Dvigatel ishlagandagi taqqillash va shovqinlar. Dvigatel ishlaganda tirsakli valdan (o`zak va shatun podshipniklardagi taqqillash), porshenlardan, porshen halqalaridan, klapanlardan, taqsimlash validan hamda taqsimlash vali uzatmalaridan taqqillash va shovqin eshitiladi. Bundan tashqari ilgarilanish burchagini odatdan tashqari ertaligi, yonish kamerasi devorlaridagi va porshen tubidagi qurum, oktan soni talab qilinganidan past bo`lgan benzinni ishlatish hamda dvigatelni qizishi natijasida dvigatelda detonatsiya paydo bo`lishi mumkin.
Tirsakli valni taqqillashi. O`zak va shatun bo`yinlarini yeyilishi, tayanch halqalarni kop yeyilishida, tirsakli valni o`q bo`ylab siljishi sababli tirsakli valda taqqillash paydo bo`ladi. O`zak podshipniklar taqqillashi past ovozda to`ng, shatun podshipniklarniki esa yuqori va tez bo`ladi. Bu taqqillashlar dvigatelni salt yurishida drossel zaslonkalarini birdaniga ochganda yaxshi eshitiladi. Taqqillash chastotasi tirsakli val aylanishlar soni o`sishi bilan kopayadi. Tirsakli valni o`q bo`ylab tirqishini kopayishi teng bo`lmagan oraliqda tez taqqillagan ovoz chiqadi, bu tirsakli valni aylanishlar soni bir tekisda kopaytirish yoki kamaytirishda seziladi.
porshen etagini taqqillashi. porshen va tsilindrlar hamda porshen va porshendagi ariqchalar orasidagi tirqishni kopayishi natijasida porshen etagida taqqillash paydo bo`ladi. porshen va tsilindr orasidagi tirqishni kopayishi bo`g`iq ovozda bo`ladi. Boshqa taqqillashlardan farqi tirsakli valni kichik aylanishlar sonida qizimagan dvigatelda va dvigatel yuklama bilan ishlaganda yaxshi eshitiladi. Dvigatel qizib borishi bilan porshenni taqqillashi kamayib boradi.
porshen barmoqlarini taqqillashi. porshen barmog`i va porshen bobishkasi hamda porshen barmog`i va shatun yuqori kallagi vtulkasi orasidagi tirqishni kopayishi natijasida porshen barmog`ida taqqillash paydo bo`ladi. porshen barmoqlarini taqqillashi metall ovozi singari jiringlaydi, u dvigatelni salt yurishida yaxshi eshitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |