E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet107/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Periferik qonning o‘zgarishi infeksion mononukleozning asosiy belgisidir. Bu kasallik uchun leykositoz, oq qon bir yadroli ele- mentlarining ko‘payishi va atipik mononuklearlar paydo bo‘lishi tipik belgilardan hisoblanadi. Kasallikning ko‘p uchraydigan doimiy belgilaridan biri — periferik qonda bir yadroli elementlar — mononuklearlar (limfositlar, monositlar, plazmatik hujayra- lar)ning ko‘payishidir. Bir hujayrali elementlarning sifati o‘zgarishi, ya’ni atipik mononuklearlar paydo bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bular yumaloq hujayralar bo‘lib, diametri 15—30 mkm ga teng. Ularning miqdori periferik qonda 5—10% dan 50% gacha va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin.
Serologik tekshirish usullari tashxis qo‘yishda katta ahamiyatga ega. Amaliyotda qo‘y eritrositlari bilan o‘tkaziladigan Paul—Bunnel agglutinatsiya reaksiyasi taklif qilingan. Infeksion mononukleozda ijobiy reaksiya titri 1:1024 ga yetadi, kasallikning xarakterli gema­tologik belgilari mavjud bo‘lgan tipik kechadigan klinik ko‘rinishida tashxisni tasdiqlash uchun yuqori bo‘lmagan (1:64, 1:128) titrlar ham yetarlidir. Lekin reaksiya yetarli spetsifik emas. Shuning uchun uning o‘rniga yuqori aniqlikka ega bo‘lmagan modifikatsiyalangan reaksiya — Paul—Bunnel—Davidson reaksiyasi kirib keldi. U 1:28 titrda ijobiy hisoblanadi. Shu bilan birga Tomchik reaksiyasi (1:48) ham qo‘llanadi. Hozirgi vaqtda eng keng qo‘llaniladigan reaksiya — ot eritrositlari bilan qo‘yiladigan Goff-Bauer agglutinatsiya reak- siyasidir. Bu reaksiya o‘zining tez qo‘yilishi, oson bajarilishi va yuqori darajada aniqligi bilan ajralib turadi. U kasallikning 1-haftasi oxiri va 2-hafta boshida ijobiy (+++), (++++) bo‘ladi. Infeksion mononukleozda tashxis qo‘yishda serologik reaksiyalar yordamchi usullardan hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash zarurki, infeksion mononukleoz tashxisida klinik gematologik ma’lumotlar asosiy ahamiyatga egadir.
Davolash. Infeksion mononukleozni spetsifik davolash usullari ishlab chiqilmagan.Kasallikning yengil shaklida vitaminlar (C, R va B guruh vitaminlar) va simptomatik davolash bilan chegaralanish mumkin. Halqumning kuchli nekrotik o‘zgarishida yoki ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda (masalan, pnevmoniyada) antibiotiklar — penitsillin, ampitsillin, oksasillin, tetrasiklin va boshqalar tayin- lanadi. Levomitsetin va sulfanilamidlar qon yaratilishini susaytirishi tufayli qo‘llanilmaydi. Infeksion mononukleoz og‘ir kechganda glukokortikosteroid gormonlar — prednizolon sutkasiga 20—40 mg miqdorda 8—12 kun davomida buyuriladi va dozasi asta-sekinlik bilan kamaytirib boriladi, dezintoksikatsiya o‘tkaziladi. Taloq yorilganda xirurgik operatsiya o‘tkaziladi. Barcha holatlarda halqum rivanolning 1:1000 eritmasi, kaliy permanganat, furasilin va dezinfeksiyalovchi moddalar yordamida chayib turiladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling