E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar


V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to’g’risida


Download 0.86 Mb.
bet29/50
Sana13.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1194210
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)

3. V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to’g’risida

Valter Oyken (1891–1950) o’zining “Milliy iqtisodiyot asoslari” (1947) kitobida xo’jalikni tashkil etish shakllarining asosiy tiplarini (turlarini) ko’rsatib beradi. Mazkur kitobning “Iqtisodiy tizimlar” bobida “xo’jalikning ideal tiplari” to’g’-risidagi g’oya ilgari suriladi. Uning mohiyati V.Oykenning quyi-dagi mulohazalarida ochib beriladi: har qanday mamlakatning iq-tisodiyoti juda ko’p bir xil elementlardan tashkil topgan, ya’ni pul, baho, foyda, kapital, foiz, mehnat, ish haqi va shu kabilar. Nega bo’lmasa turli mamlakatlarning iqtisodiyoti turlicha? V.Oyken bo’yicha, buning sababi bosh elementlarda yashiringan. Bunday elementlar, bir tomondan – bu erkin bozor xo’jaligi, ik-kinchi tomondan - markaziy boshqaruv xo’jaligi hisoblanadi. Bu bosh elementlar ideal yoki sof xo’jalik tiplari hisoblanadi va boshqaruv uslublari bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Birin-chi xo’jalik tipida buyruq berishga, o’z hukmini o’tkazishga hech kimning haqi yo’q. Ikkinchisida – barcha qarorlar yuqoridan qabul qilinadi. Demak, o’z-o’zidan yuzaga kelish holatlari bo’lmaydi.


V.Oykenning keyinchalik qayd qilishicha, real voqelikda bunday ideal xo’jalik tiplari amal qilmaydi. Shuning uchun “xo’jalikning ideal tipi” tushunchasi bilan birga, u iqtisodiy hayotda doimo amal qiladigan “xo’jalikning real tipi” tushun-chasini kiritadi.
Lekin har xil iqtisodiy tizim xo’jalikning ideal tipiga intiladi. Bu erda xo’jalik tiplari nima bilan aniqlanadi degan savol tug’iladi? Buning sababi, V.Oykenning fikricha, mamla-katning milliy-mintaqaviy xususiyatlariga, ya’ni an’ana, urf-odat, ahloq, din, madaniyat darajasi, odamlar ongining shakllani-shi va shu kabilardan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, xo’jalik tiplari xalqning o’z tanloviga bog’liq. V.Oykenning fikriga ko’ra, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal er egaligi, totalitar davlat-lar, shu jumladan, sotsialistik iqtisodiyot markazdan boshqarila-digan xo’jalikka intiladi. Xalq qancha madaniylashgan bo’lsa, u shuncha markazlashmagan iqtisodiyotni tanlaydi.
Bunday vaziyatda davlat o’zini qanday tutishi kerak? Neoklas-siklar nuqtai nazariga ko’ra, bozorni tanlash – tabiiy jarayon, chunki ular iqtisodiyotning faqat bir tipini - erkin bozor xo’ja-ligini tan oladi. V.Oyken bo’yicha esa, insoniyat uchun iqtiso-diyotning ikki tipi tabiiy; markaziy-boshqaruv xo’jaligi o’zining amal qilishida hatto ancha uzoq tarixiga ega. Shuning uchun, xalq-ning xo’jalik tipini tanlashida davlat uning istagiga quloq soli-shi, ijtimoiy institutlarni tashkil etishda yordam berishi kerak. Masalan, agar bozor bo’lmasa, bozorni tashkil etish. Keyin davlat bir chetga chiqib turishi va bozor ishtirokchilarining o’yin qoida-larini kuzatib borishi kerak. Bu erda neoliberallar futbol komandasini misol tariqasida ko’rsatadi. Ularning nuqtai naza-riga ko’ra, davlat – bu futbol hakami, neoklassiklar esa davlatni hakamsiz ko’cha futbol komandasiga o’xshatadi.
Neoliberal yo’nalishning keynschilik va neoklassik yo’nalish bilan o’xshashlik tomoni bo’lsa-da, ulardan farq qiladi. Neoli-beralizm – iqtisodiyotni tartiblash variantlaridan biri, ammo keynschilikka nisbatan tabiiy bozor mexanizmini ko’proq qo’llab-quvvatlaydi.
Neoliberallar fikriga ko’ra, ular iqtisodiy tizimni tanlash to’g’risidagi ta’limotni shakllantirdi. Agar neoklassiklar sotsialistik tizimni ko’zi bog’langan, ertami-kechmi o’raga qo’lab tushadigan tizim sifatida tarixning qisqa muddatli xatosi deb hisoblangan bo’lsalar, neoliberallar esa, markaziy-boshqaruv xo’jaligini iqtisodiyotning tabiiy varianti deb hisoblaydi. U (iqtisodiyot) istibdod tartibotidan kelib chiqqanku (Rossiyada – podshoh, Sharq xalqlarida – xon v b.). Shuning uchun neoliberallar fikriga ko’ra, markaziy-boshqaruv xo’jaligi tarixning xatosi hisoblanmaydi, balki uzoq tarixga ega, o’zida erkin tadbirkorlik unsurlarini, albatta, mujassamlashtiruvchi qonuniyatli jarayon hisoblanadi.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling