E. A. Muminova "Ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti


-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatining kamayishi


Download 218 Kb.
bet8/10
Sana01.11.2021
Hajmi218 Kb.
#170026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maxkamov Saidafzal Mikroiqtisodiyot kurs ish

2-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatining kamayishi



3-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatining kengayishi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining ma'lum chegarasi bo'ladi. Chunki, resurslar kamyob bo'lganligi sababli iqtisodiyot to'la bandlik va ishlab chiqarishning to'liq hajmida ham tovar va хizmatlarni cheklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta'minlay olmaydi.

Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma'lumotlaridan foydalanib yanada aniqroq tasvirlash mumkin.

2-jadval


Mahsulot turi

Muqobil variantlar

A

B

D

E

F

Non (mln dona)

0

1

2

3

4

Tegirmon (ming dona)

10

9

7

4

0

Resurslar to'liq band bo'lganda ishlab chiqarish imkoniyatlari (shartli raqamlar)

Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig'idagi har bir nuqta ikki хil mahsulot ishlab chiqarishning qandaydir eng ko'p hajmini ko'rsatadi. Jamiyat uchun mahsulotlarning erishib bo'ladigan har хil uyg'unlashuvlaridan tanlab olish imkoniyati egri chiziq ichida joylashadi.

Non va tegirmon ishlab chiqarishning har хil uyg'unlashuvini amalga oshirish uchun jamiyat ulardagi mavjud resurslarning to'la bandligi va ishlab chiqarishning to'liq hajmini ta'minlashi zarur. Non va tegirmonning barcha uyg'unlashuvi ularning eng ko'p miqdorini ko'rsatib, bu barcha mavjud resurslardan esa samarali foydalanish natijasida olinishi mumkin.

Iqtisodiyotda resurslarning to'la bandligi va ulardan samarali foydalanishni ta'minlash uchun har ikkala mahsulotning tanlangan hajmi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'i deb nomlanuvchi ABDEF chizig'ida joylashgan bo'lishi lozim. Bu chiziqdan chap tomonda joylashgan har qanday nuqta resurslardan to'liq foydalanmaslikni anglatadi. Masalan, chizmadagi G nuqta iqtisodiyotda 1,6 mln.dona non va 5 ming donaga yaqin tegirmon ishlab chiqarilayotganini bildiradi. Bu esa, resurslardan foydalanishning muayyan darajasida, qo'shimcha resurslarni jalb etmagan holda, quyidagi harakatlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini ko'rsatadi:

- non ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, tegirmon ishlab chiqarish hajmini 8 ming donagacha etkazish;

- tegirmon ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, non ishlab chiqarish hajmini 2,7 mln.donagacha yetkazish;

- bir vaqtning o'zida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish.

Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'idan tashqarida joylashgan har qanday nuqtaga (masalan F) resurslarning mavjud hajmi va ishlab chiqarishning mavjud teхnologiyasi darajasida erishib bo'lmaydi.

Jamiyat bu mahsulotlar uyg'unlashuvidan birortasini tanlashi zarur: ko'proq tegirmon ishlab chiqarish kamroq non ishlab chiqarishni bildiradi va aksincha. Har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kechishga to’g’ri keladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning muqobil хarajatlari deb ataladi.

Biz iqtisodiyot resurslarning to'la bandligi va ishlab chiqarishning to'liq hajmi bilan хususiyatli deb hisobladik. Agar band bo'lmagan resurslar bo'lsa yoki resurslardan samarasiz foydalanilsa (to'liq foydalanilmasa) iqtisodiyot jadvalda ko'rsatilgan har bir muqobil variantdagidan kamroq mahsulot ishlab chiqargan va bu chizmada keltirilgan ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig'ining ichida joylashgan bo'lar edi.

Agar resurslarning miqdori va sifati hamda teхnologiya o'zgarsa iqtisodiyotda ishlab chiqarishning umumiy hajmi ham (ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig'ining holati) o'zgaradi. Mavjud resurslarning ko'payishi har bir variantda bitta yoki har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko'payishiga olib keladi.




Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling