4. Jamg’armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va investitsiyalarga ta’sir etuvchi boshqa omillar
J.M. Keyns nazariyasida yuqori ish bilan bandlikni ta’min-lashda, milliy daromadni ko’paytirishda investitsiyalarning ro-liga katta e’tibor beriladi. Investitsiyalar muammosi asosiy muammo hisoblanadi. Investitsiyalar muammosi bu – jamg’arma-larning investitsiyalarga aylanishi muammosidir.
Agar investitsiyalar hajmi jamg’armalar hajmidan ortiq bo’lsa, u holda yalpi talab taklifdan ortiqdir va milliy daromad o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Agar investitsiyalar jamg’ar-malardan kam bo’lsa, u holda yalpi talab taklifdan kamdir va da-romad kamaya boradi. Va nihoyat, agar investitsiyalar jamg’ar-malarga teng bo’lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi o’zgarmay qoladi (Pezenti A. Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma. V 2-x t.: Per. s italyanskogo. M.: «Progress», 1976, 628-629 s.).
Jamg’armalar jiddiy to’siqlarsiz investitsiyalarga aylanishi uchun nima qilish kerak?
J.M. Keyns klassiklarning tejamkorlik, joriy iste’mol-dan o’zini tiyish iqtisodiy o’sishning asosi degan tushunchasini inkor etadi va asosiy e’tiborni «tejamkorlik uddaburonliksiz bo’lishi mumkin emas», «tejamkorlik uddaburonlikdan oshib keti-shi bilanoq, u oxirgisining jonlanishiga halaqit beradi» degan qoidaga qaratdi. Haqiqatan ham, jamg’armalarning ko’payishi in-vestitsiyalarning ko’payishidan ustun bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy rivojlanish ertami-kechmi to’xtaydi: samarali talab yalpi taklifdan orqada qoladi va ortiqcha ishlab chiqarish vujudga keladi. J.M. Keyns bo’yicha, jamg’arma va investitsiyalar, yangi klas-siklar hisoblaganlaridek, moliya bozorida avtomatik tarzda teng-lashmaydi. Jamg’armalar va investitsiyalar dinamikasi har xil omillarga bog’liq bo’ladi. Jamg’armalar daromad o’sishiga qarab ko’payib boradi. Investitsiyalar kapital qo’yilmalaridan kela-digan foydaga va foiz stavkasiga bog’liq. Bu bilan J.M. Keyns bozor tizimining eng zaif bo’g’inini ko’rsatib beradi: investor iqtisodiyotda kelajakda bo’ladigan vaziyatni mo’ljallab qaror qabul qiladi, jamg’aruvchi qo’lga kiritilgan daromad darajasidan kelib chiqqan holda, ya’ni iqtisodiyotning avvalgi holatiga qarab ish yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |