Dvigatelning nosozliklari va ularning kelib chiqish sabalari. Dvigatelning texnik holatini avtomobilda tekshirish


Sovutish suyuqligi sathini tez pasayib ketishi


Download 342.5 Kb.
bet4/11
Sana04.04.2023
Hajmi342.5 Kb.
#1324629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1474959185 65191

Sovutish suyuqligi sathini tez pasayib ketishi. Sovutish tizimini germetikligini buzilishi va nozichliklardan va ichaklarni bo`shab qolgan birikmalaridan hamda shikastlangan ichak, suv nasosi zichlagichi va radiatorlardan suyuqlikni sizib chiqishi natijasida sovutish suyuqligi sathi tez pasayib ketadi.
YOnilg`i sarfini ko’payishi. YOndirish tizimini (yondirishni ilgarilanish burchagini buzilishi, yondirish shamlarini namlanib qolishi va nosozligi), karbyuratorni nosozligi (ninasimon klapanni germetikligini yoki po`kakli mexanizm sozligini buzilishi natijasida yonilg`i sathini ko’payishi, havo zaslonkasini to`la ochilmasligi, havo jiklyorlarini ifloslanishi, salt yurishni noto`g`ri sozlanganligi hamda majburiy salt yurish ekonomayzerini nosozligi) hamda avtomobil harakatiga qarshilikni kuchayishi (shinalardagi bosimni pastligi, tormoz tizimini nosozligi, g`ildirak stupitsasi va yarim o`qlar podshipniklarini shikastlanishi) natijasida yonilg`i sarfi ko’payadi.


Dvigatelni texnik holatini avtomobilda diagnostikalash
Dvigatelni texnik holatini diagnostika qilish qo`yidagilarni o`z ichiga oladi: dvigatelni quvvatini, tejamkorligini, moy sarfini, tsilindrdagi kompressiyani, dvigatel ishlaganda taqqillash va shovqin chiqishini va ishlab chiqilgan gazlar zaharliligi tekshiriladi.
Dvigatel quvvati avtomobilni dinamik sifatini o`zgarishi- eng katta tezligini hamda tezlanish dinamikasini kamayishi bo`yicha tekshiriladi. Eng katta tezlik va tezlanish (razgon) dinamikasi yurish qismi to`la soz bo`lganda yo`lda sinash natijasi bo`yicha aniqlanadi. Avtomobilni yurish qismini sozligi avtomobilni ravon (vo`beg) yurishi bilan, ya`ni avtomobil neytral uzatmada 50 kmg`s tezlikda qancha masofada to`xtashi bo`yicha aniqlanadi. Eng katta tezlik va tezlanish olish vaqti 1 km uzunlikdagi yo`lni nazorat bo`limida aniqlanadi.
Hamma yo`l sinovlari to`la qizdirilgan dvigatelda gorizontal chiziqli tekis asfalt yoki beton qoplamali yo`lda avtomobilni kabinasida haydovchi bilan ikki kishi bo`lganda, quruq havoda shamol tezligi past bo`lganda o`tkaziladi.

Download 342.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling