rasm. Tibbiy chiqindilarni kuydirish pechi.
1 —chiqindilar tashla- nadigan kamera; 2—mo‘ri; 3—chiqindilarni tashlash uchun eshikcha; 4—brus; 5—sharnir; 6—pechning yuqori ramasi; 7—tashqi devor; 8—havo kirishi uchun truba; 9—tozalash uchun eshikcha; 10—qo‘l uchun panjara.
day joylashtirilganki, bunda eshikcha uni ochayotgan kishiga qa- rab ochiladi. Eshikcha romi izolatsiya maq- sadida qum bilan to‘l- diriladi.
D ala insineratori. Bu insinerator odatda QVP ga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘pincha emlash vaqtida ishlatiladi.
Bunday insinerator har kuni ish- latilganda 10 oydan ortiq vaqtga chi- damaydi. Dala insineratori muammoni vaqtincha hal etish uchun mo‘ljal- langan (19-rasm).
rasm. Dala insineratori.
A — bochkaning kesilmagan qismi; B — mo‘ri uchun teshik; C — chiqindini yoqish uchun katta kamera; D — kesish chizig‘i; 1— temir bochka; 2—g‘alvirsimon metall varaq;
tortuvchi teshiklar; 4—qopqoq; 5—mo‘ri; 6— yoqish uchun kamera eshikchasi; 7 — chiqindilarni yoqish kamerasidan ajratib turuvchi metall to‘r.
O‘choqda ishlashni biladigan kishi insineratorga qo‘yiladi. Uning vazifasi o‘choqni yoqish, o‘chirish, tibbiy xodimlar xavfsizligini kuzatish va hosil bo‘lgan kulni insineratordan olishdir. O‘choqdagi kul yig‘ib olinib, maxsus kovlangan joyga 1 metr chuqurlikka ko‘mib tashlanadi.
Hozirgi sharoitda «Xavfsiz inyeksiyalar» dasturini qo‘llab- quvvatlash borasida texnologiyaning hozirgi zamon yutuqlaridan keng foydalanilmoqda. Bunga yangi inyeksion moslamalar (qisqichli shprislar), ignasiz moslamalar, mono (bitta) dozalik inyeksion moslamalar va chiqindilarni yo‘q qilish uchun moslamalar (tibbiy chiqindilarni kuydiruvchi o‘choqlar) hamda inyeksiyalar sonini mumkin qadar kamaytirishlar kiradi.
«Xavfsiz inyeksiyalar» dasturi bilan tanishish yakunida quyi- dagilarni unutmaslik zarur:
Qon orqali yuqadigan infeksiyalarning nozokomial infeksiya sifatida uchrashi butun dunyoda eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Inyeksiyalarni noto‘g‘ri bajarish qon orqali yuqadigan infeksiyalarning keng miqyosda tarqalishiga olib keladi.
Haddan ortiq inyeksiyalar qilinmasligi va ularning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan turli tadbirlar yordamida ogohlantirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |