E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet105/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Infeksion mononukleoz — virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, tarqalgan limfadenopatiya, tonzillit, jigar, taloq kattalashishi va qonning o‘ziga xos o‘zgarishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, infeksion mononukleoz qo‘zg‘atuvchisi virus hisoblanadi, lekin hozircha u alohida ajratilmagan, uning xususiyatlari noma’lum. Virus oddiy gerpes qo‘zg‘atuvchisi bilan o‘xshash bo‘lib, 120—150 nm dia- metrli kapsiddan tuzilgan, kapsid qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib — DNK ga ega. Virus boshqa gerpes viruslari bilan umumiy bo‘lgan antigen komponentlariga ega. Infeksion mononukleozda mazkur virusning spetsifikligi haqidagi masala intensiv o‘rganilmoqda.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai bemorlar va virus tashuv- chilar hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi bemorlardan sog‘lom odamga asosan havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadi, infeksiya tarqalishining alimentar va transfuzion yo‘li ham ma’lum. Kasallik sust konta- giozlik bilan xarakterlanadi. Juda yaqin aloqada bo‘lish va jamoa ko‘p bo‘lgan joylar infeksiya o‘tishiga sharoit yaratadi. Kasallik ko‘pincha sporadik holatda uchraydi. Asosan kasallik maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda uchraydi. Eng ko‘p kasallanish yilning sovuq vaqtida kuzatiladi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Virus organizmga burun- tomoq shilliq pardalari orqali kiradi. Yashirin davrning oxirida virus qonga tushadi (kasallikning boshlanish davri kuzatilayotgan donor- lardan qon quyish tufayli kasallikning yuqish hollari kuzatilgan)

  • virusemiya, hamda limfogen yo‘l bilan virus limfatik tugunlarga, jigarga, taloqqa hamda boshqa a’zolar (ilik, buyrak) ga tushadi. Limfoid va retikular to‘qima faolligi o‘zgaradi, bu esa periferik qonda atipik qon hujayralari paydo bo‘lishiga olib keladi. Infeksion mono­nukleozda immunitet turg‘un bo‘lib, qayta kasallanish holatlari kuzatilmagan.

Patologoanatomik o‘zgarishlar bemorlardan biopsiya usulida olingan materialda, ba’zi hollarda o‘lgan kishilarda o‘rganilgan. Limfatik tugunlarda nekrozlar aniqlanadi. Jigarda biroz rivojlangan distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi. O‘pka, yurak, buyrak va markaziy nerv sistemasida o‘choqli o‘zgarishlar qayd qilinadi. Ba’zan gepa- todistrofiya tufayli o‘lim hollari bo‘lishi (jigar nekrozi tufayli), gemolitik sindrom rivojlanishi mumkin. Demak, patologik jarayonga barcha a’zo va sistemalar qo‘shiladi. Infeksion mononukleoz pato- genezi va patologik anatomiyasi kelajakda chuqur o‘rganishni taqozo qiladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling