E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

 
Gemoliz hodisasi 
  Gemoliz  eritrotsitlaraing  yorilishi.Ulaming  gemoliz  sodir  bo'lishiga  qarshi 
ta'sir ko'rsatish qobiliyati uning barqarorligi-rezistentligi bilan belgilanadi. 
  Eritrotsitlar 
qobig'i 
ko'pgina 
neytral 
tuzlar 
eritmalarini 
o'zidan 
o'tkazmaydi.Shu  tufayli  izotonik  eritmalarni  osh  tuzi  va  eriydigan  boshqa 
tuzlardan,glukozadan  va  qamish  shakaridan  ham  tayyorlansa  bo'ladi.Ushbu 
eritmalarda eritrotsitlar buzil-maydi. 
   Gipotonik eritmalarda plazmaga nisbatan bosim past bo'lganligi  tufayli, suv 
entrotsitlarning  ichiga  kiradi,  natijada  ular  shishadi.Eritma  past  konsentratsiyada 
(NaCI  eritmasi  0,44  %  dan  past)  bo'lganida,  shishgan  eritrotsitlar  yoriladi.To'liq 
gemoliz sodir bo'lganda gemoglobin eritmasi qizil lak rangini hosil qiladi. 
  Gipertonik  eritmalarda  osmotik  bosim  plazmaga  nisbatan  biroz  baland 
bo'lganligi  uchun  suv  eritrotsit  ichidan  chiqadi,  natijada  eritrotsitlar  burishib, 
tarkibiy qismi eritmaga chiqadi. 
   Shunday 
qilib, 
gipotontk 
va 
gipertonik 
eritmalarda 
eritro-tsitlar 
yoriladi,natijada,gemoglobin  eritmaga  chiqadi,ya'ni  osmo-tik  gemoliz  hodisasi  sodir  
bo'ladi. 
    Turli hayvonlarda entrotsitlarning osmotik rezistentligi turlicha.Eritrotsitning 
yog'simon qobig'ini erituvchi har qanday modda-xloroform, efir, spirt, sut kislota va 
boshqalar  gemolizni  keltirib  chiqarishi  mumkin.Gemolizni  keltirib  chiqaradigan  o'-
simlik  va  hayvon  mahsulotlaridan  olingan  moddalar  -  gemolizin  deb  aytiladi. 
O'simlik  gemoliziniga  juda  past  konsentratsiyasi  ham  ta'sir  qiladigan  sanonin 
kiradi. Gemoliz qonda zaharlar ta'sir etganda ham sodir bo'ladi. 
   Fiziologik  sharoitda  ham  eritrotsitlar  doimo  buzilib  tura-di.Odam    eritrotsiti 
umri 100-150 kundan oshmaydi va o'rtacha 30-40 kun yashaydi.Radiaktiv nur, ya'ni 
«nishonlangan»  a-tom  ta'sirida odam  qonida  eritrotsitlar 3-4 oy yashashi isbot-
langan.Odam va yuqori taraqqiy etgan hayvonlarda eritrotsit-larning buzilishi taloq 
va jigarda sodir bo'ladi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling