E. M. Muxtorov Qayd raqami 2021- y


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalash dasturining yaratilishi


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/43
Sana06.04.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1335395
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
Maktabgacha ta\'limda STEAM texnologoyasi. Ma\'ruza

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalash dasturining yaratilishi 
va tarixi 
Tarixdan ma’lumki, maktabgacha tarbiyaning rivojlanishi bilan birgalikda 
tarbiyalash dasturi ham takomillashib boradi. Maktabgacha muassasalar ishini 
tashkil etish, uning mazmuni va metodlari yuzasidan asosiy ko‘rsatmalar 1919-yilda 
Maorif xalq komissariati maktabgacha tarbiya bo‘limining vazifasi «Oila o‘chog‘i 
va bolalar bog‘chasini yuritish yuzasidan instruksiya»da bayon qilib berilgan edi. 
Maktabgacha tarbiya sifatini yaxshilash uchun bolalar bog‘chasi ishining ilmiy 
asoslangan dasturini yaratish katta ahamiyatga ega bo‘ldi. «Programma»ga oid har 
bir hujjat muayyan tarixiy bosqichda vujudga keldi va maktabgacha tarbiya 
nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining tegishli bosqichini aks ettirdi. 
«Programma»ning dastlabki loyihasi 1932-yilda chiqarilgan edi. Bu hujjat 
bolalar faoliyatining tegishli turlariga mos keladigan bilimlardan: ijtimoiy-siyosiy 
tarbiya, mehnat tarbiyasi, 
musiqa-harakat tarbiyasi
, tasviriy faoliyat, matematika, 
savod bo‘limlaridan iborat edi. Unda bolalar bog‘chasidagi bolalar bilan ishlash 
vazifalari va hajmini belgilashga urinib ko‘rilgan edi. «Programmaning vujudga 
kelishi esa maktabgacha tarbiya muassasalari ishini tartibga solishga, tarbiyachi-
pedagoglar faoliyatiga ko‘proq yo‘nalish va mazmun bag‘ishlashga yordam berdi. 
1934-yilda takomillashtirilgan «Tarbiyalash programmasi» nashr etildi. Unda 
bolalar bog‘chasida bolalarning ko‘p qirrali hayotini tashkil etish va uning mazmuni 
masalalariga katta e’tibor berildi. 
«Programma»da 
ijtimoiy tarbiya
, jismoniy tarbiya, rasm chizish, loy va 
plastilindan narsalar yasash, mehnat mashg‘ulotlari, nutqni o‘stirish, kitob va 
rasmlar bilan mashg‘ulotlar, tabiat haqidagi 
bilimlarning kurtaklari
, dastlabki 
matematik tasavvurlarni rivojlantirish, savod chiqarish mashg'ulotlari bo‘limlari bor 
edi. Shu bilan birga unda muhim kamchiliklar mavjud edi, chunonchi, murakkab 
bilish 
materialining kiritilganligi
, bolalarning 
yosh xususiyatlari hisobga 
olinmaganligi, pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roliga 
yetarli baho berilmaganligi shular jumlasidandir. 1938-yilda «Bolalar bog‘chasining 
tarbiyachisi uchun qo‘llanma» nashr etildi. Unda maktabgacha tarbiya yoshidagi 


bolalarni tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri yoritildi. Shaxsni har tomonlama kamol 
toptirish, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish haqida aniqroq gap yuritildi. 
«Qo‘llanma»da ilgarigidek, bolalar bilan ishlash mazmunini 
yosh guruhlariga qarab 
emas
, balki tarbiyaning ayrim bo‘limlari bo‘yicha belgilangan edi. Bu esa u yoki bu 
yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun dastur materialini tanlashda tarbiyachini qiyin 
ahvolga solib qo‘yar edi. Jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyaning ko‘pgina masalalari 
«Qo‘llanma»da yetarli darajada o‘z aksini topdi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarga ta’lim berish masalalari ilmiy asosda ochib berilgan, ota-onalar bilan 
ishlash ham yetarli yoritilgan edi. 
1953-yilda bolalar bog‘chasida ta’limning joriy etilishi munosabati bilan ta’lim-
tarbiya ishlari sifatini oshirish va bolalarni maktabgacha tayyorlash maqsadlarida 
«Qo‘llanma» qayta ishlab chiqildi. Unda tarbiyachining rahbarlik roli ta’minlangan 
holda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda bolalar o‘zlashtirishlari kerak bo‘lgan bilim 
mundarijasi ancha aniq ko‘rsatib berildi. 
1959-yil may oyida «Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, 
maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni 
yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Qarorda jumladan mahalliy 
sharoit va imkoniyatlarni hisobga olgan holda bolalar muassasalarining ikki tipini 
— yasli va bolalar bog'chalarini yagona maktabgacha muassasaga (yasli bog‘cha) 
birlashtirilishi hamda yasli va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni 
tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutildi. 
Yangi hujjatga maktabgacha 
tarbiya pedagogikasi
, bolalar psixologiyasi va 
bolalarning o‘sishini o‘rganadigan yondosh fanlar to‘plagan ma’lumotlar hamda 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashning eng yaxshi usulini 
umumlashtirish asos qilib olindi. «Ilk yoshdan to maktabga kirish yoshigacha 
bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining yagona prog- 
rammasi» birinchi marta 1962-yilda e’lon qilindi. 
«Programma»da e’tibor tarbiya jarayonida yosh davomiyligi o‘rtasidagi aloqa 
uzilib qolishini tugatishga qaratilgan edi. Ilgarigi programmaning metodik 
jihatlariga qaraganda unda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish 


masalalari ko‘proq aks ettirildi. «Mashg‘ulotlarda ta’lim berish» bo‘limida taqdim 
etilgan material ta’lim berishda sistemalilikni amalga oshirish, bolalarning bilim 
minimumini to‘la o‘zlashtirish, ularning atrofdagi voqelik, predmetlar va 
hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini anglay olishlari uchun qulay sharoitlar yaratdi. 
«Programma», shuningdek, bola shaxsiyatini har tomonlama kamol toptirish 
uchun zarur bo‘lgan 
muayyan bilimlar
, ko‘nikmalar va malakalar, yurish-turishdagi 
ijobiy odatlar, axloqiy fazilatlarni shakllantirishni ham ko‘zda tutdi. Unga 
mashg‘ulotlar, dam olish, ko‘ngil ochish, uyqu, 
ovqatlanish
, sayr qilish rejimi 
kiritilgan. Tarbiyachi «Bolalar bog‘chasida tarbiya programmasi»ga ko‘ra, 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga o‘yinlar, ko‘ngil ochish va mehnat orqali 
ta’lim berish, turmush jarayonida tar- biyalashning ko‘p tomonlama vazifalari hal 
etilishini ta’minlamog‘i kerak edi. 1969-yilda takomillashtirilgan «Bolalar 
bog‘chasida tarbiya dasturi» chop etildi. U ilmiy tadqiqot va eng yaxshi ish taj - 
ribasidan foydalanish asosida tuzilgan bo‘lib, maktablar boshlang‘ich ta’limining 
yangi programmaga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan talablarni hisobga oldi. Shundan 
keyingi yillarda bu «Programma» ba’zi qo‘shimcha va tuzatishlar bilan bir necha 
marta, masalan, 1978-yilda, 1988- va 1995-yillarda qayta nashr etildi. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari ta’lim-tarbiyada 
ham ko‘pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun esa 
pishiq-puxta ishlangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan 
istiqbolli dastur talab etilardi. Bola 
dunyoga kelgan kunidan boshlab
, davlat, jamiyat 
hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xushxulqli tarbiyalash vazifasi 
qo‘yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga yetishiga 
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O‘z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma’naviy 
darajasi bilan belgilanadi. Sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning 
ustuvor yo‘nalishidir. 
Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarni yagona talab asosida 
rivojlantirish vazifasini qo‘yadi. Shunga ko‘ra, «Maktabgacha yoshdagi bolalar 
ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari»ga tayangan holda maktabgacha 
yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida 2002-yilda


«Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi o‘zbek olimlari tomonidan yaratildi. 
Bugungi kunda respublikamizning qishloq joylarida maktabgacha yoshdagi 
bolalarning 17 foizi ta’lim-tarbiya muassasala- rida, qolgan 83 foizi esa bevosita 
oilada tarbiyalanadi. Shu bois, taqdim etilgan dastur tarbiyachilar va ota-onalarga 
mo‘ljallangan. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling