Dvigatelning nosozliklari va ularning kelib chiqish sabalari. Dvigatelning texnik holatini avtomobilda tekshirish


Tirsakli val vkladishlarini almashtirish


Download 342.5 Kb.
bet10/11
Sana04.04.2023
Hajmi342.5 Kb.
#1324629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1474959185 65191

Tirsakli val vkladishlarini almashtirish. Tirsakli val podshipniklarida taqqillash paydo bo`lganda va moy nasosi hamda reduktsion klapan soz ishlaganda tirsakli valni aylanishlar soni 500…600 ayl/min, moy magistralidagi bosim 0,5 kgs/sm2 dan pasayganda vkladishlar almashtiriladi. Vkladishlarni almashtirish lozimligi o`zak va shatun podshipniklaridagi diametral tirqish bilan shartlanadi: agar u ruxsat etilganidan katta bo`lsa yangisiga almashtiriladi. Dvigatel modellariga qarab vkladish va o`zak bo`yinlari orasidagi tirqish 0,026...0,12 mm, vkladish va shatun bo`yinlari orasidagi tirqish 0,026...0,11 mm bo`lishi lozim.
Tirsakli val podshipniklaridagi tirqish nazorat latun plastinkalari yordamida aniqlanadi. ZIL va GAZ avtomobillari dvigatellarida qalinligi 0,025; 0,05; 0,075 mm li, eni 6…7 mm li va uzunligi vkladish kengligidan 5 mm kichik bo`lgan miss folgali plastinkalar ishlatiladi. Moylangan plastinka val va vkladish orasiga qo`yiladi, aniq moment bilan dinamometrik kalit yordamida podshipnik qa’qog`i boltlari qotiriladi (ZIL-130 dvigateli uchun bu moment o`zak bo`yinlari uchun 110...130 N.m va shatun bo`yinlari uchun 70...80 N.m ni tashkil etadi). Agar 0,025 mm qalinlikdagi plastinka o`rnatilganda tirsakli val juda yengil aylansa, demak tirqish 0,025 mm dan katta, keyingi o`lchamdagi plastinka toki tirsakli val sezilarli kuch bilan aylantirguncha almashtiriladi, bu tirsakli val va vkladish orasidagi haqiqiy tirqishga mos keladi. Bitta podshipnik tekshirishda qolgan podshipniklar boltlari bo`shatilgan bo`lishi lozim. SHunday holda boshqa podshipniklar navbat bilan tekshiriladi.
Vkladishlarni almashtirishda tirsakli val bo`yinlarida uyulishlar bo`lmasligi lozim. Tirsakli val bo`yinlari yoyilgan va uyulgan bo`lsa vkladishlarni almashtirish maqsadga muvofiq emas. Bunday hollarda tirsakli val almashtiriladi.
Tirsakli val bo`yinlari holati tekshirilgandan so`ng kerakli o`lchamdagi vkladish yuviladi, artiladi hamda motor moyi bilan dastlab moylab podshipnikni shatun va o`zak bo`yinlar to`shagiga (o`rniga) o`rnatiladi.
ZIL-130 avtomobili dvigatellarida tirsakli vali shatun va o`zak bo`yinlarini nominal o`lchamidan tashqari beshta ta`mir o`lchovlari mavjud. Mos ravishda oltita vkladishlar komplekti ishlab chiqariladi: nominal 1-chi; 2-chi; 3-chi; 4-chi; 5-chi ta`mir o`lchovlari.
ZMZ-53 dvigatellari va YAMZ dvigatellarini hamma modellarida oltita shatun va o`zak podshipniklarni ta`mir o`lchovlari va shuncha o`zak va shatun vkladishlar komplekti mavjud.
ZIL-130 va ZMZ-53 dvigatellarida tirsakli valni o`q bo`ylab lyufti tayanch shaybalarni tanlash bilan aniqlanadi. ZMZ-53 dvigateli tirsakli valini oldingi tayanch tortsasi va orqa tayanch shaybasi orasidagi o`q bo`ylab tirqishi 0,075...0,175 mm, ZIL-130 dvigatelida esa 0,075...0,245 mm bo`lishi lozim.
YAMZ dvigatellarida tirsakli valni o`q tirqishi orqa o`zak bo`yinlarni uzunligiga bog`liq holda yarim halqa o`rnatish bilan sozlanadi. Tayanch podshipnikdagi o`q bo`ylab tirqishi 0,08...0,23 mm bo`lishi lozim.
Avtomobillarni ishlatish jarayonida podshipniklarni o`q bo`ylab tirqishini nominalga nisbatan mos ravishda 0,1; 0,2; 0,3 mm qalinlikdagi tayanch shayba yoki yarim halqa o`rnatib sozlanadi.
Bloklar kallagini asosiy nosozliklari: blok tsilindrlar bilan tutashgan sirtidagi, sovutish kopylaklaridagi tirqishlar, blok tsilindrlar bilan tutashgan sirtlardagi tob tashlash (koroblensh), klapanlarni yo`naltiruvchi vtulkalari o`rnida yoyilish, klapanlar sedlosi faskalaridagi yoyilish a chuqurchalar, klapanlar uyasida klapanlar uyasini bo`shab qolishi.
Blok bilan tutashgan kallak sirtidagi 150 mm dan ko’p bo`lmagan darzlar payvandlanadi. payvandlashdan oldin alyuminiy qorishmasidan tayyorlangan bloklar kallagida darzlarni ikki uchidan 4 mm li teshik parmalanadi va uni uzunligi bo`yicha 3 mm chuqurlikda 900 burchak ostida ariqcha yo`niladi. So`ngra bloklar kallagini elektro’echda 200 0S gacha qizdiriladi va metali cho`tka yordamida chok tozalangandan keyin maxsus elektrod bilan teskari qutbli doimiy tok yordamida to`g`ri chok bilan yoriqlik payvandlanadi.
Gazli payvandlashda №4 uchlili gorelka va 6 mm diametrga ega bo`lgan AL 4 markali sim hamda AF-4A flyusi ishlatiladi. payvandlagandan so`ng chok flyus qoldiqlaridan tozalanadi va avval 10 foizli azot kislotasi bilan, keyin qaynoq suv bilan yuviladi. Bundan keyin chok jilvir aylanasi bilan asosiy metall bilan bir xil bo`lguncha tozalanadi.
TSilindrlar kallagi suv kopylaklaridagi 150 mm gacha bo`lgan yoriqliklar e’oksid pasta yordamida payvandlanadi. Dastlab yoriqlik payvandlashga tayyorlashdagidek ariqcha yo`niladi, atseton bilan moysizlantiriladi va ikki qatlam alyuminiy kukuni aralashtirilgan e’oksid smolasi surtiladi va 18-20 0S haroratda 48 soat ushlab turiladi.
Blok tsilindrlar bilan birikadigan kallak sirti tob tashlaganda jilvir yoki freza yordamida tekislanadi. TSilindrlar kallagi ishlov berilganidan so`ng nazorat plitasida tekshiriladi. TSilindrlar kallagi va plita orasidan 0,15 mm qalinlikdagi shchup o`tmasligi lozim.
Klapanlarni yo`naltirish vtulkasi teshigi yeyilganda, ular almashtiriladi. YAngi vtulkalar teshigi nominal yoki ta`mir o`lchoviga razvyortka qilinadi. Yo`naltiruvchi vtulkalarni chiqarib olish va presslash uchun opravka va gidravlik press qo`llaniladi.
Klapanlar o`tirg`ichi faskasidagi yeyilish va rakovinalarni pritirkalash va jilvirlash bilan bartaraf qilinadi. pritirka ‘nev-matik drel yordamida amalga oshiriladi.
Klapanlarni pritirka qilish uchun pritirkalovchi pasta (155 M20 yoki M12 ok elektrokoruid kukuni, 15 g M40 bor karbid iva M10 G2 yoki M10 V2 motor moyi) yoki pasta GOI ishlatiladi. pritirka qilingan klapan va o`tirg`ich faskasida butun aylana uzunligi bo`ylab tekis 1…1,5 mm li loyqa koprinishida (matoviy) belboq bo`lishi lozim.
pritirka sifatini klapan ustida ortiqcha bosim hosil qiladigan asbob yordamida tekshiriladi. Klapan ustida hosil qilingan 0,07 MPa bosim 1 minut davomida o`zgarmasligi lozim.
pritirka sifatini dizel yonilg`isi yordamida ham tekshirish mumkin. Bunda klapan tarelkasi tozalab artiladi va unga bo`r surtiladi va tsilindrlar kallagi og`darilib klapanli mexanizmga dizel yonilg`isi qo`yiladi va bir muddat ushlab turiladi. So`ngra kallag ag`darilib klapan usti tekshiriladi. Klapanning ustki qismi namlanmagan bo`lsa yaxshi pritirka qilingan bo`ladi.

Download 342.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling