E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 1.2 Mb.
bet209/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Nazorat savollari

  1. Odamda fassiolalarning qanday turlari parazitlik qiladi?

  2. Odam fassiolozni qanday yuqtiradi?

  3. Fassioloz klinikasi va tashxisi haqida gapirib bering.

  4. Fassiolozni qanday davolash mumkin?

Paragonimoz_(paragonimosis)__Qo‘zg‘atuvchisi_—_Paragonimus_westermani'>Paragonimoz (paragonimosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — Paragonimus westermani (o‘pka so‘rg‘ichi) — tuxumsimon shaklda bo‘lib, 1 sm gacha kattalikka ega. Tanasi tikanchalar (shiplar) bilan qoplangan. Tuxumi ovalsimon, nisbatan yirik, ya’ni uzunligi 100 mkm atrofida bo‘lib, ular yirik sariq hujayralar bilan to‘lgan bo‘ladi.
Paragonimoz peroral biogelmintoz, tabiiy o‘choqli invaziya hisoblanadi. Parazitning oxirgi xo‘jayini va invaziya manbai odam, mushuk, it, cho‘chqa va yovvoyi etxo‘r hayvonlar hisoblanadi. Ular organizmidan gelmintlar tuxumi asosan balg‘am bilan (kam hollarda najas bilan) ajraladi. Oraliq xo‘jayinlari — chuchuk suv mollus- kalari bo‘lsa, qo‘shimcha xo‘jayinlari — chuchuk suv krablari va qisqichbaqalar hisoblanadi. Odam Paragonimus westermani meta- serkariylari bilan invaziyalangan krab qisqichbaqalarni ovqatga ishlatish natijasida kasallik yuqtiradi. Metaserkariylar ichak devorlari orqali qorin bo‘shlig‘iga migratsiya qiladi, so‘ngra plevra bo‘shlig‘i va o‘pkaga (diafragma orqali, ba’zan gematogen yo‘l bilan), ba’zida bosh miya va boshqa a’zolarga migratsiya qiladi. 3 oy o‘tgandan keyin gelmint tashqi muhitga tuxumlar ajrata boshlaydi.
Paragonimlar parazitlik qilayotgan to‘qimalardagi toksik-allergik reaksiyalar va organizm sensibilizatsiyasi kasallik patogenezining asosi hisoblanadi.
Yashirin davr bir necha kun. Kasallik boshlanishida enterit, gepatit va aseptik peritonit belgilari xarakterlidir. Bulardan keyin yosh chuvalchanglar parazitlik qilishi tufayli o‘pka-plevra sindromi kuzatiladi va u bronxit, o‘choqli pnevmoniya hamda ba’zan ekssu- dativ plevrit simptomlari bilan kechadi. Bu davrda balg‘amda gelmint tuxumlari bo‘lmaydi.
Surunkali bosqich (kasallik yuqtirgandan 2—3 oy o‘tgach) intoksikatsiya simptomlari, tana haroratining vaqti-vaqti bilan 39°C gacha ko‘tarilishi va o‘pkaning zararlanish belgilari: yiringli, ba’zida qon aralash balg‘am ajralishi bilan kechadigan yo‘tal, ko‘krakda og‘riq, nafas yetishmasligi, o‘pkadan ko‘p qon ketishi bilan xarakterlanadi. Keyinchalik o‘pkaning zararlanish belgilari kama­yadi, patologik o‘choqlar fibrozlanadi va kalsifikatsiyalanadi, ularni rentgenologik tekshirganda aniqlash mumkin. Gelmintlar va ularning tuxumlari bosh miyaga tushganda paragonimoz juda og‘ir o‘tadi, bunda bosh miya o‘smasiga xos belgilar kuzatiladi.
Tashxis balg‘am va najasda topilgan so‘rg‘ich tuxumlariga asosan qo‘yiladi. Najasga ular balg‘amni yutish orqali tushadi. Kasallikning boshlanishida va lichinkali shaklida immunologik reaksiyalar (KBR va teri ichiga allergik sinama qo‘yish) o‘tkaziladi.
Davolashda 1 kg tana vazniga 30—40 mg dan ovqatdan keyin sutkada 1—2 mahal bitinol qo‘llanadi. Kattalarda 1 kg tana vazniga kurs bo‘yicha 300—400 mg tayinlanadi. Simptomatik va patogenetik terapiya o‘tkaziladi. Bosh miya paragonimozida ayrim hollarda jarrohlik operatsiyalari qo‘llanadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling