E. M. Muxtorov Qayd raqami 2021- y


Maktabgacha ta’lim muassasasi ta'lim-tarbiya dasturining yaratilish


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/43
Sana06.04.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1335395
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
Maktabgacha ta\'limda STEAM texnologoyasi. Ma\'ruza

Maktabgacha ta’lim muassasasi ta'lim-tarbiya dasturining yaratilish 
tarixidagi asosiy, muhim sanalar
1932-yil - Bolalar bog‘chasi programmasini dastlabki loyihasi ishlab chiqildi. Bu 
bolalar bog‘chasi ishini tartibga solishga, tarbiyachi faoliyatiga yo‘nalish va 
mazmun berishga yordam beradi. 1934-yil - Tarbiyalash programmasi va bolalar 
bog‘chasi ichki tartib qoidalari nashr ettirildi, unda bolalar muassasasidagi bolalar 
hayotini mazmunli va qiziqarli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratilgan edi. 
Programmada ijtimoiy, jismoniy, rasm, loy, mehnat, nutq o‘stirish, kitob va rasmlar 
bilan mashg‘ulotlar, dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlantirish, savod 
chiqarish bo‘limlari mavjud edi, biroq unda murakkab bilish materiallarining 
kiritilmaganligi, bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik 
jarayonni tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roli yoritib berilmagan edi. 
1938-yil - Bolalar bog‘chasining tarbiyachisi uchun qo‘llanma nashr etildi. Ushbu 
qo‘llanmada bolalarni tarbiyalash vazifalari, bolalarning yosh xususiyatlariga mos 
ravishda, tarbiyaning ayrim bo‘limlari - jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyalash 
masalalari yetarli o‘z vazifasini topdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish 
vazifalariga ilmiy asosda yondashildi. Shuning uchun ota-onalar bilan ishlash 
masalalari ham qo‘llanmada o‘z aksini topdi. 1953-yil - Bolalar bog‘chasida 
ta‘limga ilmiy yondashuv munosabat bilan qo‘llanma qayta ishlab chiqildi. Ushbu 
bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim mundarijasi aniq yoritib berildi. 1959-yil - 
Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi 
bolalarni tarbiyalash va ularga tibbiy xizmatni ko‘rsatishni yaxshilash choralari 
to‘g‘risidagi 90 qarori qabul qilinadi. Unda mahalliy sharoit va imkoniyatlarini 
nazarda tutib, bolalar muassasalari ishini ikki “yasli” va “bolalar” bog‘chasini 


yagona Maktabgacha ta’lim bolalar muassasasi qilib birlashtirish va maktabgacha 
yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona programmasini tuzish belgilandi. 
1964-yil - Bolalar bog‘chasida tarbiya programmasi nashr etildi. Unda ilk 
yoshdan to maktabga tayyorlov yoshgacha bo‘lgan davrlarda olib boriladigan ta’lim 
- tarbiya ishlari yoritib berildi. 1972-yil - Maktabgacha ta'lim muassasalarining 
yangi “Bolalar bog‘chasida tarbiya programmasi bilan ishlashga o‘tkazish 
to‘g‘risidagi 1972-yil may qaroriga binoan yangi programma qabul qilindi. 
Programmada - bolalar bog‘chasining vazifalariaqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, 
mehnat, o‘yin mashg‘ulotlar ro‘yxati va haftalik taqsimoti, guruhlar bo‘yicha 
bolalarni tarbiyalash vazifalari, ularning rivojlanish xususiyatlari, o‘quv 
faoliyatining boshlang‘ich formalarini egallash, tarbiyachi va ota - onalar hamkorligi 
masalalari aks ettirilgan edi. 1978-1980-yilIar - Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya 
programmasi takomillashtirildi va qayta nashr etildi. 1980-1999-yillar - Bolalar 
bog‘chasida ta’lim-tarbiya programmasining bir necha bor takomillashtirish 
jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Mustaqilligimizning ilk mevasi bo‘lgan “Uchinchi ming 
yillikning bolasi” dasturi qabul qilindi. Unda bolalarni barkamol shaxs sifatida 
tarbiyalash va ularga ta’lim berishning uch asosiy: ma’naviy, jismoniy va nutq 
rivojlanishi yo‘nalishlari belgilab berildi. 2010-yil - O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta‘lim Vazirligi tomonidan “Bolajon” tayanch dasturi nashrga tavsiya 
etildi. 2018-yil - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 
“Ilk qadam” o‘quv dasturi qabul qilindi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling