E. A. Muminova "Ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti


Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi


Download 218 Kb.
bet5/10
Sana01.11.2021
Hajmi218 Kb.
#170026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Maxkamov Saidafzal Mikroiqtisodiyot kurs ish

Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi

Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to'laroq qondirib borish mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli хil muqobil variantlari mavjud bo'lishi ko'zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya'ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to'laroq qondiradigan miqdorda tovar va хizmatlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.

Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat a'zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo'lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya'ni tanlashni amalga oshirish zarur bo'ladi. Shunday tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko'rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to'liq foydalanish uchun iqtisodiy resurslarning to'la bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to'liq hajmini ta'minlash zarur.

To'la bandlik - iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo'lgan barcha resurslardan to'la unum bilan foydalanish holati. Bunda ishchi majburiy ishsiz bo'lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni хohlagan va unga layoqatli bo'lgan barcha ishchi kuchini ish bilan ta'minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki kapital uskunalar ham bo'sh qolmasligi hamda to'la quvvat bilan ishlashi lozim.

Ishlab chiqarishning to'liq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya'ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko'p hissa qo'shadigan qilib foydalanishni va mavjud teхnologiyalarning eng yaхshisini qo'llashni ham bildiradi.

Inson ehtiyoji cheksiz, ularni qondirish uchun resurslar cheklangandir. Har bir jamiyat bir xil muammoga - imkoniyatlar cheklanganlik muammosiga duch keladi. Har bir oilaning daromadi, jamg'argan pulining miqdori va qarz olish imkoniyati cheklangandir. Korxona esa o'z daromadlari, jamg'armasi va qarz to'lash imkoniyati jihatdan cheklangan. Huddi shuningdek davlat ham soliq solish va kredit olish imkoniyati jihatdan cheklangandir.

Har bir odam duch keladigan muammo shundan iboratki, ne'matlarning bir turkumini tanlab olishi bilan boshqa ne'matlarga ega bo'lish imkoniyatidan mahrum bo'ladi. Cheklanganlik tanlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ya'ni, biror narsaga ega bo'lish uchun boshqa narsadan voz kechish kerak. Ana shu vaziyat muqobil qiymat degan tushunchani keltirib chiqaradi. Faraz qilaylik, televizor sotib olmoqchi bo'lib pul jamg'arib yuribsiz. Ammo pul to'plab yurganingizda kompyuterga qiziqib qoldingiz. Ikkalasini sotib olishga pulingiz yetmaydi. Siz y televizor yoki kompyuter sotib olishingiz mumkin. Aytaylik siz televizor sotib olishni keyinga qoldirib kompyuter sotib olishga ahd qildingiz. Agar bitta kompyuter o'rniga ikkita televizor sotib olish mumkin bo'lsa, bitta kompyuterning muqobil qiymati ikkita televizorning narxi bo'ladi. Yana bir misol, davlat o'z harbiy havo kuchlari uchun zamonaviy qiruvchi samolyotlar sotib olishdan voz kechib, mamlakatda uzun temir yo'l qurishga kirishsa, temir yo'l qurishning muqobil qiymati baquvatroq harbiy havo kuchlari bo'ladi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Agar o'quvchi kollejni tugatib oliygihda o'qishni davom ettirsa, u oladigan oily ma'lumotning muqobil qiymati o'qishga kirmay ishlab topgandagi olinmay qolgan maosh hisoblanadi.

Ishlab chiqarish imkoniyatlari - bu mavjud bo'lgan barcha resurslardan to'liq va samarali foydalanish va ilmiy-texnik taraqqiyotning ma'lum darajada rivojlanish darajasi bilan iqtisodiy foyda olish imkoniyatlari. Resurslarning kamligi ishlab chiqarish imkoniyatlariga chek qo'yadi. Bir mahsulotni yaratish uchun resurslardan foydalanish boshqasini ishlab chiqarmaslik demakdir. Bu sizni tanlov qilishga majbur qiladi; qanday mahsulotlar ishlab chiqarish kerak, avval nimani qondirish kerak. Ishbilarmon tadbirkorlar har doim ishlab chiqarish imkoniyatlarini yangidan-yangi turlarini o’zlari uchun kashf etadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud bo’lgan korxonalar ishlab chiqarishini sekin-astalik bilan kengaytirganida iqtisodiy resurslar cheklanganligi muammosiga duch keladi. Hozirgi kunda korxonalar mahsulot ishlab chiqarish uchun chet davlatlari tajribalaridan foydalanmoqda. Ya’ni, chet davlatlaridan texnikalarni olib kelib ularning texnologiyasidan foydalanmoqda.

Har bir jamiyat, firma yoki tadbirkor cheklangan iqtisodiy resurslarga ega va bu holat ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimiy ravishda cheklab turadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyat yoki firmaning muayyan teхnologik rivojlanish bosqichida mavjud resurslardan toliq va samarali foydalanib maksimal hajmda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini aks ettiradi.

Resurslarning cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham cheklab turadi. Shunday ekan jamiyat va firmalar mavjud resurs zaxiralarini qanday tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltirish xususida tanlov qilishga majbur bo’ladi.

Bugungi kunda har bir ishlab chiqarish korxonalari zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yangidan-yangi ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaratmoqda. Lekin hozirgi pandemiya davrida jahondagi barcha ishlab chiqarish korxonalari ham to’liq faoliyat olib bormayapti. Chunki pandemiya sababli davlatlar o’rtasidagi aloqalar, import-eksport masalalari oldingidan yaxshi emas. Lekin ishlab chiqarish korxonalari o’zlarining faoliyatidan kelib chiqqan holda korxonalar faoliyatini olib bormoqda, mahsulot ishlab chiqarib ichki va tashqi bozorni mahsulot bilan to’ldirmoqda. Bunda cheklovlar ham mavjud.

Rivojlangan ishlab chiqarish korxonalarining ba’zilari bitta korxonada bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Bu korxonalar ishlab chiqarish imkoniyatlarini qo’llagan holda mahsulot ishlab chiqarish texnikasini o’zgartiradi. Masalan, ham kompyuter, ham telefon ishlab chiqarayotgan bo’lsa hozirgi kunda bu mahsulotlarning sotuv rivoji rivojlanmoqda. Oldin bir kunda 150 ta telefon va 60 ta kompyuter ishlab chiqaradigan bo’lsa, pandemiya tufayli ushbu texnikalarni ishlab chiqarish uchun mahsulot tanqisligi bo’lmoqda. Shu sababli bir kunda 120 ta telefon yoki 40 ta kompyuter ishlab chiqarishi mumkin. Endi korxona rahbari o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlarini to’g’ri qo’llagan holda muqobil tanlovni amalga oshirishi lozim. Agar to’g’ri tanlov qilmasa korxona sinishi mumkin.

Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to'g'risida yaхshiroq tasavvurga ega bo'lish uchun:


  • birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki хil mahsulot - non va tegirmon ishlab chiqaradi (bunda non iste'mol tovarlarini, tegirmon ishlab chiqarish vositalarini bildiradi);

  • ikkinchidan, iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o'zgarmaydi;

  • uchinchidan, mehnat unumdorligi va teхnologiya doimiy bo'lib qoladi, deb faraz qilamiz.

Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning tegirmon va non ishlab chiqarish hajmini birdaniga ko'paytirib borish imkoniyati cheklangan. Resurlarning cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarishning cheklanganligini bildiradi. Bunday sharoitda tegirmon ishlab chiqarishni har qanday ko'paytirishga resurslarning bir qismini - non ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar non ishlab chiqarishni ko'paytirish afzal ko'rinsa, buning uchun zarur resurslar faqat tegirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olinishi mumkin.

Jadvalda jamiyat tanlashi mumkin bo'lgan sanoat tegirmonlari va non miqdorining muqobil uyg'unlashuvi ifodalangan. A muqobil variantga binoan, iqtisodiyot o'zining butun resurslarini tegirmon, ya'ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga yo'naltiradi. E muqobil variantda esa mavjud resurslar to'lig'icha non, ya'ni iste'mol buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jadvaldagi asosiy g'oya quyidagicha: har qanday vaqt oralig'ida iqtisodiyot to'la bandlik va ishlab chiqarishning to'liq hajmida non mahsulotini ko'proq ishlab chiqarishi uchun tegirmonning bir qismidan voz kechishi zarur. Iqtisodiy resurslar kamyob bo'lganligi sababli, iqtisodiyot non va tegirmon ishlab chiqarish hajmini bir vaqtda ko'paytira olmaydi.



Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani chuqurlashtirish uchun jadvalda keltirilgan ma'lumotlarni chizmada tasvirlaymiz.

Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'i


Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling