E. Egamov,X. Asatullaev, Z. G. Allaberganov zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar
F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g’oyalari
Download 0.86 Mb.
|
portal.guldu.uz-ZAMONAVIY IQTISODIY TA’LIMOTLAR (2)
2. F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g’oyalari
Fridrix fon Xayek (1899–1992 y.) neoliberalizmning otasi hisoblanadi. U juda ko’p iqtisodiy va ijtimoiy-falsafiy mazmundagi asarlarning muallifi, ularning ichida asosiylari: “Baholar va ishlab chiqarish” (1929), “Pul nazariyasi va iqti-sodiy tsikl” (1933), “Foyda, foiz va investitsiyalar” (1939), “Kapitalning sof nazariyasi” (1941), “Qullikka yo’l” (1944), “Erkinlik konstitutsiyasi” (1960), “Sof pullar” (1976), “Er-kin kishilarning siyosiy tuzumi” (1973-1979). Ushbu asarlar-ning nomidan ko’rinib turganidek, F.Xayek iqtisodiy nazariyadan ko’ra, jamiyat rivojlanishining iqtisodiy falsafiy va ijti-moiy-huquqiy masalalari bilan ko’proq shug’ullangan. Inson erkinligining ustunligini F.Xayek bosh tamoyil sifatida ko’rsatadi. Erkinlik – bu davlat tomonidan har qanday majbur qilishning bo’lmasligi. F.Xayek fikriga ko’ra, davlat maorifni tashkil qilish bilan ham, ijtimoiy sug’urtani tashkil qilish bilan ham, kvartira haqi stavkasini tartiblash bilan ham shug’ullanmasligi kerak, bunday xatti-harakatlar “ma’muriy des-potizm”dan boshqa xech narsa emas; davlatni pul emissiyasini amalga oshirishdagi monopol huquqidan ham mahrum etish kerak; davlatga ishonib topshirish mumkin bo’lgan maksimum narsa – bu qarilik pensiyalarini, ishsizlik bo’yicha nafaqalarni to’lash. F.Xayek “o’z-o’zidan bo’ladigan tartib” kontseptsiyasini qattiq turib himoya qildi. Unga ko’ra, zamonaviy jamiyatni tavsiflovchi uning barcha elementlari yig’indisi hech vaqt inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilishi mumkin emas (chunki uning bili-mi, ongi cheklangan), aksincha ular o’z-o’zidan yuz beradigan tartib doirasida rivojlanib boradi. “Biz hodisalar o’rtasidagi aloqani muayyan darajada tushunishimiz mumkin, lekin ularni boshqara olmaymiz”, - deb yozadi F.Xayek. ijtimoiy tartib ongli xatti-harakat natijasi bo’lishi mumkin emas. Jamiyatda o’rnatilgan tartib o’z-o’zidan bo’ladigan xatti-harakat natijasidir. F.Xayek makroiqtisodiy tahlilga salbiy munosabatda bo’l-gan. Uningcha, mikroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish bir butun iqtisodiyotning amal qilishini tushuntirib berish uchun zarur va etarli hisoblanadi. Alohida xo’jalik sub’ektlarining xatti-harakatining muvofiqlashuvi muammosi axborot yordamida hal etilib turiladi. Axborot bozor bahosi mexanizmi orqali kelib tushadi, u xo’jalik ishtirokchilariga ustunlik beradi. Bozorning samaradorligi shunda ko’rinadiki, unda aniq axbo-rotlar etarli va ular tez tarqaladi. Natijada ideal emas, lekin shunga yaqin muvozanat o’rnatiladi. F.Xayek ijtimoiyizmni tanqid qiluvchilardan biri sifatida, to’liq va operativ axborotga ega bo’lmagan markaziy rejalashtirish bozor iqtisodiyotiga o’xshab samarali amal qila olmasligini ko’rsa-tib berdi. Baholarning bir markazdan o’rnatilishi, ularning ustidan nazorat qilib turilishi, F.Xayekning fikri bo’yicha, axborotning buzilishiga, noto’g’ri tarqalishiga olib keladi. Baho talab va taklif-ni to’g’ri aks ettirmaydi, mahsulotlarga bo’lgan talab to’g’risida ishlab chiqaruvchi aniq tasavvurga ega bo’lmaydi. F.Xayek bo’yicha, pul emissiyasiga bo’lgan davlat monopoliyasi erkin jamiyat uchun zararli, negaki hukumat bunday monopoliya yordamida o’z fuqarolari hisobiga davlat muammolarini echishga urinadi (masalan, davlat qarzi muammosi, davlat xarajatlarining ko’payib ketishi va b.). U davlat emissiyasini xususiy emission banklarning erkin raqobati bilan almashtirishni taklif qiladi. Xususiy valyutalarni chiqarayotgan banklar o’rtasidagi erkin raqo-bat natijasida odamlar kundalik hayotda foydalanish qo’l keladi-gan ancha barqaror valyutani tanlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling