E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


B — difteriya nafas yo‘llari infeksiyalariga kiradi. C


Download 1.2 Mb.
bet227/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

B — difteriya nafas yo‘llari infeksiyalariga kiradi.

  • C — mikroblar to‘qima va a’zolarga kirish va u yerda tarqalish (invaziyalik) xususiyatiga ega.

  • D — subfebril isitmada tana harorati 38°C dan oshmagan holda o‘zgarib turadi.

  • B — ichida yiringli suyuqlik yig‘ilgan pufakchaga pustula de- yiladi.

    Yuqumli kasalliklarning umumiy epidemiologiyasi bo‘yicha testlarning javoblari

    1. ha — leptospiroz, brusellyoz, kuydirgi kabi kasalliklar kasal hayvonlardan yuqadi.

    2. ha — sun’iy immunitet immun preparatlar yuborish orqali hosil qilinadi.

    3. yo‘q — qo‘lga ignani sanchib olish xavfi mavjud va qon orqali o‘tadigan infeksiyani yuqtirib olish mumkin.

    4. B — 3 xil, ya’ni 1) infeksiya manbai, 2) infeksiyaning yuqish mexanizmi va 3) aholining kasallikka moyilligi.

    5. E — peroral — og‘iz orqali yuqish degan ma’noni anglatadi.

    6. B — deratizatsiya deganda (de — yo‘q, rat — kalamush) nafaqat kalamushlar, balki ziyon keltiruvchi kemiruvchilarni yo‘qotish tushuniladi.

    7. B — 10% xlorli ohakdan (bevosita qo‘llashdan oldin) kerakli konsentratsiyalarda ishchi eritmalar tayyorlanadi.

    8. D — vaksinalar va anatoksinlar yuborilganda immunitet hosil qilishda organizm faol qatnashadi.

    9. D — xloramin dezinfeksiyaning kimyoviy turiga kiradi.

    10. E — tirik vaksinalar quturish, sil, tularemiya va polimiyelit kabi kasalliklarga qarshi qo‘llanilmoqda.

    11. C - BSJ vaksinani muzlatish mumkin. B gepatitga qarshi vaksina, AKDS, ADS, ADS-m, AS vaksinalar muzlatganda buziladi.

    12. A — ignani shprisdan ajratib olish yoki unga qalpog‘ini qayta kiygizish mumkin emas (qo‘lga sanchilib, infeksiya yuqtirish mumkin).

    13. E — hozirgi vaqtda qisqichli shprislar, monodozali moslama- lar ishlab chiqarilmoqda va tibbiy chiqindilarni xavfsiz yo‘qotish amalga oshirilmoqda.

    14. A — dezinseksiya so‘zi lotincha des — yo‘qotish, insectum — hasharot, ya’ni hasharotlarni yo‘qotish degan ma’noni anglatadi.

    15. B — toksinga 0,3—0,4% formalin qo‘shiladi va 1 oy davomida 37°C issiqlikda saqlanadi va anatoksin olinadi.

    16. D — quturish, sil, poliomiyelit kabi kasalliklarga qarshi tirik vaksinalar mavjud. Ko‘kyo‘tal, qorin tifi, vabo va leptospiroz kabi kasalliklarga qarshi o‘lik vaksinalar qo‘llanadi.

    17. D ish joyini ozoda tutish, tibbiy chiqindilarni xavfsiz yo‘q qilish, inyeksiyalarni imkon boricha kam tayinlash va faqat bir martalik shprislardan foydalanish kabilar «xavfsiz inyeksiyalar»ning asosidir.

    O‘ta xavfli (karantin) infeksiyalar (O‘XI) haqida tushuncha bo‘yicha testlarning javoblari

    1. ha keyingi yillarda Lass, Ebola va Marburg isitmalari paydo bo‘ldi; bular yuqumliligi juda yuqori bo‘lgan gemorragik virusli isitmalardir.

    2. ha — chinchechakka qarshi himoya kostumi o‘lat, vabo, gemorragik virusli infeksiya kabilar qo‘zg‘atuvchilaridan himoya qila oladi.

    3. ha — himoya kostumi infeksiya o‘chog‘iga kirgunga qadar ki- yiladi.

    4. B — o‘latning tabiiy o‘choqlari kemiruvchilar orasida mavjud.

    5. B — bu kasalliklar gemorragik virusli isitmalarga kiradi.

    6. C — har qanday O‘XI da tibbiyot xodimiga xonadan chiqish taqiqlanadi.

    7. B — bajariladigan ish xarakteriga ko‘ra himoya kostumining 4 turi farqlanadi.

    8. B — O‘XI o‘ta yuqumli bo‘lib, juda og‘ir kechadi va o‘lim ko‘p uchraydi.


    9. Download 1.2 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   236




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling