E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar


Download 0.86 Mb.
bet14/50
Sana13.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1194210
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)

6-rasm. 7-rasm.


Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib, pul taklifi miqdori foiz stavkasiga va demak, investitsiyalar hajmiga ham ta’sir ko’rsatadi deyish mumkin. Masalan, muomaladagi pul miqdorining M1 dan M2 ga o’sishi foiz stavkasini R1 dan R2 ga pasaytirdi va investitsiyalar darajasini I1 dan I2 ga oshirdi (4-rasmga qarang).
Bu erda bir muammo bor. Uni J.M. Keyns “likvidlik tuzog’i” deb atagan. Uning mazmuniga ko’ra, pul massasi ko’payib boradi, lekin muayyan (foiz juda past) davrga kelib foiz me’yorining pasayishi to’xtaydi. Pulni ko’paytirish foydasiz bo’lib qoladi.
J.M. Keyns asarida likvidlik tuzog’ining ikki sababini ko’rish mumkin. Birinchidan, foiz stavkasi past bo’lganda (va de-mak, obligatsiya qiymati yuqori bo’lganda) qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilari uning oshishini kutadilar (obligatsiyalar qiymatining pasayishini). Shuning uchun ular bugungi kunda qim-mat obligatsiyalarni sotib olmaydilar va o’z aktivlarini likvidli shaklda saqlaydilar (chayqovchilik sababi). Ikkinchidan, past foiz stavkasi pulni qimmatli qog’ozlar ko’rinishida saqlash xatarini qoplamaydi va ehtiyotkorlik sababidan kelib chiqqan holda odamlar o’z jamg’armalarini xavfsiz bo’lgan naqd pul ko’rinishida ushlab turishni afzal ko’radilar.


7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari

J.M.Keyns ta’limotidagi asosiy yutuqlardan biri shundan iboratki, unda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turishning zarurligi ko’rsatib berildi. Bu erda shu narsani aytib o’tish joizki, J.M.Keynsdan oldingi iqtisodchilar (D.Rikardo, A.Pigu, K.Viksell) ham bu borada nazariya yaratganlar. Ammo J.M. Keyns nazariyasi uning o’tmishdoshlari va zamondoshlari nazariya-laridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, o’z-o’zidan yuaga keladigan hodi-salar emas, balki bozor mexanizmi harakati tug’diradigan hodisa-lar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat tomonidan muntazam, uzluksiz ravishda tartibga solib turish zarurligini ko’rsatib beradi. J.M.Keyns bu bilan klassik-lar tomonidan ishlab chiqilgan va o’sha paytda hukmron bo’lib turgan tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi. Firmaning (mikroiqtisod) rivojlanishi sharoiti bir butun mil-liy iqtisodiyotning (makroiqtisodiy) rivojlanish sharoitini belgilab berolmasligini ko’rsatib berdi.


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha naza-riyasi uch asosiy holatni o’z ichiga oladi: birinchidan, o’z-o’zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchi-dan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayo-nida bo’ladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi.
J.M. Keyns klassiklarning iqtisodiyotning o’zini-o’zi tar-tiblash mexanizmini tanqid qilib, bozor iqtisodiyotida bunday mexanizm amal qilmasligini, iqtisodiyotni davlat yordamida tartiblash mumkinligini ko’rsatib, «davlat iste’molga bo’lgan moyillikka o’zining rahbarlik ta’sirini qisman tegishli soliq tizimi yo’li bilan, qisman foiz me’yorini belgilash yo’li bilan va ehtimol, boshqa usullar bilan o’tkazishi lozim bo’ladi», deb yozadi.
J.M.Keyns fikriga ko’ra, iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiya-lari yordamida vositalarni qidirishga, aholining to’la ish bilan bandligiga erishishga, foiz me’yorini pasaytirish va belgilashga bog’liq. Uning ta’kidlashicha, davlat investitsiyalari ular etish-may qolgan sharoitda qo’shimcha pul chiqarish bilan kafolatlanishi (byudjet kamomadidan qo’rqmagan holda) kerak, kamomad esa ish bilan bandlikning o’sishi va foiz me’yorining pasayishi bilan bartaraf etiladi. Boshqacha aytganda, J.M.Keyns kontseptsiyasi bo’yicha, ssuda foizi qancha past bo’lsa, investitsiyalarga bo’lgan qiziqish shuncha yuqori bo’ladi, bu, o’z navbatida, ish bilan band-likni oshiradi, ishsizlikni tugatishga olib keladi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling