchi qumlar va yaxshi mustaxkamlamagan qumlarni Qoraqalpog'iston Qizilqumida tez-tez uchratish mumkin. O'simlikning yaxshi o'sishi va rivojlanishiga imkoniyat beruvchi mustaxkamlamagan qumlardagi paydo bo'lgan tuproqning mexanik tarkibi ko'pincha qumli bo'lganligidan Qoraqalpog'iston Qizilqumidagi bo'z tuproqlar qumli tuproqlar deb ataladi.
Tuproq qatlamlarining o'zgachaliklarini hattoki, daryo yotqiziqlarida paydo bo'lgan tuproqlarda ham aniq sezishga bo'ladi. Sababi keyingi vaqtlari er osti suvlaridan uzilgan qadimgi davr daryo yotqiziqlarida va er osti suvlari er betiga yaqin joylashgan Amudaryo del'tasida tuproq paydo bo'lish protsesslari va ularning rivojlanishi juda boshqacha bo'ladi. Shuning uchun xam O'rta Osiyoning tekislik bo'limidagi daryo del'talarida paydo bo'lgan allyuvial tuproqlar ikki guruhga ajraladi. Birinchisi avtomorfli tuproqlar, ularga taqirli tuproqlar va taqirlar kiradi. Bu guruhga kiruvchi tuproqlar uchraydigan joylarda er osti suvlari juda chuqurda joylashgan bo'lib, ular er osti suvlarining ta'sirisiz shakllangan.
Ikkinchisi gidromorfli tuproqlar deb ataladi. Ulardagi tuproq paydo bo'lish protsesslari va rivojlanishi er osti suvlarining ta'sirida amalga oshadi. Sababi gidromorfli tuproqlarda er osti suvlarining sathi erning betiga yaqin joylashgan bo'ladi. Gidromorfli tuproqlar guruhiga botqoqli, botqoqli-o'tloqli va o'tloqli tuproqlar kiradi. O'tloqli-taqirli tuproqlar avtomorfli va gidromorfli tuproqlar guruhining orasidagi o'tkinchi tuproq qatlami xisoblanadi.3
Respublikamizning xalq xo'jaligida, ayniqsa Amudaryoning del'tasida joylashgan suvg'orish uchun birinchi navbatda foydalanib klinayotgan tuproq turlari katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham respublikamizda uchraydigan har bir tuproq turlarining territoriya bo'yicha tarqalishiga va ularning har biriga ta'rif berganimizda Amudaryoning del'tasidan boshlaymiz.
Botqoqli tuproqlar asosan Amudaryoning hozirgi tarmoqlarining orasida va Amudaryoning «harakatdagi» del'tasidagi ko'llarning atrofida ko'p uchraydi. Botqoqli tuproqlarni kichik xajmda suvg'orilib ekiladigan erlarning ichida va quruq botiqlar uchratish mumkin bo'ladi.
Botqoqli tuproqlar del'tadagi tuproqlarning boshqa turlariga qaraganda namlikning muntazam etarli bo'lishi bilan xarakterlanadi. Sababi botqoqli tuproqlarda er osti suvlarining sathi tuproq yuzasiga yaqin joylashgan bo'ladi. Botqoqli tuproqlar uchraydigan erlar Amudaryoda suv ko'p bo'luvchi oylarda birinchi navbatda suv olish xavfi bor bo'lgan territoriyalar. Shuning uchun ham botqoqli tuproqlarda tirikchilik uchun kislorod etishmovchiligi kuzatiladi. Shu bois bu turlardagi tuproqlarda o'simliklarning ildiz sistemasi ko'pincha uning faqat yuqori qismidagina yaxshi rivojlanadi.
Botqoqli-o'tloqli tuproqlar botqoqli botiqlarning yonbag'irlariga, Amudaryo va uning tarmoqlarining o'zanlariga yaqin joylashgan joylardagi balandroq uchastkalarga xarakterli. Ular o'tloqli tuproqlarning ichidagi kichik-kichik botiqlarda uchraydi. Botqoqli-o'tloqli tuproqlar botqoqli tuproqlarga o'xshab, er osti suvlarining erning betiga yaqin joylashganligi xarakterli. Ular bu tuproqlar joylashgan joylarda ko'pincha 1-1,5 metr chuqurlikda uchraydi. Shuning uchun ham botqoqli va botqoqli- o'tloqli tuproqlar uchraydigan erlar dexqonchilikda noqulay hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ular asosan yaylov sifatida foydalaniladi.
Botqoqli-o'tloqli tuproqlarni yaxshilash bo'yicha asosiy vazifa er osti suvlarining sathini pasaytirish, sho'r erlarni chayib suvg'orishdan iborat. Shuningdek bunday erlarni chuqur haydab, yumshatib, tuproqni shamolatish ishlarini olib borish kerak.
Geografik joylashgan o'rni bo'yicha botqoqli va botqoqli-o'tloqli tuproqlar asosan Amudaryoning «harakatdagi» del'tasiga to'g'ri keladi. Lekin bu rayonning gidrologik rejimi juda o'zgaruvchang bo'lishiga bog'liq er osti suvining sathi haddan tashqari o'zgaruvchang. U shu rayonga xarakterli emas tuproqning boshqa turlarining ham paydo bo'lishiga imkoniyat tug'diradi. Bu rayon sharoitida boshqa turdagi tuproqlar faqat juda kichik xajmdagina shakllangan bo'ladi. Masalan, Amudaryoning «harakatdagi» del'tasi joylashgan territoriyada botqoqli va botqoqli-o'tloqli tuproqlarning ichida o'tloqli, o'tloqli-taqirli va hattoki taqirli tuproqlar uchraydigan katta massivlarni uchratish mumkin.
O'tloqli tuproqlar ko'pincha respublikamizdagi barcha suvg'orish tarmoqlarining atroflarida uchraydi. Ular Amudaryoning del'tasidagi hozirgi irrigatsiya er fondining asosini tashkil qiladi.
O'tloqli tuproqlar uchraydigan joylarda er osti suvlari sayoz joylashgan bo'lib, olar er sathidan 1-3 metr chuqurlikda bo'ladi. Shuning uchun ham bu turdagi tuproqlar er osti suvlari bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. Qoraqalpog'istondagi o'tloqli tuproqlarning deyarli hammasi hozirgi vaqtda dexqonchilik uchun foydalanib kelinayotgan erlar.
O'tloqli tuproqlar botqoqli va o'tloqli-botqoqli tuproqlarga o'xshab gidromorfli tuproqlar guruhiga kiruvchi bo'lganligidan, Amudaryoning boshqa tuproq turlariga qaraganda ular dexqonchilik jihatidan o'ziga xos xarakterga egaligi bilan farq qiladi.
Bu turdagi tuproqlarda dexqonchilikda normal, yaxshi xosil olish uchun eng birinchi navbatda er osti suvlari sathining ko'tarilishiga yo'l qo'ymasdan, botqoqli va botqoqli-o'tloqli tuproqlarda bo'lsa, hattoki er osti suvlari sathining pasaytirish uchun ilojlar qo'llanilishi zarur. Ikkinchidan, bu turdagi tuproqlar er osti suvlari bilan bog'liqligi sababli, cho'l iqlimi sharoitida tuproqning yuzasida tuz to'planib qolishi yuz beradi. Unga qarshi agrotexnik ilojlar qo'llanilmasa, bunday turdagi tuproqlarning ichida sho'rxoklarning paydo bo'lishi ortib ketadi.
Botqoqli, botqoqli-o'tloqli va o'tloqli tuproqlar Qoraqalpog'iston hududida 1 mln. 93 ming gektar erni egallab, u butun respublikamizdagi tuproqlarning joylashgan maydonining 8,1% tashkil qiladi. Ularning ichida dexqonchilikda juda ahamiyatli o'tloqli tuproqlar. Ular respublikamizda 500 ming gektarga yaqin territoriyada uchraydi.
O'tloqli-taqirli tuproqlar o'tloqli tuproqlarning atrofida juda tor doirada joylashgan. Ularning ko'pchilik bo'limi hozirgi vaqtda dexqonchilik bilan band. Faqat Amudaryoning hozirgi o'zani bo'ylaridagi katta bo'lmagan maydondagina to'qay o'simliklari qoplab olgan erlar xisoblanadi. O'tloqli-taqirli tuproqlar Qoraqalpog'istonda 271 ming gektar maydonni egallaydi.
Taqirli tuproqlar respublikamizdagi hozirgi vaqtdagi dexqonchilik zonasidan tashqarida j oylashgan.
Taqirli tuproqlar ko'pincha Amudaryo del'tasining shimoli-sharqiy, g'arbiy va janubiy-sharqiy bo'limlarida keng tarqalgan.
Umumiy olganda, taqirli tuproqlar Amudaryo del'tasidagi juda ko'p tarqalgan tuproqlar turiga kiradi. Ular butun Qoraqalpog'istonning 907 ming gektar maydonni egallab yotibdi.4 U umumiy tuproqlarning egallagan maydoniga qaraganda ikki hissa ko'p. Lekin bugingi kungacha ularning faqat juda az bo'limigina dexqonchilik uchun o'zlashtirilgan. Shuning uchun ham taqirli tuproqlar dexqonchilik jihatidan respublikamizdagi juda istiqbolli territoriyalar xisoblanadi.
Taqirlar Amudaryoning del'tasida, ko'pincha taqirli tuproqlar joylashgan massivlari har erda orol ko'rinishida uchraydi. Taqirlar Qoraqalpog'iston Ustyurti va Qizilqumida da ko'plab uchratsa bo'ladi. Taqirlar butun Qoraqalpog'iston hududida 33 ming gektar maydonni egallaydi. Taqirlar dexqonchilik jihatidan o'zlashtirishga juda qiyin uchastkalar.
Tuproq yaxshi rivojlanmagan qumlar va qum massivlari respublikamizda 2 mln. 164 ming gektar maydonni egallaydi. Ularning ko'pchilik bo'limi Qoraqalpog'iston Qizilqumiga to'g'ri keladi. Amudaryoning del'tasi va Qoraqalpog'iston Ustyurtida bo'lsa ular faqat har er har erdagina qum massivlarini paydo etadi.
Qoraqalpog'istonda sho'rxoklar uning barcha hududida uchraydi. Sho'rxoklar Qoraqalpog'iston Ustyurtida, ayniqsa botiqlar bilan botiqlarning tagida xarakterli. Qoraqalpog'iston Qizilqumida bo'lsa, u ko'pincha Orol dengizi sohilidagi doirada uchraydi.
Sho'rxoklar odatda Amudaryoning del'tasidagi tuproqlarning barcha turlarining ichida, lekin juda kishik masshtabda uchraydi. Sho'rxoklar butun Qoraqalpog'iston er fonnining 4,7% egallab, 635 000 ga maydonni o'z ichiga oladi.
Egallagan maydoni bo'yicha bizning respublikamizda sur-qo'ng'ir tuproqlar birinchi o'rinda turadi. Bu turdagi tuproqlar orol ko'rinishida qadimgi qoldiq tog' hisoblanuvchi Sulton Uvays tog'i, Beltov, Qusxanatov, Qiziljar, Qirantov ustyurtliklarida uchraydi. Ularning keng masshtabda tarqalishi Qoraqalpog'iston Ustyurtiga xarakterli.
Sur-qo'ng'ir tuproqlar Qoraqalpog'iston Ustyurtining Orol dengizi sohilidagi shimoldan janubga 150 km, Orol dengizidan g'arbga qarab 200 km ga cho'zilgan doirada va barcha botiqlar bilan botiqlarning yonbag'irlarida, Qorabovur, janubiy
Ustyurt, Kassarma ustyurtliklarining barcha erlarida uchraydi. Albatta bu tipdagi tuproqlar uncha qalin bo'lmaydi.
U fizik va mexanik tarkibi bo'yicha Qoraqalpog'iston Ustyurtida ko'pincha toshli va sozli bo'lib keladi.
Sur-qo'ng'ir tuproqlar respublikamizdagi quruqliq hududining yarmidan ko'proq erinda uchraydi. Ularning egallagan maydoni 6 mln. 917 ming gektar.
Cho'l zonasidagi bo'z tuproqlar turiga kiruvchi qumli tuproqlar keng masshtabda Qoraqalpog'iston Qizilqumida, Amudaryo del'tasi bilan Qoraqalpog'iston Ustyurtida bo'lsa ular kichik xajmda har erda joylashgan qum massivlari xarakterli. Bu turdagi tuproqlar respublikamizda 5 ming 400 gektar erni egallaydi.
Qoraqalpog'iston hududida, ayniqsa uning janubiy rayonlarida, ming yillar davomida dexqonchilik bilan band uchastkalardagi tuproq qatlamlarida ekin ekilmaydigan erlarga qaraganda bir qancha o'zgarish bor ekanligini kuzatish mumkin bo'ladi. Sababi uzoq yillar davomida ma'lum bir uchastkada, suvg'orilib dexqonchilik qilinadigan, unda har yili suv olib keluvchi loylar va eritmalar dalalarda paydo buladi. erdan yuqori hosil olish maqsadida har yili ma'lum miqdorda mahalliy o'g'itlar, keyingi yillarda bo'lsa mineral o'g'itlarning berilishi zarur.
Bundan boshqa dexqonchilik uchun foydalaniladigan joylarda ekinlarni ekish va ularga tarbiya berish vaqtidagi agrotexnik ilojlarning o'z vaqtida qo'llanilishi natijasida tuproqning suv va havo almashi rejimi va uning strukturasi bir qancha yaxshilanadi.
Dexqonchilik bilan band joylarda, shu turdagi boshqa tuproqlarga qaraganda ularning chirindi qabatining qalinligi va tuzlarning qatlamlari bo'yicha joylashishi ham birdek bo'lmaydi. Umuman olganda, yuqori madaniyatli dexqonchilik natijasida qishloq xo'jalik jihatidan tuproqning sifati bir qancha yaxshilanadi. Shuning uchun xam ayrim adabiyotlarda O'rta Osiyodagi dexqonchilikda uzluksiz foydalanib kelinayotgan erlar madaniy tuproqlar deb ataladi. Ular dexqonchilik zonasidan birinchi marta foydalanilayotgan bo'z va qo'riq joylardagi tuproqlarga qaraganda respublikamizdagi turg'un va mo'l xosil beradigan asosiy er fondi xisoblanadi.
Dexqonchilik sohasida hozirgi vaqtda respublikamizda foydalanilayotgan paxtachilik xo'jaliklarining tuproq kartalari tahlil qilinganda, ularda 200 dan ortiq tuproq turlarining borligi aniqlandi. Foydalanishda qulaylik maqsadida ularning o'xshashlari birlashtirildi. Dastlab ular yirik tuproq tiplariga birlashtirildi. Natijada madaniy tuproqlarning ko'pchiligi o'tloqli tuproqlar ekanligi (80 % ortig'i) aniqlandi. Boshqa tipdagi tuproqlar egallagan maydoni bo'yicha madaniy tuproqlarning faqat beshdan bir bo'laginigina tashkil qiladi. Shuning uchun xam keyingi yillarda dexqonchilikda eng istiqbolli bo'z va qo'riq erlar - respublikamizdagi o'tloqli-taqirli va taqirli tuproqlar joylashgan territoriyalar bo'lib qoldi.
Har bir tuproq tiplarini o'zlashtirish (madaniylashtirish) darajasi bo'yicha ajiratganimizda Qoraqalpog'istondagi xo'jaliklarda dexqonchilikda foydalanilayotgan tuproqning faqat uchdan bir bo'limiga yaqinigina yuqori va o'rtacha madaniy tuproqlar ekanligi ma'lum bo'ldi. Qolganlari dexqonchilikda kam foydalaniladigan madaniylashib ulgurmagan tuproqlarga yotadi.
Dexqonchilikda tuproqlarning foydalanish darajasi respublikamizning barcha tumanlarida birdek emas. Bu masalada To'rtko'l, Beruniy va Amudaryo tumanlari bir qancha oldinda. Bo'zatov, Taxtako'pir, Mo'ynoq, Qorao'zak, Sho'manay, Qonliko'l, ellikqala, Qo'ng'irot, Kegayli, Nukus va Xo'jayli tumanlarida bo'z va qo'riq erlar juda keng maydonda ushiratish mumkin.

  1. Qoraqalpog'istonning er resurslari. Qoraqalpog'iston O'zbekistonning boshqa viloyatlari bilan taqqoslaganda er resursiga bir qancha boy. 1960 yilgi 1 noyabr' ma'lumotlariga ko'ra, respublikamizning umumiy maydoni 16708,1 ming gektar bo'lgan. Shuning ichida shudgorlanadigan erlar 189,5 ming gektar, ko'p yillik ekinlar 2,6 ming gektar, em-xashak olinadigan erlar 150 ming gektar, yaylovlar bo'lsa 3417,4 ming gektar edi. Shuningdek 236,9 ming gektar maydon to'qaylar bilan, 634,7 ming gektar maydon buta o'simliklari bilan qoplangan edi.

Qoraqalpog'istonning er fondining 1960 va 1985 yillar ma'lumotlarini bir-biri bilan taqqoslab tahlil qilganimizda, respublikamiz er fondining foydolanishning 25 yillik dinamikasi aniq ko'rinadi. Masalan, bu 25 yil ichida respublikamizda judgorlanadigan erning maydoni 220% (1960 yili - 189,5 ming gektardan 1985 yili 417,1 ming gektarga) ko'paydi. Ko'p yillik ekinlarning maydoni 275% (2,6 ming gektardan 7,1 ming gektar) ortdi. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yaylovlar maydoni 155% ko'paydi.
Ekin maydonining keyingi 25 yil davomida Qoraqalpog'istonda ortishini tahlil qilsak, uning ayniqsa, dexqonchilikning ayrim turlarining xisobidan ortib ketganligi ko'zga tushadi. Masalan, keyingi 25 yil ichida respublikamizda texnik ekinlarning maydoni (asosan paxta) faqat 1,3 hissaga ko'paygan bo'lsa, donli ekinlarning egallagan maydoni 14,1 hissa ko'payib, shuning ichida sholining maydoni 44,3 hissa ortdi.
Ekin maydonning respublikamizda borgan sari kengayib borishi uning shimoliy va janubiy rayonlarida birdek emasligini ko'ramiz. Masalan, umumiy ekin maydoni shu 25 yil ichida Qoraqalpog'istonning shimoliy rayonlarida 1960 yil bilan taqqoslaganda 2,3 hissa, janubiy rayonlarda bo'lsa faqat 1,7 hissaga ko'paygan. Ayniqsa donli ekinlarning maydoni shimoliy rayonlarda juda ko'payib ketgan (17,8 hissa). Keyingi yillarda ekiladigan ko'p yillik o'tlarning egallagan maydoni ham sezilarli darajada ko'paygan (shimoliy rayonlarda 1,2 hissa, janubiy rayonlarda 2,2 hissa).
Keyingi 25 yil davomida Qoraqalpog'istonda ekin maydonning bir qancha kengayib ketishi uning er fondining boy ekanligiga, unumdor tuproqlarga ega bo'z va qo'riq erlarning mo'l ekanligiga bog'liq. Odatda shunday katta ekin maydonining suv bilan o'z vaqtida ta'minlanishida Taxiatosh va Tuyamo'yin gidrouzellarining ishga tushishi imkoniyat berdi. Xozirgi vaqtda (1985 yili 1 noyabr' ma'lumotlari bo'yicha) Qoraqalpog'istonda bir qancha maydonning (7051,8 ming gektar) qishloq xo'jaligida foydalanilmayotgan erlar ekanligi diqqatga sazovor, ya'ni Qoraqalpog'istonning umumiy er fondining beshdan uch bo'lagidan ortiq. Shuning uchun respublikamiz hududida ekin maydonining kengayishiga imkoniyat borligini ko'ramiz. Albatta bu hozirgi vaqtda foydalanilayotgan suvg'orish sistemalarining kayta takomillashtirishni talab etadi. Suvg'orish sistemalarning imkoniyati hozirgi maydon va yangidan ochiladigan ekin erlarni suv bilan ta'minlash darajasiga etishi kerak. Suv bilan ta'minlangan sharoitda respublikamizning ko'pchilik rayonlarida ekin maydonni kamida 1,5-2 marta ko'paytirish imkoniyati mavjud. Lekin Qoraqalpog'istonning shimoliy rayonlarining suvga bo'lgan extiyojini qondirish ayniqsa keyingi yillarda qiyinlashayotganligini hisobga olsak, hozircha boshqacha pozitsiyada turishimiz kerak. Respublikamizda suvg'orish uchun beriladigan suvning miqdori ko'paytirilmasa, uning er resurslaridan unumli foydalanishda quyidagi masalalarga alohida e'tibor berilishi kerak.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling