E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Teri qoplamlarini ko‘zdan kechirish


Download 1.2 Mb.
bet30/236
Sana02.12.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1779576
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   236
Bog'liq
yuqumli-kasalliklar

Teri qoplamlarini ko‘zdan kechirish. Terining rangi (oqargan, qizargan, sariq), elastikligi, tarangligi aniqlanadi. Terida yallig‘- lanish jarayonlari va toshmalar mavjudligiga e’tibor beriladi. Toshma mavjud bo‘lsa, uning qachon paydo bo‘lganligi, toshish bos- qichlari, joylashishi va miqdori, xarakteri (rozeola, petexiya, pustula, vezikula va b.) aniqlanadi. Terida yaralar, chandiqlar, pigmentatsiya, teri ko‘chishi kabilar ayrim yuqumli kasalliklarning belgilari bo‘lib, xizmat qilishi mumkin.
Shilliq qavatlar va ko‘z sklerasi. Rangiga e’tibor beriladi, masalan, virusli gepatitlarda sariq rangda bo‘ladi. Bundan tashqari sklera tomirlari inyeksiyasi va konyunktivalar qizarishi mumkin.
Teri osti yog‘ qavati — rivojlanish darajasi (o‘ta kuchli, o‘rta- cha, sust) aniqlanadi. Shishlar bo‘lganda uning xarakteri (umu­miy, mahalliy) ga e’tibor beriladi.
Limfa tugunlari (jag‘ osti, bo‘yin, chov sohasi) ni tekshirganda ularning kattaligi, konsistensiyasi, harakatlanishi va og‘riqqa e’tibor beriladi.
Mushaklar sistemasi — mushaklarning rivojlanish darajasi (sust, o‘rta, o‘ta kuchli) ni aniqlagan holda, ularning tonusi (pasaygan, normal, oshgan), kuchi (kamaygan, o‘rtacha, yuqo­ri) va ulardagi og‘riqqa (tinch holatda, harakatlanganda) e’tibor beriladi.
Suyak-bo‘g‘imlar sistemasi — kattaligi va shakliga, qo‘l-oyoq- larning mutanosib holda bo‘lishiga e’tibor beriladi. Bo‘g‘imlarni tekshirishda ularning harakatchanligi (faol, sust), harakat hajmi (normal, chegaralangan) va harakatlangandagi og‘riqqa ahamiyat beriladi.
Ichki a’zolarni tekshirganda quyidagi ko'rsatkichlar aniqlanadi: yurak-qon tomirlar sistemasi — yurak urishi, yurak sohasida og'riq, nafas yetishmasligi. Puls (soni), arterial bosim, eshitib ko'rish (auskultatsiya) orqali — tonlar xarakteri, yurak shovqinlari mavjudligi. Nafas a ’zolari sistemasi — ko'krak sohasida og'riq (davo­miyligi va intensivligi), yo'tal — (quruq), balg'am miqdori va xarakteri (suyuq, quyuq, ko'piksimon, shilimshiq, yiringli, qon aralash), nafas olish — burun yoki og'iz orqali, burundan suyuqlik yoki qon ketishi. Ko'krak qafasi (normal, emfizematoz, shakli o'zgargan), nafas olish soni (bir minutda), chuqur yoki yuza nafas olish. Auskultatsiyada — nafas xarakteri, xirillashlar (quruq va nam). Ovqat hazm qilish a’zolari — ishtaha, chanqoqlik, yutishning buzilishi, og'iz bo'shlig'ining qurishi, ko'ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og'riq, ich ketishi, qorin dam bo'lishi, og'izning erkin ochilishi, trizm; qorin — uning kattaligi, shakli (normal, shishgan, ichkariga tortilgan), nafas olishda ishtirok etishi; pay- paslab ko'rish (palpatsiya) da og'riq; najas xarakteri, bir sutkada soni, jigar va taloq — kattalashganligi va ulardagi og'riq. Siydik ajratish sistemasi —siydik ajralishi (erkin holda, og'riqli), sutkalik soni va miqdori; bel sohasida og'riq (o'tkir, xurujsimon), ularning davomiyligi; siydik rangi (somon rangida, to'q sariq, qon aralash). Nerv sistemasi — es-hushi (saqlangan, buzilgan, hushsiz), alah- sirash, gallyusinatsiya (eshituv, ko'ruv); meningeal belgilar; sezgirlik (taktil, og'riq, termik), harakatlantiruvchi sfera — qo'z- g'aluvchanlikning oshishi, talvasa (tonik, klonik); parezlar, falajlanishlar; normal va patologik reflekslar. Ko ‘rish a ’zolari — ptoz (qovoqning osilishi), diplopiya (buyumlarning ikkita bo'lib ko'ri- nishi), anizokoriya (ko'z qorachiqlarining har xil kattalikda bo'lishi). Eshitish a’zolari — o'tkirligi, quloqda shovqin, quloqdan yiring oqishi. Endokrin sistema — qalqonsimon bez holati (kattaligi va konsistensiyasi), ko'z yaltiroqligi, ekzoftalm (ko'zning chaqchayib chiqishi).
Tekshirishning laboratoriya usullari. Yuqumli kasalliklar tash- xisida tekshirishning ko'plab laboratoriya-instrumental usullari qo'llaniladi. Ular orasida spetsifik laboratoriya tekshirish usullari katta ahamiyatga ega. Ular ikki guruhga bo'linadi: 1) organizmdagi qo'zg'atuvchini bevosita aniqlash — bakterioskopik (mikroskopik) va bakteriologik (ekma qilish) tekshirish; 2) bilvosita aniqlash — serologik va allergik tekshirishlar.
Bakterioskopik (mikroskopik) usulda yuqumli kasallik qo'z- g'atuvchilari bo'yalgan preparatlarni mikroskopiya qilish yo'li bilan aniqlanadi. Bu usulda qon, tomoq yo'llari shilliq moddasi, najas va boshqa materiallardan tayyorlangan surtmalar tekshiriladi.
Tomoqdan surtma saharda yoki og'iz chayqashdan, ovqatla- nishdan keyin kamida 2 soat o'tgach shpatel yordamida vizual (ko'ruv) nazorat ostida tamponni og'iz shilliq qavati, til va tishlarga
t egizmasdan kiritish orqali olinadi (21- rasm).
Til ildizi chap qo'l yordamida shpatel bilan pastga va oldinga bosib turiladi va o'ng qo'l yordamida ehtiyotlik bilan og'iz bo'shlig'iga tampon kiritiladi va karash olinadi. Karash yoki shilliq za- rarlangan joy atrofidan olingani ma’- qul, chunki u yerda boshqa joyga nis- batan ko'p qo'zg'atuvchilar bo'ladi.
Burundan surtma quyidagi tartibda olinadi: yog'och tayoqchada uncha katta bo'lmagan paxta tampon fiziologik erit- mada namlanadi va hamma tomonlari bilan burun pastki chig'anog'i shilliq qavatiga ozroq holda 2—3 sm chuqur- likda burun yo'liga kiritiladi. So'ngra tampondan efir yordamida yog‘siz- 21-rasm- T°>mo<|(lan surtma langan buyum oynachasiga surtma oli­nadi, quritiladi va laboratoriyaga yubo- riladi. U yerda maxsus bo'yalgandan keyin mikroskop ostida undagi hujayra tarkibi va hujayra ichi kiritmalari xarakteri tekshiriladi. Burun shilliq qavatidan olingan surtmani shishadan qilingan maxsus plastinkalarda ham tayyorlash mumkin. Plastinkalar 70—80 mm uzunlikka, 5—6 mm kenglikka,

  1. 2,5 mm qalinlikka ega va qirralari silliqlangan bo'lishi kerak. Plastinka efir bilan tozalangandan keyin burun to'sig'iga ozroq bosgan holda burun yo'liga 2—3 sm chuqurlikda kiritiladi. Plastinka burun to'sig'i bo'ylab tashqariga surtmaning surkalib ketishiga yo'l qo'ymasdan chiqariladi. Surtma quritilib keyingi tekshiruvlar uchun laboratoriyaga yuboriladi.

Burun-halqumdan olingan yuvindilar asosan gripp, qizamiq, suvchechak va boshqa virusli infeksiyalarda viruslarni ajratish uchun qo‘llaniladi. Ular kasallikning dastlabki soatlari (kunlari) da o‘tkaziladi, chunki bu vaqtda qo‘zg‘atuvchi nafas yo‘llari epitelial hujayralarida jadal rivojlanadi. Bemorga steril fiziologik eritma bilan tomog‘ini chayish tavsiya etiladi. Har safar 10—15 ml suyuqlik ishlatilgan holda muolaja uch marta takrorlanadi. Yuvindilar bo‘yin qismi keng bo‘lgan steril bankalarga yig‘iladi. Pinset bilan ushlangan steril paxta bo‘laklari yordamida halqum orqa devori va burun yo‘llari artiladi. Paxta tamponlar yuvindili bankaga tushiriladi va material keyingi tekshirishlar (virusologik, immunoflyuoressent va b.) uchun laboratoriyaga yuboriladi.
Surtmani difteriya uchun mikroskopiya qilish. Difteriyaning tezlatilgan tashxis qo‘yish usullaridan biri patologik material (tomoqdan yoki burundan olingan shilliq) va plenkaning dastlabki bakterioskopiyasidir. Bu vaqtda material ikki tamponda olinadi, ulardan biri qo‘zg‘atuvchi kulturasini ajratib olish uchun ishla- tiladi, boshqasi bilan esa bakteriologik tekshirish uchun bir necha surtma olinadi. Surtmalar Leffler bo‘yicha metil ko‘kining ishqorli eritmalarida yoki boshqa usullarda bo‘yaladi. Ijobiy natijada mik- roskop ostida tomoq va burunning kokkli mikroflorasi orasida bir- biriga burchak ostida joylashgan difteriya tayoqchalarini ko‘rish mumkin.
Bezgakda qon surtmasi va yirik tomchi tayyorlash. Bezgak tashxisida asosiy laboratoriya tekshirish usuli — bu qondan tayyor- langan surtmada yoki yirik tomchida eritrositar parazitlarning topilishidir. Amaliyotda asosan yirik tomchi tekshiriladi, chunki bir vaqt oralig‘ida yirik tomchida surtmaga nisbatan 30—50 baravar ko‘p hajmda qon tekshiriladi va shunga yarasha plazmodiylar soni ham ko‘p bo‘ladi. Bu usul bilan topilgan parazitlarning qaysi turga xosligi surtma tayyorlash usulida aniqlanadi. Bezgak qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash uchun bu infeksiyaga gumon qilingandayoq tana haroratiga qaramasdan qon olinadi (imkon boricha isitma vaqtida yoki et uvishishidan so‘ng darhol olingani ma’qul), chunki parazitlar xuruj oraliqlaridagi vaqtda ham qonda aylanib yuradi.
Preparatlar tayyorlanadigan buyum oynachalari yaxshilab yuvilgan va moysizlantirilgan bo‘lishi zarur. Qon aseptika qoidalariga rioya qilingan holda olinadi. Barmoq spirt bilan artiladi va sterillangan igna-nayza yoki yirik inyeksiya ignasi bilan teshiladi. Birinchi qon tomchisini quruq paxta bilan artib tashlanadi, so'ngra barmoq teshilgan tomoni bilan pastga buriladi va ikkinchi tomchiga buyum oynachasi tegiziladi.
Qon surtmasi gematologik tekshirishlar uchun qabul qilingan umumiy usul bo'yicha tayyorlanadi (22-rasm). Surtma buyum
/**•- ыг у*&&/

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling