Gamma-globulinlarning elektrik harakatchanligi juda past darajada, bu
oqsillarga organizmga kiradigan virus va bakteriyalarga qarshilik ko'rsatadigan
turli antitelalar kiradi. Bu oqsillarning miqdori odamni emlash vaqtida oshadi.
Qonning agglutininlari ham gamma-globulinlarga kiradi. Fibrinogen («tola hosil
qiluvchi») eruvchi oqsil bo'lib, qon plazmasida mavjud Fibrinogen kimyoviy
jihatdan o'zgarib, erimaydigan tolali oqsilga, ya'ni fibringa aylanadi va uning
miqdori 0,3 % ni tashkil etadi (9-rasm). Fibrin tolalari quyuqlashib shikastlangan
qon tomirlar teshigini yopib qo'yadi. Qon zardobi tarkibida fibrinogen yo'q,
shu bilan u qon plazmasidan farq qiladi.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |