E. M. Muxtorov Qayd raqami 2021- y


LEGO-qurilish, konstruksiyalash – STEAM ta’lim moduli


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/43
Sana06.04.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1335395
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
Maktabgacha ta\'limda STEAM texnologoyasi. Ma\'ruza

LEGO-qurilish, konstruksiyalash – STEAM ta’lim moduli 
sifatida
 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va boshlang‘ich maktab darslarida LEGO 
texnologiyasidan foydalanish bolaning 
aqliy 
va 
jismoniy 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishga yordam beradigan o‘quv jarayonining muhim elementi hisoblanadi. 
Bu kabi faoliyatlarda diqqat, xotira, nutq, qo‘llarning mayda motorikasi 
ko‘nikmalari rivojlanadi. Bolalar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini, fantaziyalarini 
namoyon etadilar, tengdoshlari bilan muloqot qilishni, o‘zaro yordamni, ma’lumot 
almashish zarurligini, qaror qabul qilish qobiliyatini va muloqot qobiliyatlarini 
rivojlantiradilar. LEGO texnologiyasi bugungi kunda taniqli va keng tarqalgan 
pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lib, u bolani o‘qitish va rivojlantirish uchun real 
dunyoning uch o‘lchovli modellari va predmetli o‘yin muhitidan foydalanadi.
LEGO moduli texnologiyasi maktabgacha yoshdagi bola uchun nihoyatda
qiziqarli, chunki fanlararo aloqalarga asoslanib, u o‘yin va eksperiment 
elementlarini birlashtiradi. Bu erda LEGO o‘yinlari bolaning haqiqiy dunyoni, 
makon va vaqtni kashf etishi va navigatsiya qilish usulidir. O‘zining pedagogik ko‘p 
qirraliligi bilan LEGO texnologiyasi ko‘plab mamlakatlarda rivojlantiruvchi ta’lim 
uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, 
intellektual qobiliyatlar ta’lim moduli sifatida 
Bu modulda mataematiktushunchalarni bolalarga berish 2 bosqichda amalga 
oshiriladi: 
1. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan modul 
2. 6-7 yoshli bolalarga bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan modul 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar 
ta’lim modulida oddiydan murakkabga qarab qiyinlashtirib bolalarga matematik 
tushunchalar beriladi. Dastlab elementar matematik tushunchalar: kata-kichik, 
uzun-qisqa, ko‘p-kam, keng-tor berib boriladi va didaktik o‘yinlar orqali STEAM 
laboratoriyalarida amaliy bajarib ko‘riladi. Matematik tasavvurlarni rivojlantirishda 
bolalarning yosh xususiyatlari inobatga olinib qadamma-qadam tushunchalar 
nazariy va amaliy jihatdan tushuntiriladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga geometrik figurlarni ajrata olish, murakkab qirrali 
predmetlarni proyeksiyalash orqali intellectual qobiliyatlarini rivojlantirish, sensor 
tarbiya orqali tafakurni boyitish, dunyoqarashini rivojlantirish, bolalarda ixtirichlik 
ruhida tarbiyalash kabi tushunchalarni o‘zida mujassamlashtiradi. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling