E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar


Download 1.2 Mb.
bet108/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik tarqalishining oldini olishda eng ishonchli vositalardan biri — bu bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va uyida izolatsiya qilish yoki statsionarga yotqizishdir. Bemorlar kasalxonaga klinik ko‘rsatmalarga asosan yotqiziladilar. Aloqada bo‘lganlarni kuzatib turish shart emas, o‘choqda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilmaydi. Spetsifik profilaktikasi hozircha ishlab chiqilmagan.
Nazorat savollari

  1. Infeksion mononukleoz nima?

  2. Infeksion mononukleoz etiologiyasi va patogenezini gapirib bering.

  3. Infeksion mononukleozda qanday belgilar uchraydi?

  4. Periferik qonni tekshirganda infeksion mononukleozga xos qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

  1. Yuqumli kasalliklar

  1. Infeksion mononukleozni davolash usulini gapirib bering.

  2. Infeksion mononukleozda qanday profilaktik tadbirlar o‘t- kaziladi?

Ornitoz (ornithosis)
Ornitoz — kasal qushlardan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizm intoksikatsiyasi, asosan o‘pka, nerv sistemasi va gepatoliyenal sindrom bilan kechadi.
Etiologiyasi. Ornitoz qo‘zg‘atuvchisi — xlamidiylardir. Ular hujayra ichi parazitlari bo‘lib, hujayrasiz oziq muhitlarda o‘smaydi, tovuq embrioni hamda tajriba hayvonlarini zararlash yo‘li bilan o‘stiriladi. Xlamidiylar shar shaklida bo‘lib, diametri 0,30—0,45 mkm ni tashkil qiladi. DNK va RNK ga ega. Ular muzlatishga chidamli, lekin 70°C gacha qizdirilganda va har xil dezinfeksiyalovchi moddalar (lizol, formalin, xloramin, efir) ta’sirida o‘z faolligini yo‘qotadi. Tashqi muhitda xlamidiylar 2—3 haftagacha saqlanadi. Sulfanilamid preparatlarga, streptomitsin, kanamitsin, nistatin va boshqa antibiotiklarga chidamli. Tetrasiklin guruhidagi antibiotiklarga sezgir.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling