E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


-rasm. Ignalar bilan jarohatlanishning oldini olish uchun quti-konteyner


Download 1.2 Mb.
bet24/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

16-rasm. Ignalar bilan jarohatlanishning oldini olish uchun quti-konteyner.
shlatilgan inyeksiya materiallarini tegishli tartibda xavfsiz yo‘q qilish.

Tibbiy chiqindilar maxsus qutichalarga yig‘iladi va kuydirish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Ishlatilgan shprislar va ignalarni yo‘q qilish qoidalari quyidagilardan iborat:

  • inyeksiyada ishlatilgan paxta tamponlar, shpris paketlari va qoldiq preparatli flakonlar ham kuydirish yo‘li bilan yo‘q qilinishi shart;

  • ishlatilgan bir martalik tibbiy asboblar ignalarni eritadigan darajada yuqori haroratda kuydirish orqali xavfsiz yo‘q qilinadi;

  • quticha ishlatilgan shprislar bilan to‘lgan vaqtda, u maxsus ajratilgan joyda kuydirish yo‘li bilan yo‘q qilinishi zarur. Bu joy bolalar va boshqa kishilar yo‘lamaydigan yerdan ajratilishi zarur.

Yuqori (800°C va undan ortiq) haroratda shpris va ignalarni kuydirish insineratsiya deb ataladi. Bu haroratda shpris ignalari kuyib kulga aylanadi. Bunday yuqori haroratga ega bo‘lgan o‘choq- larni insineratorlar deyiladi. Bunday haroratda barcha mikro­organizmlar yo‘q bo‘ladi, atrofning ifloslanish xavfi kamayadi, chunki tutun bo‘lmaydi, chiqindi miqdori kamayadi. Statsionar va dala insineratorlari farqlanadi.
Statsionar insinerator — olovga chidamli g‘ishtdan ishlangan, keng sig‘imli, katta o‘choqlar bo‘lib, bir necha shifoxonaga xizmat qila oladi. Statsionar insineratoriga Monford o‘chog‘i misol bo‘la oladi (17-rasm). Bunday insinerator uchun qo‘shimcha yonilg‘i zarur (gaz, ko‘mir va hokazo). O‘zbekistonda gazli insineratorlar samaralidir. Monford o‘chog‘i yaxshi ishlashi uchun uni bir soat
davomida qizdirib, keyin unga chiqindi tashlanadi. Shunda quyuq tutun hosil bo‘lmaydi va yongan chiqindi miqdori kamayadi.
T ibbiy chiqindilarni kuy- dirish uchun mo‘ljallangan Monford o‘chog‘i oddiy ikki kamerali (xonachali) o‘choq bo‘lib, +800 C va undan yu- 17-rasm- Mrafort insineratori. qori haroratda ishlashga moslashgan. O‘choqning ish unumdorligi

  1. kg/soatgacha bo‘lishi mumkin, ya’ni u bir soat ichida 15 kg gacha chiqindilarni kuydirishi mumkin. Lekin tibbiy chiqindilarning namlik darajasiga qarab bu ko‘rsatkich ozroq o‘zgarishi mumkin. Kuydirishning dastlabki bosqichi birlamchi kamerada boshlanib, so‘ngra issiq gazlar ikkilamchi kameraga o‘tadi va shu yerda kuy­dirish jarayoni yakunlanadi. Ikki kamerali tuzilish kuyish mahsu- lotlarini yo‘qotish uchun yetarli vaqt oralig‘ida yonishni ta’minlaydi va zaharli tutun ajralib chiqishini kamaytiradi.

O‘choq katta miqdordagi (tekstil, plastika va o‘ramlar bilan birga) tibbiy chiqindilarni yo‘q qilishga qodir. Shu bilan birga dori- darmonlar va vaksinalarni ham kuydirish yo‘li bilan yo‘q qilish mumkin. Lekin yog‘ asosli moddalar, masalan, malham, krem va vazelin kabilar to‘la yonmaydi va ular katta miqdorda quyuq qora tutun hosil qiladi. Shuning uchun bunday moddalarni o‘choqqa solmagan ma’qul.
O‘choq oddiy qurilma hisoblanib, uni yasash (qurish) da issiqqa bardosh beradigan g‘ishtlar, oddiy qurilish g‘ishtlari va po‘lat ishlatiladi. U ikki kameradan — birlamchi kamera (chiqindi tashlana- digan kamera) va ikkilamchi kamera (mo‘ri)dan yasalgan (18- rasm).
U issiqqa bardosh bera oladigan g‘ishtlardan qurilgan bo‘lib, tashqi devori standart g‘ishtlardan yasalgan. Kameralar va tashqi devorlar o‘rtasidagi oraliq bitta standart g‘isht kengligiga teng.
Yuqoridagi plita po‘latdan yasalgan bo‘lib, unda chiqindilarni tashlash uchun eshikcha bor. Mo‘ri pechning yuqorisida joylashgan va rom burchagi hamda po‘lat tilimi (parchasi) orqali tashqi devorga mustahkam o‘rnatilgan. Sharnirlar pechning oldingi qismida shun-


  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling