E. A. Muminova "Ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti


Tushuntirish qismi tarkibi Kirish


Download 218 Kb.
bet3/10
Sana01.11.2021
Hajmi218 Kb.
#170026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maxkamov Saidafzal Mikroiqtisodiyot kurs ish

Tushuntirish qismi tarkibi

Kirish


1. Ishlab chiqarish samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.

2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari, turlari va ularning mazmuni.

3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i.

4. Imkoniyatlardan foydalanish asosida samaradorlikni oshirish yo’llari.


Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Kurs ishni bajarish grafigi






Ishningnomi



Ishnibajarishmuddati

Bajaranligi To’risidagi

Belgi


Boshlanishi

Tugashi

1


Al- Farg’oniy nomli va FarPI axborot resurs

markazlarida (ARM) mavzu bo’yicha adabiyotlar yig’ish.












2

Ishning rejasini tuzish










3

Birinchi rejani tayyorlash va yozish.










4

Ikkinchi rejani tayyorlash va

yozish.











5

Uchinchi rejani tayyorlash va

yozish.











6.

To’rtinchi rejani tayyorlash va

yozish.











7

Xulosa qismini tayyorlash

va yozish.












8

Adabiyotlarni

rasmiyashtirish












9

Ilovalarni rasmiylashtirish










10

Tugallangan kurs ishini

ilmiy rahbarga taqdim etish.











Topshiriq berilgan sana: . Tugallangan kurs ishni topshirish sanasi: Kurs ishi rahbari:

Topshiriqni oldim :
Kafedra mudiri

  1. ilova


T A Q R I Z
Talaba
fakultetining guruh





mavzusida bajarilgan.


  1. Kurs ishining mazmuni







  1. Kurs ishining ijobiy tomonlari








  1. Kurs ishining salbiy tomonlari








  1. Kurs ishini rasmiylashtirish







  1. Xulosa





Taqrizchi: (Imzo) (F.I.Sh.)
« » 2020 yil

Kirish


Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo'lib, subregion davlatlarining o'zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, Respublikamiz ko'p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlami yaratadigan tabiiy boyliklariga egaю

So‘nggi yillarda hududlarning sanoat ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, milliy iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyalarni yanada ko‘proq hajmda jalb etish maqsadida Respublikamiz hukumatining tashabbusi bilan mamlakatimizda qator erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tashkil qilindi. Dastlab "Navoiy”, "Angren”, "Jizzax” (Sirdaryo viloyatidagi filiali bilan), keyinchalik esa Xorazm viloyatida "Hazorasp", Buxoro viloyatida "G‘ijduvon" Samarqand viloyatida "Urgut” hamda Farg'ona viloyatida "Qo‘qon'" ElZlari yaratildi. Hozirgi kunga kelib bu hududlarda ichki va tashqi sarmoyadorlar ishtirokida yuzlab yangi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari respublikaning har bir tuman va viloyat imkoniyatlaridan umumdavlat va hududiy manfaatlarda oqilona foydalana olishga bog`liq.

So‘nggi yillarda mamlakatda faol investitsiya va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:



  • ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;

  • yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;

  • prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini oʻzlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini taʼminlash;

  • ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni ragʻbatlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, isteʼmol tovarlar va butlovchi buyumlar importining oʻrnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;

  • iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish.

Ishlab chiqarish bu – jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar(turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iboratdir. Kishilik jamiyati paydo bo’libdiki, ishlab chiqarish taraqqiyotning barcha bosqichlari uchun zarurdir. Ishlab chiqarish taraqqiy etgani sari undan turli usullar yordamida foydalanish mumkin. Inson o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishning turli usullarini qo’llaydi va o’zi uchun eng maqbul variantni tanlaydi. Ishlab chiqarishning usullarini biralshtirgan holatda o’zi uchun ishlab chiqarishning yangi imkoniyatini yaratadi.

Yurtimizda ishlab chiqarish imkoniyatlari hozirgi kunda yanada yaxshilanmoqda. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish hozirgi kundagi asosiy maqsad hisoblanadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish hozirda nafaqat iqtisodiyotimizni, balki iste’mol tovarlari bozorlari o’rtasidagi raqobatni rivojlantirmoqda. Har bir tadbirkor o’zining mahsulotini bozorgir qilish, yuqori natijalarga erishish maqsadida mahsulot ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarini e’tiborga olmog’i lozim. Shu orqali iste’molchilarning talabini qondira oladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalangan tadbirkorlar, biznesmenlarning barchasi o’zlarining ish faoliyatlarini to’g’ri tashkillab olgan va zamonaviy ilg’or texnika-texnologiyalardan unumli foydalanmoqda. Buning natijasida ularning ishlab chiqargan mahsulotlarining sifati jahon standartlari darajasiga yetdi va yangi zamonaviy texnika yordamida mahsulot ishlab chiqarishdagi xarajatlari kamaydi.

Ishlab chiqarishning imkoniyatlarining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish samaradorligiga erishamiz. Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlashimizda ishlab chiqarish xo’jaligi faoliyatining yakuniy natijasi va ishlab chiqarish samaradorligiga erishish uchun ketgan resurslar bilan taqqoslashimiz kerak.

Shu bilan birga, koronavirus global pandemiyasi kooperatsiya aloqalarining buzilishi, mahsulotga talabning va sotuv bozorlarining qisqarishi oqibatida iqtisodiyotning qator tarmoq va sohalaridagi korxonalarning ishlab chiqarish faolligiga cheklovchi ta’sir o‘tkazishda davom etmoqda.

Shunga qaramasdan ba’zi ilg’or tadbirkorlar o’zlarining texnika-texnologiyalarini zamonaviylashtirib, IT texnologiyalari yordamida boshqarmoqda. Ishlab chiqargan mahsulotlarini esa online bozorlarda sotishmoqda. Koronavirus global pandemiyasi sababli iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ulkan o’garishlar sodir bo’ldi. Bunga misol qilib, ishlab chiqarishni raqamli texnologiya yordamida boshqarishni olishimiz mumkin. IT texnologiyalar yordamida masofadan turib ishlab chiqarishni boshqarish mumkin.

Shu sababli har bir ishlab chiqarish ob’ektlari o’zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshirmog’i kerak.




Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling